9-laboratoriya ishi geologik xarita bo‘yicha geologik qirqim tuzish laboratoriya ishining maqsadi


Geologik xarita I-I chiziq (yo’nalishi) bo’yicha geologik kesim



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#572445
1   2   3   4
Geologik xarita I-I chiziq (yo’nalishi) bo’yicha geologik kesim
tuzish namunasi 
Plakatda geologik xarita keltirilgan. Unda quyidagi maydonni tuzgan tog’ 
jinslarining modda tarkibi va yoshi shartli belgilar orqali ifodalangan (1-rasm). 
Undan tashqari qatlamlarni bir-biriga nisbatdan joylashishi shartli belgilar 
orqali ko’rsatilgan: 
– gorizontal joylashish; 
– antiklinal (yuqoriga qaragan qavariq). 
Antiklinal – markazga, yon tomonlarga, qanotlarga ajratiladi. Uning 
markazida - qadimiy jinslar, qanotlarida - yosh jinslar joylashgan bo’ladi.
– sinklinal (pastga qarab bukilgan botiqlik). 
Sinklinal – markazda yosh qatlamlar yotadi. Odatda sinklinalning qulfi 
pastga qaragan, qanotlaridagi qatlamlar o’rtasiga qarab yo’nalgan. Ag’darilgan 
yotiq va to’ntarilgan sinklinallarda qanotlari bir tomonga tushadi, bu holda 
sinklinallarning qulfi yuqoriga qaragan bo’ladi. 

60
o
– qatlamning 60
o
burchak ostida og’ishi. 
N – maydonning geologik xaritasi 
Berilgan xaritada relefning asosiy elementi bo’lib daryo yon atrofi 
(vodiysi) hisoblanadi. Daryo o’zani maydonning past sathlarida belgilanadi. 
Daryo vodiysining qiyaliklari tog’ jinslarni qiya yotgan qatlamlaridan tuzilgan. 
Daryoning chap tomonidagi tog’ jinslari qatlamlari gorizontga nisbatan 60
0
burchak ostida joylashgan, monoklinal joylashishga mansub; o’ng qirg’oqdagi



qatlamlar gorizontga nisbatdan 45
0
va 60
0
burchak ostida joylashgan, antiklinal 
tarzda joylashgan. 
Daryoning geologik ta'siri natijasida ikkita daryo maydonlari (terrasa) 
hosil bo’lgan. Birinchi maydon (terrasa) daryoning o’zanini hosil qilgan; 
ikkinchi maydon – lyossimon qumli loydan tuzilgan. 
Kesim tuzilishi quyidagi ketma - ketlikda bajariladi: 
1) I-I chiziq bo’ylab maydon xarakterli nuqtalarining qiymatlarini hisobga 
olgan holda vertikal masshtab 1:5000 (ya'ni 1 sm da 50 m) tanlaymiz. 
Gorizontal masshtab xarita masshtabiga teng; 
2) bazis chiziq chizilib, bu chiziqqa 350 belgi qo’yamiz. Bazis chiziqqa 
perpendikulyar ko’rinishida maksimal sathi 600 ga teng bo’lgan reyka sifat 
vertikal chiziqli masshtab tushiriladi; 
3) bazis chiziqqa kesim chiziqdan sathlarni proyeksiya qilamiz va
balandligi bo’yicha bosh (no’linchi) chiziqdagi joylashgan nuqtadan 
oshadigan perpendikulyarni tiklaymiz; 
4) nuqtalarni ravon birlashtirib, topografik profil tuzamiz (2-rasm); 
5) topoasosga qatlamlarni chegarasi bilan kesim chizig’i tutashgan 
nuqtalarni proyeksiya qilamiz; 
6) kelib chiqqan nuqtalardan transportir va chizg’ich (lineyka) yordamida
qatlamlarni chegaralarini og’ish burchagiga mos ravishda o’tkazamiz. Birinchi 
terassa (maydonni) tashkil etuvchi mayda tosh va ikkinchi terassani tashkil 
etuvchi lyossli soztuproq gorizontal joylashgan
7) tog’ jinslarining qatlamlarini berilgan shartli belgilar bilan shtrixlab 
chiqamiz. Shtrixovka qatlamlarni chegarasiga nisbatan parallel chizib 
ko’rsatiladi (3-rasm); 
8) relef chiziqdan yuqoriroq (balandroq) qatlamlarni yuvilishdan oldin 
bo’lgan holatini punktir chiziq orqali ko’rsatamiz. 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish