8-mavzu. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligi tahlili



Download 94,01 Kb.
bet1/12
Sana01.04.2022
Hajmi94,01 Kb.
#523515
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-mavzu. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligi tahlili


8-mavzu. MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIK VA MEHNAT UNUMDORLIGI TAHLILI


8.1. Mehnat resurslari tahlilining vazifalari,
asosiy yo‘nalishlari va axborot manbalari

Iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish bosqichida, reja va o‘tgan davrlarga nisbatan mehnatdan foydalanish jarayonida qanday o‘zga­rishlar sodir bo‘lganligini aniqlab olish zarur. Korxonalarda mehnatdan foydalanish tahlilining asosiy vazifasi shundan iboratki, mehnat unumdorligi o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi, ish vaqti yo‘qotilishiga sabab bo‘luvchi barcha omillar aniqlanadi.


Korxonalar faoliyatini tavsiflovchi mehnat ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilardan foydalaniladi: mehnat unumdorligi, xodimlar soni, mehnat haqi fondi va o‘rtacha mehnat haqi darajasi.
Mehnat resurslari tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisob­lanadi:
Mehnat unumdorligi qismida – rejaning bajarilish darajasi va o‘sish sur’ati (dinamika) ni aniqlash; ekstensiv va intensiv omillar, xusu­san, mehnat unumdorligiga yangi texnikani joriy qilish, ish vaqtidan foydalanish, mahsulotlar assortimenti o‘zgarishi va boshqalar ta’sirini aniqlash; qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish me’yorlari sifati va bajarilish darajasining mehnat unumdorligi darajasiga ta’sirini aniqlash.
Mehnat resurslari tarkibi, harakati va mehnat resurslaridan foydalanish qismida – xodimlar soni tarkibi va tarkibini hamda tuzilma o‘zgarishining mehnat unumdorligi, dinamika va harakat ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish.
Mehnat resurslari tahlilining maqsadi zaxiralar va foydalanilmagan ichki imkoniyatlarni aniqlash, ushbu zaxiralarni ishga tushirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi.
Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili uchun asosiy axborot manbalari sifatida quyidagilar xizmat qiladi: mehnat bo‘yicha rejalar, 1 – mehnat shakli “Mehnat bo‘yicha hisobot”, 3-moliya shakli “Tashkilot xarajatlari to‘g‘risida”, ishchilar harakati bo‘yicha kadrlar bo‘limining statistik hisoboti, sexlar, bo‘limlar, korxona xizmatlarining tezkor hisoboti, ishlab chiqarish bo‘linmalari va xizmatlar hamda korxonaning mehnat resurslari bilan bog‘liq boshqa hisobotlar.
Tahlilning kompleksliligini ta’minlash uchun statistik hisobotdan tashqari boshqa axborot manbalarini ham jalb qilish talab etiladi: ishlab chiqarish va yaroqsiz mahsulotlarni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatlar, mehnat haqi hisoblash bo‘yicha hisob registrlari, bir martalik kuzatishlar natijalari (fotografiyalar, xronometraj va boshqalar) hamda bir martalik statistik tekshirishlar va hokazo.
Mehnat resurslari tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
– korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi;
– ish vaqtidan foydalanish samaradorligini baholash;
– mehnat unumdorligini o‘rganish.



Download 94,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish