2.MAKSIMAKS QOIDASI.
Maksimaks qoyidasiga ko‘ra, eng yuqori yutuqlarga keltiradigan strategiyalar orasidan eng yuqori yutuqqa keltiradigani tanlanadi:
Bu qoidani amalda nihoyatda omadga ishonuvchi, ehtiyotsiz, qaror qabul qiluvchi shaxslar (ya’ni ashaddiy optimistlar) qo‘llaydi.
Yechim. Maksimaks qoidasi bo‘yicha masalaning yechimi quyidagicha: eng yuqori yutuqlarga (ya’ni 2100 va 300 ga) keltiruvchi strategiyalardan eng yuqori yutuqqa (ya’ni 2100 ga) keltiruvchisi tanlanadi.
Muqobil strategiya (Huquqni muhofaza qilish organlari birgalikda moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqib, uni amalda bajarishlari kerak)
|
Tashqi muhit holatlari
|
Eng yuqori yutuq- lar
|
Foyda solig‘i past
|
Foyda solig‘i o‘rta
|
Foyda solig‘i yuqori
|
Soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish
|
-700
|
500
|
2100
|
2100
|
Noqonuniy valyuta ayirboshlash jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish
|
300
|
300
|
300
|
300
|
Demak, soliq to‘lamaslik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan dastur loyihasini qabul qilish va amalga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |