8-amaliy mashg‘ulot: “Oysuluv” dostonida obrazlar tizimi
Reja:
Tarixiy mavzudagi xalq dostonlari haqida.
“Oysuluv” dostoni – tarixiy-qahramonlik dostoni sifatida.
“Oysuluv” dostonidagi mifologik obrazlar.
To‘maris – Oysuluv obrazining prototipi.
Tayanch iboralar: xalq dostonlari, tarixiy dostonlar, qahramonlik eposi, “Oysuluv” dostoni, mifologik obrazlar, prototip.
Adabiyotlar:
1. Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. – T.: “Fan”, 2009.
2. Jo‘rayev M. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma.– T.: TDMI, 2008.
3. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: “Musiqa” nashriyoti, 2010.
4. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: “Mumtoz so‘z”, 2010
5.Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. – Toshkent: “Aloqachi”, 2008
Mavzuning qisqacha bayoni:
“Oysuluv” – tarixiy mavzudagi qahramonlik dostoni bo‘lib, Hodi Zarifov tomonidan Ergash Jumanbulbul o‘g‘lidan yozib olingan. Bosh qahramoni Oysuluv – Turon mamlakatining podshosi. Doston chuqur ijtimoiy-siyosiy mazmunga boy bo‘lib, unda xalqning orzu-umidlari, vatanparvarlik tuyg‘ulari, bosqinchilarga qarshi kurashi aks etgan. Oysuluv o‘z xalqi va yurtiga sodiq, vatanparvar, mard, jasur, kurashda tengsiz, dushmanga ayovsiz afsonaviy qahramon obrazidir. Oysuluv Eron podshosi – bosqinchi Doro lashkariga qarshi qahramonona jang qiladi va uni tor-mor etadi. Oysuluv O‘rta Osiyo xalqlari afsonalaridagi qahramon ayol, tarixiy shaxs, massagetlar malikasi To‘marisning badiiylashgan obrazidir.
Nazorat savollari:
1. Qahramonlik dostoni nima?
2. Qahramonlik dostonlarining qanday turlari bor?
3. “Oysuluv” dostonining o‘ziga xos xususiyatlarini sanang.
4. To‘maris shaxsi va Oysuluv obrazining tarixiy va badiiy xususiyatlarini solishtiring.
5. “Oysuluv” dostonining mifologik xususiyatlari haqida bahs yuriting.
1-topshiriq. “Oysuluv” dostonining o‘ziga xos xususiyatlarni sanab, jadvalni to‘ldiring.
Bunda har bir guruh alohida faoliyat olib boradi. Birinchi guruh mavzusiga xos xususiyatlarni, ikkinchi guruh obrazlar tizimiga xos jihatlarni, uchinchi guruh undagi mifologik jihatlarni tahlil qilib, jadvalga yozadilar.
1-guruh
Mavzusiga xos xususiyatlar
|
2-guruh
Obrazlariga xos xususiyatlar
|
3-guruh
Dostondagi mifologik jihatlar
|
|
|
|
2-topshiriq. “Baliq” skeleti usuli yordamida “Oysuluv” dostonining o‘ziga xos jihatlarini sanang.
“Baliq skeleti”.
Ushbu usul katta muammolarning yechimini topishga qaratilgan. Yuqori qismiga muammolar turi yoziladi, pastki qismiga esa unga qarshi chizgilar yoziladi.
Uyga vazifa. “Oysuluv” dostonini o‘qib, konspektlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |