8.5. Mehnat unumdorligi tahlili
Mehnatdan foydalanish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi – mehnat unumdorligi bo‘lib, uning darajasi bir xodim uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ko‘rsatkichi va vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot ko‘rsatkichi bilan ifodalanishi mumkin.
Mehnatdan foydalanish samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi:
- mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati;
- mehnat unumdorligi oshishi hisobiga mahsulot o‘sishi ulushi;
- bazis yilga nisbatan jonli mehnat tejami (yil hisobida xodimlar);
- mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod;
- mehnat unumdorligining o‘sish sur’atining o‘rtacha oylik mehnat haqi o‘sishiga nisbati.
Mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasiga korxona faoliyatining ko‘plab ko‘rsatkichlari, jumladan mehnat ko‘rsatkichlari: mahsulot ishlab chiqarish, xodimlar soni, mehnat haqi fondi, tannarx va boshqalar bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari tahlilining asosiy yo‘nalishi nafaqat reja qanday bajarilganligini aniqlashdan iborat, balki o‘sish dinamikasini aniqlash, rejani bajarmaslik yoki ortig‘i bilan bajarish sabablarini oydinlashtirish: mexanizatsiya vositalaridan foydalanish, asosiy va qo‘shimcha ishlarga qo‘l mehnatini jalb qilish, smena ichida va kunlab ish vaqti yo‘qotilishi mavjudligi, ishlab chiqarish me’yorlari tarkibi va ularning texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligini aniqlash ham uning vazifasiga kiradi. Tahlilda korxona, sexlar, uchastkalar va alohida ish joylarida mavjud mehnat unumdorligini oshirish zaxiralarini aniqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni qayd qilish zarur.
Korxonalarda mehnat unumdorligini hisobga olish va tahlil qilish uchun bir xodimning o‘rtacha ishlab chiqarish ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Bunda ishlab chiqarishni aniqlashning uchta usuli farqlanadi: qiymat, natural va mehnat. Bir xodim uchun o‘zgarmas narxlarda mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichi mufassal ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnat unumdorligining mazkur ko‘rsatkichi kamchiliklardan xoli emas – xomashyo va materiallar narxi darajasiga bog‘liqligi, mahsulotlar assortimenti, narxlar asoslanganligi va boshqalar. Narxlar o‘zgarmasligiga rioya qilish mehnat unumdorligi darajasini o‘lchash to‘g‘riligini ta’minlaydi, chunki aksincha holatda ko‘rsatkichlar qiymat omili ta’sirida buzib ko‘rsatiladi. Assortimentga kelsak, yo‘l qo‘yilgan o‘zgarishlar mehnat unumdorligi darajasida aks ettiriladi, chunki mahsulotlarning har bir turi buyumlashgan, mehnatdan tashqari ushbu ishlab chiqarishga o‘tkazilgan va yana ushbu ishlab chiqarishda sarflangan jonli mehnatni o‘z ichiga oladi.
.
Qator tarmoqlarda ishlab chiqarishni umumiy qiymat ko‘rsatkichi bilan birgalikda uni natural ifodada o‘lchash mumkin – dona, tonna, metr va boshqa ko‘rsatkichlarda.
.
Ishlab chiqarishning natural o‘lchovlari kon sanoati va bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarishdarda qo‘llanildi. Bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlab chiqarishning bir necha markasi yoki navi shartli-natural birliklarda o‘lchanishi mumkin. Domna sexlarda mahsulot shartli ravishda qayta ishlangan chugun hisobidagi og‘irlikka, marten sexlarida – oddiy uglerodli po‘latga, sement zavodlarida – shartli portlandtsementga keltiriladi va hokazo. Buning uchun mutanosib ayirboshlash koeffitsiyentlari qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni bunday o‘lchash aniq va obyektiv tuyulsa-da, lekin bir turdagi mahsulot bo‘lsa ham (masalan, ko‘mir yonuvchanligi) turli sifati tufayli mehnat unumdorligining haqiqiy darajasini aks ettirmaydi. Shuningdek, bir turdagi korxonalarda mehnat sarfi bir xil emasligi uchun undan qiyosiy tahlilda foydalanib bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarishni aniqlash uchun qo‘llaniladigan o‘lchovlarning uchinchi turi mehnat o‘lchovidir.
.
Mehnat o‘lchovi real mehnat sarflarini yanada to‘liq aniqlash imkonini beradi. Mehnat o‘lchovlari sex, uchastka bo‘yicha xodimlarning ishlab chiqarishini alohida operatsiyalarja yoki smena uchun har bir xodimga, turli-tuman mahsulot ishlab chiqarishda oy uchun hisoblashda qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni aniqlash uchun me’yorlashtirilgan ish vaqti – norma-soatdan foydalaniladi. O‘zgarmas (barqaror) me’yorlarda norma-soatlarda o‘lchangan ishlab chiqarish ishlab chiqarishning alohida uchastkalarida mehnat unumdorligi o‘zgarishini yetarlicha to‘liq tavsiflaydi. Umuman korxona bo‘yicha mehnat unumdorligini baholash uchun, mahsuldorlik ko‘rsatkichi o‘sishini tahlil qilishda norma-soatlarda o‘lchangan ishlab chiqarish, odatda, qo‘llanilmaydi. Axir ko‘plab korxonalarda ishlab chiqarish me’yorlari faqatgina baylashib ishlovchilar mehnat sarfini o‘ziga qamrab oladi va vaqtincha ishlovchilar, ustiga-ustak boshqa toifadagi xodimlar mehnat sarfini tavsiflamaydi.
Mehnat unumdorligi darajasini baholash uchun umumlashtiruvchi, xususiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi:
Umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiritiladi:
– o‘rtacha yillik xodim uchun mahsulot ishlab chiqarish
Mahsulot hajmi
( );
Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soni
- bir ishchi uchun mahsulot ishlab chiqarish
Mahsulot hajmi
( );
Xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soni
-bir kishi-kuni uchun mahsulot ishlab chiqarish
Mahsulot hajmi
;
Ishlangan kishi-kunilarning umumiy soni
- bir kishi-soat uchun mahsulot ishlab chiqarish;
Mahsulot hajmi
Ishlangan kishi-kunlarning umumiy soni
Tahlil jarayonida ushbu ko‘rsatkichlar dinamikasini, ularning darajasi bo‘yicha rejaning bajarilishini o‘rganish, qiyosiy tahlil o‘tkazish va ularning o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur.
Mehnat unumdorligining eng umumlashtiruvchi ko‘rsatkichi – bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ya’ni uning yillik ishlab chiqarishi (MUx). Uning miqdori nafaqat o‘rtacha kunlik (KI) va o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishga (SI), balki xodimlarning umumiy sonida ishchilarning ulushi (Iul), yil uchun bir ishchi tomonidan ishlangan kunlar miqdoriga (K) va ish kuni davomiyligiga (D) bog‘liq (1-chizma).
O‘rtacha soatlik ishlab chiqarish qancha yuqori bo‘lsa, ish vaqtining smena ichida va butun kun davomida yo‘qotilishi qancha kam bo‘lsa, yilda bir ishchining o‘rtacha ishlab chiqarishi shuncha ko‘p bo‘ladi.
Bunda bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ishlab chiqarishni quyidagi omillar ko‘paytmasi ko‘rinishida tasvirlash mumkin:
MUx = Iul * K * D * SI.
O‘z navbatida, bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishini quyidagi omillar ko‘paytmasi ko‘rinishida tasvirlanadi:
MUi =K * D * SI.
Bundan MUx = Iul * MUi.
Mazkur omillar ta’sirini hisoblash determinatsiyalangan omilli tahlil usullarining biri bilan bajariladi.
1-chizma. Mehnat unumdorligi omilli tizimining
Do'stlaringiz bilan baham: |