9-Маъруза: Tuganakmevali ekinlarning ahamiyati



Download 32,64 Kb.
bet3/10
Sana29.05.2022
Hajmi32,64 Kb.
#618812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-Маъруза

Kelib chiqishi va tarixi. Madaniy kartoshkaning vatani Janubiy Amerika. Ameri­ka­ning turli mintaqalarida eramizdan 1-2 ming yil muqaddam uning turli turlari ekin sifatida o’stirilib boshlangan. Chilining o’rta qismi va Chiloye orolida kartoshkaning tetraploid (2n=48) turlari madaniylashtirilib boshlangan. Ulardan Solanum tube­rosum L. kelib chiqqan. Hozirgi paytda seleksiya ishlarida kartosh­ka­ning 211 turidan foydalanilmoqda. Hozirda S. tube­rosum turiga man­sub 2000 dan ortiq nav ma’lum. Ulardan 600-800 tasi hozir keng tarqalgan. Amerikadan Yevropaga kartoshka XVI asrning o’rtalarida keltiril­gan, keyin Ispaniyadan boshqa davlatlarga tarqalgan. O’zbekistonga kartoshka Rossiyadan keltirilgan.
Ekin maydoni va hosildorligi. Jahonda 23 mln ga ekilib, yalpi hosili 325 mln tonnani, hosildorlik 14-16 tonnani tashkil etadi. O‘zbekistonda 2013 yilda 78,2 ming/ga maydonga kartoshka ekilib, hosildorlik o‘rtacha 21,0 tonnani, yalpi hosil 2250,3 ming tonnani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich aholi jon boshiga o‘rtacha 75 kg dan to‘g‘ri keladi. Tibbiy me’yor bo‘yicha inson yiliga o‘rtacha 90 kg kartoshka iste’mol qilishi tavsiya etilgan. Respublikamiz aholisining ushbu mahsulotga bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun yiliga 3200,0 ming tonna kartoshka yetishtirish zarur.
Botanik ta’rifi. Kartoshka tabiatiga ko‘ra ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Lekin bir yillik o‘simlik sifatida ekiladi. Kartoshka odatda vegetativ yo‘l bilan ya’ni tuganaklaridan ko‘paytiriladi. Kartoshka ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga o‘nlab yovvoyi hamda madaniy turlarni birlashtiriladigan Solonum L avlodiga kiradi. Ulardan madaniy kartoshka (Solanum tuberosum L) eng ko‘p ekiladi. Kartoshka poyasining ko‘pchiligi tik, ba’zilari yoniga egilib o‘sadi. Poyasining rangi yashil, lekin ba’zi navlarida antasion qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusga kiradi. Kartoshka poyasining shakli qovurg‘ali, 3 yoki 4 qirrali, tuk bilan qoplangan. Bo‘yi sharoitga qarab keskin –30 sm dan yoki 60 sm gacha o‘zgaradi. Kartoshka o‘simligi tupining asosiy qismi 4-6 ta serbarg poyadan iborat. Tupdagi poyalar soni naviga, ekiladigan tuganaklarning yirik-maydaligiga va ulardagi kurtaklar soniga bog‘liq, tupdagi poyalar soni ma’lum darajaga tuganakdagi ko‘zchalar soniga bog‘liq. Kartoshka poyasining ostki qismidagi qo‘ltik kurtaklaridan novdalar–stolonlar rivojlanadi. Ularning uchi yo‘g‘onlashadi, tuganaklar hosil bo‘ladi, stolonlar hamma vaqt poyadan ingichkaroq turli uzunlikda bo‘ladi.
Kartoshka barglari oddiy, cheti tekis, o‘simlik o‘sgan sari qarama-qarshi joylashgan, toq patsimon barglar dastlab bir juft, keyin uch juft va undan ortiq (yettitagacha) hosil bo‘ladi. Poyaga birikadigan joyda barg o‘zi barg bandiga aylanadi. Oxirgi barg odatda qolganlaridan yirikroq bo‘ladi. Barglarning tuzilishi va undagi qirqimlari soni muhim nav belgilaridan hisoblanadi. Gul tuzilishi 5 ta tojibarg, 5 ta changchi bo‘lib, kartoshka o‘zidan changlanadi. Mevasi yumshoq, ikki uyali sersuv rezavor meva hisoblanib, juda ko‘p mayda yassi urug‘i bor. 1000 dona urug‘ining vazni 0,5 g. Ildiz sistemasi popuk ildiz. Ildizning yarmiga yaqini haydalma qatlamda joylashadi. Kartoshka tuganagi yo‘g‘onlashgan qisqa poyalardan iborat. Tuganaklar rivojlanishining ilk bosqichidan bu bargchalar rivojlanadi. Ularning izi ko‘zcha hosil qiladi. Har qaysi ko‘zcha uchtadan va undan ortiq kurtak hosil qiladi, bitta kurtak o‘sadi, qolgani turadi. Tuganakda ko‘zchalar spiral shaklida joylashadi. Yetilgan tuganaklar po‘kak to‘qimalardan iborat.

Download 32,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish