TALABALIK SARI OLG’A… “Vaqt borida ILM o’rgan, ilm kerak bo’lgan paytda VAQT topilmasligi munkin” 2020-yil @Ona_tili_va_adabiyot_N1
Alpomish dostoni
1.Tong o‘rniga qayg‘ular otar Kimni?» Misra muallifi kim? J: Faxriyor
Adabiyot keng ma’noda nimani anglatadi? J: Inson tafakkurining mahsuli bo‘lmish ijtimoiy ahamiyatga ega har qanday yozma asarni o‘z ichiga oladi
Azal ham sen, abad ham sen, na avval birla oxirkim,
Unda yo‘q ibtido paydo, bunda yo‘q intiho paydo. Misralar muallifi kim? J: A.Navoiy
Badiiy adabiyotning eng qadimgi shakli nima? J: Xalq og‘zaki ijodi
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li qayerda tug‘ilgan? J: 1872-yili Jizzax viloyati Baxmal tumani Loyqa qishlog‘ida
«Alpomish» dostonining mukammal varianti qaysi baxshi tomonidan kuylangan? J: Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li
«Alpomish» dostonining 1000 yilligi mamlakatimizda qachon nishonlandi? J: 1999-yili
«Alpomish» dostonida o‘zining insofsiz yaqinlariga qarshi kurashgan qahramon kim edi? J: Qorajon
«Alpomish» dostonida insoniy fazilatlari bilan ko‘pchilik erkaklardan baland tura oladigan qahramonlar kimlar? J: Barchinoy, Qaldirg‘och
«Alpomish» dostonida qo‘ng‘irot urug‘i necha urug‘ edi? J: 16 urug‘
Dobonbiydan qanday farzandlar qoldi? J: Alpinbiy
Alpinbiydan qanday farzandlar qoldi? J: Boybo‘ri va Boysari
«Alpomish» dostonida keltirilgan ota va farzandlar ketma-ketligini ko‘rsating. J: Dobonbiy – Alpinbiy – Boybo‘ri – Boysari – Alpomish
Alpinbiydan qolgan qaysi farzand boy va qaysi biri shoy edi? J: Boysari va boybo’ri
Nima uchun Boybo‘ri va Boysarining «otini ushlamadilar, ko‘nglini xushlamadilar, ostiga libos tashlamadilar...»? J: Farzandsiz bo‘lgani uchun
Qayerda Boybo‘ri va Boysarining «otini ushlamadilar, ko‘nglini xushlamadilar, ostiga libos tashlamadilar...»? J: Cho‘pronning to‘yida
Boybo‘ri va Boysari cho‘pronga qancha tilla berishadi? J: 80 tilla
Shohimardon pirning ravzasida 40 kun turib chilla saqlash fikri kimdan chiqadi? J: Boybo‘ri
Shohimardon pirning ravzasigacha qanchalik yo‘l edi? J: 3 kunlik
«Alpomish» dostonida keltirilgan elatiyalar kimlar? J: Ko‘chmanchi chorvadorlar
Boybo‘ri va Boysari ravzada tunab yotganlarining nechanchi kuni ravzadan ovoz keldi? J: 1 kam 40 kun
Boybo‘ri va Boysari kimga: «Bizga pirligingiz, Xudoga sherligingiz yolg‘on», deb aytishadi? J:
Shohimardon pirga
Kimga bir o‘g‘il va bir qiz (egiz) farzand ato etiladi? J: Boybo‘riga
Kimga Alloh bir qiz ato etadi? J: Boysariga
Farzandlar dunyoga kelish chog‘ida Boybo‘ri va Boysari qayerda edilar? J: Ovda
Qaysi doston qahramonlarining nomini qalandar qo‘yib bergan? J: «Alpomish»
Boybo‘ri va Boysarining farzandlariga nom qo‘yib bergan qalandar kim edi? J: Shohimardon pir
Alpomish va Barchinni kim beshikkertti qilib unashtirib qo‘yadi? J: Shohimardon pir
Hakimbek necha yoshga kirganida otasi unga shohlik, sipohiylik ilmini o‘rgatmoqchi bo‘ladi? J: 7 yoshga32. Boysari 7 yoshga to‘lgan qizini maktabdan chiqarib nimani o‘rgatishga berdi va qayerda ? J: Qo‘y sog‘ish, chorvadorlik ilmi Ko‘kqamish ko‘lida
14 botmon yoy kimdan qolgan edi? J: Alpinbiydan
Hakimbek necha yoshida bobosidan qolgan 14 botmonlik parli yoyni ko‘taradi? J: 7 yoshida
Hakimga «Alpomish» nomi necha yoshida berilgan? J: 7 yoshida, 14 botmon pali yoyni ko‘targanidan so‘ng
Alpomish 14 botmonli parli yoyni otganida u qaysi tog‘ning katta cho‘qqisini yulib ketadi? J: Asqar tog‘ining
«Alpomish» dostonida keltirilishicha, qanday odam saxiy odam? J: Mehmon kelsa, joy bor bo‘lsa, ko‘nglini xushlab jo‘natsa, mozorotdan o‘tganda ularning haqqiga duo qilib o‘tsa, moli zakotga yetsa, zakot bersa
Baxil va saxiy haqidagi savollarga kim javob beradi? J: Alpomish
Boybo‘ri nima sababdan Boysaridan zakot so‘raydi? J: Baxilga chiqib qolmasin degan maqsadda
Boybo‘ri Boysaridan zakot olish maqsadida nechta mahramini jo‘natadi? J: 14 ta
Boysari 10 ming uyli qo‘ng‘irot urug‘i bilan qayerda yashar edi? J: Ko‘kqamish ko‘lida
Boysari akasi jo‘natgan mahramlarga qanday munosabatda bo‘ldi? J: 7 tasini quloq-burnini kestirib, o‘ziga yedirib, otga teskari o‘tkazib orqaga jo‘natib yubordi
«Alpomish» dostonida «to‘rdan joy, piyoladan choy tegmaydigan» obraz kim? J: Yortiboy oqsoqol
Boysari 10 ming qo‘ng‘irot urug‘iga maslahat solganida kim masalahat beradi? J: Yortiboy oqsoqol45. Maslahat bermaymiz Boysariboyga Osilmaymiz Boybo‘rining doriga. Biring – aka, biring – uka, Boysari, Maslahatni, shohim, o‘zing bilasan. Ushbu fikr kim tomonidan aytilgan? J: Yortiboy oqsoqol tomonidan
46. Boysari va o‘n ming qo‘ng‘irot urug‘i qayerga ko‘chadi? J: Qalmoq yurti, Kashal eliga, Chilbir cho‘liga 47. «Alpomish» dostonida moli yo‘q degan eng kambag‘al odamning qancha yilqisi bor edi? J: 40 ming tuya, qo‘yining sonini o‘zlari bilmas, bir qo‘ra, ikki qo‘ra deb sanardilar 48. Boysari yilqisining soni qancha edi? J: To‘qson to‘qay yilqisi bor edi
Lo‘k qanday tuya? J: Yuk tashiydigan tuya
Nor nima? J: Erkak tuya
Eliboylar kimlar? J: Chorvadorlar
Tabla nima? J: Ot boylanadigan joy
Qalmoqlar shohi kim edi? J: Toychixon
Surxayl kampir qayerda yashardi? J: Tovcha viloyati Qalmoq muzofotida
Barchinoy Alpomishga jo‘natgan choparlarni Qalmoq yurtida birinchi bo‘lib kim ko‘radi? J: Boybo‘ri
Boybo‘ri Barchindan kelgan xatni qayerga yashiradi? J: Sandiqqa
Boybo‘rining yilqichisi kim edi? J: Qultoy
Qaysi voqeadan keyin Alpomishga atalgan ot sag‘risi toshib, yoli qulog‘idan oshib, yulduzni ko‘zlab, taraqqos o‘ynay berdi? J: Barchindan xabar kelganidan keyin
Barchindan kelgan xabarni sandiqdan kim topib oladi? J: Qaldirg‘och
Barchinning oldiga otlanmayotgan Alpomishni narmoda deb otlanishga majbur qilgan shaxs kim? J:
Qaldirg‘och
Qultoyga Alpomishga ot bermaslikni kim tayinlaydi? J: Boybo‘ri
«Shamiyon qaytarib» so‘zining ma’nosi nima? J: Gerdayib, vahima qilib
Alpomish kimdan qolgan qo‘riqni yilqilarga soladi? J: Dobonbiydan
Alpomish yilqilarga qo‘riq solganida qaysi so‘zlarni aytadi? J: «Saman soriga tush yo olapocha to‘riga tush, shapaqning zo‘riga tush»
Alpomishning tushgan otdan ko‘ngli to‘lmayotganida kim otning nazarkarda ekanini bashorat qiladi? J:
Qaldirg‘och
Yo‘lga otlangan Alpomishga kimlar homiylik qilardilar? J: Shohimardon pir va qirq chiltonlar
«Alpomish» dostonida kimlar bir vaqtning o‘zida tush ko‘radilar? J: Alpomish, Barchinoy, Qorajon
Barchin ko‘rgan tushini kimga aytib beradi? J: Kanizagi Suqsuroyga
Nima uchun qalmoqlar Qorajonga qarata: «Oshpichoq, qalampir. Qorajon tentak bo‘p qopti», – deyishadi? J: Tush paytida uyqusidan kalima qaytarib turgani uchun 82. Barchin tushida nimani ko‘radi? J: Yangi oy tug‘gani, atrofida 4 yulduzni
Barchin ko‘rgan tushni Suqsuroy qanday ta’bir qiladi? J: Yangi tug‘gan oy rasul, atrofidagi to‘rt yorug‘ yulduzlar 4 choriyorning ramzi
Alpomish, Barchinoy, Qorajon qanday mazmundagi tush ko‘radilar? J: Kelajak taqdirlarini bildiradigan tush
Alpomish va Qorajon qayerda do‘st tutinadilar? J: Murodtepada
«Suqsur» so‘zining ma’nosi nima? J: Yovvoyi g‘oz
«Moya» so‘zining ma’nosi nima? J: Urg‘ochi tuya
Ko‘kqamish ko‘lida suqsur uchirdim, Suqsurni izlagan lochin bo‘laman. Bu fikr kim tomonidan aytilgan?
J: Alpomish
«Alpomish» dostonida kim «norkalla polvon» deb ta’riflanadi? J: Alpomish
Kim o‘zida «quyonchiq» kasali borligini aytgan? J: Qorajon
Alpomish nomidan Barchinoyga kim sovchi bo‘lib boradi? J: Qorajon
Barchinoy qanday shartlar qo‘ydi? J: 1. Boboxon tog‘ida poyga. 2. Yoy tortish. 3. Ming qadamdan tanga pulni urish. 4. Kurash
Boboxonning orasi qanchalik yo‘l edi? J: 40 kunlik yo‘l
Ko‘kaldoshning oti qanday ataladi? J: Ko‘kdo‘nan
«Alpomish» dostonidagi sinchi kim edi? J: Ko‘sa sinchi
«Alpomish» dostonida ikki ko‘zi o‘yilgan qahramon kim? J: Ko‘sa sinchi
Ko‘sa sinchining ko‘zini kim o‘yib oladi? J: Ko‘kaldosh
Boychiborning qo‘ltig‘ida qancha gaz qanoti qayrilib yotgan edi? J: 4,5 gaz
Boboxon tog‘idagi poyga uchun qalmoqlardan nechta ot qatnashdi? J: 499 ta
Poygada jami nechta ot qatnashgan? J: 500 ta
Poygada Alpomishning o‘rnidan kim chopadi? J: Qorajon
Qaysi tog‘da ajdarho bor edi? J: Zil tog‘ida
Ostida dulduli, belda zulfiqor, Jilovida Bobo Qambar jilovdor, G‘aminda otlandi Shohimardon pirlar.Bu misralar «Alpomish» dostonida kimga qarata kim tomonidan aytilgan? J: Payg‘ambar tomonidan Alpomishga
«Alpomish» dostonida chandib bog‘langan Qorajonga, tuyoqlariga mixlar qoqilgan Boychiborga kim yordam beradi? J: Rajabxo‘ja pir
Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema.
Bu fikr «Alpomish» dostonida kimlar tomonidan aytilgan? J: Rajabxo‘ja pir, Yortiboy oqsoqol
Qurruyo – qur hayt-a to‘ramning oti, Oq to‘shim – yayloving, sochim shibirtki. Bu gap kim tomonidan aytilgan? J: Barchinoy
Kimni gilamga solib, bardor-bardor qilib ko‘tarib, baxmal uyga kirgizadilar? J: Qorajonni
Yoy tortish musobaqasi qayerda bo‘lib o‘tadi? J: Oyna ko‘lida, Chilbir cho‘lida
Kurash musobaqasi qayerda bo‘lib o‘tadi? J: Oyna ko‘lida, Chilbir cho‘lida
«Shomurti shoxalab har yoqqa ketgan, Ichida chichqonlar bolalab yotgan». Misralarda kimning ta’rifi keltirilgan? J: Qo‘shquloq
«Chachsiypatar». 4. «Qo‘lushlatar»
«O‘zbak! Sen bunda bo‘yni yo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go‘riston bo‘lib o‘lma. Hali ham qo‘ygin. Halak bo‘p kelgan yo‘lingdan qolma». Ushbu gap kim tomonidan kimga aytilgan? J: Ko‘kaldosh Alpomishga aytgan 115. «O‘zbak! Sen bunda bo‘yni yo‘g‘onlik qilma, g‘aribi go‘riston bo‘lib o‘lma. Hali ham qo‘ygin. Halak bo‘p kelgan yo‘lingdan qolma». Ushbu gapni Ko‘kaldosh Alpomishga qaysi shart oldidan aytgan? J: Kurash 116. Olimlarning aniqlashicha, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida baxshilar og‘zidan nechta doston yozib olingan? J: 150 ga yaqin
«Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlar soni nechta? J: 100 dan ortiq
Bugungi kunda «Alpomish» dostonining nechta varianti bor? J: 40 dan ortiq
«Doston» so‘zi qaysi tildan olingan? J: Forscha
«Doston» so‘zi qanday ma’noni bildiradi? J: Qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif degan ma’nolarni
Xalq dostonlari necha turga bo‘linadi? J: 5 turga: 1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma. 3. Romantik.
4. Tarixiy. 5. Kitobiy
Yozma adabiyotdagi dostonlar qaysi nom bilan ishlatiladi? J: Poema
Xalq dostonlarining she’riy shakli necha bo‘g‘inli misralardan tashkil topadi? J: 11, 8, 7
Xalq dostonlarida keltirilgan 11 bo‘g‘inli she’riy shaklda nima ifodalanadi? J: Tinch ruhiy holat tasviri, qahramonlarning o‘y-mulohazalari
Xalq dostonlarida keltirilgan 8 bo‘g‘inli she’riy shaklda nima ifodalanadi? J: Otlarning chopishi, jang manzaralari, personajlarning tezkor harakatlari
Dostonlarda ishlatiladigan nasriy qofiya nima deyiladi? J: Saj
«Go‘ro‘g‘lining zo‘r deb ta’rifi ketgan, zarbasi toshdan o‘tgan, qilichining ishlovi yetgan, tekkan odam omon qolmasin deb, zaharning suvin yalatgan». Ushbu parchada qanday badiiy san’at qo‘llangan? J: Saj 128. Epik qolipga misol keltiring. J: «Dam shu damdir, o‘zga damni dam dema, Boshing eson, davlatingni kam dema», «Kokillarim eshilgandir tol-tol, Har toliga bersa yetmas dunyo mol»