Virusli gepatitlarni asoratlari va hamshiralik parvarishi. Bajardi: Xasanova Oysuluv



Download 0,81 Mb.
Sana28.01.2020
Hajmi0,81 Mb.
#37878
Bog'liq
Virusli gepatitlarni asoratlari va hamshiralik parvarishi

Virusli gepatitlarni asoratlari va hamshiralik parvarishi.

Bajardi: Xasanova Oysuluv

Reja:

  • 1. Gepatit haqida.
  • 2. Gepatit turlari A, B, C, D, E, G
  • 3. Profilaktikasi.
  • 4. Davosi.

Gepatit haqida.

  • Gepatit   ko’pincha jigarni shikastlovchi virus orqali yuzaga keladi. Kasallik kichik bolalarda yengil, kattalar va homilador ayollarda esa og’ir kechadi. Kasal ko’pincha 2 hafta og’ir bo’lib, keying 1-3 oy quvvatsiz bo’ladi. (ko’zidan sariqlik yo’qolganidan so’ng esa ham 3 hafta o’tgunga qadar bemordan virus osongina yuqadi). Ba’zan infeksiya (B, C -surunkali gepatit) ketmaydi. Sariqning ushbu turlari juda kam uchraydi va onadan bilaga o’tishi mumkin. Kasallik belgilari bola katta bo’lgandan so’ng namoyon bo’ladi.

Gepatit A.

  • Gepatitning bu turi eng oddiy va keng tarqalgan hisoblanadi. Bu kasallikning yana bir nomi Botkina kasalligidir. Kasallik yuqishidan boshlab 7-50 kun oralig'ida tana sarg'ayadi. Inkubatsion davrning oxirida badan sariqlashmaguncha kasallik yuqumli bo'ladi. Ko'pincha kasallik tana harorati oshishi, grippga o'xshash simptomlar bilan davom etadi, undan tashqari siydik to'q rangga bo'yalib, najas aksincha rangi ochiqishadi. Kasallik deyarli hech qanday muolajasiz 1 haftadan 2 oy ichida o'tib ketadi, lekin yana yarim yil mobaynida jigarga og'irlik qilmaydigan ovqatlanish va harakat qilish lozim. Kasallik avji olgan payti kasal yotib va maxsus dieta qilishi shart. Kam hollarda tuzalish uchun kapelnitsa talab etiladi. Gepatit A odatda tozalikka rioya qilmaslik natijasida vujudga keladi. Kasallikni oldini olish maqsadida meva va sabzavotlarni iloji bo'lsa qaynagan suvda yaxshilab yuvish, vodoprovod suvini qaynatib yoki filtrlab ichish, qo'lni tez-tez sovun bilan yuvib turish kerak..

Gepatit b

  • Gepatitning ushbu turi juda xavflidir. Uni ko'pincha sivorotkali gepatit deb ham atashadi. Gepatit B qondan o'tadigan kasallikdir. Uning darajasi turlicha bo'lib jigar serrozi va rakga olib kelish xavfi ham mavjud. Tish chyotkasi, stomatolog asboblari, manikyur anjomlari, shpritslar kasallik o'tkazuvchilaridir. Undan tashqari homilador onadan homilaga va jinsiy aloqa orqali o'tishi ham mumkin. Odatda kasallik yuqqanidan boshlab 50-180 kun ichida namoyon bo'ladi. Uning alomatlariga tana haroratining oshishi, badan qaxshashi, qayd qilish va ko'ngil aynashni kiritishimiz mumkin. Undan tashqari siydik rangini to'qqa bo'yalishi kuzatiladi. Kasallikni oldini olish uchun sterillangan asboblardan, bir martalik shpritsdan foydalanish kerak. Gepatit B ni davolashda immunitetni oshiruvchi dorilar, gormonal preparatlar va antibiotiklar qo'llaniladi. Eng yaxshi profilaktika vositasi bu Gepatit B privivkasini olish.

Gepatit C

  • Gepatitning eng og'ir shakli bo'lib, asosan qon quyish orqali yuqadi. Ayrim hollarda jinsiy aloqa orqali va homilador ayoldan homilaga o'tishi mumkin. Bu kasallik yuqishidan namoyon bo'lgunga qadar 2 haftadan 26 haftagacha o'tish mumkin. Bu degani kasal yuqtirib olgan odam o'zi bilmagan holda boshqalarga yuqtirib yurishi xavfi bor. Gepatitning bu shaklida badan sariqqa bo'yalmaydi. Ayrim hollarda tana harorati oshishi kuzatilishi mumkin. Lekin jigar uchun u juda zararli bo'lib, vaqt o'tib jigar shishiga olib kelishi mumkin. Gepatit Cning zararli tomoni shundaki, u doimiy simptomsiz kasallikka aylanishi mumkin. Bunda jigar yillar mobaynida virusdan zaharlanib rak kasalligiga uchrashi mumkin. Afsuski, Gepatit Cga qarshi privivka ishlab chiqilmagan. Shuning uchun hozirgi kunda donor qoni ushbu virus mavjud emasligiga batafsil tekshiruvdan o'tadi.

Gepatit D

  • Gepatitning bu virusi mustaqil yashay olmaydi, shuning uchun u Gepatit Bga qo'shilgan holda jigarga ziyon yetkazadi. Gepatit D ham qon quyilishi natijasida yuqadi. Kam hollarda homilador onadan homilaga va jinsiy aloqadan yuqishi mumkin. Bu kasallikning alomatlari Gepatit B nikiga o'xshash bo'lib, asorati ancha og'irroq bo'lishi mumkin. Kasallik yuqqanidan so'ng 1 haftadan 6 oy ichida namoyon bo'ladi.

Gepatit E

  • Bu virus turi yaqinda aniqlangan bo'lib Gepatit A ga o'xshaydi. Gepatit A singari kir suv orqali yuqadi. Oson yuqadigan bu kasallik ko'pincha issiq ob-havoli mamlakatlarda uchraydi. Uning alomatlari ich ketishi, tana haroratining ozgina ko'tarilishi va umumiy holatning yomonlanishi. Gepatit A dan farqli tomoni homilador ayolning 3-trimestrida virus o'limga olib kelishi mumkin. Kasallik 2-4 hafta ichida tuzaladi, lekin boshqa gepatit turlaridan farqli ravishda nafaqat jigarga, balki buyrakka ham ziyon yetkazib o'tadi.

Gepatit G

  • Gepatitning bu turi gepatit C bilan o'xshab ketadi. C virusi kabi jinsiy aloqa orqali, homilador ayoldan homilaga va qondan o'tishi mumkin. Gepatit G natijasida sog'ayish yoki aksincha jigarning qattiq zaiflashi va serroz bo'lishi mumkin.

Profilaktikasi.

  • Virusli gepatitlarning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu ko’st amal qilish, kasallikni o’z vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin bo’lganlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish hamda u tutgan idish-tovoq va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim. Kasalxonadan chiqqan bemorlar ma’lum muddat dispanser nazoratida bo’lishlari lozim. Kasallikning oldini olish maqsadida A va B gepatitlarga qarshi vaksinatsiya qilinadi (emlanadi). U yangi tug’ilgan chaqaloqlarga, 2-marta esa 1 oyligida teri ostiga yuboriladi. Revaksinatsiya bola 6 oyligida o’tkaziladi. Emlash natijasida 95% bolalarda kasallikka qarshi immunitet paydo bo’ladi; epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy va 6 oy o’tgach qayta emlanadi. Emlash natijasida immunitet paydo bo’lib, u 15— 20 y.gacha saqlanadi va kasallik tarqalishining oldini oladi, virus tashuvchilik himoyalanadi. Profilaktika maqsadida bolalarga gammaglobulin (normal immunoglobulin) dan ukol qilinadi.

Davosi.

  • Davolash asosan bemorning umumiy ahvoli va kasallikning klinik belgilariga qarab olib boriladi; yengilroq xilida deyarli dori-darmonlar berilmaydi, kun tartibi va parhezga (q. Parhez bilan davolash) rioya qilish tavsiya etiladi. Kasallikning boshqa shakllarida ham parhez va kun tartibiga amal qilishdan tashqari, glyukoza, vitaminlar, tuzli eritmalar, qon hamda plazma va qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar, zarur hollarda gormonlar, antibiotiklar va h. k. buyuriladi. Bemorga vitaminlar, uglevodlar, oqsilga boy ovqatlar, shuningdek turli meva sharbatlari beriladi.
  • E’TIBORINGIZ
  • UCHUN

  • RAHMAT!

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish