8-Mavzu: Sharq uyg`onish davri madaniyati Reja



Download 260,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana29.03.2022
Hajmi260,87 Kb.
#516517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
8 mavzu matni (pdf)

Islomning asosiy aqidasi
-“Allohdan boshqa iloh yo‘q va Muhammad 
uning rasuli”. Islom ilohiyotining ilk shakli-kalom falsafiy ta’limoti bo‘lib, VII 
asrda arab halifaligida vujudga kelgan. Mutakallimlar islom dini aqidalarini 
ishlab chiqdilar. Islom dini 5 “asos” yoki “ustun” (
arkon ad-din al- islomiy
)ga 
ega: 1) kalima keltirish; 2) namoz o‘qish; 3) ro‘za tutish; 4) zakot berish; 5) 
imkoniyat topilsa, haj qilish. SHulardan birinchisi iymon va qolganlari ibodat 
deb e’tirof etilgan. Iymon 7 aqidani ― Allohga, uning farishtalariga, muqaddas 
kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxirat kuniga, taqdir (
yaxshilik va yomonlik 
Allohning irodasi bilan bo‘lishi
)ga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni o‘z 
ichiga oladi. Islomda xatna, ro‘za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, aqiqa, 
mavlud, xudoyi, ashuro kabi o‘ziga xos diniy marosimchilik tarkib topgan. 
“Qur’oni Karim”
(“qiroat” so‘zidan olingan) 
g‘oyalari, qadriyatlari 
(
odamlarni to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, poklik, halollik, ezgulik, yaxshilik, sahovat, 
do‘stlik, birodarlik, o‘zaro totuvlik, hamjihatlik, tinchligu osoyishtalikka 
undash
), islomiy ahkomlar, jamiyatu odamlar hayotiga singdirib borilib, shu 
asosda ular avvalgi butparastlik, otashparastlik, ko‘p xudolik, xurofot 
tushunchalaridan xalos bo‘lib bordilar. Payg‘ambar hayotlik chog‘ida yana 
vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’on jamlanib kitob shakliga keltirilmagan. 
Payg‘ambarning vafotidan keyin Qur’on kishilarning xotirasida va yozgan 
narsalarida qoldi. 
Birinchi xalifa - Abu Bakr Siddiq davrida ridda (
dindan qaytish
)ga qarshi 
olib borilgan qattiq janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar halok 
bo‘lib, Qur’onning kelajak avlodga saqlanmay yo‘qolib ketish xavfi 


tug‘ilgan. SHunda Umar ibn Xattob Qur’onni kitob holida keltirib, jamlab 
qo‘yish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr Siddiq bu ishni amalga 
oshirishni Payg‘ambar bilan ko‘p vaqt birga yurgan sahoba, Qur’onni eng 
yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshiradi. Qur’onni kiyik terisidan 
ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakr Siddiqning uyiga qo‘yadilar. U olamdan 
o‘tgandan keyin sahifalar Umar ibn Xattobning uyida, u kishidan so‘ng esa, qizi 
― Payg‘ambarning xotini Hafsa binti Umar ibn Xattob huzurida qoladi. 
Halifa Usmon ibn Affon Hafsa binti Umardan Abu Bakr Siddiq 
davridagi sahifalarni so‘rab olib, undan bir necha nusxa ko‘chirishga buyruq 
beradi.Kitob pergament qog‘oziga kufiy xatida olti nusxada yozilgan bo‘lib, 
ularning beshtasini Makka, SHom, Basra, Kufa va Madinaga yuborilgan. 
Qur’oni Karim 30 pora (
qism
), 114 sura, 6236ta oyatdan iborat. Uchinchi 
xalifa Usmon ibn Affon o‘zi bilan olib qolgan nusxasi Amir Temur tomonidan 
Basradan Samarqandga olib kelingan bo‘lib, hajmi 68x53x22 santimetr, jami 
353 varaqdan iborat.U hozirdaToshkentda ― O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
kutubxonasida saqlanadi. 

Download 260,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish