Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar
. Davlat arbobi va qomusiy olim
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va
huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma'lum. Xususan,
Boburning "Boburnoma" asarida, "Mubayyin" kabi to`plamlarida iqtisodiyotga oid ma'lumotlarga,
shu jumladan soliq siyosatiga katta o`rin berilgan. "Zakot to`g`risidagi katta kitob" da esa o`sha
davrdagi soliq, uning turlari to`g`risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutola qilar
ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro`y berayotgan iqtisodiy islohotlarni,
o`zgarishlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar,
maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari bo`lmish ishlab chiqarish,
shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj to`lovlari bilan bog`liq bo`lgan qarashlari bizni
to`lqinlantiradi. E'tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish,
ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o`z
hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo`lmasa ham, ilmiy
bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday xulosaga kelamizki, u buyuk mutafakkir,
qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat
hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli
farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning
oqibati o`laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -ijtimoiy
taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi
va tarixda o`chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o`rinni
egallagan .
Boburning "Mubayyin" asari to`la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag`ishlangan.
Asarning nomi ham "qonunlar izohi" ma'nosiga ega.
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham "zakot" ma'lum miqdorda
va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma'nosida qo`llaniladi hamda naqd pul va savdo
yig`imi shaklida to`planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining "nisobi", ya'ni mol-
mulkning zakot berishga layoqatli bo`lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam
mulkdan soliq olinmaydi. "Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to`la", deb
yozadi Bobur. Xiroj, ya'ni yer solig`i ikki toifaga bo`lingan: muqassam va muvazzar. Birinchisi,
olingan hosilning miqdoriga bog`liq bo`lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo`lgan, ikkinchi esa,
soliq solinadigan yerning maydoniga bog`liq ravishda olingan.
Yerni sug`orish masalalari Sharqda o`ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda quruq va
issiq, yer-tuproq sharoiti sun'iy sug`orishni talab etganligidan, sug`oriladigan yerlar, tabiiyki,
lalmikol yerlardan ko`p hosil bergan. Shu sababli suv solig`i ham bo`lgan . Suv solig`i
quyidagicha olingan: "agar sug`orish davrida chig`ir qursang, olgan hosilning o`ndan birining
yarmini (5%) soliq uchun to`lashing kerak", ya'ni sug`oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga
olingan va bu mantiqan to`g`ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig`imlar
tamomila islomiy shariatga to`la rioya qilingan holda olingan. Nisobga yetgan miqdordagi mol-
mulkdan Qur'oni Karim, Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat'iy belgilab qo`yilgan qismi
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, Masalan, boqiladigan mollar, ya'ni echki, tuya, sigir,
otlardan, xususan, qo`ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo`ydan bitta (2,5%), 120
tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo`lsa har 100 qo`ydan bittasi zakot qilib
berilgan.
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Shuningdek, "Boburnoma"da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi,
aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to`la bayon
qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar o`rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tuqunar edi.
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo`llarda talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon
yetkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz munosabatda bo`lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug`bek
va boshqa temuriylar siyosati bilan ma'lum.
O`sha davrda Bobur savdogarlardan olinadigan savdo yig`imining ham adolatli va xolisona
tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo
yig`imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi
daromad hissasiga nisbatan kamayib borgan, ya'ni daromad ko`payishi bilan soliq kamaygan va
boylik jamg`aruvchilar uchun o`ta manfaatli bo`lgan. Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni
qo`llash foydadan holi emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig`im esa ularning qaysi
yurtlardan kelganligiga bog`liq bo`lgan. Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo`lsalar, barcha
daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo`lmagan
mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon
savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq
tizimi.
Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo`llanib kelindi va mamlakatning
iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g`oyalarining juda chuqur ilmiy
asosga suyanganligi, uzoqni ko`zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy
salohiyat uning vorislari, ham yurtlari bo`lgan-bizlarda unga nisbatan yanada chuqur hurmat va
faxrlanish hissini uyg`otadi. Ulug` bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g`oyalar va
iqtisodiy
tafakkur
merosi,
u
yurgizgan
iqtisodiy
siyosat
tizimi
mustaqilligimizni
mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch bo`lishga xizmat qiladi.
Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o`rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq etish
hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tadbiq qilish foydadan holi emas. Shunisi diqqatga
sazovorki, Bobur podshohligi davrida mamlakatga vino keltirish ta'qiqlangan, ya'ni iqtisodiyotda
proteksionizm siyosati qo`llanilgan. Boburdan keyin uning o`g`li Humoyun, keyinchalik nevarasi
Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik
qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan boshlab islohotlar o`tkazdi, dehqonlarga yagona soliq
kiritdi, yagona uzunlik va og`irlik o`lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to`g`risida 1601 yil
"Akbarnoma" kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o`z aksini topgan.
Birbal-tarixiy shaxs, 1994 yilda Toshkentda bosilgan "Shoh Akbar va Dono Birbal" nomli
tqo`plamda ko`rsatilishicha, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning boshlarida
Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi Bobur an'analarini izchil davom ettirib, hindlar
bilan musulmonlar o’rtasida birodarlik munosabatlarini o`rnatish yo`lida jonbozlik ko`rsatgan.
Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli hukmdor edi. Akbar bu dono va zukko hind
amaldorlariga alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e'zozlagan. Birbal ham
Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida sidqidil bilan xizmat qilgan. Akbar va
Birbalning o`zaro suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida
diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan birga ayrim amaldorlarning
vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy
muammolarning yechimini topishga uriniladi.
"Podshohning besh savoli" hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi
namoyon bo`ladi. "Ulug` ma'bud Indiradir",- deb so`z boshlaydi u. Uning amri bilan yomg`ir
yerni sug`oradi, bug`doy unadi, odamlar to`kin va to`q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
odamlarga ko`p foyda keltiradi. Eng qimmatli gul-paxtaning guli. Undan mato to`qiydilar. U
butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan ulug` tish yo`q. Chunki, u yer bag`rini
yoradi, shundan keyin don va sabzavot ekiladi, odamlarni to`ydiradi. Ulug` fazilat esa jasoratdir.
Agar inson jasoratsiz bo`lsa, uning fazilatlaridan foyda yo`qdir. Jasorat bu mehnat. Inson hayotida
faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi mehnatgina emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida
ahamiyatga ega. Bu borada
"Inson qo`li gul" hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal bog`bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -
Ertaga bog` va gulzorlardagi eng chiroyli va yaxshi gul bilan o`zing yetishtirgan mevalardan olib,
shohning huzuriga borasan. Shoh bog`bondan meva va gullarning narxini so`raganda, u: -
Olampanoh ! Biz bu mo`'jizalarni bunyod qilish uchun ko`p vaqt sarfladik. Xullas, bu noyob
narsalar uchun ming rupiy so`raymiz. Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, Birbal
quyidagilarni aytibdi: "Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson qo`li bilan yaratilganidan
yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz, men sizga insonning qo`li gul ekanini, uning iqtidori
yaratgan mo`'jizalar tabiatnikidan go`zal bo`lishi mumkinligini isbotlashga va'da bergan edim.
Bugun mening niyatim amalga oshdi: Siz mirishkor bog`bon yaratgan mevalar va gullar uchun
ming rupiy to`ladingiz, ammo tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz".
"Mehnatni qadrlash hayotni saqlar" hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal
yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. Yaxshi niyat bilan bir paytlar sada daraxtining
tagiga xazina yashirishgan ekan. Kavlashsa, yerga ko`milgan oltin qanday bo`lsa shun-dayligicha
turganmish. Boylikni olishib, eski uylariga bir kulba tutashgan bo`lib, u yerda o`sha paytlarda
munkillagan bir kampir yasharkan. Kampir kunni kun demay, odamlarga qo`l tegirmonida donni
yanchib berarkan. Ko`z tashlasa, kampir hali ham hayotmish. Ko`rinishi ham o`zgarmabdi.
Avvalgidek qo`l tegirmonni aylantirib yotganmish. So`ng ular kampirga rahmi kelib, bundan
keyin rohatda yashang deb, olgan boyliklarining hammasini in'om qilishibdi. Kampirning qarilik
yillari rohat-farog`otda o`tadigan bo`libdi.
Keyinchalik ma'lum bo`lishicha, shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda ekan, shu
davrdan beri 50 yil o`tibdi. Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr ko`rish
shartlaridan biri ekanligi haqidagi xulosaga kelibdi.
Hikoyalarning ba'zilari o`sha davrdagi tovar-pul munosabatlari masalalariga bag`ishlangan.
"Firibgar kema egasi" hikoyasiga ko`ra, Birbal Hindistonning Bengal viloyatidan kemada mol
olib kelgan savdogarning shikoyatini eshitib, kema egasi besh ming rupiylik molni o`ziniki qilib
olmoqchi bo`lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni beradi. "Agar mevalar, ziravorlar
haqiqatan seniki bo`lsa, ularni zarariga sotishga rozi bo`larmiding?". Kema egasi dengizchilarni
ham yo`ldan urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat tiklanadi.
"Tentaklar ro`yxati" hikoyasida shoh Akbarning zotli otlarni sotib olgani, otlar unga juda
yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni buyurib, 1000 rupiy zakolat bergani hikoya qilinadi.
Lekin,h shoh Akbar shuncha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanligini
so`ramagan, savdoda xatoga yo`l qo`ygan edi. Savdogar esa muttaxamlik qilib, qaytib kelmagan.
Shunda, Birbal tovar-pul munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o`tadi. Savdolashganda xorij
savdogar sotib olgan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini, savdogarning nomini so`rash
lozimligini ta'kidlaydi.
"Hozir nima harakatda" hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi yer, yana biri oy, deb
javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga qanoatlanmaydi. Birbal quyidagi
javobni beradi: "Hozir, - deydi Birbal, sudxo`r qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir,
bu pullar hech qachon tinch yotmaydi. Aksincha, kundan-kunga tezligi oshib boradi".
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Bu javob shoh Akbarga ma'qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar qanchalik
qo`shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron qilishi hammaga ma'lum edi. Bu
yerda gap kapital aylanishi va foiz stavkasi bilan bog`liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar olgan
qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy xodisa sifatida qoralanadi. Demak, hozirgi davrdagi
adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan
edi. Lekin hayot statistik jumboqlarni keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh saroy
yig`inida har bir mulozimidan:
-Dehlida nechta qarg`a bor? - deb so`rab qoladi. Hech kim javob bera olmaydi. Birbal
shunday javob beribdi:
-O`tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming besh yuz sakson beshta qarg`a borligini
aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib, o`tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding?
- deb savol beribdi va qo`shib qo`yibdi:
-Shoshmay tur, hali agar Dehlidagi qarg`alarning soni bittaga ko`p yoki kam chiqsa, uch
ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to`laysan. Shuning uchun kechgacha o`ylab, menga aniq
javob ber,-debdi shoh.
-Mening hisobim to`ppa-to`g`ri, qat'iyat bilan gapiribdi Birbal, -"Qayta sanaganda ham shu
sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim qarg`alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi va
boshqalarning bu yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas". Bu javobda Birbal,
birinchidan, Dehlidagi barcha qarg`alarni sanab bo`lmasligini ko`zda tutgan, shu bilan birga
qarg`alar ko`payib, yozda sovuq joylarga uchib ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda
statistikaning dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.
"Haqiqat qo`ng`irog`i" hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli hukmdor ekanligi o`z
ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish maqsadida, u shahardagi maydonga bitta ustun
o`rnatib, qo`ng`iroq osib qo`yishni buyuribdi. Saroygacha uzun arqon torttirib, bu yerga ham
qo`ng`iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo`ng`iroq ham jaranglar ekan.
Saratonning jazirama kunlaridan birida qo`ng`iroq jaranglab qolibdi. Ho`kiz qo`ng`iroq ipini
tortgan ekan. Ho`kiz-ho`kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo`ltillab turganmish, xolos. Shoh
Bir-balga "Ho`kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber", debdi.
Birbal ho`kizning yelkasini silab, uning ko`zlariga tikilibdi. Keyin shohga ho`kizning
dilidagi qarzini quyidagicha tarjima qilib beribdi: "Men qaridim, ish qilishga kuchim yetmay
qoldi. quvvatim borligida xo`jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi. Endi bo`lsa ko`chaga
haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qayerdan ham panoh topaman,-deyapti", debdi.
"Ho`kizning egasi topilganidan keyin Birbal savol beribdi:
-Nega bog`lab qo`ymadingiz? Savdogar javob beribdi:
-Janob vazir, u menga endi kerak emas. Shuncha yil davomida qilgan xizmati bilan to`lagan
haqini tiyin-tiyinigacha oqladi.
-Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga yaramay qolasan. Farzandlaring seni uydan
haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu ishi adolatdan bo`ladimi?,-deb so`rabdi Birbal.
-O`z otasini qanday qilib haydashsin? - ajablanibdi savdogar. Bir eslab ko`rchi, bu jonivor
senga qanchalar xizmat qildi. Nahot qilgan andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz
mahluq butun quvvatini senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasa-yu, sen uning yaxshiligiga
shunday javob qaytarsang. Unga hozir ham achinmayapsan. Xullas, bu ho`kizni shoh molxonasiga
qo`yib yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy haq to`laysan. Savdogar pulni
to`laydigan bo`libdi.
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Bu hikoya o`z davrida va undan keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan.
Xizmatkorlarni ishlatib, haqini to`lamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga insofli bo`lish
kerakligi to`g`risida xulosa chiqariladi.
Asosiy tushuncha va iboralar.
Islom; ribo; Ibn Xaldun; "Kitob-ul-ibar"; "Русская правда"; "Domostroy"; "beg`araz
sovg`a"; "Utopiya"; "Oftob shahri"; ilk xayoliy sotsializm; "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi".
Do'stlaringiz bilan baham: |