4.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Dars so`ngida darslikda berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi.
5.O`quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa; mavzuni o`qib, savollar tuzish.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 55-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Badiiy asarda milliy ruh ifodasi
Ta`limiy maqsad: Nazariy ma`lumot berish
Tarbiyaviy maqsad: Milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat, bahs-munozara
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Yangi mavzu bayoni.
Bu dunyoda odamlar millatlarga bo’linib yashashadi. Har bir millat o’z makonida o’ziga xos tartibga amal qilib yashagani uchun boshqa millatlardan qaysidir bir jihatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek, har bir odam, katta-kichikligidan qat’i nazar, bolaligidan o’zining biror millatga tegishli ekanligini bilib o’sadi. Oila va maktabdagi tarbiya tufayli odamda: «Men-o’zbekman» yoki «Men -qozoqman», - degan tuyg’u bo’ladi. Xuddi shu tuyg’u milliy ruhdir. Millatning o’ziga xosligini tayin etadigan eng katta va asosiy belgi esa tildir. Tilini unutgan odamda millat tuyg’usi bo’lmaydi.
Milliylik — tashqi belgi emas. U ichki holatdir. Biror millatning vakili o’zining qaysi millatga mansubligini bilsa va shu bilan faxrlansa, unda millat tuyg’usi shakllangan bo’ladi. Kimki bunga befarq qarasa, uning tashqi ko’rinishi, kiyimi, qosh-u ko’zi, hujjatiga nima deb yozilganidan qat’i nazar milliy tuyg’udan mahrum kishidir. Millatini tanimaslik va u bilan faxrlanmaslik ulkan baxtsizlikdir. Bu ota-onadan yuz o’girishga o’xshaydi.
Ota-onani tanlab bo’lmaganidek, millatni ham tanlamaydilar. Uni boricha qabul qilish, avaylash, uning har jihatdan yuksalishga hissa qo’shish lozim. Ayni shu holatlarning badiiy adabiyotda aks etishi badiiy asarning milliyligi bo’ladi. Adabiyotda milliylik bu — asarda xalq, millat turmushi manzaralarini, milliy urf-odatlarni, millat vakillariga xos xususiyatlarni ko’rsatishdangina iborat emas. Biror asl badiiy asar o’zbek tilida yaratilganining o’zi bilan milliydir. Agar unda faqat til emas, balki qahramonlarning tabiatini tasvirlash yo’sini ham o’zbekcha bo’lsa, u chinakam milliy asardir.
«O’tkan kunlar» romani milliy ruh juda bo’rtiq aks etganligi bilan ajralib turadi. Otabekning ota-onasi bilan, qutidor va Oftob oyimlarning qudalari hamda kuyovlari bilan munosabatlari tasvirlangan o’rinlarda faqat o’zbekkagina xos fikrlash va ta’sirlanish yo’sini juda go’zal ko’rsatilgan. Romanda milliy running ifodasi milliy urf-odatlar aks etgan manzaralar tasviridagina emas, balki qahramonlarning sezimlari, o’y-xayollari aks ettirilgan o’rinlarda ham bor bo’yi bilan namoyon bo’lgan. Otabek o’ziga mutlaqo yoqmaydigan qaror qabul qilgan onasiga qo’pollik qilmaydi, yuziga tik qaramaydi. Shuningdek, o’g’il biror o’rinda o’zining Kumushni yaxshi ko’rishini ota-onasiga ochiq aytmaydi. Otabek bunday harakatlardan andisha qiladi, o’ziga nomunosib hisoblaydi.
Kumush Otabekni nikoh kechasida ko’rganda «Siz o’shami?» deb entikkanida, er-xotin uzoq judolikdan keyin diydor ko’rishgach, Kumush «Siz qochoqsiz» deb Otabekning yuziga sekingina shappatilab, erkalaganida milliy ruh yorqin namoyon bo’ladi.
Asarning milliyligi odamdagi ayni shunday nozik, ko’zga tashlanavermaydigan jihatlarni topib tasvirlashda namoyon bo’ladi. Milliy ruh yaqqol aks etgan asarlarda personajlarning xatti-harakatlari, o’ylari, sezimlari faqat muayyan millat vakiliga mansub ekanligi o’z-o’zidan anglashilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |