adad qat’iy deb hisoblanmagani ma’qul. Payg‘ambarlarning birinchisi ―
Odam (
as
), oxirgisi ― Muhammad (
s.a.v.
).
8.
Payg‘ambarlarning mo‘‘jizalarini haq deb e’tiqod qilish.
SHuningdek, avliyolarning karomatlari ham haq va rostdir. Hech bir avliyo
payg‘ambar darajasiga eta olmaydi.
9.
Islomning besh rukni ― iymon kalimasi, namoz, ro‘za, zakot, haj
har bir musulmon zimmasiga farzi ayn ekani. Farzlardan 1-3 lari majburiy, 4
va 5 chilari imkoniga yarasha bo‘lib, bulardan birortasini beuzr tark etsa yoki
shar’an taqiqlangan ishlarga qo‘l ursa, qattiq gunohkor bo‘lishi, lekin kofir
bo‘lmasligini tasdiq etish.
10.
Iymon - Muhammad (
s.a.v.
) Alloh taolo tomonidan keltirgan
barcha xabar va ma’lumotlarni haq va rost
ekaniga til bilan iqror etib, dil
bilan tasdiqlash deb bilish. Solih amallarni ko‘p qilganda iymon nuri
ko‘payib, gunoh ishlarni ko‘p qilganda iymon nuri ozayib turishini tasdiqlash
va hokazo.
Sunniylikda 4 ta diniy-huquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik,
shofi’ylik, hanbaliylik) mavjud. Sunniylik bilan shialik o‘rtasida hokimiyat
masalasida, ayrim diniy marosim va an’analarda birmuncha tafovutlar bor.
SHia
so‘zining to‘liq shakli “shiat Ali” (
Ali partiyasi
) bo‘lib, bu nom
Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan.
SHiada musulmonlar jamoasi yoki davlatida faqat Muhammad (
s.a.v.
)
avlodlari (
Ali va Fotimadan tarqalgan
) hukmron bo‘lish
huquqiga ega deb
hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay
meros sifatida o‘tadi. Imomlik payg‘ambarlik kabi ilohiy mansab
hisoblanadi.
SHialikka ko‘ra, payg‘ambar vafotidan keyin halifalikka haqli kishi
Ali ibn Abu Tolib bo‘lgan. Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob va Usmon ibn
Affon esa bu huquqni undan zo‘rlik bilan tortib olishgan. SHialik tarafdorlari
sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb e’tirof etadi, lekin ularning ayrim o‘ta
reaksion ruhdagi vakillari halifalar davrida Qur’onning ayrim qismlari
tushirib qoldirilgan deb hisoblaydilar.
SHialik ilohiyotchilari Qur’onning mazmunini majoziy sharxlash
orqali o‘z ta’limotlarini asoslaydi. Ular faqat
Ali ibn Abu Tolib va uning
avlodlari tomonidan rivoyat qilingan hadislarni tan oladi. Bunday hadislardan
iborat to‘plam tuzilib, u axbor deb atalgan. SHialikda 8 ta aqidaga e’tiqod
qilinadi. Bular -tavhid (
Allohning yagonaligini e’tirof etish
), adl (
adolat,
Allohning odilligi, ya’ni taqdir aqidasi
), nubuvvat
(payg‘ambarlik
), imomat
(
imomlik – imomlar hokimiyatini e’tirof etish
), Amri ma’ruf (
yaxshilikka
buyurish
), Nahyi munkar (
yomonlikdan qaytarish
), tavallo (
Alloh do‘stlarini
do‘st tutish
), tabarro (Al
loh dushmanlaridan uzoqlanish
).
SHialikda Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki
imom hokimiyati tan olinadi. Imom al-Maxdiyni shialar “yashiringan”
hisoblaydi, zamona oxir bo‘lganda uning qaytib kelishini va adolat
o‘rnatishini kutadilar. SHialikda 12 imomlik (
isnoashariya
) Ali ibn Abu
Tolibdan boshlanib, uning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘illari Hasan va Husaynga
o‘tadi va Muhammad al- Mahdiyga borib tugaydi.
SHuning uchun
shialikdagi isnoashariylar firqasi “o‘n ikki imomni e’tirof qiluvchilar”, deb
nomlangan.
Isnoashariylarning ba’zilari Ali ibn Abu Tolibni Payg‘ambardan afzal
deb e’tiqod qiladilar hamda Ali ibn Abu Tolib va uning o‘n bir avlodi
insonlarga rizq berib turadi, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, Ali ibn Abu
Tolib va uning avlodlari Payg‘ambardan keyingi Allohning hujjatlaridir.
Ularning buyruqlari, ta’qiqlari Payg‘ambarning buyrug‘i, ta’qiqidir, ularga
itoat qilish Payg‘ambarga itoat qilishdir. Ularga bo‘ysunmaslik
Payg‘ambarga isyon qilishdir.
Hadis
(
xabar, gap, yangilik
) ― Muhammad (
s.a.v
.) aytgan so‘zlari,
qilgan ishlari, iqrorlari to‘g‘risidagi rivoyat. Hadis ta’lif
etish sohasida
“musnad”, “sahih”, “sunan” deb atalmish turli yo‘nalishlar vujudga keldi.
“Musnad” yo‘nalishida tasnif etilgan to‘plamlarda turli mavzudagi
hadislar
bir joyda keltirilib, ular hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini
qabul qilgan vaqtiga ko‘ra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan.
Abu Hanifa, Ahmad ibn Xanbalning Hadis kitoblari shu yo‘nalishga
mansub “Sahih” yo‘nalishiga to‘g‘ri, ishonarli hadislar kiritilgan. Bu
yo‘nalishga Imom Buxoriy asos solgan. “Sunan” yo‘nalishidagi to‘plamga
esa, to‘g‘ri ishonarli hadislar bilan bir qatorda “zaif” hadislar ham kiritilgan.
Abu Dovud, Abu Iso at-Termiziy, Nasoiy,
Ibn Moja, Abu Muslim
to‘plamlari shu yo‘nalishga mansubdir.
Milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida payg‘ambar nomidan yolg‘on
hadislar to‘qish, fiqx va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va
hokimlarga xushomadgo‘ylik oqibatida ko‘plab ishonarsiz, to‘qima hadislar
yuzaga kelgan.
Davr o‘tishi bilan hadislar to‘planib, muhim deb hisoblanganlari bir
tizimga solina boshlandi. IX-X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli
deb topilgan hadislarning 6 ta to‘plami vujudga kelgan. Bular: “Sahihi
Buxoriy”, “Sahihi Muslim”, “Sahihi Termiziy”, “Sunani Abi Dovud”,
“Sunani ibn Moja”, “Sunani Nasoiy”. Bu 6 ta Hadis to‘plamini tuzgan
muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik bo‘lgan.
Islom dinini qabul qilgan xalqlar madaniy va g‘oyaviy merosining
ko‘p unsurlari islomga Hadis shaklida o‘tgan. Hadis yig‘ish o‘rta asr
musulmon madaniyatining muhim xususiyati bo‘lib, bilim izlashning asosiy
mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarlarni asoslashning muhim
qismi bo‘lgan: undan hikmatli so‘z va matal sifatida ham foydalanilgan.
Imom Buxoriyning
Do'stlaringiz bilan baham: