8-mavzu: qadimgi dunyodagi iqtisodiy g’oyalar. Feodal jamiyati va uning yemrilishi davridagi iqtisodiy ta’limotlar. O’rta osiyodagi temuriylar davrigacha bo’lgan va temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar. Reja


Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarning



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana09.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#538914
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
8-mavzu Qadimgi dunyodagi iqtisodiy g'oyalar

Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarning 
bayon etilishi.
Muqaddas kitob - Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan biri 
iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Chunki, iqtisodiy munosabatlarda 
insonlarning asosiy fe'l-atvorlari na-moyon bo`ladi. Qur'oni Karim ahkomlari insonlarga ilohiy 
farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlarning bir ota-ona Odam alayhissalom va Momo Havo 
farzandlari, binobarin aka-uka, opa-singal ekanligiga asoslanadi. Jumladan, "Hujurot" surasining 
13-oyatida "Ey insonlar, biz sizlarni bir ota (Odam alayhissalom) va bir ona (Momo Havo) dan 
yaratib yer yuzi bo`ylab har xil xalq qabila va elatlar tarzida taratib qo`ydik, toki sizlar bir-
birlaringiz bilan tanishib, mehr-muhabbat hosil qilgaysizlar. Albatta, sizlaning Olloh nazdida eng 
hurmatlitrog`ingiz taqvodorrog`ingizdir. Albatta, Olloh bilguvchi va hamma narsadan ogoh 
zotdir". Islomda" taqvo" deganda - solih, hayrli ishlarni ado etib, munkar, man qilingan, 
insoniyatni zavolga boshlaydigan ishlarni qilmaslik tushuniladi. Demak, taqvo insonlarning bir-
biridan afzalligini belgilashdagi asosiy o`lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik ma'naviy va 
ruhiy tarbiyalash bilan o`zgalarni yashash va turmush kechirish huquqlarini e'tirof etish bilan 
shakllanadi.
Qur'oni Karimdagi iqtisodiy g`oyalarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri eng 
avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, hunarmandlar mehnati ulug`lanadi, peshona teri 
bilan halollik asosida hayot kechirishga da'vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi 
uqtiriladi.
Ikkinchi guruh g`oyalar - tijorat, ya'ni kengroq ma'noda esa bozor munosabatlariga alohida 
e'tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29-oyat) "Mollaringizni o`rtalarinigizga nohaq (ya'ni 
o`g`rilik, qaroqchilik, sudxo`rlik, poraxo`rlik, qimor kabi) yo`llar bilan yemangiz! Balki o`zaro 
rizolik bilan bo`lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz", deyiladi. Biroq sudxo`rlik, 
poraxo`rlik kabi illatlar shar'iy jihatdan harom ekanligi qayta-qayta ta'kidlanadi.
Uchinchi guruh iqtisodiy g`oyalar esa, mulk va meros masalalariga qaratilgan. Mulkning 
muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa omonatga xiyonat) qoralanadi, hatto biron 
odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta gunoh deb hisoblanadi.
Yerga mulkchilik munosabati to`g`risida ham alohida fikrlar lo`nda bayon etilgan. Masalan 
Moida surasining 40-oyatida yerdan unumli foydalanib, olingan narsalargina insonga tegishli 
ekanligi ta'kidlangan.
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va 
to`g`rilikka buyuriladi, yolg`on ishlatish, o`g`rilik, mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu 
xatoga yo`l qo`yganligi uchun qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), "ammo 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o`zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar" 
(39-oyat).
Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash (4-sura, 8-
oyat), yetim-yesirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi oyat karimalaridan kelib chiqadigan 
g`oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetim-yesirlar haqiga 
xiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o`zaro yordam ham zarur, 
lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi.
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni Karimdan keyingi hujjat payg`ambarimiz 
Muhammad Alayhissalomning Hadisi Shariflari hisoblanadi. Hadisi Shariflardan quyidagi 
namunalarni keltiramiz: 
·Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg`on so`zlash, va'dasining ustidan chiqmaslik va omonatga 
xiyonat qilish.
·Amirning sovg`a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir.
·Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan ne'matlarini 
pisand qilmagan bo`lasizlar.
·Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir: 1. Xun to`lovchiga; 2.Og`ir qarzdorga; 
3.Miskin qashshoq kishiga.
·Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat turgan paytda bexosdan qiyomat qoyim bo`lib qolishi 
aniq bo`lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo`yavering.
·Kimki hayotda tejamkor bo`lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi.
·Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do`zahga mahkumdir.
·Ilmga nisbatan go`yo go`pon kabi posbon bo`linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qilguvchi 
bo`lmanglar.
Shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, Markaziy Osiyo donishmandlaridan at-Termiziy, al-
Buxoriylarning to`plagan Hadisi Shariflari islom olamida eng ishonchli hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning tarkibiy qismini 
tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg`inoniyning "Hidoya" asari shular jumlasidandir. Buyuk olim 
Burhoniddin al-Marg`inoniyning to`liq ismi Ali Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg`oniy ar-
Rishtoniy al-Marg`iloniy bo`lib, ul zot 1123 yil 23 sentabrda tug`ulgan. Ul zot Qur'onni, Hadis 
ilmlarini mukammal egallab fikh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega 
bo`lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom 
dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg`inoniy nomlari bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta'limni 
Marg`ilonda olib keyinchalik Movaraunnahrning o`sha davrdagi diniy va ma'rifiy markazi bo`lgan 
Samarqandga ko`chib borgan va umrining ohirigacha o`sha yerda yashagan. O`z asarlarini 
yaratishda Islom dinidagi sun'iylarning to`rt mashabi asoschilarning asarlarini o`rgangan. 
Bizgacha uning o`nga yaqin asari yetib kelgan.
"Al-Hidoya" asari esa 1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Xanafiya mashabining fikh 
masalalari bo`yicha asosiy qo`llanmaga aylangan. Keyinchalik esa butun musulmon olamiga 
mashhur bo`lib, musulmon huquqi fikh bo`yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan 
olingan.
Asarda keltirilgan jumlalarning har biri puxta, sermazmun va qisqa so`zlar tarkibidan iborat. 
"Al-Hidoya"ning birinchi kitobi to`rt jildan iborat bo`lib, har biri alohida muammolarni tahlil 
etadi. Bu kitob 1994 yildan professor A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi 
quyidagicha:
1-jild - tahorat, namoz, ro`za, zakot va haj kabi farz amallarning ibodat masalalariga 
bag`ishlangan.


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
2-jild - oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalarni 
yoritgan.
3-jild - oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan 
guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo`lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo`lish, pulni 
saqlashga berish, qarz berish, sovg`a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan 
qullar, valiylik, majbur qilish, homiyliy, bosqinchilik hususidagi masalalar yoritilgan;
4-jild - shafe'lik, meros taqsimlash, dehqonchilik va bog`dorchilik xususida shartnoma, 
qurbonlik qilish to`g`risida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq va qo`riq yerlarni 
o`zlashtirish xususida, ovchilik, garovga qo`yish, jinoyatlar xususida, xun haqi to`lash, vasiyat 
kabi masalalarga bag`ishlangan.
Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko`rinadiki, u juda boy tarixiy tajribani o`zida 
mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o`rtasidagi munosabatlarda insonparvarlik, adolat 
barqaror bo`lishida katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tijorat ishlarida adolat, to`g`rilik, halollik, 
insonparvarlik qoidalariga rioya qilish nihoyatda zarur ekanligi qayd qilinadi. Birovning haqiga 
xiyonat qilish, kishilarni aldash gunohi kabr sifatida ta'riflanadi. Demak, "Al-Hidoya" sakkiz 
asrdan buyon Islom dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli manbalardan biri sifatida mo`'tabar 
qo`llanma vazifasini o`tab kelmoqda.
Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma'naviy, insoniy fazilatlarni 
shakllanishida muhim omil bo`lib hisoblanadi.
Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo`lgan taffakkur taraqqiyotining muhim 
yo`nalishlaridan biri tasavvuf, ya'ni so`fiylik ta'limoti hisoblanadi. Bu ta'limotlar VIII-IX asrlarda 
arab dunyosida vujudga kelib, X-XI asrlarda Movaraunnaxr tuprog`iga yetib keldi. Bu ta'limot 
insoniyatni ma'rifatga, insof va adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlashni targ`ib 
qiladi. Nafs, xirs, boylik barcha yomon xislatlarga qarshi kurash tasavvufning mag`zi hisoblanadi. 
Uning maqsadi esa komil insonni tarbiyalashdan iborat. So`'fiylik ta'limoti nafs deganda, inson 
fe'l-atvorida uning sha'nini bulg`aydigan illatlarni, jumladan, johillik, manmanlik, dunyoparstlik, 
poraxo`rlik, o`g`rilik, ta'magirlik, xasislik, baxillik kabilarni tushunadi. Nafsni yengish uchun 
inson imtihon qilinadi, buning uchun u o`zlikni anglashi kerak bo`ladi. Insondagi o`zlik ruhiy va 
jismoniy o`zlikdan iborat bo`ladi. Ruhiy o`zlik ilohiy makonda yaratilgan bo`lib, bu dunyoga 
imtihon va poklanish uchun yuborilgan. Mana shu ruhiy o`zlik nafs orqali imtihon qilinadi va ishq 
orqali poklanadi. Mana shu ikkita qarama-qarshi kuch doimo o`zaro kurashadi. Inson o`z nafsiga 
tobe bo`lgan sari ezgulikdan uzoqlashadi, ruhiy ifloslanib, o`zi esa tubanlashadi.
Bu ta'limot vakillari jumlasiga Ahmad Yassaviy, Sulaymon Baqirg`oniy, Najmiddin Kubro 
va Bahouddin Naqshbandlar kiradi. Ularning boy merosi bugungi kunda vatan, millat va komil 
inson tushunchalarini to`liq anglab yetishda katta xizmat qiladi.
Burxoniddin Al-Marg`inoniy. Mustaqillik sharofati ila allomaning boy ma'naviy merosi 
xalqqa qaytarildi. O`zining o`lmas asarlari bilan islom qonunchiligiga asos solgan Abul Hasan Ali 
ibn Abu Bakr ibn Abdujamil Farg`ona viloyatining Rishton qishlog`ida tavallud topib, u hijriy 
511-593 (milodiy 1115-1197) yillari yashab ijod etdi. Bo`lajak olim ilk ta'limni Rishton, 
Marg`ilonda olgan bo`lsa, keyinchalik Samarqand, Buxoro va Movarounnahrning yirik 
shaharlarida bilimini oshirdi. U fikhga oid "Bidoyat al-mubtait", "Nashr al-Mashad", "Kitob at-
tajnis", "Al-madad" kabi noyob asarlar yaratdi. Eng mashhur asari " Hidoya fi furi' al-fiqh" ("Fiqh 
sohalari bo`yicha qo`llanma"). Bu asar islomda sunniylikning hanafiylar mashabida keng 
tarqalgan shariat qo`llanmasi, ya'ni kodeksi hisoblanadi. Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari 
ham bo`lgan. 1048 yilda vafot etgan Abul Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk 
qo`llanmani yozgan, ammo Burxoniddin al- Marg`inoniy yaratgan "Hidoya" o`z davrida 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
hanafiylar mazhabi tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz va 
Volga bo`yi musulmonlari orasida asosiy qo`llanma sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 56 
bobdan iborat. Unda Qur'oni Karim oyatlaridan kelib chiqib, shariat masalalarida muallifning fikr 
va xulosalari beriladi. Hanafiylar mazhabining barcha imom ismlari, shuningdek, boshqa mazhab 
vakillarining mulohazalari ham asarda keng talqin etilgan. Kitobda oila-nikoh masalalari bilan 
bog`liq nomalar (nikoh, ajralish) batafsil yoritiladi, ularni bajarish bilan bog`liq huquqiy qonun-
qoida va jazo choralari belgilangan.
Agarda islom nuqtayi nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy masalalar: mulkiy va 
moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo`lish yo`llari, jinoyat va jazo, fuqorolik huquqlari 
ham ko`rsatib berilgan. Shuningdek, faqat islomga xos bo`lgan bir qancha masalalar, xususan, 
jihod, o`lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, ijozatlar qayd etilgan. 
Burxoniddin al-Marg`inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo`lish bilan birga haqsevar, adolatli 
qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri edi. U Qur'onni yoddan bilgan, uni izohlay 
olgan, shoir, adabiyotchi bo`lgan. Tarixiy qo`lyozmalarda qayd etilishicha, olim avlod-ajdodi ham 
musulmonlar qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo`lishgan.
"Hidoya" asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o`z ichiga oladi va nihoyatda 
keng tadqiqot manbayi bo`lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e'tibor 
berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan 
to`lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag`oyat muhimdir.
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum masalalar bilan birga
kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-chikirigacha izohlab 
beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan bo`lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to`la-to`kis sharhga 
o`xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to`lashi kerakligi haqida qiziq ma'lumotlar keltiriladi. 
Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to`lanishi kerak. 
Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo`lsa, olinmaydi. Zakot 
to`lashda bir yoshdan kichik qo`zilar hisobga kiritilmaydi.
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya'ni har otdan bir dinor yoki ot bahosining 9 
foizi miqdorida zakot to`lanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa ishchi hayvonlar (ho`kiz, 
tuya) dan to`lov olinmaydi.
Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo`lsa, ahvol o`zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga 
to`lmagan echki, buzoq va bo`taloqlar ham umumiy hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan 
bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan ortig`idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu 
yerda muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning (natura) o`rniga uning bahosiga teng 
zakotni pul shaklida to`lashi ham mumkin, deyiladi.
Yana muhim bir ko`rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig`uvchi eng yaxshi (sara) molni 
emas, o`rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni oldindan ham to`lash 
mumkinligi ko`rsatiladi. Kumush narsalardan olinadigan zakotda o`rtacha nisob (soliq olinishi 
mumkin bo`lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya'ni 5 dirham) zakot 
olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo`lsa, har qo`shimcha 40 dirhamdan yana 
zakot beriladi va hokazo. 
Oltindan olinadigan zakot miqdori o`ziga xosdir. 20 misqolgacha zakot olinmaydi (bir 
misqol o`rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim misqol(2,5 foiz) zakot to`lanadi. 20 misqoldan 
ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya'ni 12 dan 1 unsiya) zakot berish kerak. Shaxsiy, xususiy mulk 
hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab belgilanadi. Hatto kumush va oltin ham umumiy 
baho asosida yagona qiymatga keltirilishi mumkin.


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz)zakot olinishi lozim. Masalan, biror yerdan 
yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot 
to`lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir. Tabiiy (yomg`ir, qor suvi bilan) sug`oriladigan 
yerlardagi hosilning o`ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o`rmon, yaylov, 
chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun'iy sug`oriladigan yerlar hisobidan ushrning yarmi (50 
foizi) miqdorida soliq to`lanadi. Burhoniddin al-Marg`inoniy o`z asarida zakotni taqsimlash 
qonun-qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot 
yig`uvchilar, qarzdorlar yig`ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari egaligi haqida ham 
qimmatli fikrlar bildirilgan.
O`ylaymizki, bobokolonimizning bu asari nihoyatda boy va qimmatli manba sifatida oliy 
o`quv yurtlarida o`qitilishi zarur. Hozircha bu asarning ruscha tarjimasi mavjud. Asarning birinchi 
va qolgan jildlarini o`zbek tiliga o`girish kerak.Shunday qilinsa, ayni muddao bo`lur edi. Chunki u 
yoshlarimiz qalbida insof va diyonat, adolat va haqiqat tuyg`ularini uyg`otishda bebaho xazina 
bo`lib xizmat qilishi shubhasizdir. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish