8-mavzu. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligi tahlili


Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik



Download 94,01 Kb.
bet3/12
Sana01.04.2022
Hajmi94,01 Kb.
#523515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-mavzu. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligi tahlili

Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik



Xodimlar toifasi

O‘tgan davr uchun xodimlar soni

Reja bo‘yicha xodimlar soni

Hisobot davridagi xodimlar soni

Haqiqatda,
% da

Rejaga nisbatan

O‘tgan davrga nisbatan

Asosiy faoliyat xodimlari

874

784

759

96,8

86,8

Ulardan:
















Ishchilar

649

524

601

114,7

92,6

Xizmatchilar

172

120

118

98,3

68,6

Rahbarlar va mutaxassislar

53

40

40

100,0

75,4

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot murakkablashuvi, avtomatlash­tirilgan uchastka va sexlar joriy qilinishi mutaxassislar ulushi ortishini talab qiladi. Boshqaruvni takomillashtirish, orgtexnikadan foydalanish bilan xizmatchilar ulushini kamaytirish ta’minlanadi.


2-jadval
Mehnat resurslari tarkibi tahlili



Xodimlar toifasi

Xodimlar tarkibi

Salmog‘ining o‘zgarishi, ±

o‘tgan yil uchun

reja

haqiqatda

rejaga nisbatan

o‘tgan yilga nisbatan

kishi

%

kishi

%

kishi

%

Asosiy faoliyat xodimlari, jami

874

100

784

100

759

100

-

-

jumladan:

























Ishchilar

649

74,2

524

79,6

601

79,2

-0,4

+5,0

Xizmatchilar

172

19,7

120

15,3

118

15,5

+0,2

-4,2

Rahbarlar va mutaxassislar

53

6,1

40

5,1

40

5,3

+0,2

-0,8

2-jadval ma’lumotlari asosiy faoliyat xodimlari tarkibida oldingi va hisobot davrida tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. Rejaga nisbatan ishchilar salmog‘ining kamayishi xizmatchilar, rahbarlar va mutaxassislar salmog‘i ortishi bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan, o‘tgan yilga nisbatan esa aksincha, ishchilar salmog‘i ortgani holda boshqa toifadagi xodimlarning salmog‘i kamayishi sodir bo‘lgan. Bu korxona boshqaruvi tarkibidagi o‘zgarishlar bilan shartlangan bo‘lishi mumkin.


Mutaxassislar soni kamayishi zarur malakali mutaxassislar mavjud emasligi natijasi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirokiga ko‘ra, ishchilar, asosiy – bevosita asosiy mahsulot tayyorlash bilan band va qo‘shimcha – qo‘shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning barcha turlari bilan band – toifaga ajratiladi. Bunday bo‘linish ishchilar sonini tahlil qilish va mehnat unumdorligini yuksaltirishning zaxiralarini aniqlashda jiddiy ahamiyatga ega. Biroq yillik va joriy statistik hisobotda bunday ma’lumotlar keltirilmaydi. Bu turli korxonalarda guruhlashning bir xilligini o‘rnatish qiyinligi bilan, ba’zan esa asosiy va qo‘shimcha toifaga kiritiladigan kasblar ro‘yxati mavjud emasligi bilan izohlanadi.
Asosiy toifaga bevosita korxona mahsulotini ishlab chiqaruvchi ishchilar, qo‘shimcha toifaga ishlab chiqarish uchun zaruriy sharoit­larni ta’minlovchi ishchilar va qo‘shimcha sexlar ishchilari (ta’mirlash-mexanik, instrumental, transport, energetik va hokazo) kiritiladi.
Ishlab chiqarish talablariga nafaqat xodimlarning umumiy soni, balki uning sifat tarkibi ham mutanosibligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xodimlarning jinsi, yoshi, staji, kasbi, tarif razryadi va to‘lov tizimi bo‘yicha taqsimlanishi haqida statistik hisobot ma’lumotlarini o‘rganish yo‘li bilan tekshiriladi. Korxonalarda ba’zan malakasi kam xodimlar mavjud bo‘lgan holda yetakchi kasb xodimari yetishmaydi. Statistik hisobot, shuningdek, mehnat resurslarini birlamchi hisobga olish ma’lumotlari asosida ishchilarni malaka razryadlari bo‘yicha guruhlash amalga oshiriladi, har bir razryaddagi ishchilar sonining o‘rtacha tortilgani sifatida o‘rtacha tarif razryadi hisoblab chiqarilib, reja hamda o‘tgan davr ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.


8.3. Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili


Xodimlar soni, tarkibi va malakasi tahlili mehnat resurslari harakatini o‘rganish bilan to‘ldirilishi lozim bo‘lib, u turli sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, qarilik bo‘yicha nafaqaga chiqish, o‘qish uchun, xizmat safari, yuqori lavozimga ko‘tarilish, boshqa korxonaga ishga o‘tish, ishlar va shartnoma muddati tugashi bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Shular bilan bir qatorda, xodimlarni ularning o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat intizomini buzganligi uchun, malaka talablariga javob bermasligi uchun bo‘shatish, ya’ni xodimlar qo‘nimsizligi ham xodimlar tarkibi va mehnat unumdor­ligining salbiy o‘zgarishiga, ish vaqtidan to‘liq foydalanmasligiga sabab bo‘ladi.
Mehnat resurslari harakatini tavsiflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar dinamikasi hisoblanadi va tahlil qilinadi:
– xodimlarni ishga qabul qilish aylanmasi koeffitsiyenti (Kiq):

– ishdan ketish bo‘yicha aylanma koeffitsiyenti (Kk):

– qo‘nimsizlik koeffitsiyenti (Kq):

– kadrlar doimiyligi koeffitsiyenti (Kkd):

Tahlil etilayotgan korxonada mehnat resurslari harakati tahlili quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:


3-jadval
Xodimlar qo‘nimsizligi tahlili






Download 94,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish