Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar.
Amir Temur va uning avlodlari davrida
markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish,
qishloq xo`jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Bunga to`g`ri tanlab olingan
iqtisodiy g`oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi.
Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o`ziga xos maktab
yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon
deyiluvchi boshqarma bo`lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig`ish, tartib saqlashni,
ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo`llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi.
Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so`roq, tekshirish,
taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to`g`riligi, odil baho tekshirilgan,
qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish to`ppa-to`g`ri bozorda, xalq oldida
amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo`yish mumkin bo`lgan.
Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko`rsatgan. Shunday vazirlardan
birinchisiga yer soliqlari, boj, o`lpon-soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish
yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat
ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o`lponlarni taqsimlagan. Ikkinchi vazir
sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda - toju-taxt uchun qilgan
xizmatlari evaziga beriladigan in'om ma'nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz
qolgan, o`lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-
mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasida
to`plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g`oyib bo`lganlar va vafot etganlarning
mol-mulki bo`lsa, ularni o`z merosxo`rlariga topshirgan. To`rtinchi vazir saltanat ishlarini
yurituvchi vazir bo`lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan
xarajat, hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo`lib borgan.
Vazirlar Devonbegiga bo`ysungan. Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar:
"Amr qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf yerlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib
boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg`ol tariqasida berilgan yerlar va
vaqflarning ahvolini, ularning vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga
arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib
borish uchun bir kitob tayinlansin".
Sohibqiron davrida yerga egalikning beshta asosiy ko`rinishi bo`lgan:
1. Suyurg`ol yerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan
ikkinchisiga o`tgan. Suyurg`ol egasi markaziy xazinaga to`lanadigan soliqdan ozod qilingan.
Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig`i - xiroj olganlar.
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo`lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun
berilgan.
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
3. Ushr yerlar. Sayyid va xo`jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning undan biri
davlatga berilgan.
4. Vaqf yerlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir.
Vaqfda yer, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in'om etilardi. Masalan, Amir
Temurning Ahmad Yassaviy uchun qurdirgan vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy
va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdan mablag` ajratilgan.
5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar. Kimdakim biron sahroni obod
qilsa yoki qoriz (er osti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog`
ko`kartirsa yohud birorta xarob bo`lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa
olmaganlar. Ikkinchi yili raiyat o`z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-
qoidasiga muvofiq xiroj yig`ilgan. Amir Temur kattayu kichik har bir shahar, har bir qishloqda
masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilishni, faqiru miskinlarga langarxona (yo`lovchilar qo`nib
o`tadigan, kambag`al yetim-yesirlarga ovqat beriladigan joy), g`aribxona qurishni, kasallar uchun
shifoxona bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni buyurgan edi.
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini
rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o`tadigan Buyuk ipak yo`lida karvonlarning xavfsizligini
ta'minladi. Mashriqdan Mag`ribgacha bo`lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirib, turli ravotlar,
karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi. Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida qarshi shahrining
atrofini, 1370 yili Samarqandni devor bilan o`rab, qo`rg`on bunyod ettirgan. 1380 yilda
Shahrisabzda Oqsaroyni qurishga kirishib, shahar atrofini devor bilan o`ragan. Bu misollar aytib
turibdiki, devor va qo`rg`onlar bekorga barpo bo`lmagan. Ular chegara vazifasini o`tab, shahar
aholisini do`st-dushmandan, bordi-keldidan muhofaza qilgan. Qarshi so`zi ichkari va tashqari
degan ma'nolarga egadir. Ma'lumki, Amir Temur saltanatining chegarasi harbiy yurishlar vaqtida
beqaror edi, lekin shunday bo`lishiga qaramay, uning yurtidan biron-bir narsa tashqariga so`roqsiz
olib chiqib ketilmagan. Jahongir bu haqda: "Mamlakatni himoya qilib, dushmanni yo`latmagan
navkarni yuqori martabaga ko`tarib, hurmatlasinlar. O`g`ri va qaroqchilarni jazolasinlar, fasodchi,
buzuqi, nafsi yomon kishilarni mamlakatdan haydasinlar. Atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk,
chetdan kirgan va chetga chiqadigan yot kishilar, har mamlakatdan kelgan karvonlar va
hukmdorlik haqidagi xabarlar qo`shni podsholar, ularning gaplari, ishlari uzoq o`lkalardan bo`lib,
mening dargohimda yuzlangan ulamo, fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) rostlik,
to`g`rilik bilan menga yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy mening
arzimga yetkazib tursinlar", degan edi. Mazkur vazifalarni bajarmoq uchun har bir shahar va
qishloqda qutvol (qal'a boshlig`i) tayinlanib, ular sipoh va raiyatga soqchilik qilganlar va yana
yo`l ustiga kuzatuvchilar, zobit (idora etuvchi, boshqaruvchi, qo`shin boshlig`i)lar tayinlanib, ular
yo`llarni qo`riqlab, o`tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa
narsalarini manzildan-manzilga yetkazib qo`yganlar. Yo`l ustida bironta odamning biror narsasi
yo`qolsa, o`zi o`ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, buning uchun javob berish ularning
zimmasida bo`lgan.
Buyuk jahongirning mana bu so`zlari yanada qimmatliroqdir: "Har mamlakat va diyor
sayohatchilari musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib
turdilar. Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qayerga
borishmasin: Xitoy, Xo`tan, Chinu Mochin, Hindiston, Arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum,
Jazoir, Farangiston (Ovrupa), u yerlarning nafis matolari va munosib tuhfalaridan keltirishsin.
O`sha mamlakatda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib
kelsinlar, har bir mamlakat hukmdorining o`z raiyatiga qanday muomalayu munosabatda
ekanligini aniqlasinlar".
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish quyidagicha edi. Amirlar,
mingboshilar, yuzboshilar, o`nboshilar va sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: oddiy
sipohiyga o`z vazifasini o`rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga teng
bo`lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to`rt otgacha tayinlangan. O`nboshilar maoshi
qo`l ostidagi oddiy sipohiylarnikidan o`n barobar ortiq bo`lgan. Yuzboshilar maoshi
o`nboshilarnikiga qaraganda ikki barobar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar
ziyoda edi. Chorpilchor (urush vaqtida) xatoga yo`l qo`ygan sipohiylarning maoshi o`ndan birga
kamaytirilgan. O`nboshi yuzboshi tasdig`i bilan, yuzboshi mingboshining tasdig`i bilan,
mingboshi bosh amir tasdig`i bilan ulufa olganlar. Bosh amir - amir-ul-umaroning maoshi qo`l
ostidagilardan o`n barobar, devonbegi va vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o`n barobar ortiq
bo`lgan. Yasovul (xonlarning kichik xizmatchisi, qo`riqchi), chopovul (chopqunchi, asosan tunda
o`tkaziladigan bosqin qatnashchisi), kalakchi (aholidan yig`ilgan hosildan xiroj miqdorini
belgilovchi mansabdor)larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan o`n ming tangagacha bo`lgan.
Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar,
tarixdonlarning o`z hollariga qarab suyurg`ol, vazifa va maosh belgilangan. Xizmatchilar, farrosh
(bu yerda palos to`shovchi ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha maosh berilardi.
Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to`liq ma'lumotlarini Devonbegi va
vazirlar Amir Temurga bildirib, so`ngra tanho (bu yerda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va
askarlar uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh. Ba'zida alohida xizmat ko`rsatgan beklarga
tanho sifatida yer-suv berilgan) berganlar.
Sohibqiron vasiyatiga ko`ra uning to`ng`ich o`g`li Muhammad Jahongir Mirzo valiahd va
viloyat hokimi bo`lib, o`n ikki ming otliq askarga ulufa olib, bir viloyat olgandi. Uchinchi o’g`li
Mironshoh mirzo to`qqiz ming otliq askarga teng ulufa olgan va bir viloyatni tasarruf qilgan.
To`rtinchi o`g`li Shohruh Mirzo yetti ming otlik askarga ulufa olgan va bir viloyat egasi
bo`lgan. Nabiralari ham uch mingdan yetti minggacha otliqqa ulufa va bir viloyat oladilar.
Amir Temur davrida piyodalar, kalakchilar, yasovullar, chopovullarning bir yillik
maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag`ni devonxonaga keltirib, shu yerda ularga tarqatilgan.
Sipohiylar va bahodirlarning yarim yillik maoshlari ham hisoblanib, tanho xazinasidan olib
berilgan.
O`nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan soliqlardan yig`ilgan xazinadan
va podsholiq mulki daromadidan naqd pul hisobida olingan. Mingboshilarga viloyat ichidagi
yerlardan tiyul (xiroj va soliq yig`ib olish haqi bilan in'om etiladigan yer-mulk)lardan berilgan.
Amirlar va amir-ul-umarolarga viloyatlardan biri tiyul etib belgilangan.
Temur viloyatlardan tushgan daromadlarni taqsimlash haqida shunday degan edi: "Viloyatlar
va mamlakatlardan olingan jami daromadni taqsimlab, maosh berish yerliklariga biriga kam,
biriga ortiq qilib yozsinlar. So`ng yerliklar devonxonaga keltirilsin. Amirlar, mingboshilar shu
yerliklardan birini chiqarib olsin".
Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mahsulot bilan to`lanadigan soliq)
yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy (podsho va xonlar o`z viloyatlaridan o`tayotganlarida
xalqdan talab qilinadigan tortiqlar), qo`nalg`a (choparlar va elchilarga qo`noq berish solig`i) va
shilon (podshohlar va amirlarning ovqati uchun yig`iladigan soliq) talab qilinmagan. Tiyul qilib
berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlagan. Ularning birinchisi viloyatdan yig`ilgan
mollarni yozib raiyat ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi (jog`irdor) ning fuqarolarga zulm
yetkazmasligi uchun ularning holidan xabardor bo`lib turgan, yig`ilgan butun mol-mulklarni kirim
daftariga yozgan. Ikkinchisi daromadning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozib, yig`ilgan
mollardan sipohiylarning maoshiga taqsim qilingan.
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: "Qaysi amirga tiyul berilar ekan,
uni uch yilgacha o`z holiga qo`ysinlar. Uch yil o`tgandan so`ng uni tekshirib ko`rsinlar. Agar
mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga xilof ravishda bo`lsa,
ul viloyat holisa (davlat ixtiyoridagi barcha soliqlardan ozod etilgan yer-suv)ga o`tkazilib, uch
yilgacha o`sha jog`irdorga ulufa berilmasin".
Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to`plangan mol-dunyoni, olinadigan boj
soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf qilgan:
"To`plangan xazinadagi naqd pul va qimmatbaho buyumlarni sipohlarga taqsimlab berdim.
Qo`shinga yetarli darajada ozuqa berdim", degan edi. Piri Amir Shamsiddin Kulol haqida: "Ular
menga Xorazmga borishimni maslahat berdilar. Agar g`alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik
xirojini ularga nazr qilishga qaror qildim", - deydi.
Ma'lumki, xiroj yer solig`i uchun va umuman daromad solig`i uchun qo`llanilgan. Xiroj
ayrim hollarda daromadning uchdan birini tashkil etgan. Shuningdek, xirojni "mol" deb ham
atashgan. "Raiyatga haq-nohaq jarimalar soluvchi vazir saltanatni buzadi",- degan edi sohibqiron.
Muruvvatli jahongir: "Kimki mening xizmatimni qilgan bo`lsa, xizmat haqini ado etdim.
Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og`aynilar, qo`ni-qo`shnilar va men bilan bir vaqtlar do`stlik
qilgan barcha odamlarni davlatu ne'mat martabasiga erishganimda unutmadim, molu mulk va
naqd pul bilan haqlarini ado etdim",-deydi. Shuningdek, u amirlar va sipohiylarni martaba va
unvonlar, zaru zarvarlar bilan xushnud etgan, bazmlarda o`z yonidan joy bergan, xullas, ularning
jang vaqtidagi qahramonliklarini hech vaqt unutmagan. Sohibqiron hayr-ehson ishlari bilan
odamlarning ko`nglini olgan.
Sipoh va raiyatga bir ko`z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga maxsus faxriy o`tova (bosh
kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ziynatli belgi), kamar va tarkash (sadoq
- o`qdon) taqdim etib, martabalarini yanada yuqori ko`tartirdi. Har el va har mamlakatning
ulug`larini, boshliq-oqsoqollarini qadrladi. Ularga sovg`a-salomlar berib, xizmatlaridan
foydalandi. Sipohiylarni hamisha jangda tayyor turishlari uchun oylik haqlarini so`rattirmay,
vaqtida bergan. Sarmoyasi qo`lidan chiqib ketgan savdogarga o`z sarmoyasini qaytadan tiklab
olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilgan.
U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig`i zimmasiga yuklangan. Soliq olish
Qur'oni Karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va "Hidoya" kitoblarida bu to`g`rida to`la
ma'lumotlar berilgan. Hech bir shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan
olinadigan soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olinmagan. Raiyatdan
mol-xiroj yig`ishda ularni og`ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib
qo`yishdan saqlanilgan. Negaki, Amir Temur "Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining
kambag`allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga
sabab bo`ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o`z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi.
Fath etilgan yerlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo`lsa, ularning roziligi
bilan ish ko`rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig`sinlar.
Fatx etilgan har bir mamlakatning mol-mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O`sha
mamlakatdan tushgan o`lja mollarni hisob-kitob qilsinlar", - degan edi.
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda budjet tushunchasi bo`lgan. Davlat xazinasi, kirim,
chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, taftish yo`lga qo`yilgan edi. Buning uchun ma'lum mas'ul
shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar.
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari "Temur tuzuklari"da to`la
bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar oralig`idagi faoliyatini aks ettiradi va
ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
mustahkamlash, qo`shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo`lsa,
ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o`ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi,
shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
A.Temur mamlakatda gadolar bo`lmasligi kerak, degan qoidaga amal qilgan va uning yo`lini
ham belgilab bergan. Gadolarning barchasi to`plangan va ularga bir yillik kerakli yemish, kiyim-
kechak berilgan, ularni biror foydali ish bilan shug`ullanishga jalb etilgan. Odatda, ko`pchilik
gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko`rgan. Gadoychilikni tark etmaganlar qul qilib
sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |