8-mavzu. XII-XV asrlarda mo’g’ullar imperiyasi Reja



Download 46,02 Kb.
bet1/4
Sana12.04.2022
Hajmi46,02 Kb.
#547139
  1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu. XII-XV asrlarda mo’g’ullar imperiyasi


8-mavzu. XII-XV asrlarda mo’g’ullar imperiyasi
Reja:
1. Markazlashgan mo’g’ul davlatining tashkil topishi.
2. Mo’g’ullarning istilochilik yurishlari.
3. Oltin Orda.
4. Boshqa mo’g’ul uluslari.
Tayanch so’z va iboralar: mo’gullar, Temuchin, Chingizxon, Yaso qonunlari, Xorazmshoh, Jaloliddin Manguberdi, Botuxon, Xubilay, Xulagu, Oltin O’rda.
Asosiy adabiyotlar
1. Salimov T. O'rta asrlar tarixi. –Toshkent, 2006.
2. O’rta asrlar tarixi. V.P.Semenov. –T., “O’qituvchi”. 1973.
3. Kurbangaliyeva R.R. O'rta asrlar tarixi. O'quv metodik qo'llanma. T., Uchpedgiz. 1991.
4. История средних веков. Под ред. С.П.Карпова. част ИИ М. МГУ. 2001
5. История средних веков Под ред. З.В.Удалцовой и С.П.Карпова. 1-2 ч. М., Высшая школа. 1991.
6. История стран Азии и Африки в средние века. M., 1988.


1.Markazlashgan mo’g’ul davlatining tashkil topishi. XI-XII asrlarda mo’g’ullar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda qoloq hisoblanar edi. Ularda hali urug’-aymoqchilik munosabatlari kuchli bo’lib, asosan chorvachilik, ovchilik va o’zaro tovar ayirboshlash, savdo-sotiq bilan shug’ullanib kelishgan.
XII asr oxiri XIII acr boshlarida mo’g’ul urug’ boshliqlari orasida ichki kurashlar avj oldi. Bu kurashlarda Temuchin ismli bahodir g’olib chiqib, 1204-1205 yillarda ko’chmanchi chorvador urug’larni siyosiy jihatdan birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. 1206 yilda u Onon daryosining yuqori qismida qurultoy chaqirdi. Bu qurultoyda Temuchinga Chingizxon unvoni berildi, ya’ni kuchli, qattiq, shiddatli dengizdek xon ma’nosini bildirgan. Ana shu tariqa Temuchin ko’p sonli jangari qabilalar saltanatining kuchli hukmdoriga aylandi. Bu saltanat qudratining o’zagini Chingizxon yurgizgan qattiqqo’l va huquqiy jihatdan asoslangan, markazlashgan siyosat tashkil etdi.
Diniy va ijtimoiy faoliyatning barcha sohalarini o’z ichiga olgan bu huquqiy siyosat 1206 yildagi qurultoyda qabul qilingan "Yaso" qonunida asoslab berilgan edi. Ta’kidlash joizki, "Yaso" ko’p yillik hayot tajribasi, qabila va urug’larning urfu-odati, an’anasi, o’zini oqlagan udumlar asosida tuzilgan edi. Mintaqa tarixida dastlab huquqiy hujjat bo’lganligi bois "Yaso" mohiyatiga bir oz to’xtalmoq lozim. Unda:
- xonning vazifalari va huquqlari belgilangan. Hattoki ulug’ xon o’z burchini to’liq bajarmasa, uni hokimiyatdan chetlashtirish fikri ham aks ettirilgan;
- qo’shinni tashkil etish tamoyillari yoritilgan. Ya’ni, o’n, yuz, ming, tuman tizimi uzoq asrlar davomida qator mamlakatlarda qo’llanilgan. O’ziga xos holat shundaki, qo’shinga davlatning hech qanday mablag’ xarajati ko’zda tutilmagan bo’lib, har qaysi jangchi o’z ovqati, quroli, zarur buyum va anjomlari uchun o’zi qayg’urishi kerak bo’lgan. Ya’ni yashash va kurash mezoni olinadigan o’ljaga bog’liq qilib qo’yilgan, hayotiy zarurat darajasiga ko’tarilgan edi. Jang uslubi oddiy, yoppasiga, birvaraqayiga hujumga o’tishga asoslangan bo’lib, qo’rqoqlik, sotqinlik qattiq jazoga tortilar edi;
- jazo choralari aks ettirilgan. Suvni yoki sutni ataylab to’kib yuborish dasht sharoitida kechirilmas jinoyat sifatida qoralanar edi. O’g’rilik, ochiq talon-tarojlik razil odat sanalar, o’g’irlangan mol to’qqiz barobar miqdorida undirib olinardi;
- ayollar huquqlari ta’kidlangan. Xususan, urush sharoitida avlodlar kelajagini ta’minlash sifatida baholangan ayollarning o’z eriga xiyonati qonun tomonidan kechirilgan.
"Yaso" qoidalarini hamma bajarishi shart emasdi. Mamlakat oldidagi buyuk xizmatlari uchun shaxsan Chingizxon marhamatiga erishib "tarxon" unvoniga ega amaldorlar uni hatto 9 marta buzishlari mumkin bo’lgan. Birinchi qurultoydayoq bir necha kishi ana shunday unvonga ega bo’lishi bu davlatning naqadar tabaqalanganligini ko’rsatadi. "Yaso"ning e’lon qilinishi Chingizxonning mutloq hukmdorligini, o’ta qattiq intizomli va kuchli harbiylashgan mamlakatning yuzaga kelganligini isbotlaydi. Ikir-chiqirlarigacha mukammal ishlab chiqilgan va harakatga keltirilgan bu ulkan "mashina" o’zga davlatlar uchun jiddiy xavf edi.
Chingizxon qo’shinlari turli qismga bo’lingan edi. O’n jangchiga bir boshliq-o’nboshi, yuzboshi, mingboshi va tumanboshilar qo’yilgan. Davlat unvonlari va mansablar-ulug’, o’rta va kichik hokimlar dorugalar, oliy va quyi hokimlardan iborat bo’lgan. Chingizxon davlatining poytaxti Qoraqurum edi. Yozuv va o’qishdan bexabar bo’lgan xon bu boradagi davlat ishlarida uyg’urlar va savdogarlar xizmatidan keng foydalanar edi.
Chingizxon 1207 yilda o’z mamlakatining shimoliy erlarini, 1207-1208 yillarda Yenisoy daryosi havzasini, 1211-1215 yillarda Xitoyni egalladi. Ayniqsa Sin sulolasining qulatilishi va uning natijasida erishilgan behisob harbiy o’lja va boylik, zamonaviy jang asboblari va uskunalar Chingizxon qo’shinini yangi yurishlarga ilhomlantirdi. Mo’g’ullar davlati qisqa muddat ichida O’rta Osiyodagi Xorazmshohlar davlatiga chegaradosh mamlakatga aylandi.
Xorazmshoxlar davlatining hukmdori Alovuddin Muhammad uzoq yillar davomida qo’shni davlatlar ustiga muvaffaqiyatli harbiy yurishlarni amalga oshirib, Ozarbayjon, Eron, Kurdiston, Iroq yerlarini qo’lga kiritgan, salkam 400 ming kishilik qo’shinga ega edi. G’alabalar uning shuhratparast qalbida katta ishonch, g’urur va shu bilan birga balandparvoz hislarni uyg’otgandi. O’zini "xudoning yerdagi soyasi", "ikkinchi Iskandar" deb atab yurgan Xorazmshoh ham Xitoyga ko’z tikkandi. Buning ustiga Xorazmshohning siyosiy mavqei pasayib borar, o’lkadagi ijtimoiy ahvol esa notinch edi. Shoh bir qator zaifliklarga ega bo’lganki, bu muvaffaqiyatlar davrida uncha sezilmas, ammo jiddiy harbiy sharoitda real xavf kasb etardi. Xususan, Xorazmshoh qipchoqlardan bo’lgan qator lashkarboshilarga ishonmas, taxtga ko’z tikkan onasi Turkon xotin va uning saroyiga tiqishtirilgan qarindoshlari bilan chiqishmas, din peshvolarini o’z harakatlari tufayli qattiq ranjitgan edi. Xalq qo’zg’olonlarini (1210 yilgi Samarqand qo’zg’oloni) shafqatsizlik bilan bostirgani, soliqlar zulmi, turmush darajasining pastligi uni oddiy xalqdan juda uzoqlashtirgandi.
Shunday siyosiy sharoitda Chingizxon va Xorazmshoh davlatlari o’rtasida elchilik munosabatlari o’rnatildi. 1216 yil Chingizxon huzuriga Xorazmshoh o’z elchilarini oboradi. O’zaro totuvlik va do’stlik qaror topib, ikki davlat yerlarida savdogarlarning erkin qatnoviga xohish bildirildi. So’ng, 1218 yili Xorazmshoh yangi elchilarni yuboradi. Bunga javoban Chingizxon Mahmud Yalavoch boshchiligida Xorazmshoh davlatiga elchi yuboradi. Ammo munosabatlar borgan sari keskinlashib bormoqda edi. 1218 yil Chingizxon Xorazmga navbatdagi 500 tuya hamda 450 savdogarlardan iborat savdo karvonini jo’natadi. Biroq O’tror noibi Inalxonning farmoniga ko’ra, karvon talanadi. Savdogarlar qirib tashlanadi. Chingizxon bu voqeadan nihoyatda dargazab bo’lsada, g’azabini bosib, Ibn Kufroj Bug’roni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan birga Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon aybdorni jazolash, Inalxonni unga topshirishni talab qiladi. Xorazmshox Chingizxonning talabiga javoban elchini o’ldirishni va ikki mulozimni soqol-mo’ylovini qirib sharmandali qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikki davlat o’rtasida harbiy to’qnashuv mukarrar ekanligini ko’rsatadi. Xorazm mamlakatining harbiy qudrati, geografik holati davlat boshqaruvidagi qarama-qarshilik va zaifliklarini obdon o’rgangan Chingizxon ijtimoiy-siyosiy vaziyat urush uchun nihoyatda qulay ekanini tushunadi hamda 1218 yili chaqirilgan navbatdagi Qurultoyda harbiy harakatlar taktikasini ishlab chiqadi.

Download 46,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish