5.O`quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa; insho yozishga tayyorgarlik.
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 62-64-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu :7 - Nazorat ishi. Insho va tahlil. “Otabek , Kumush timsollariga tavsif” “Zebi timsoliga tavsif”
Ta`limiy maqsad: BKMlarni nazorat qilish
Tarbiyaviy maqsad: Milliyliklik , ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, yozma nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: nazorat ishi
Dars uslubi: yozma ish
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. 7-nazorat ishi.Mavzu yuzasidan suhbat, inshoga reja tuzish
Asarda Cho’lpon olamga hayrat ko’zi bilan qaraydigan sodda, samimiy Zebi, umri to’rt devor orasida o’tayotgan, na tirikchilikdan, na erdan yalchigan Qurvonbibi, dunyoda faqat eshonning so’zinigina haqiqat deb biladigan johil Razzoq so’fi, dumbul va savodsiz Akbarali mingboshi, ayyor noib to’ra, uning makkor xotini singari ko’plab timsollar haqqoniy va jonli tasvirlangan. Cho’lponning mahorati shundaki, asarda unchalik katta o’rin tutmaydigan epizodik personajlarni ham g’oyat puxta tasvirlaydi.
Zebi — hurkak ohu singari go’zal va ilojsiz. U eng yaqin kishisi bo’lmish otasidan yovdan qo’rqqanday qo’rqadi. Ammo uni yomon ko’rmaydi. Otasi qatori, ammo undanda johil, undanda xunuk kimsaga xotin bo’ladi va bu qismatga ko’nikadi. U mingboshining o’zga ayollari singari na merosga ega bo’lishni, na boylik orttirishni, na o’ynash topib ishrat qilishni o’ylaydi. U taqdirga tan beradi, xolos. Lekin taqdirning adolatsiz o’yinini qarang-ki, Akbarali ayni shu begunoh qiz qo’li bilan o’ldiriladi. Zebining suddagi holati, ro’y bergan hodisani mutlaqo tushunib yetmagani, o’zidan nima so’rashayotgani, nima talab qilishayotganini anglamaganligi, Sibirga surgun qilingani haqidagi hukmni eshitgandan so’ng ham qismatini emas, balki uyga qanday yetib olishini o’ylashi kabi o’rinlarda Cho’lponning tasvir qudrati bor bo’yi bilan namoyon bo’lgan. Shunday manzaralar tasviri o’quvchini qizga taqdirdosh, qismatdosh, darddosh qilib qo’yadi, uning har bir nafasini xavotir bilan kuzatishga majbur qiladi.
Cho’lpon o’ligi tirigidan qimmatga tushgan Akbarali timsolini ham g’oyat pishiq ishlagan. U tavakkalchiligi, orqa oldiga qaramasligi sabab bo’lib, kattalar nazariga tushib qolgan va ular aynan unga o’xshash og’zing qani desa, qulog’ini ko’rsatadigan amaldorlar kerakligidan hamda pora berishda qo’li ochiqligidan mingboshini «qadrlashadi». Akbaraliga o’xshagan amaldorlar buyruqni bajarishnigina bilishgani, uning mohiyati, odamlarga foyda-zarari bilan qiziqmaganlari uchun bosqinchilarga kerak. Bundaylar millatdoshlarini o’ylamaydi, ularga achinmaydi. Odamiylik haqidagi «ortiqcha» injiqliklardan xoli va shu bois kattalarning zanjirdagi itiday gap. Uning shaxsiy hayoti ham fe’liga yarasha: na mazmun va na tartib bor.
Romanda Zebi taqdiri mantiqiy yakuniga yetmaganday ko’rinadi. Chunki hayotning yakuni yo’q. Unda qancha tasodif-u noma’lumliklar turgani yolg’iz Yaratganga ayonki, asardagi tugallanmaganlik ana shunga qilingan ishoradir. Ko’rinadiki, «Kecha va kunduz» kishini o’yga toldiradigan, kecha, bugun va erta haqida, inson umrining mazmuni to’g’risida fikrlashga undaydigan asar bo’lib, yoshlarning milliy ma’naviyatini shakllantirishida muhim o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |