8-mavzu. XII-XV asrlarda mo’g’ullar imperiyasi Reja


Mo’g’ullarning istilochilik yurishlari



Download 46,02 Kb.
bet2/4
Sana12.04.2022
Hajmi46,02 Kb.
#547139
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu. XII-XV asrlarda mo’g’ullar imperiyasi

2. Mo’g’ullarning istilochilik yurishlari. «O’tror voqeasi» va Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi Chingizxonning Movarounnahrga bostirib kirishi uchun bahona bo’ldi. Bu hujum shunchaki tartibsiz bosqin bo’lmay, avvaldan rejalashtirilgan vahshiyona hujum edi. Unga Chingizxon katta ahamiyat berib puxta tayyorgarlik ko’rgan edi. Urush boshlanishida Xorazmshoh qo’shinlari mo’g’ullarnikiga nisbatan ko’p sonli edi. Ammo armiyani bir joyda to’plashdan qo’rqqan Sulton Muhammad uni tarqoq holda jangga tayyorladi, jang boshlanganda esa mudofaa taktikasini qo’llaydi. Bu Muhammadning jangdagi eng katta xatosi edi. U hatto sarkarda Shahobudin Xivakiyning «dushmanni o’zini o’nglab olmasdan to’satdan zarba berish kerak» - degan fikrini ham inobatga olmadi. Oqibatda 1218 yili Chingizxon o’z o’g’illari Chig’atoy, O’qtoy va Jo’ji bilan birga 200 000 qo’shin bilan Xorazmshoh ustiga yurish boshladi. Bu yurishda unga uyg’ur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sig’noq ham hamroh bo’ldi. Ular Farg’onadan o’tib O’tror ustiga yurish boshlaydi. Shu yerda Chingizxon armiyani to’rt qismga bo’ladi:
1. Chig’atoy va O’qtoy rahbarligidagi armiya O’trorni qamal qilib turish uchun qoldiriladi.
2. Jo’ji boshchiliq armiya Sirdaryo etagiga yuborilib Sig’noq, O’zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olish buyuriladi.
3. Besh ming kishilik armiyaga Oloqno’yon va Sintubuqa nomlarida sarkardalar Sirdaryoning o’ng sohili va Binkentni bosib olish uchun yuborildi.
4. Chingizxonning o’zi muntazam askarlari bilan O’rta Osiyoning markazi – Buxoroga qarshi harakat boshlaydi.
O’tror chegara qal’a bo’lib, uning noibi Inalxon qo’lida 50000 otliq qo’shin bor edi. Qal’ani mudofa qilish uchun Qoracha Hojib qo’mondonligida yana 10000 kishilik qo’shin keladi. Juvayniyning ma’lumotlariga qaraganda shahardagi musulmonlar mo’g’ullar hujumidan sarosimaga tushadi. Shahar 5 oy davomida mudofaada bo’ladi. Ammo kuchlar nisbatan teng bo’lmaganligi sababli shahar taslim bo’ladi, Inalxon asir tushadi, O’qtoy uning quloqlariga kumush eritilib qo’yib Samarqanddagi Ko’ksaroy maydonida o’ldiriladi.
1220 yil fevralida Chingizxon Buxoroga yetib keladi. Shaharda 20000 kishilik qo’shin bo’lib, unga Sevinchxon, Qo’shlixon va Ko’kxon boshchilik qilardi. Ikki o’rtada qonli jang bo’lib o’tdi. Buxoro ahli taslim bo’lishga majbur bo’ldi, Shahar yondirildi, 16 fevralda egallandi. Shahardan 30000 kishi mo’g’ullar tomonidan o’ldirildi. Ilm va ma’rifat egalari, shayxlar qul qilib sotildi. Qozilar eshak va xachir boqishga majbur qilindi.
Buxorodan keyin navbat Samarqandga keldi. Bu ulug’ shaharni mudofaa qilish uchun 110000 qo’shin bor edi. Ular qo’l ostida 20ta fil ham bor edi.
Bu vaqtda shahar noibi To’g’ayxon edi. Ammo jangchilar o’rtasida birdamlik yo’q edi. Samarqandni bosib olish uchun Chingizxon O’trordan olib kelingan asirlardan foydalandi. Jang 3 kun davom etdi. Natijada To’g’ayxonning barcha qo’shinlari qirib tashlandi. Mo’g’ullar Samarqandni suv bilan ta’minlovchi «Qo’rg’oshin nova»ni buzib tashlashdi, shahar suvsiz qoldi. 50000 ga yaqin sog’ qolgan shaharliklar tashqariga olib chiqildi. Lekin ular kun botishi bilan qatil etildi. Shaharda qolgan 5000 aholi 20000 oltin tanga to’lash sharti bilan ularni aybi kechirildi. Shunday qilib butun Movarouannahr mo’g’ullar tomonidan bosib olindi.
Chingizxonning yaqinlashib kelayotganligini eshitgan Sulton Muhammad Jayhun orqali Xurosonga qochadi. Keyin u Rayga, so’ngra Mozondaronning o’tib bo’lmas tog’lari orqali hozirgi Astrobod shahriga keladi. Keyinchalik Kaspiy dengizining janubidagi bir orolchaga borib joylashadi va u yerda hor-zorlikda, g’ariblikda zotiljam kasali bilan o’ladi.
1220 yil aprelda Samarqand taslim bo’lgach mo’g’ullar Sig’noq, O’zgan, Jandga qarshi hujum boshlaydi. Lekin bu shaharlar tezda taslim bo’ladi. Endi navbat Sirdaryo bo’yidagi Binokat va Xo’jand shahriga yetib keladi. Mo’g’ullarga qarshi kurash olib borgan oxirgi Xorazmshohlar vakili Jaloliddin Manguberdi edi. Mo’g’ul qo’shinining eng atoqli lashkarboshilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. U Parvona dashtidagi jangda mo’g’ul lashkarboshisi Shiki-Xutuhu no’yon boshliq 45000 qo’shinni mag’lub etadi. Jaloliddin jangda yangi harbiy taktikani qo’llaydi ya’ni dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini. Mo’ng’ullarning bu mag’lubiyati ularni esankiratib qo’yadi. Chunki ular shu vaqtgacha mag’lubiyat nimaligini bilmagan. Bu mag’lubiyatdan keyin barcha harbiy harakatlarni endi Chingizxon o’z qo’liga olishga majbur bo’ladi.
Jaloliddinning Parvona dashtidagi g’alabasi unga qimmatga tushdi. G’alabadan so’ng olingan o’ljani taqsimlashda uning lashkarboshilari Sayfutdin Ug’roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar o’rtasida nizo kelib chiqadi. Sulton Jaloliddinning kuchi ancha zaiflashadi. Chunki Sayfutdin Ug’roq o’zining 30000 kishilik askari bilan ketib qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G’aznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Hind daryosi sohillariga chekinadi. Daryo bo’yida 1221 yilning noyabrida qattiq jang bo’lib o’tadi. Chingizxon Hind daryosiga yaqinlashganda Jaloliddin keyingi kuni daryoni kechib o’tmoqchi ekanligini eshitib shu kechaning o’zidayoq daryoning kechuv yo’lini to’sdi. U Sulton qo’shinining orqadigi qismiga yetib olib uni tor-mor qildi. Kuchlar nisbati va jang qilish befoyda ekanligini tushungan Jaloliddin, oilasini mo’ng’ullar qo’liga asr tushishini istamaganligi uchun rafiqasi, onasi va bolalarini daryoga uloqtirib suvga g’arq qiladi, o’zi esa Hind daryosining narigi qirg’og’oga suzib o’tib ko’zdan g’oyib bo’ladi. Uning qahramonligiga tan bergan Chingizxon Jaloliddinni taqib etishni man qiladi va o’g’illariga qarab «Ko’rdingiz! Bunday otaning o’g’li shunday bo’lishi kerak» -deb ta’kidlaydi.
Jaloliddin mo’g’ullarga qarshi kurashda Kavkazda kuchli davlat barpo etmoqchi bo’ladi, ammo mahalliy hokimlar o’rtasidagi nizolar uning rejasini ro’yobga chiqishga to’sqinlik qiladi. Shunday qilib eng so’nggi Xorazmshoxning hukmdorligi shu tariqa 1231 yilning kech kuzida tugaydi. 140 yil hukmronlik qilgan buyuk Xorazmshohlar davlati va uni boshqargan xonadon barham topadi.
Mo’ng’ullar istilosidan so’ng Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv kabi shaharlar xarobazorga aylandi. Samarqand va Marv vohasining sug’orish tarmoqlari vayron etildi, Urganch suvga bostirildi, natijada o’lkaning tub aholisi boshqa joylarga ko’chib ketishga majbur bo’ldi. Sharq va G’arbni bog’lab turgan Ipak Yo’li butunlay barham topdi. Ilm, ma’rifatga ulkan ziyon yetkazildi.
Chingizxon biroz vaqt Movarounnahrda turgach 1224 yil o’z vataniga qaytadi va u yerda quriltoy chaqrib o’z imperiyasini o’g’illari, nabiralariga taqsimlab beradi. Xitoy va Mug’iliston O’qtoyga, uyg’urlardan to Xorazmgacha bo’lgan, Movarounnahr va Turkistonning bir qismi Chig’atoyga, Xorazm va Dashti Qipchoq to’ng’ich o’g’li Jo’jiga va keyin nabirasi Botuga; Xuroson, Eron va Hindiston To’liga meros qilib berildi. Mo’g’ullar bosib olgan viloyatlarni uluslarga taqsimlanib udel asosida boshqariladi. 1227 yil Chingizxon 70 yoshida vafot etadi.
Chingizxon asos solgan markazlashgan davlat uning vafotidan keyin uchinchi o‘g‘li O‘qtoy (O‘gadoy) Ulug‘ xon qo‘liga o‘tdi. U esa Chingizxon boshlab bergan dunyoni egallash vazifasini davom ettirishga qaror qildi. Hali fath etilmagan hududlarga, jumladan, rus yerlariga yuborish uchun katta qo‘shin tashkil qilib, unga Chingizxonning nevarasi, Jo‘jixonning o‘g‘li Botuxonni bosh qo‘mondon etib tayinladi. Shu tariqa rus safari boshlandi. Aslida, 1223-yildayoq Subutoy va Jebe no‘yonlar boshchiligida mo‘g‘ullar Kiyev ostonalarigacha borgan, ammo shaharni qamal qilmasdan ortga qaytgan edi. Ammo bu safar hammasi boshqa edi.
1237—1238-yillarda mo‘g‘ullar Ryazan, Vladimir-Suzdal knyazliklarini fath etdi. Keyin esa Volga-Don tekisliklariga chiqdi va shu yerdan janubi-sharqiy Yevropani egalladi. 1239-yilda shunday yurishlardan birida Pereyaslavl va Dnepr daryosining chap sohili yerlari zabt etildi. Shu yilning kuzida Chernigov egallandi. Shu yilda Menguxon razvedka bilan shug‘ullandi va Kiyev atroflarini diqqat bilan o‘rgandi. U Kiyev knyazi Mixail Vsevolodichga elchilar yubordi, ammo elchilar o‘ldirildi.
Bu paytda rus knyazliklari o‘zaro dushman kayfiyatida edi, qo‘shimchasiga mo‘g‘ul tahdidi ham bor edi. Knyaz Mixail bu xavf oldida ojiz qoldi va shaharni tark etib, Vengriyaga qarab qochdi. Uning o‘rnini Smolensk knyazi Rostislav egalladi, u ham tez orada Galitsk knyazi Danil Romanovich tomonidan quvib chiqarildi. U esa shaharni Dmitriyga topshirib, uning himoyasini tashkil qilishni buyurdi. O‘zi esa o‘z knyazligiga qarab ravona bo‘ldi.
1240-yil yozda mo‘g‘ullar g‘arbga yurish uchun tayyorgarlikni yakuniga yetkazdi. Shu vaqtga qadar bo‘lib o‘tgan janglarda yo‘qotilgan askarlar o‘rniga sharqdan va fath etilgan yerlardan yangi askarlar kelib qo‘shildi. G‘arbga qarshi yurish qilgan qo‘shin soni haqida turli fikrlar aytiladi. Zamonaviy tarixchilar uning soni 40 mingdan 120 mingacha bo‘lganini qayd etadi.
Mo‘g‘ullarning g‘arbga yurishidagi eng birinchi yirik shahar Kiyev, eng birinchi to‘siq esa Dnepr edi. Turli manbalarda mo‘g‘ullarning Dneprdan qanday o‘tgani haqida turlicha ma’lumotlar keltiriladi. Ba’zilar ularni daryo muzlagan paytda kesib o‘tgan desa, boshqalari yozda suv sathi pasaygan paytda kesib o‘tgan deydi. Lekin mo‘g‘ullar Dnepr bo‘ylariga 1240-yilning yozida keldi va uzoq vaqt shu yerda turib qoldi. Maqsad Kiyev shahrini fath etish edi.
Kiyev o‘z davrining eng yirik shaharlaridan biri edi. Uning aholisi 40—50 ming kishini tashkil qilgani manbalarda yozib qoldirilgan. Shahar balandligi 12 metr bo‘lgan qalin devor bilan o‘ralgan. Ammo devorlar X—XI asrlarda qurilgani bois ular toshotar qamal qurollariga bardoshli qilib qurilmagan edi. Bu esa oqibatda Kiyevning qulashiga sabab bo‘ldi. Shahar ikki qism — yuqori va quyi qismdan iborat edi. Shaharni himoya qilish uchun to‘rt-besh ming kishi safarbar qilindi. Mo‘g‘ullar yaqinlashib kelayotgan paytda kiyevliklar Podol (quyi qism)ni tark etib, yaxshi himoyalangan yuqori shaharga kirib oldi.
Shu tariqa Kiyev shahri Botu tomonidan fath etildi. Shahar egallanganidan keyin u yerda bir necha ming kishilik garnizon joylashtirildi. Endi mo‘g‘ullar uchun Yevropa eshiklari ochiq edi. Kiyevdan keyin Volin, Galitsiya egallandi. Kiyevning egallanishi bilan rus yerlarining mo‘g‘ullar tomonidan fath etilishi amalda yakunlandi hamda ruslar keyingi ikki yarim asr mo‘g‘ullar hukmi ostida yashadi.
Botu askarlari ham shaharni o‘rab oldi va uning atroflarini tashqi yordam kelishiga imkon qoldirmaydigan qilib tozalab chiqdi. Uch oy davomida shahar qamal qilib turildi. Botuxonning bosh qarorgohi Libid daryosining narigi qirg‘og‘ida joylashgan edi. Shu yerdan, ya’ni shaharning janubiy tarafidan “Yaroslav shahri” (Kiyev Yaroslav Mudriy sharafiga shunday nomlangan) devorlari va minoralari yaxshi ko‘rinib turar edi.
Ularning katapultalari yuz yillik eman va qarag‘ay daraxti yog‘ochidan qilingan edi. Shu tariqa shahar tosh otuvchi katapultalar yordamida o‘qqa tutildi. Natijada, Lyadskiy darvozasi quladi. Kiyevliklar himoyalanishda davom etdi. Qo‘mondon Dmitriy jang paytida yaralandi va mo‘g‘ullar shaharning qolgan devor va darvozalarini ham egalladi. Qo‘shin shaharga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Rus og‘ir kavaleriyasi qochayotgan odamlar to‘la tor ko‘chalarda harakatlana olmadi. Shahar to‘lig‘icha mo‘g‘ullar tomonidan egallandi. Ertasi kuni ham janglar davom etdi. Himoyachilar Desyatina cherkoviga kirib himoyalandi hamda uning atrofida yog‘och to‘siqlar o‘rnatdi. Tirik qolganlar cherkov ichiga kirib oldi. Gumbazda ham odamlar ko‘pligidan gumbaz qulab tushdi.
Botu o‘z qo‘shinlari va tosh otish mashinalarining asosiy qismini shaharning eng himoyasiz qismida — Lyadskiy darvozasi qarshisida, botqoqli pasttekislikda to‘plagan edi. Botuxon botqoqlik muzlash paytini kutdi va shundan keyingina mazkur darvoza orqali hujum boshladi.
Botuxon Rus yerlarini bosib olganidan so’ng harbiy yurish yo‘nalishi Yevropaga qaratildi. 1241-yildan boshlab mo‘g‘ullarning Yevropa sarhadlariga (Rus yerlaridan keyin) harbiy yurishlari boshlandi. Botuxon Yevropaga yurish uchun an‘anaviy ko‘chmanchilar yo‘lini tanladi, ya'ni Vengriya hududida - mintaqa markazida u o‘z hukmronligi uchun tayanch istehkomini qurishni maqsad qilgan edi. Shu boisdan ham u asosiy kuchlari bilan Vengriyaga yo‘l olgan bir paytda, qolgan kuchlarni Polsha, Chexiya, Bolgariya tarafdan xavfsizlikni ta'minlash maqsadida o‘sha hududlarga yo‘naltirilgan edi.
Mo‘g‘ullarning hujumiga birinchi bo’lib Polsha duchor bo’ldi. 1241 yilning yanvarida mo‘g‘ullar Vislaga yurish qilib, Lyublin va Zavixostni egalladi. Yana bir guruh mo‘g‘ul qo‘shinlari Rasibujagacha yetib bordi. Shu yilning fevralida mo‘g‘ullar Tur shahri yaqinida Kichik Polsha ritsarlariga zarba berib, Vislaning asosiy tayanch nuqtasi bo‘lgan Sandomirni vayron qildilar.
28-martda Krakov egallagan Baydar va Kayduning birlashgan kuchlari aprel boshida Shlensk poytaxti Voroslav tomon harakat boshladi. Kichik Polshadagi ahvol Polshaning qolgan hududlarini birlashib harakat qilishga majbur etdi. Voyevoda Sulislav Meshkova, Shlensk knyazi Genrix rahbarligida turli hudud harbiylarni birlashtirgan qo‘shin tuzildi. Bu birlashgan qo‘shin tarkibida chet el ritsarlaridan iborat otryad ham bor edi. Voroslav shahrini mo‘g‘ullar qamal qilgach, Genrix qamal holatida mo‘g‘ullarni yengib bo‘lmasligini tushunadi va o‘z «baxtini» ochiq jangda sinashga qaror qildi. 9-aprel kuni chex qo‘shinlariga qo‘shilish rnaqsadida yo‘lga chiqqan qo‘shin Legnisa yaqinida mo‘g‘ullar tomonidan tor-mor qilindi. Jangning ayni qizigan vaqtida chex qo‘shinlari bu yerga bir kunlik masofada edi.
1241-yilning yanvarida Botu boshliq mo‘g‘ul qo‘shinlarining asosiy qismi Vengriyaga «Rus darvozasi» - Veres dovoni orqali kirib kela boshladi. Qo‘shinning bir qismi Transilvaniya tomon harakat qilib, Vengriyani Bolgariyadan ajratib qo‘yishi kerak edi. Yana bir qism mo‘g‘ul qo‘shinlari Moldoviyaga yurish qilib, u yerni egalladi, bu bilan shu hududda qisqa muddat faoliyat ko‘rsatgan qipchoq yepiskopligi ham tugaydi.
Vengriya qiroli Bela IV Peshtda turli shaharlardan qo‘shin to‘plab, 60 ming kishilik askarlar bilan mo‘g‘ullarga qarshi chiqish uchun shaharni tark etadi. Shunday katta kuch bilan mo‘g‘ullarga qarshi chiqish arafasida qirolga dushman kayfiyatida boiganlarning o‘z vazifalarini «sidqidildan» bajarmasliklari oqibatida 1241-yil 11-aprelda (Legnisa jangidan 2 kun o‘tgach) vengrlar Shayo yaqinida maglubiyatga uchradi. Pesht mo‘g‘ullar tomonidan egallanib vayron qilindi, aholisi qilichdan o‘tkazildi.
Kadan boshliq mo‘g‘ul qo‘shinlari bo‘lsa qator janglardan so‘ng Varadin, Arat, Pereg, Yegres, Temeshvar, Dyulafexervar kabi punktlarni cgnlladilar.
1241-yiIning aprelida mo‘g‘ullar qo‘shini Slovakiyaga hujum qildi. Ular G’arbiy Slovakiyaga Polsha orqali, Moraviyaga Grozenkovskiy dovonlari orqali kirib kelib, shu yilning dekabrigacha Slovakiyani talon-taroj qildi. Keyin ular Dunaydan o‘tib Botu qo‘shinlariga qo‘shildi. Sharqiy Chexiya hududlarida qisqa vaqt harbiy yurishlar uyushtirgan mo‘g‘ullar tezda ortga qaytadi. Chex qiroli Vaslav boshchiligidagi 40 ming kishilik qo‘shinga qarshi turolmaydi va g’arbga bo’lgan yurishini shu yerda to‘xtatadi.
Umuman vengrlar yerlarini egallashda mo‘g‘ullar juda katla talofat ko‘rdi. Plano Karpinining qayd etishicha. Guyukxon qarorgohida Vengriyada halok bo‘iganlarga atalgan maxsus maqbara (qabriston) bo‘lgan. Shu ma'lumotning o‘zi ham mo‘g‘ullarning Yevropaga yurishlari katta yo‘qotishlar hisobiga bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi. Mo‘g‘ullarning Yevropadagi yurishlarining so‘nggi nuqtasi Adriatika sohiligacha borib yetdi. U yerda mo‘g‘ullar Zagrebni, yepiskoplik shaharlari bo‘lgan Svach, Drivasto, Katorralarni qo‘lga kiritdi. Kadan boshliq mo‘g‘ullarning oxirgi otryadlari 1242-yil bahoriga kelib orqa yo‘nalishga qaytdi.

Download 46,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish