9-sinf adabiyot 1-dars Sana: O`qituvchi: Mavzu: ruhiy kamolot vositasi



Download 268,8 Kb.
bet69/158
Sana23.01.2022
Hajmi268,8 Kb.
#405486
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158
Bog'liq
9-sinf adabiyot kundalik reja

O`quvchilar bilimini baholash:

Uyga vazifa; takrorlash

O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________

9-sinf adabiyot 52-dars Sana:____________ O`qituvchi:

Mavzu : “O`tkan kunlar” romanidan parcha o`qish

Ta`limiy maqsad: .Asar mazmuni bilan tanishish

Tarbiyaviy maqsad: Ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish


Dars tipi: yangi bilimlar berish

Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob

Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita

Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash

2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash

3. Yangi mavzu bayoni. Darslikda berilgan asardan parchani o`qish.

«O’tkan kunlar» Abdulla Qodiriyning bosh asaridir. Yozuvchi asar mavzusini bekorga o’tgan kunlardan olmagan. Chunki buguni mustahkam, ertasi poydor bo’lishini istagan har bir xalq o’tmishini yaxshi bilishi kerak. Adib millat tarixining «eng kirlik, qora kunlari»ni tasvirlash asnosida xalqning asl ma’naviy qiyofasini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Yozuvchi asarda tarixning eng chirkin paytlarida ham millat hayotida yuksak ma’naviyatli yorqin shaxslar va yorug’ jihatlar bo’lganligini aks ettiradi. Lekin u romanda xalq va uning o’tmishini quruq ulug’lash yo’lidan bormaydi. Balki millat tabiatidagi qoloqlik va tanazzulga sabab bo’lgan illatlarni ham shafqatsiz xolislik bilan ko’rsatib beradi. Millat o’zining yuksak va tuban jihatlari bilan to’la aks ettirilgani uchun ham asar xalq orasida keng tarqalib ketdi.

O’z davrida «O’tkan kunlar» romanini o’qish uchun navbat kutib turganlarning sanog’iga yetib bo’lmas, asarni to’la yodlab olgan kitobxonlar ham bor edi.

Asarda xalqning baxtsizligi, millat rahnamolarining kaltabinligi, hukmdorlarning ma’rifatsizligi, ommaning johilligi, yurt mustaqilligining omonatligi va deyarli hech kimni qiziqtirmasligi singari holatlar bot-bot tilga olingan. Romanning bosh qahramonlari novdaligidayoq xazon etilgan, asar ulkan fojia bilan tugagan bo’lsada, unda qandaydir bir yorug’ ruh hukmronlik qiladi. Kitobxon g’am botqog’iga botib ketmaydi. Chunki adib odamlarimiz, xalqimiz tiynatidagi nurli jihatlarni sezgirlik bilan ilg’ab olib, tasvirlay biladi. Shu bois barcha umidlari kesilgan taqdirlar tasviri bilan tanishgan kishida ham umidsizlik kayfiyati paydo bo’lmaydi.

Chinakam iste’dod xususiy holat misolida hodisaga tegishli umumiy belgilarni ko’ra olish qudratiga ega bo’ladi. «O’tkan kunlar»da Qodiriy iste’dodining shu jihatlari namoyon bo’lgan.

O’zbek xalqining go’zal odobi, cheksiz andishasi, katta-kichik, uzoq-yaqin kishilarning o’zaro muomala-munosabatlaridagi yuksak madaniyat, millat turmush yo’sinidagi o’xshashi yo’q tartiblar yozuvchining san’atkorligi tufayli jonli badiiy lavhalarda shu qadar mahorat bilan ko’rsatilganki, o’quvchi bu xildagi tirikchilik yo’rig’iga ega xalq va uning yetuk vakillarini yaxshi ko’rib qoladi. Qizig’i shundaki, yozuvchi biror o’rinda boisin xalqni maqtamaydi, atay uning fazilatlarini ko’rsatishga urinmaydi, tashviq qilmaydi. Lekin qahramonlar tutumini shunday tasvirlaydi, odamlarning o’zaro munosabatlarini shunday ko’rsatadiki, o’zbeklar haqida ijobiy fikrga o’z-o’zidan kelinaveradi. Bu jihatdan, ayniqsa, Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Alim, Hasanali, Mirzakarim qutidor, Oftob oyim, Normuhammad singari personajlar tasviri xarakterlidir. Asarda bu timsollarning taqdir sinovlaridan o’tishdagi sifatlarini tasvirlash asnosida xalqning fazilatlari namoyon qilingan.


Download 268,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish