Sardoba tumanidagi
21-umumiy o’rta ta’lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ona tili fanidan
Mavzu: Kishilik olmoshlari.
Mavzu: Kishilik olmoshlari.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy:
Mavzu bo’yicha o’quvchilarga keng ko’lamli ma’lumot berish.Kishilik olmoshlar haqida ma’lumot berish.
Kishilik olmoshlari yuzasini o’rganish davomida mashqlar bajarish orqali mustahkamlab borishga erishish.
Tarbiyaviy
Nutqimizdagi mavjud so’zlardan to’g’ri foydalanish orqali ona tilimizni ulug’lash ruhida tarbiyalash.
Yar tomonlama barkamol bo’lib voyaga yetishishiga hissa qo’shish.
Rivojlantiruvchi.
Darslik bilan mustaqil ishlashga,mustaqil fikrlashga o’rgatish. Chiroyli yozish ko’nikma va malakasini hosil qilish.
Dars jihozi:
Turli ko’rgazmali qurollar,tarqatmalar ,texnika vositalari,sonly topishmoqlar.
Dars usuli: Savol javob,interfaol.
Fanlarga bog’liqligi:
O’qish,matematika,tabiat.
Darsning borishi:
I-Bosqich
Tashkiliy qism.
O’quvchilarning darsga tayorgarligini aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Daftarlarni almashtirish.
II-Bosqich
O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’qituvchi bugungi darsimiz yanada qiziqarli o’tishi uchun musobaqa tarzida olib boramiz.
Endi esa guruhlarga bo’linamiz va guruhlarni nomlaymiz.Guruhlar o’z to’plagan ballarini dars davomida hisoblab boradilar.
Eng ko’p rag’bat kartochka to’plagan guruh g’olib bo’ladi.
Aytingchi bolalar biz o’tgan darsda qaysi mavzuni o’rgangan edik.O’quvchilar o’tgan mavzu yuzasidan qisqacha javob beradilar.
Ularga mavzu yuzasidan savollar beriladi.
“Tabiat qo’ynida” metodidan foydalanamiz.
Har bir fasllarning rasmlariga savollar solingan. O’quvchilar bu savollarga javob beradilar.
H ar bir guruhga bittadan savol beriladi.
Matematik topishmoqnong javoblarini toppish e’lon qilinadi.
1-guruh.
Son deb nimaga aytiladi? Qanday so’roqlarga javob bo’ladi.
2-guruh
Sonlar yozuvda qanday ifodalanadi?
3-guruh.
Tartib songa misollar keltiring.
Sanoq songa misollar keltiring.
Guruhlarni rag’batlantirish.
Ular bo’linganga qadar “Kamalakning etti jilosi” yoki yeti savol yeti javob metodidan foydalanib sonly topishmoqni topishlari lozim.
Kamalakning savollari.
Guruh.
Pak-pakana bo’yi bor
Yetti qvat to’ni bor. 2000•2=4000 J: Piyoz.
Suv ichmaydi o’n besh kun
Oyog’i bo’yni uzun. 4800:6 = 800 J: Tuya
2-Guruh.
Bir onadan yuz bola
Yuzovi ham bo’z bola 1200-900=300 J: Uzum
O’zi bitta qulog’i to’rta 8000 : 4= 2000 J: Qozon
3-Guruh.
Besh og’aga ,besh qalpoq
O’n og’aga ,o’n qalpoq 1000+6000= 7000 J: Qo’lqop.
Kiyimida qavat ko’p
Oyog’ida bitta cho’p 4000+40 = 1040 J: Karam.
III –BOSQICH
Yangi mavzu bayoni
Kishilik olmoshlari,ularning qo’llanilishini misollar orqali izohlash.
Mavzuga oid mashqlar ustida ishlash.
348-mashq.
O’quvchilar mashqning shartiga ko’ra undagi so’zlarga so’roq berib ,ular so’zlari qaysi so’zlarning o’rniga qo’llanganligini izohlab ,so’ngra mashqni bajaradilar .
Matni saylanma diktant turidan foydalangan xolda bajaradilar. .Mashq o’qituvchi tomonidan o’qiladi va undagi kishilik olmoshlari saylanib olib o’zi bog’langan so’z bilan yoziladi.
XOTIRA MASHQI
“Quvnoq raqamlar” metodidan foydalanib mashqlar bajaramiz.
Har bir toq son qatoriga kishilik olmoshlar yoziladi.
Har bir guruhdan 2 tadan o’quvchi qatnashadi
Orasiga esa boshqa turkumga oid so’zlar ham yoziladi.
O’quvchilar boshqa turkumga oid so’zlarni ovoz chiqarib aytadilar.
Kishilik olmoshlari kelganda esa chapak chalishlari kerak.
349-mashq.
Mashqning shartiga ko’ra gaplardagi kishilik olmoshlarini topib uni tegishlicha belgilaydilar.
IV –BOSQICH
Kishilik olmoshlari mavzusini savol javob tarzida mustahkamlash.
Monitorda savollar eshitiriladi.
V –BOSQICH
Guruhlarni rag’batlantirish va to’plagan ballarini e’lon qilish.
VI –BOSQICH
Darsga yakun yasaladi.
Uyga vazifa etib 350- mashq beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |