Masala (keys). Faraz qilaylik, huquqni muhofaza qiluvchi organlari (HMQO) jinoyatga qarshi kurashi tizimi doirasida birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni kelasi uy yillikda amalda bajarishlari kerak. Aytaylik xozirgi kunda, asosan ikkita turdagi moliyaviy jinoyatlar keng uchramoqda – soliq to‘lamaslik jinoyatlari va valyutani noqonnuniy ayirboshlash jinoyatlar. Ikkita dastur loyihasi ishlab chiqildi deb faraz qilamiz: biri aynan ko‘roq soliq to‘lash sohasidagi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan, ikkinchisi esa – ko‘proq valyutani ayirboshlash sohasidagi jinoyatlarni oldini olishga. Ikkalasidan bittasini tanlash kerak, chunki birdaniga ikkita dasturni amalga oshirishga imkoniyat yo‘q.
Dastur ishlab chiquvchilar moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimining tashqi muhitidagi kutiladigan o‘zgarishlarni o‘rganib chiqishdi. Tashqi muhitda asosan hukumat tomonidan foyda solig‘i stavkalari o‘zgartirilishi kutilmoqda, ammo aynan qanaqa stavkalar o‘rnatilishi haqida ma’lumot deyarli yo‘q. Shuning uchun uchta holat yuz berishi mumkin: birida – o‘rta hisobda foyda solig‘i past (ya’ni 15-25% atrofida), ikkinchisida – o‘rta (ya’ni 26-35% atrofida), uchinchisida esa – yuqori (ya’ni 36-45% atrofida) bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, oltita natijalardan biri uchrashi mumkin.
Muqobil strategiya(Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak)
Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish
-700
500
2100
Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish
300
300
300
Har bir natija muayan yutuq bilan bog‘liq: jinoyatlarni oldini olish natijasida byudjetga tushgan tushumlar va dasturni amalga oshirishda qilingan harajatlar orasidagi farqlar aynan tegishli jadvalning kataklarida keltirilgan. Bu jadval – ilmiy tilda yutuqlar jadvali yoki to‘lov matritsasi deb ataladi.37 Optimizm koeffitsientini 0,8 ga teng deb qabul qilgan holda mazkur masala yechimlarini ko‘rsating.
Demak, aytilgan fikrlarni tizimlashtiramiz:
tizim nomi: moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi;
tizimli muammo: soliq to‘lash va valyuta ayirboshlash sohasidagi jinoyatlarni oldini olish;
tizimning maqsadi: moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimi faoliyati samarasini oshirish – moliyaviy jinoyatlar sonini minimallashtirish;
muqobil strategiyalar (qarorlar): soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olish dasturi loyihasini qabul qilish va amalga oshirish; noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olish dasturi loyihasini qabul qilish va amalga oshirish;
qaror qabul qilish usuli: noaniqlik sharoitida qarorlar qabul qilish qoidalari.
Ushbu bobda biz quyidagi belgilardan foydalanamiz: – optimal yutuq miqdori; – i- strategiyasi tanlanganda va j-xolati ro‘y berganda olinadigan yutuq miqdori38; – yutuqni j ustunlari bo‘yicha maksimal qilish; –yutuqni j ustunlari bo‘yicha minimal qilish;
yutuqni i qatorlari bo‘yicha maksimallashtirish; – yutuqni i qatorlari bo‘yicha
minimallashtirish; – i-strategiyasi tanlanganda va j-xolati ro‘y berganda boy berilgan imkoniyat;
– optimizm koeffitsienti.
Keyingi paragraflarda biz noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish qoidalarini tushuntirib ketamiz va yuqorida keltirilgan masalani o‘sha qoidalar yordamida yechishni o‘rgatib boramiz.