4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Dars so`ngida darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi.
5.O`quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa; mavzuni o`qib, savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 58-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Abdulhamid Cho`lpon “Kecha va kunduz” romanidan parcha o`qish
Ta`limiy maqsad: Asar mazmuni bilan tanishish, tahlil qilishga o`rgatish
Tarbiyaviy maqsad: vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob, test topshiriqlari
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Romandan parcha o`qish.
She’riyat, hikoyachilik va dramaturgiyada tajriba orttirgan, rus va jahon adabiyotining mumtoz namunalari bilan tanishib, ayrimlarini mahorat bilan tarjima qilgan Cho’lpon 1934- yilda «Kecha va kunduz» romanini yozib, o’zining buyuk nosirlik iqtidorini ko’rsatdi. Roman «Kecha» va «Kunduz» singari ikki kitobdan iborat bo’lishi ko’zda tutilgan edi. «Kecha» kitobining birinchi bobi 1935- yilda «Sovet adabiyoti» jurnalida bosilgan, 1936- yilda roman to’liq chop etilgan. Cho’lponning ayrim zamondoshlari ikkinchi kitob ham yozib tugallanganligini aytishadi. Ehtimol, Cho’lpon qatag’onga uchragan vaqtda kitob qo’lyozmasi yo’q qilingandir. Lekin asarning birinchi kitobiyoq eng yetuk o’zbek romanlaridan biri sifatida adabiyot tarixida qoldi.
Yozuvchi kechagi kunni tasvirlar ekan, «mustamlaka tuzumi yomon» qabilidagi gapni yalang’och aytishday jo’n yo’ldan bormaydi. Balki, zulm-zo’ravonlik ustuvor ekan, mamlakatda qanday tuzum hukmronligi haqida yetti uxlab tushiga kirmaydigan, oddiy kishi ham uning qabohatidan chetda qolmasligini hayotdan olingan jonli timsollar taqdirini tasvirlash asnosida ishonarli ko’rsatadi. Tuzum o’z-o’zicha adolatli ham, adolatsiz ham emas, balki unda yashayotgan va uni boshqarayotgan kishilar darajasida bo’lishi g’oyat nozik tasvirlangan. Adib o’lka ahli hayotidagi unchalik ko’zga tashlanavermaydigan jihatlarning mohiyatini teran anglagani uchun ham «Kecha va kunduz» romani qahramonlar boshidan o’tgan qiziqarli voqealarni naql etuvchi sarguzasht emas, balki Turkiston va turkistonliklarning tarixiy taqdirini butun chigalliklari bilan aks ettirgan badiiy asar darajasiga ko’tarilgan.
Asarda Cho’lpon olamga hayrat ko’zi bilan qaraydigan sodda, samimiy Zebi, umri to’rt devor orasida o’tayotgan, na tirikchilikdan, na erdan yalchigan Qurvonbibi, dunyoda faqat eshonning so’zinigina haqiqat deb biladigan johil Razzoq so’fi, dumbul va savodsiz Akbarali mingboshi, ayyor noib to’ra, uning makkor xotini singari ko’plab timsollar haqqoniy va jonli tasvirlangan. Cho’lponning mahorati shundaki, asarda unchalik katta o’rin tutmaydigan epizodik personajlarni ham g’oyat puxta tasvirlaydi.
Romanda Zebi ishtirokidagi voqealar tasviriga ko’p o’rin berilgan, asardagi ko’pchilik personajlar shu timsolga daxldor tarzda chizilgan bo’lsa-da, u asarning bosh qahramoni emas. Negaki, u asar voqealari rivojini boshqarmaydi, balki ixtiyorsiz tarzda, qayoqqa borayotganini, nima bo’larini bilmagan holda hayot oqimida suzadi. U biron-bir holatning kelib chiqishiga ongli tarzda, bilib turib sabab bo’lmaydi. Uning boshqalar hayotiga ta’sir ko’rsatgan xatti-harakatlari ham o’zining ixtiyoridan tashqarida sodir bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |