8-mavzu: qadimgi dunyodagi iqtisodiy g’oyalar. Feodal jamiyati va uning yemrilishi davridagi iqtisodiy ta’limotlar. O’rta osiyodagi temuriylar davrigacha bo’lgan va temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar. Reja


Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g`oyalar



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana09.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#538914
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8-mavzu Qadimgi dunyodagi iqtisodiy g'oyalar

Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g`oyalar 
mohiyati.
X-XII asrlarga kelib O`rta Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik 
markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga 
kirdi. O`rta Osiyo Yevropani


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Osiyo bilan bog`lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar 
bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni 
shakllantirdi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg`oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, 
Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko`plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi.
Ularning asarlarida iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi 
olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi 
umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o`rin tutadi.
Ibn Sino (980-1037) ning fikricha: "Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa 
tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat 
ne'matlarini o`zlashtirib oladi, odam esa o`z mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu 
maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanishi kerak".
Yusuf Xos Hojib "odamga foydasi tegmaydigan odam - o`lik, essiz o`tgan umr emas, essiz 
sarflangan mehnat", deydi (1069 y. "qutadg`u bilik" asarini yaratgan). IX-XII asrlarda Markaziy 
Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur 
hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo`li, Tinch okeani 
atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va G’arbiy Yevropa bilan 
chambarchas bog`lar edi. Bu esa karvon yo`li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman 
tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O`rta Osiyo Yevropani Osiyo 
bilan bog`lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan 
minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. 
Axir, Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga bo`lgan talab va taklifni (bozorning asosiy 
unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo`lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni 
tog`u toshlardan, qum cho`llardan olib o`tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, 
amallarga tayanib ish ko`rish kerak bo`ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u 
yerdan nima olib qaytish, karvon yo`lidagi davlatlar, xalqlar talab-ehtiyojini yaxshi bilish talab 
etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya 
(falakiyot) va boshqa ko`pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy, 
Farg`oniy, Ibn Sino, Ibn Ro`shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko`plab mutafikkirlar 
yashab, ijod qilishdi.
Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq uyg`onishi 
davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko`plari 
hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda. 
Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan Abu Nosir Ibn 
Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz. Bo`lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga 
qo`yiladigan joyda Shosh-hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-g’arbda joylashgan Forob 
(O`tror) degan joyda tug`ilgan. U Forobda o`qigan, Shoshda bo`lgan, Buxoro va Samarqandda 
ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog`dodda o`qishi davom ettirgan, umrining oxirgi 
yillarida Xalabda, so`ngra Damashqda yashagan va shu yerda vafot etgan. Forobiy O`rta asr davri 
tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarini o`z ichiga oluvchi 160 dan ortiq 
risola yaratgan qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga 
yetdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- "Muallimas -Soniy" - "Ikkinchi 
muallim" deb atay boshladilar.
Olimning ayniqsa "Fozil odamlar shahri" asari diqqatga sazovar bo`lib, unda mamlakatni 
boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog`liq bo`lgan muhim g`oyalar 
keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o`tish kerakki, Forobiy o`z ustozi Arastu g`oyalarini har 
tomonlama talqin etadi va uni to`ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo`lgan "Ehtiyoj" 
ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o`rnini aniqlab 
berdi. Ayniqsa, "mehnat taqsimoti" masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. 
Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning 
kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o`z davrida 
hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo`lgan holatdan, har bir operatsiyani maxsus 
kishilarga bo`lib berish afzalligi ko`rsatiladi ("qushni so`ysa ham, qassob so`ysin"). Mehnat 
taqsimoti to`g`risidagi g`oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta'limotining (XVIII asr) asosidir.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to`g`risidagi g`oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, 
o`zaro yordam va do`stlikning zarurligi ko`rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa 
mulk, noz-ne'matlarni to`g`ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g`oyalari rivojlantirilib, 
avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o`rinlari, so`ngra nihoyatda 
zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori 
hisobga olinishi kerakligi ko`rsatiladi.
Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy 
tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko`p (yunon, arab va b.) tillarni bilgan, boshqa 
olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va izohlagan.
Tarixda shunday voqea bo`lib o`tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino Arastuning 
"Metafizika" asarini 40 marta o`qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan 
charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan xarid qilgan kitobi 
Forobiyning Arastu asariga yozgan sharhlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o`qib chiqishdayoq 
Arastuning "Metafizika" asari mohiyatiga to`la tushunib yetadi.
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san'atdagi fazilatlari har doim ham tug`ma 
bo`lavermasligi, ko`pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo`li bilan ro`yobga chiqishi qayd 
etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o`zaro uyg`unlashganda rivojlanish bo`ladi.
Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o`zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. 
Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun yer yuzi 
fazilatli bo`ladi. O`ylashimizcha, yangi asr bo`sag`asida turgan deyarli barcha davlatlar ham shu 
to`xtamga kelmoqdalar.
"Kim rahbar bo`la oladi?",degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk 
donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy "Fozil odamlar shahri" 
nomli asarida bo`lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari to`g`risida oqilona mushohada yuritgan.
Bu fikrlar hozirgi davrda ham nihoyatda dolzarbligi tufayli ularni keng ommaga 
yetkazishimiz o`rinli bo`ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi ham diqqatga 
sazovordir. Birinchi navbatda rahbar "avvalo to`rt muchasi sog`-salomat bo`lib, o`ziga yuklangan 
vazifalarni bajarishda biror a'zosidagi nuqson xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi 
tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim". Naqadar to`g`ri fikr. Darhaqiqat, nosog`lom odamdan 
samarali ish kutish amri mahol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar "tabiatan 
nozik farosatli bo`lib, suhbatdoshining so`zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg`ab olishi, ish 
sohasida umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur". Uchinchidan, "u 
anglagan, ko`rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to`la-to`kis saqlab qolishi, barcha 
tafsilotlarini unutmasligi zarur". To`rtinchidan, rahbarning "zehni o`tkir, zukko bo`lib, har qanday 
narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va u alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi 
zarur". Beshinchidan, "u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so`zlar bilan ifodalay 
olishi zarur". Gap bu yerda tilni yaxshi bilish, notiqlik san'ati haqida bormoqda. Keyingi muhim 
fazilat shuki, rahbar "ustozlardan ta'lim olishga, bilim, ma'rifatga havasli bo`lishi, o`qish, 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
o`rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo`lishi zarur". 
Ayniqsa, hozirgi zamon rahbari uchun nihoyatda kerakli fazilat, chunki kelajak ilm-fan rivoji 
bilan chambarchas bog`liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi aniq. 
Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, to`g`rilik bilan bog`liq. "Taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga 
yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o`zini tiya oladigan bo`lishi, (qimor yoki boshqa) 
o`yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi zarur" degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir 
emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar keng tarqalmoqda.
Rahbarning oldiga qo`yiladigan muhim shart shuki, "u haq va haqiqatni, odil va haqgo`y 
odamlarni sevadigan, yolg`onni va yolg`onchilarni yomon ko`radigan bo`lishi zarur". Bunda 
ko`pgina rahbarlarga tekkan kasal laganbordorlik, ko`zbo`yamachilik illatlarining oldi olinadi. 
Har bir rahbar "o`z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo`lishi, pastkashliklardan yuqori 
turuvchi, tug`ma oliyhimmat bo`lishi, ulug`, oliy ishlarga intilishi zarur". Ayniqsa "bu dunyo 
mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan ) bo`lishi 
zarur". Bu fazilatga ega bo`lish ancha mushkul, chunki respublikamizda rahbar bo`lib olgach, 
osmono`par dang`illama binolar qurish, minglab odamlarni to`plab bir necha kun to`y berish, 
qo`sha-qo`sha mashina, xotin olish faktlari namoyon bo`lmoqda, muhimi bu topilgan dunyo 
odatda harom yo`llar bilan bo`lganligi aniqlanadi. Bunday rahbarlarni hokimiyat ostonasiga 
yaqinlashtirmaslik kerak.
Haqiqiy rahbar, albatta, "tabiatan adolatparvar bo`lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va 
jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko`ruvchi, o`z odamlariga ham, begonalarga ham 
haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga 
yaxshilikni va o`zi suygan go`zalliklarni ravo ko`ruvchi bo`lishi zarur. O`zi haq ish oldida o`jarlik 
qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo`lishi zarur". 
Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina unga 
bildirilgan ishonchni oqlay oladi. qomusiy olim Abu Nasr Forobiy tomonidan rahbar oldiga 
qo`yiladigan navbatdagi fazilatda "o`zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda 
qat'iyatli, savodli, jur'atli, jasur bo`lishi, qo`rqoqlik va hadiksirashlarga yo`l qo`ymasligi zarur", 
deb ko`rsatiladi. 
Yuqorida sanab o`tilgan 12 fazilatning barchasi bir odamda jamlanishi qiyin ekanligi 
ta'kidlanadi, "zero, bunda tug`ma fazilatlar sohibi bo`lgan odamlar juda kam uchraydi va ular 
nodir insonlardir". Bunday hollarda aytilgan xislatlardan 6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, "u aql 
va zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila oladi".
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko`ra ishdan ketsa (kasallik, o`lim...), uning o`rniga kelgan 
inson yana 6 ta fazilatga ega bo`lishi kerak. Bular donishmandlik, avvalgi o`rnatilgan odil 
qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai hofizaga 
ega bo`lishi kerak . Agar shunday qonunlar qolmagan bo`lsa, " bunday qonunni o`ylab topish 
uchun ijod, ixtiyor qilish quvvatiga ega bo`lishi kerak. Amaldagi haqiqiy ahvolni tez payqab olish 
va kelgusida ro`y beradigan, avvalgi rahbarlar ko`zda tutmagan voqealarni ko`ra bilishi uchun 
bashoratgo`ylik xislatiga ega bo`lish talab etiladi. Bu xislat unga xalq farovonligini yaxshilash 
yo`lida kerak bo`ladi".
Hozirgi davr tili bilan aytganda, iqtisodiyotda prognoz, istiqbolni ko`ra bilish haqida gap 
bormoqda. Avvalgi rahbarlar o`rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvvalgilardan o`rnak, isbot olib 
o`zi to`qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg`in so`zlash notiqlik xislatiga ega 
bo`lish kerakligi ko`rsatiladi.


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun yetarli jismoniy quvvatga ega 
bo`lish talab etiladi. Ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun 
harbiy san'atni yaxshi bilish kerakligi uqtiriladi.
Mabodo, shu xislatlarning barchasini o`zida jamlagan odam topilmasa, lekin 2 kishi 
birgalashib, shu xislatlarga ega bo`lishsa (ya'ni bir donishmand, 2-qolgan hislatlar sohibi bo`lsa), 
shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo`yish zarur. Demak, olim tomonidan amalda 
uchraydigan barcha holatlar e'tiborga olingan holda rahbar tanlash yo`l-yo`riqlari berilgan.
Albatta, bo`lajak rahbar shu xislatlarga egami-yo`qmi ekanligi qanday aniqlanadi, degan 
savol tug`iladi. Buni har bir insonning umr-hayoti, avvalgi yillardagi faoliyati, xalq hukmiga 
havola etilayotgan dasturi, yaqin kishilarning bergan tafsilotlari orqali bilib olish va eng maqbul 
nomzodni qo`llab-quvvatlash kerak. Ibn Sino talqinidagi iqtisodiy qarashlar. Ibn Sino (980-1037) 
tomonidan nihoyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. 
Shulardan 40 tadan ortig`i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola 
musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, teologiya, axloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy 
masalalarga bag`ishlangan. Lekin bizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan. Olimni 
hurmatlab, "Shayx urrais" deb ataganlar.
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog`liq muhim g`oyalar ilgari suriladi. 
Inson sog`lig`ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog`liqligi, ayniqsa ovqatlanish, turmush 
sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko`rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo`lgan kategoriya 
"ehtiyoj" ni ta'riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o`rnini 
aniqlab beradi. Uning asarlarida "mehnat taqsimoti"ga katta e'tibor qaratiladi, taqsimot tufayli 
unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. G’arbiy Yevropada faqat 
1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.
Ibn Sinoning fikricha: "Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat 
ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat 
ne'matlarini o`zlashtirib oladi, odam esa o`z mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, turar joy yaratadi. 
Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullanishi kerak". Olim 
asarlarida fozil davlat to`g`risidagi g`oyalar rivojlantirilib, o`zaro yordam do`stlik va hamkorlikka 
katta o`rin beriladi. Olim nazariy va amaliy ilmlarni ajratib ko`rsatadi, nazariy ishlarni inson 
faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan narsalar to`g`risidagi haqiqiy ilmlar deb ta'riflaydi.
Amaliy ilmlarning obyekti inson faoliyatidir. Nazariy ilmlarning haqiqatni bilishga, amaliy 
ilmlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Bunda insonning axloqiy fazilatlari muhim o`rinni 
egallaydi. U insonlarning kundalik foydali amaliy ishlarini ulug`laydi, axloqiy munosabatlarda 
kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, ayniqsa to`g`rilik, sofdillik kabi hulqiy qoidalarga alohida e'tibor 
beradi. Bu xususiyatlar iqtisodiyotda inson omili to`g`risidagi g`oyaga mos keladi. Iqtisodiyot 
rivojlanishining obyektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o`z baxtini o`zi yarata oladi. Yaxshi 
xulq va iqtisodiyot o`rtasida bevosita bog`liqlik borligini "Uy-joy tutish tadbiri" asarida ko`rsatib 
beradi. Bu risolada u ayollarning o`n yetti xislatini sanab ko`rsatadi. Bularga dastlab ayol oqil va 
e'tiqodli, yoqimtoy, o`z eriga mehru-muhabbat qo`ygan, farzand ko`ra oladigan, ezma bo`lmagan, 
itoatkor, dili pok, bexarxasha, pokiza, vazmin va o`zini tutib olgan jiddiy va ulug`vor, har bir 
xatti- harakatida o`zining yaxshi xislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, erining birini 
ikki qiladigan-tejamkor, og`ir damlarda unga malham bo`la oladigan mushfiqu mehribon bo`lishi 
kerak. 
Ibn Sino oddiy musulmon sifatida xudo borliliga to`la ishonadi, lekin dunyoda odamlarning 
ishi faqat toat-ibodat qilish, ro`za tutish, qur'on o`qishdangina iborat emas, balki ularning fan, 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
ma'rifat bayrog`ini ko`tarib, foydali (savobli) ishlar qilishlari ulug`lanadi. U bilimlarni egallasa, 
o`shandagina haqiqiy musulmon bo`la oladi, deb ta'kidlaydi.
Mustaqillik sharofati tufayli biz bobimizni yana qaytadin kashf qilmoqdamiz, uning ilmiy 
merosi har tomonlama chuqur o`rganilmoqda va keng xalq ommasiga yetkazilyapti. Musulmon 
huquqshunosligida tovarning iste'mol qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan so`ralayotgan 
baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din peshvosi Bahouddin Naqshbandning "Dil ba yoru, dast 
ba kor", ya'ni "dil yor (Alloh) bilan, qo`l ish bilan (band bo`lsin)" degan tezisi o`sha davr uchun 
muhim edi, chunki ilgari xudoga faqat e'tiqod qilishning o`zi kifoya, deb bilingan. Nizomulmulk 
(1018-1092) "Siyosatnoma" asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabni 
suiiste'mol qilishini, soliqlarning og`irligi, davlat mablag`larini saqlash va sarflashda hisob-kitob 
zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida iqto'ni tanqid qilgan. Iqto' - o`rta asrlarda 
O`rta Sharq, shu jumladan O`rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari 
evaziga in'om qilingan chek yer (Temuriylar davlatida suyurg`ol).
XIII asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha bo`lgan davr bu mo`g`ullar istilosi davri 
bo`lib, ko`p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo`ldi. Ammo, bosqinchilar mahalliy xalq urf-
odati, madaniyati, tili, dinini, xo`jalik tarzini qabul qilishga va ular bilan aralashib ketishga majbur 
bo`ldilar. Shu davrda boj, bojxona, bojxona solig`i yuzaga keldi. Hozirgi ruscha "tamojnya" so`zi 
aslida mo`g`ulcha, keyinchalik turkchadagi "tamg`a" so`zidan olinganligi ma'lum. Beruniyning 
iqtisodiy g`oyalari. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar 
yaratgan bo`lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to`g`risidagi g`oya asosiydir. Uning 
ko`pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo`qotmagan.
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning 
rivojlanishi, sug`orish inshooatlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. Shu asosda 
Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo`lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga 
munosabatlari uyg`unlashib ketadi. Uning fikriga ko`ra, kishilar o`z zaruriy ehtiyojlarini qondirish 
uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko`p 
bo`lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb 
hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo`lishini ham ehtiyoj tufayli deb o`ylagan. Eng 
muhim g`oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-
qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo`lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy 
mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o`ziga xos bo`ladi va inson ahli ularga 
rioya qilmog`i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo`qolsa, tartib ham yo`q bo`ladi, deb 
uqtiradi buyuk donishmand.
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim xulosa chiqarish mumkinki, inson yerdagi 
bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati bilan ulug`lanadi, kishilik 
jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o`rgan-moq uchun mehnat qilish 
zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga 
ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko`rsatib berdi.
Binokor, ko`mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og`ir mehnat deb biladi. Ilm, 
ma'rifat zag`matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o`qish eng kerakli mehnat ekanligini 
isbotlaydi. Shunga ko`ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko`payishiga olib keladi. 
Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo`lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi. Qul 
mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor 
munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
ishlatishga qarshi bo`lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo`lib avloddan 
avlodga o`tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy og`ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, yer ostida gavhar 
qidiruvchilar, dehqonlar to`g`risida, ularga berilishi kerak bo`lgan imtiyozlar va ish haqi haqida 
"Minerologiya" asarida keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga 
alohida e'tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), yer osti 
suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan 
foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog`ini barpo etish zarurligi ko`rsatiladi. 
Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim 
sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og`ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya 
berish asosida yo`lga qo`yilmog`i kerak,deydi olim. Xuddi shu o`rinda Beruniy ilm ahllari, 
olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. 
Beruniy ustalarning ahvoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g`oyalarni 
ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog`lanadi. Olimning yozishicha: 
"Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o`lchab beruvchi 
usta bo`lib, uning oldida billurning mayda va katta bo`lakchalari to`plangan. U ana shulardan 
chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o`ylab o`lchab belgilab 
chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib 
buyumlarni yasay boshlaydi. Olim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko`rsatadi.
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag`banlantirib 
turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi 
o`zidir. Uningcha, ayniqsa, yerga ishlov berib, rizq-ro`z yaratuvchilarga mehribon bo`lish 
kerakligi ko`rsatiladi. Ana shu g`amxo`rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi va yer hosildor 
bo`ladi, moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi 
(bu fikr XVIII asrda
Adam Smit tomonidan to`laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik asosi. Ana 
shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo`ladi, deydi olim (bu yerda davlatning 
iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko`tariladi). Agar kishilar to`q bo`lsa, davlat ham kuchlidir. 
Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o`rtasida haqiqatni, kuchli bilan 
kuchsiz o`rtasida tenglikni o`rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi
ozodligi, erkinligi kishilar o`rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor 
iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari 
surilgan. Yusuf Xos Hojib. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020 yili 
qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog`unda tug`ildi(olamdan o`tgan yili 
noma'lum). Bo`lajak mutafakkir o`z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda 
undagi adabiyotlarni puxta egallaydi. U 1069-1070 yillar orasida "Qutadg`u bilig"(qutga, ya'ni 
baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, qoraxoniylar hukmdori Tabg`ochxon 
Bug`roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga "Xos Hojib" (eshik og`asi ) degan martabani in'om etadi. 
Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga 
barham berish kabi ma'muriy- xo`jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma'naviy va boshqa 
adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o`rganish, kasb-hunar egallash, xalq 
g`amini yeyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar 
to`planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo`q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy 
muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo`yicha 
so`z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g`oyalar o`z davri 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo`yicha 
davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o`rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib 
tugallangan (Bolasog`unda boshlangan va qashqarda nihoyalangan) bo`lsa ham, uni yaratish 
uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-
ibodat bilangina yetishib bo`lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat 
ko`rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to`qnashib, odam bilishi 
mumkin bo`lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo`q, bilim tufayli osmon sari ham 
yo`l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o`rganish lozim, deb uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko`ra (XVIII asr), mamlakatni 
iqtisodiy bo`hrondan chiqarish uchun 3 narsa:
1.Tinchlik-osoyishtalik;
2.Me'yoridagi soliqlar va
3.Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g`oya aslida bizning 
mutafakkir tomonidan yetti asr avval bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to`lovchilar) mamlakat 
hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko`tarish 
yoki (ushlab turish); 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish va; 3) 
yo`llarni o`g`ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan so-liqni vaqtida to`lashni 
(hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do`stiga 
do`st, dushmanga dushman bo`lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko`rinib turibdiki, bunda jamiyat va 
siyosiy hokimiyat o`zaro mutanosib bo`lishi zarurligi g`oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo`lishi haqidagi g`oya, aslini olganda inflasiya muammosi bilan 
chambarchas bog`liq, baholarning mo`'tadilligi ham ta'min etiladi. U o`z navbatida inqirozsiz 
iqtisodiyot, erkin muomaladagi valuta masalalariga borib taqaladi. Xususiy mulk huquqini 
ta'minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida 
butun jahon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan 
amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommoviy o`tishning salbiy oqibatlarini sobiq 
sho`rolar davrida boshimizdan kechirganmiz.
Yo`llarni o`g`rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-import) ni 
ta'minlash va qo`llab-quvvatlashning o`zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo`jaligi uchun 
ustuvor ahamiyati to`g`risida gap yuritiladi.
Hozirgi davrda bu g`oyalar mustaqil O`zbekiston iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etadi. 
Bu g`oyalarning amaliy ahamiyati ayniqsa Sohibqiron Amir Temur faoliyatida yorqin namoyon 
bo`lgan. Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag`al tabaqalar ahvoliga achinish 
hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr 
shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo`lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo`ysunuvchi, 
sadoqatli bo`lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo`li bilan osoyishta hayotga erishishga 
umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g`oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo`l keladi. Unda mulk tutishning siru-
asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-mulk, el-yurtning mangu 
qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob bo`lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-
hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. "Bir yigitga qirq hunar oz" bobi xuddi shu masalaga 
bag`ishlangan.
Vazir, qo`mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. 
Masalan, "Vazir ko`zining to`q bo`lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko`zi 
och odam bor olamni yesa ham to`ymaydi", deydi olim.


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to`g`risida nodir fikrlar bildiriladi. 
"Bular bilan yaqin bo`lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha", deb aytiladi. Ayniqsa, 
bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi. "Odamzod naslining ulug`ligi 
bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir", deb yozadi alloma. Aql-idrok 
egalarining nafi har doim ko`pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo`ladi, hurmat 
qozonadi. Butun ishlar o`quv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal 
etiladi.
Ko`rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo`yicha tanlangan o`z yo`nalishimizda 
ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o`rganishga keng imkoniyatlar 
yaratilayotir. Bu tanlangan yo`limizning to`g`riligidan dalolat beradi. 

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish