8-mavzu Nutq (4 soat). Reja. Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha


Maktabda ta’lim jarayonida nutqning o‘sishi



Download 90,95 Kb.
bet15/19
Sana20.06.2022
Hajmi90,95 Kb.
#684953
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Нутқ

Maktabda ta’lim jarayonida nutqning o‘sishi.
Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabda o‘qishi ayniqsa katta rol o‘ynaydi. Bola maktabga kirmasdan oldin o‘zi qanday gapirayotganligi ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan aloqa va bilish vositasi tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan ilm bo‘lib qoladi. Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z ona tilining grammatikasi bilan shug‘ullanish natijasida, o‘z nutqini grammatika qoidalariga muvofiq sur’atda ongli ravishda tuzishni o‘rganadi. Grammatikani o‘qib o‘rganish jarayonida bola nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologiya jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi ancha takomillashadi. Nutqning ayrim jihatlariga xos bo‘lgan bu sifatlar faqat grammatikani o‘qib o‘rganish natijasidagina o‘sib qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fanlarning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va shu fanlar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at boyligi boyiydi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi terminning ma’nosi aniqlanadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga ayniqsa katta ta’sir qiladi. O‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi na’munalari bilan tanishadilar. Tilga doir mahsus mashg‘ulotlarda, shuningdek, boshqa fan­larni o‘qitish vaqtida, o‘qituvchilar o‘quvchilar oldiga o‘z nutqlarini muayyan talablarga javob beradigan qilib tuzish, masalan, muayyan savolga to‘liq va keng javoblar berish, muayyan reja asosida hikoya qilib berish, bir narsani hadeb takrorlay bermaslik, ravon tuzilgan, to‘liq gaplar bilan to‘g‘ri gapirish va boshqa shu kabi vazifalarni qo‘yadilar. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim bosqich bo‘ladi. O‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va ayniqsa o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning grammatika tuzilishini egallamoq uchun katta ahamiyatga egadir. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to‘liq tushuntirib berish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotgan narsaning mazmunigagina diqqat berib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o‘zining qanday qilib yozayotganiga ham e’tibor berishga majbur qiladi, uni o‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nutqini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. O‘quvchi yozib bayon qilayotgani-da, ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayotganida o‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga qarabgina berilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan bayon qilinganiga qarab ham baho berilishini oldindan bilib turadi. Mana shu hollarning hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va logika talablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi. Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa mo­nolog nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib tuzishga yordam beradi. O‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining o‘sishiga katta ta’­sir qiladi. O‘quvchi darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni yopib qo‘yib, o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham beradi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni grammatika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda ayniqsa tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi. O‘qituvchi o‘quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangina kifoya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapi­rib berayotganiga ham e’tibor berishini o‘quvchi yaxshi b ilad i. O‘quvchi ovoz chiqarib, aynan, yoki o‘z so‘zlari bilan takrorlash yo‘li bilan o‘zining artikulyatsiya apparatini mashq qildiradi, o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan birga o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi. Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi o‘quvchilar uchun namunali nutq, hisoblanadi. Shu sababli, har bir o‘qituvchi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay ishlashi lozim. Mazmunli, to‘liq fikrli, to‘g‘ri tuzilgan va uslub jihatidan chiroyli bo‘lgan nutqni o‘stirish maktabda bolalarning o‘qitish sohasida qo‘yilgan muhim vazifalarning biridir.

Download 90,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish