Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Og‘ish (+,-)
|
reja
|
haq.
|
o‘tgan yildan
|
reja-dan
|
1.
|
Taqqoslama ulgurji narxlarda korxonaning mahsulot (ish, xizmat) lari hajmi, ming so‘m
|
251222
|
266669
|
315642
|
64420
|
48973
|
2.
|
Ishchilarning o‘rtacha soni
|
974
|
936
|
952
|
-22
|
16
|
3.
|
Barcha ishchilar tomonidan bir yilda ishlangan kishi-kunlarning umumiy miqdori, ming kishi-kun
|
257,14
|
243,36
|
245,62
|
-11,52
|
2,26
|
4.
|
Barcha ishchilar tomonidan bir yilda ishlangan kishi-soatlarning umumiy miqdori, ming kishi-soat
|
1977,38
|
1898,21
|
1940,37
|
-37,01
|
42,16
|
5.
|
Bir ishchi uchun o‘rtacha yillik ishlab chiqarish, ming so‘m (str.1 : str.2)
|
257,93
|
284,90
|
331,56
|
73,63
|
46,65
|
6.
|
Bir ishchining bir yilda ishlagan kunlari soni
(3-modda : 2-modda)
|
264
|
260
|
258
|
-6
|
-2
|
7.
|
Ish kunining o‘rtacha davomiyligi, soatlarda (4-modda : 3-modda)
|
7,69
|
7,80
|
7,90
|
0,21
|
0,10
|
8.
|
Bir ishchining o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishi, so‘m (1-modda : 4-modda)
|
127,05
|
140,48
|
162,67
|
35,62
|
22,19
|
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi o‘tgan yilga nisbatan 73,63 ming so‘mga, rejaga nisbatan esa – na 46,65 ming so‘mga oshgan. Bunda ish vaqtidan foydalanish yomonlashgan: har bir ishchi o‘tgan yilga qaraganda 6 kun, rejaga nisbatan esa – 2 kun kam ishlagan. Ish vaqtidan yo‘qotishlar ish vaqtidan tashqari ishlash hisobiga qisman qoplangan. Ish vaqtining davomiyligi ish vaqtidan tashqari ishlash hisobiga o‘tgan yil bilan taqqoslanganda 0,21 soatga, rejaga nisbatan esa–0,1 soatga uzaygan. O‘rtacha soatlik ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 35,62 so‘m, rejaga nisbatan esa – 22,19 so‘mga oshgan.
Shunga muvofiq, rejadan tashqari o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish va ish kuni davomiyligi uzayishi hisobiga ishchilarning o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi o‘sishi bo‘yicha rejaning bajarilishiga erishilgan.
Zanjirli o‘rin almashtirish usulida ishlab chiqarish o‘sishiga uchala omildan har birining ta’sir miqdorini aniqlash mumkin (7-jadval, boshlang‘ich ma’lumotlar 6-jadvaldan olingan).
7-jadval
Tartib raqami
|
O‘zaro ta’sirlashuvchi xususiy ko‘rsatkichlar
|
Umumlashtiruvchi ko‘rsatkich O‘rtacha yillik ishlab chiqarish, ming som
|
Oldingi hisoblashdan og‘ish, ming so‘m
|
Og‘ish sabablari
|
hisoblash
|
o‘rin almashtirish
|
ish kunlari soni
|
ish kuni
avomiyligi
|
o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish, so‘m
|
A
|
B
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
reja
|
reja
260
|
reja
7,8
|
reja
140,48
|
284,89
|
|
|
2
|
1
|
haqiqat
258
|
reja
7,8
|
reja
140,48
|
282,70
|
-2,19
|
Kunlar sonining kamayishi
|
3
|
2
|
haqiqat
258
|
haqiqat
7,9
|
reja
140,48
|
286,33
|
3,62
|
Ish vaqti davomiyli-gi ortishi
|
4
|
Hiso-bot
3
|
haqiqat
258
|
haqiqat
7,9
|
haqiqat
162,67
|
331,55
|
45,22
|
Soatlik ishlab chiqarish ortishi
|
5-ustun bo‘yicha og‘ishlar balansi: -2,19+3,62+45,22=+46,65 ming so‘m, bu esa haqiqatdagi va rejadagi o‘rtacha yillik ishlab chiqarish o‘rtasidagi farqqa teng (331,56 – 284,90).
Ichki zaxiralarni aniqlash va ularning realizatsiyasi mehnat unumdorligi tahlilining vazifalaridan biri hisoblanadi. Bizning misolimizda agar korxona ish vaqtining rejalangan fondidan to‘liq foydalanganda bir ishchining mehnat unumdorligi 2,19 ming so‘mga ortiq bo‘lishi mumkin edi va bu 2084,88 ming so‘mlik miqdorda (2,19*952) qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga imkon berar edi. Ushbu holatda ish vaqtidan to‘liq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligi va mahsulot o‘sishini zaxira emas, balki boy berilgan imkoniyat deb hisoblash mumkin. Kelgusi tahlillarda soatlik ishlab chiqarishning bu darajada o‘sishiga sabab bo‘lgan va ish vaqtidan yo‘qotishlarni yuzaga keltirgan omillarni aniqlash lozim.
2-chizma. Mehnat unumdorligi o‘sishi zaxiralari
Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat sarfi o‘zgarishi nisbatlarining quyidagi variantlarini qo‘llash mumkin, ular ayni vaqtda mavjud iqtisodiy shart-sharoitlarda mehnat unumdorligi o‘sishini ta’minlash bo‘yicha boshqaruv strategiyasini tanlashda hisobga olinishi lozim:
a) mahsulot ishlab chiqarishga mehnat sarfi kamaygan holda mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortishi sodir bo‘lmoqda;
b) mahsulot ishlab chiqarish hajmi mehnat sarfiga nisbatan tezroq o‘smoqda;
c) mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmas mehnat sarfi sharoitida o‘smoqda;
d) mehnat sarfi kamaygan holda mahsulot hajmi o‘zgarmasligicha qolmoqda;
e) mahsulot hajmi mehnat sarfiga nisbatan sustroq sur’atda kamaymoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |