Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g`oyalarning mohiyati
. Buyuk mutafakkir Alisher
Navoiy ijodida ham iqtisodiy g`oyalar muhim o`rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida
ayniqsa tijorat, savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida savdogarlik
ishi ma'qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq tanqid qilinadi. A.Navoiy davlat arbobi
sifatida mamlakatni tinch saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo`shdi. U tirikligida mingta
inshoot qurishga va'da bergan va va'dasining ustidan chiqqan, ko`pgina madrasa, shifoxona,
hammom, ko`prik, rabot va boshqalarni o`z hisobidan qurdirgan. Mehnatning inson va
jamiyatdagi o`rniga, do`stlikka yuksak baho bergan.
Alisher Navoiy (1441-1501) shoir va davlatning yetakchi vaziri sifatida nom qozongan.
Navoiyning mana bu sifatlari uning ijtimoiy-iqtisodiy, falsafiy qarashlarida yaqqol ko`zga
tashlanadi. Navoiy o`z davrining progressiv kishisi sifatida gumanistik va vatanparvarlik
mafkurasi ramkasidan otilib chiqdi. U o`z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash,
mamlakatning iqtisodiy qudratini barkamollashtirish uchun kishilarda gumanistik vatan-parvarlik
xislatlarini uyg`otish kerak ekanligini erta tushunib yetdi.
Navoiyning dastlabki ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari - bu 1469 yilda Husayn
Boyqaroning taxtga kelishiga bag`ishlangan "Hiloliya" asaridir. Husayn Boyqaroning taxtga
kelishini Navoiy zulmat qorong`uligini yoritadigan "hilol", ya'ni uch kunlik oy bilan
tenglashtiradi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy qudrati mustahkamlanishiga, aholining ijtimoiy,
moddiy ahvoli yaxshilanishiga, feodal urushlarga barham berilishiga, mamlakatda tinchlik
o`rnatilishiga ishongan. Navoiy Husayn Boyqaroni shohlar shohi deb maqtaydi. Lekin Navoiy,
maqtash bilan birga muhim ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarni ham ilgari suradi. Hukmdorni maqtash
Navoiy tomonidan qo`llanilgan taktik bir usul edi. Uning asosiy strategik maqsadi esa
mamlakatning iqtisodiy-siyosiy ahvolini yaxshilashga, yagona markazga, markazlashgan, qudratli
davlat barpo qilishga qaratilgan edi. Navoiy Husayn Boyqaroning taxtga kelishidan mamlakatning
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
ijtimoiy-iqtisodiy, sotsial-siyosiy va madaniy-oqartuv sohalarida yuksak o`zgarishlar amalga
oshirilishiga katta umid bog`laydi. Navoiy shaxsning tarixdagi roliga katta e'tibor berib, mamlakat
iqtisodiy ahvoli shu mamlakat hukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog`liq deb hisoblaydi.
Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni
mukammal bilsa, u boshqarayotgan mamlakat obod va badavlat bo`ladi, agar teskarisi bo`lsa,
mamlakat qashshoq va xarob bo`ladi, deydi. Navoiy boshsiz tana bo`lmaganidek, podshosiz
davlat ham bo`lmaydi deb tarixda realist sifatida nom qoldirdi. Husayn Boyqaro hukmronlik
qilgan davrda mamlakatda nisbiy rivojlanish ko`zga tashlandi. Savdo-sotiq kengaydi,
hunarmandchilik va dehqonchilik yaxshi yo`lga qo`yildi. Irrigatsion inshootlar qurilishi ham
kengaydi. Navoiy Markaziy Osiyo sharoiti uchun irrigatsion inshootlarni kengaytirish - iqtisodiy
rivojlanishga olib boruvchi muhim omillardan biridir, deydi. A.Navoiyning bevosita rahnamoligi
ostida 70 dan ortiq kanallar va ariqlar qazildi. Milliy daromadning asosiy qismini qishloq
xo`jaligida yetishtiriladigan hosildan olinadigan daromad tashkil etardi. Feodal jamiyatda
irrigatsiya inshootlarini qurishni kengaytirish o`sha davr iqtisodiyotini rivojlantirishga keng ta'sir
ko`rsatar edi. Navoiy feodalizm davrida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yerni
kengaytirishga, uning mahsuldorligini oshirishga katta e'tibor berdi (В.Захидов. Мир идея и
образ А.Навои).
Navoiy boylikni ikki yo`l bilan topish mumkin, deydi. Birinchi yo`li - bu o`z mehnati bilan
iqtisod qilib boylikni to`plash, orttirish, yig`ish va o`ziga to`q yashash. Bunday boylik to`plashga
Navoiy hayrihohlik bildirdi. U olingan va to`plangan boylikni uch qismga bo`lib, birinchi qismini
ketgan harajatga, ikkinchi qismini o`zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa
aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Masalan, 1482 yilda yozilgan
"Vaqfiya" asarida A.Navoiy shaxsan o`zining yerlaridan olingan daromad misolida daromadning
o`z harajatlari va oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan qismini aholining foydali mehnatiga
sarflashga chaqirgan. Boylik topishning ikkinchi yo`liga esa, ya'ni o`g`rilik, ta'magirlik va zo`rlik
hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday ishlardan nafratlanadi va shu
yo`l bilan boylik orttirayotgan kishilarni jamiyat hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan
parazit qatlamdir, deb ta'riflaydi.
A.Navoiy ijodining durdona asarlaridan biri 1500 yilda yozilgan "Mahbub-ul-qulub"
asaridir. Ushbu asarda Navoiyning iqtisodiy fikrlari mujassamlashgandir. Navoiy bu asarida
jamiyatni sotsial tabaqalarga bo`lib, ularning jamiyatda tutgan o`rnini ko`rsatib berishga harakat
qiladi.
Asarning birinchi qismida ularning tabaqalariga va kasblariga xarakteristika beradi. Ikkinchi
va uchinchi qismlarda yaxshi fe'llar va yomon xislatlar to`g`risida ma'lumot beriladi. Navoiyning
fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy
ne'mat yetishtirishda, yaratishda va mamlakat boyligini oshirishda muhim o`rin tutadi. A.Navoiy
dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to`g`risida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Don sochuvchi
dehqon yerni yorish bilan rizq yo`lini ochuvchidir". Dehqon, ya'ni ishchi kuchi mahsulot ishlab
chiqarish vositalari bilan qo`shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab chiqarish vositalarining
moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha e'tirof etadi: "Qo`shi ham ikki zo`r polvon bo`lib,
yukiga bo`ysunib oldida yuradi, ishlashda hamdam va hamqadam, dehqon ularni surishda xuddi
odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne qilsalar harakat, xalqqa ham yetar ovqat ham barakat!".
Demak, dehqon ish kuchi, qo`shi va ho`kizlari esa ishlab chiqarish qurollari, yer esa mehnat
predmeti, hammasi birgalikda ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. Navoiy ishlab
chiqarishdagi hal qiluvchi omil, hal qiluvchi element - bu dehqon, ya'ni ishchi kuchidir, degan
fikrni bildiradi. Yuqorida zikr etib o`tilganidek,
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
A.Navoiyning fikriga ko`ra, yakka kishi hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Biron narsa
ishlab chiqarish uchun boshqa-boshqa toifadagi odamlar doim bir-birlari bilan bevosita aloqada
bo`lishlari kerak. Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo`lsa, hunarmandga non kerak,
dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari suv bilan havodek
zarur. Shunday qilib, baliq suvsiz yashay olmaganidek, barcha turdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar
ham bir-birisiz rivojlana olmaydi, deydi Navoiy. Dehqonlar va boshqa sohada mashg`ul kishilar
ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab chiqarish jarayonida, taqsimotda,
ayirboshlashda va iste'molda bir-birlari bilan o`zaro aloqada bo`lishi kerak.
A.Navoiy feodalizm davrida, feodalizm jamiyatida dehqon mehnatining katta ahamiyat kasb
etishini va mavjud jamiyat dehqon mehnati ustiga qurilganligini e'tirof etadi. Dehqon mehnatining
mahsulini novvoy, unfurush, qo`shchi va o`roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu
bilan birga dehqon ham ularga, ularning mehnatiga hamohangdir. Ularsiz hech narsa ishlab
chiqara olmaydi. Demak, bu bilan
Navoiy ishlab chiqarish munosabatlarini e'tirof etadi. Uning fikricha, dehqon o`z mehnati
bilan o`z ehtiyojiga zarur bo`lgan mahsulotni keragidan ko`proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning
ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy ne'mat bilan ta'minlaydi. Navoiyning
mana bu fikri qo`shimcha mahsulot faqat qishloq xo`jaligida degan fiziokratlar fikriga mos keladi.
Navoiy qishloq xo`jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi,
degan o`ta ilg`or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o`sha davr, ya'ni feodalizm davri gullab-yashnagan,
uning negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi tashkil qilgan bir pallada o`ta to`g`ri fikrgina bo`lib
qolmay, balki tarixiy haqiqat hamdir. A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo`lgan savdogarlarning
o`zini ham ikki guruhga bo`ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari olib boruvchi
savdogarlar guruhi. Ikkinchi guruh - mamlakat ichkarisidagi olibsotarlar guruhi. Chet ellar bilan
savdo-sotiq olib boruvchi savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi va ularning faoliyatiga xayrihoxlik
bildiradi. Bozorlardagi savdogarlarga, ya'ni olib sotarlarga esa tanqidiy ko`z bilan qaraydi. Ular
o`z manfaatiga xizmat qilib, boshqalar hisobiga boyiydi. Shuning uchun ularning turgan-bitgani
mamlakat uchun zarardir, deydi. Savdogarning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz bo`lishidan
boshida savdo to`la, bo’zi shoyi bo`lishidan ko`nglida istak ko`p. Bu yerda savdogar Navoiyning
"Hotam Toyiy" asaridagi o`tin teruvchi cholga qarama-qarshidir. Chol kuni bilan mehnat qilib
o`tin teradi va bu o`tinni bozorga olib borib, pulga sotadi. O`tin puliga esa mahsulotlar, ya'ni
iste'mol mahsulotlari sotib oladi. Bu joyda "tovar - pul - tovar" jarayoni boradi. O`tinchi cholning
ayirboshlashdan ko`zlagan maqsadi iste'mol qiymatidir. Navoiyning fikricha, savdogarning sotib
olishdan maqsadi qimmatroq sotishdir. Savdogar birini yuz, yuzini ming qilmoqchi bo`ladi, deydi.
Qo`ygan oz puli ko`p bo`lib qaytib kelishini istaydi, ya'ni uni ayirboshlashdan maqsad qiymatdir
yoki "pul - tovar - pul" (P-T-P) dir. Demak, Navoiyning fikrida kapitalning dastlabki formalaridan
biri mavjud bo`lgan. U shahar olibsotarlari haqida quyidagilarni aytadi: "Shahar olibsotarlari
xiyonatchi, o`ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi, uning foydasi xalqqa ziyon, arzon olib
qimmat sotish uning orzusi. Olishda shoyini bo`z deydi, sotishda bo`zni maqtab shoyi deydi.
Molini tovar o`rnida o`tkaza olsa, to`xtatib turish yo`q. Do`konida insofdan boshqa barcha mol
mavjuddir!" (A.Navoiy. Asarlar to`plami. XII tom,199-bet).
A.Navoiy o`zi ishlab chiqarishda va ishlab chiqarish sohasida mashg`ul bo`lmasada, o`z
aqliy va ijodiy mehnati bilan jamiyat uchun kerak bo`lgan tabaqalarni e'zozlaydi, olimlar, tabiblar,
shoirlar, muhandislar va boshqalarni jamiyat uchun zarur qatlamdir, deydi, ana shu kasb egalarini
o`z mas'uliyat va burchlarini sezishga chaqiradi. Alisher Navoiy hazratlari o`z asarlarida
iqtisodiyotning ravnaqi inson manaviyatining kamoloti bilan uyg`unligini takror-takror qayd
etganlar. Jumladan mamlakat obodligi va el farovonligini yuksak manaviyat bilan quyidagicha
JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
bog`lagan: To hirsu havas xirmoni barbod o`lmas, to nafsu havo qasri baraftod o`lmas, to jabr
zulm jonig`a bedod o`lmas, el shod o`lmas, mamlakat obod o`lmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |