9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet75/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

4. Mavzuni xulosalash.
5.O`quvchilar bilimini baholash,darsni yakunlash

6.Uyga vazifa; mavzuni o`qib, savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________

9-sinf adabiyot 57-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu : Abdulhamid Cho`lpon hayoti va ijodi. She`rlar

Ta`limiy maqsad: Ijodkor hayoti bilan tanishtirish. She`rlari bilan tanishish

Tarbiyaviy maqsad: vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish


Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: suhbat, bumerang texnologiyasi

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash

3. Yangi mavzu bayoni.

Shoir, dramaturg, nosir — Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon 1897- yili Andijonda tug’ildi. Professor Naim Karimov, ayrim xotiralarga tayanib, Cho’lponni 1898- yilda dunyoga kelgan deb hisoblaydi. Otasi Sulaymonqul Muhammad Yunus o’g’li ma’rifatli, bilimli ziyolilardan bo’lib, asli savdo bilan shug’ullansa-da, she’rlar ham yozib turgan. Onasi Oyshabibi maxsus tahsil ko’rmagan, ammo ko’ngli ochiq, suhbati yoqimli, ertag-u qo’shiqlarni ko’p biladigan ayol bo’lgan.

Cho’lpon dastlabki ta’limni o’z mahallasidagi maktabda olib, saboqdoshlaridan o’tkir xotirasi bilan ajralib turgan. U qisqa fursatda savod chiqarib, Qur’oni Karimni yod oladi. Zamon talabiga ko’ra, o’g’lining rus tili va madaniyatidan ham xabardor bo’lishini istagan otasi Abdulhamidni Andijondagi rus-tuzem maktabiga o’qishga bergan. Bo’lajak shoirga rus-tuzem maktabida Botish adabiyoti bilan tanishish imkoni tug’ildi. Bu maktab saboqlari bitgach, mulla Sulaymonqul iste’dodli o’g’lini madrasaga topshirib, yetuk muddaris qilmoqchi bo’ldi. Abdulhamid madrasada fors va arab tillarini o’rgangan. Lekin bu davrda buyuk boshqird olimi Zaki Validiy va yosh o’zbek adibi Fitrat asarlari ta’sirida turkchilik g’oyalari, jadid qarashlari bilan tanishgan Cho’lpon muddaris emas, «o’zbek milliy yozuvchisi» bo’lishga ahd qiladi. Uydagilardan ruxsat olmay, Toshkentga ketib, ijod bilan shug’ullanadi. U turk, rus, fors tillari vositasida dunyo adabiyoti durdonalarini o’qidi.

Bolaligidan she’rlar yozib yurgan Cho’lpon o’z yozmalarini «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Farg’ona», «Turkiston viloyati gazeti» kabi nashrlarda «Qalandar», «Mirza qalandar», «Q.», «Andijonlik», «Cho’lpon» taxalluslari bilan chop ettirgan.

20-yillar Cho’lpon uchun samarali ijod davri bo’ldi. 20-yillarning birinchi yarmida Turkistonda chiqib turgan deyarli barcha gazeta-jurnallarda Cho’lpon she’rlari bosilar va ular turkistonliklarni o’zlarini anglashga undardi. Uning she’rlari «O’zbek yosh shoirlari» (1923), «Go’zal yozg’ichlar» (1925), «Adabiyot parchalari» (1926) singari to’plam va majmualardan o’rin olgan, maktablarga kirib borgan edi. Shu yillarda uning «Uyg’onish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926) singari she’riy to’plamlari bosildi. Uning adabiyotshunoslik, publisistika borasidagi ishlari ham juda ko’p edi. Bu yillarda Cho’lpon «Yorqinoy» (1921), «Halil farang» (1921), «Cho’rining isyoni» (1926), «Yana uylanaman» (1926), «O’rtoq Qarshiboyev» (1928), «Hujum» (1928) singari asarlar yaratib, milliy dramaturgiyani rivojlantirdi.

1926- yilda Toshkentga qaytgan Cho’lpon sho’ro hukumati yuvindixo’rlari bo’lgan iste’dodsiz kimsalarning qattiq hujumiga duch keldi. Uni «millatchi va badbiri shoir»,— deya aybsitdilar. Respublika matbuotida Cho’lpon ijodi bo’yicha ur-surdan iborat munozara bo’lib o’tdi. Badiiy so’z ma’nosini teran anglaydigan Qodiriy, Fitrat singari adiblar shoirni turli yo’sinda qo’llaganliklariga, Oybek singari yosh talantlar Cho’lpon ijodiga yondashishning sog’lom yo’llarini taklif etganliklariga qaramay, shoir kommunistik mafkura yugurdaklari tomonidan ur kaltak qilindi. Nihoyat, madaniyat xodimlarining 1927- yilning oktabrida bo’lib o’tgan II qurultoyida Cho’lpon ijodi «...g’oyaviy tuturuqsiz» ekanligi respublikaning rahbarlaridan biri Akmal Ikromov tomonidan ta’kidlangach, shoir deyarli yakkalanib qoladi.

O’tgan asrning 30-yillariga kelib, Cho’lponga nisbatan siyosiy-mafkuraviy zug’um yanada kuchaydi. Natijada, shoir 1932- yilda Moskvaga ko’chib ketadi. U yerda Gogolning «Tergovchi», I. Frankoning «Feruza», Andreevning «Osilgan yetti kishining hikoyasi» asarlarini o’zbekchalashtiradi. 1935- yilgacha u yerda yashab, yana Toshkentga qaytib keladi va teatrda adabiy emakdosh bo’lib ishlaydi. Bu yillarda unga qaratilgan hujumlar yanada zo’raydi, adib asarlari o’zbek matbuotida bosilmay qo’yiladi. Shundan so’ng u, ko’proq badiiy tarjima bilan shug’ullanadi. Shekspirning «Hamlet», Pushkinning «Boris Godunov», «Dubrovskiy», Gorkiyning «Ona» singari asarlarni rus tilidan o’zbekchaga ag’daradi. Shu tahlikali yillarda Cho’lpon «Kecha va kunduz» romani, «Soz» she’rlar to’plamini yaratadi.

Millat baxti uchun jonini tikkan jasur o’g’lon, buyuk iste’dod egasi bo’lgan adib 1937- yilning 14- iyulida qamoqqa olinadi. Davrining bir guruh asl farzandlari qatori 1938- yilning 4- oktabrida otib tashlanadi.


Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish