8-ma’ruza: Ilk islom tarix. Reja


 Hijrat va Madinada islom davlatining ta’sis etilishi



Download 229,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana03.02.2022
Hajmi229,94 Kb.
#427612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu

.3. Hijrat va Madinada islom davlatining ta’sis etilishi 
Tayanch so‘z va iboralar 
Yasribga hijrat, siyosiy hokimiyat, «as - Sahifa», Muhojirlar, ansorlar,
Madina yahudiylari, «Umma» tushunchasi, «Sariya»lar, Badr jangi, Uxud jangi,
Xandaq jangi, Hudaybiya sulhi, Makka «fathi», Arab – musulmon davlati. 
Payg‘ambar bilan birga uy-joylarini tashlab Yasribga ko‘chib o‘tganlarning
soni unchalik katta bo‘lmasada (taxminan 100 oila), bu voqea Hijozning ikki yirik
shahariga birdek ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, Makkada bir qancha xonadon xuvillab
qolgan, qarindosh-urug‘larning bir qismi Makkada, boshqa qismi Yasribda
bo‘lgach, ular o‘rtasidagi rishtalar deyarli uzilgandi. Bunday holatning yuzaga
kelishida makkaliklar albatta Muhammad payg‘ambarni aybdor deb hisoblardilar.


Ammo ko‘chib kelganlarga ham oson bo‘lmadi: ular bir tomondan g‘ariblik azobi,
ikkinchi tomondan Yasribning nam iqlimidan qiynaldilar. Buning ustiga bor mol-
mulkidan ajralgan muhojirlar dastlabki davrlarda og‘ir iqtisodiy muammoga ham
duch keldilar - ular bir amallab tirikchilik yuritish, qanday bo‘lmasin jon saqlab
qolish haqida o‘ylashlari kerak edi. Lekin ana shu kichik bir jamoa Yasribda juda
katta, aytish mumkinki, misli ko‘rilmagan yirik muvaffaqiyatga erishdi. Xo‘sh,
buning sabablari nimada edi? 
Qanchalik ajablanarli tuyulmasin, birinchi sababchi yahudiylar bo‘ldi.
Yuqorida zikr etilganidek, ibrohimiy dinida bo‘lgan va ahli kitob deb e’tirof
etilgan Yasrib yahudiylari vasaniya, ya’ni ko‘p xudolikda bo‘lgan arablardan
o‘zlarini yuqori qo‘yar, aqidalariga ko‘ra, yaqin kelajakda yangi nabiy-
payg‘ambar kelajagi, butparastlikka barham berajagi haqida ko‘p so‘z yuritardilar.
Shu boisdan Yasribga haqiqiy payg‘ambar kelib, islomga da’vat qila boshlaganida
shahardagi arab qabilalari fursatni qo‘ldan bermaslik uchun uni zudlik bilan qabul
qildilar. Shaharda ustunlikni saqlab qolish uchun ham arablarga bu kerak edi.
Yana shuni unutmaslik darkorki, hijra arafasida Aus va Xazraj o‘rtasida yuz
bergan Buos jangida ikkala qabilaning birinchi rahnamolari halok bo‘lgan va
ulardan keyin qolgan ikkinchi darajadagi rahbarlar murosaga moyil edilar. 
Eng muhimi, payg‘ambar Yasribda Makkadagidan tubdan farq qilgan,
batamom yangi jamiyat barpo eta boshladi: uning rahbarligidagi musulmon
ummasiga urug‘-qabilasi va millatidan qat’i nazar har qanday kishi kirishi mumkin
edi. Endi payg‘ambarning faoliyati faqat diniy tus bilan chegaralanmay, balki u
ko‘proq siyosiy jihat kasb qila boshladi. Boshqachasiga aytganda, Muhammad
(sav) ham diniy, ham siyosiy rahbarga aylandi. Makkada payg‘ambar asosan yangi
dinga da’vat qilish, musulmonlarni sabr-qanoatga chaqirish bilan cheklangan
bo‘lsa, uning nomini olgan Madinada (madinat an-Nabiy - payg‘ambar shahri)
uning yelkasiga murakkab davlat boshqaruvini tashkil etish vazifasi tushdi.
Muhammad (sav) buni birinchi lahzadayoq, balki hatto hijradan avvalroq anglagan
edi. Ibn Hishom yozishicha, haj mavsumi paytida Makkada Muhammad (sav)
bilan uchrashgan bir xazrajiy o‘z qabilasining ahvolini ta’riflab, shunday degan


ekan: «Agar Alloh ularni islomda birlashtirsa, sendan aziz va mo tabar odam
ʻ
bo‘lmas edi». 
Aynan shu holatni ko‘zda tutib, Ibn Xaldun o‘zining “Muqaddima” asarida
ta’kidlagandiki, johiliya arablari dunyoviy hokimni tan olmasdilar. Ular faqat diniy
rahnamo (kohin, valiy, payg‘ambar)ni o‘zlariga rahbar qilib qabul qilishlari
mumkin edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, na Makkada va na Madinada islomdan
avval shahar – davlatning yakka hokimi bo‘lmagan. Makka zodagonlari
Muhammad (sav) ni payg‘ambar sifatida tan olishdan ko‘ra o‘z boyliklarini saqlab
qolishni afzal ko‘rdilar. Madina esa uni aynan payg‘ambar sifatida qabul qildi.
Payg‘ambar Madinadagi holatni juda yaxshi bilardi. Shaharning tub aholisi -
arablar va yahudlar o‘zaro nizolardan charchagan, tinchlikni istardi. Makkadan
ko‘chib kelgan muhojirlar Madina arablari tomonidan xayrihohlik bilan kutib
olingan bo‘lsalarda, zudlik bilan ularning kelajagini ta’minlash tadorikini ko‘rish
kerak edi. Nihoyat, Makka tomonidan istalgan paytda hujum bo‘lib qolishi xavfi
bor edi. Demak, Madina aholisining yakdilligiga erishish eng muhim vazifalardan
biri edi. 
Bu yo‘lda amalga oshirilgan choralardan birinchisi shu bo‘ldiki, muhojirlar
ish bilan ta’minlandilar: ularning ba’zilari madinalik musulmonlardan qarz olib,
tijorat bilan shug‘ullandilar, boshqalari yer egalariga korandalik (izdolshina)
qildilar. So‘ngra musulmonlar jamoat bo‘lib to‘planadigan, diniy ibodatlarni birga
ado etiladigan joy, ya’ni masjid qurildi. Ayni vaqtda masjid shahar idorasining
bosh qarorgohiga aylandi. Payg‘ambar masjidga tutash qilib o‘ziga turarjoy
qurdirdiki, keyinchalik hokimlarning maskani masjidga yaqin bo‘lishi odat tusiga
kirdi. Tabiiyki, Aus va Xazraj qabilalari bir jamoani tashkil qilgach, an’anaviy
urug‘-aymoqchilik rishtalarining ahamiyati pasaydi. Uning o‘rnini aqida-e’tiqod
yakdilligi egalladi va Madina musulmonlari bir nom bilan ansorlar deb atala
boshladilar. Muhammad (sav) o‘zining birinchi xutbasidayoq ansorlarga qarata:
«Kimki o‘z yuzini (jahannam olovidan) yarimta xurmo bilan bo‘lsada to‘sa olsa,
shuni qilsin, kimki (hech narsa) topa olmasa, yaxshi so‘z bilan - uning uchun
ajoyib ajr bordir - o‘n marotabadan yetti yuz marotabagacha», - degandi.


Muhojirlar va ansorlarning o‘zaro jipsligini ta’minlash uchun arablarda qadimdan
ma’lum bo‘lgan al-muoxo (aka-uka tutunish, birodarlashish) odatidan foydalanildi.
Birodarlashganlar xuddi qon-qardoshdek hisoblanib, hatto bir-birlariga merosxo‘r
bo‘ldilar. 
Shaharda istiqomat qilayotgan aholining uch toifasi - muhojirlar, ansorlar
va yahudiylar o‘zaro tinch yashashi uchun oldin tajribada ko‘rilmagan qonuniy
asos yoki tomonlararo shartnoma kerak edi. Muhammad payg‘ambar bunday
shartnomani tayyorladi va u «as-Sahifa» nomini oldi. «As-Sahifa»ga ko‘ra
muhojirlar birinchi taraf, ansorlar ikkinchi taraf, yahudiylar esa uchinchi taraf deb
e’tirof etildi. Hujjatning ahamiyati shundaki, u birinchi islom davlatining shaklu-
shamoilini tasavvur qilish hamda o‘sha davrda yuz bergan voqea-hodisalarga
aniqlik kiritishga imkon beradi. Bir qaraganda yangi din asosida qurilgan kichik
bir jamoa qadimdan qon-qardoshlik asosida ish ko‘rib kelgan butun bir jamiyatni
yutib yuborgandek tuyuldi. Aslida unday emas, balki qadimgi urug‘, qabila kabi
etnik guruhlar o‘z huquq va vojibotlarini saqlagan holda, qonun tomonidan e’tirof
etilgan yuridik shaxs sifatida yirikroq jamoaga birlashgandilar. As-Sahifaning
to‘liq matni Ibn Ishoq - Ibn Hishomning «Sira»si va Abu Ubaydning «Kitob al-
Amvol...»i orqali bizgacha yetib kelgan. Sankt-Peterburglik olim O.Bolshakov
o‘zining «Istoriya xalifata» kitobida ushbu matnning ruscha tarjimasini bergan . 
Quyida «As - Sahifa»ning o‘zbek tiliga qisqartirilgan tarjimasini keltiramiz.
«Bismillohir rahmonir rahim. Bu - Muhammad payg‘ambar sallallohu alayhi va
sallam tomonidan Quraysh va Yasrib mo minlari va musulmonlari, ularga
ʻ
ergashganlar, ularga qo‘shilganlar va ular bilan bir maqsad yo‘lida
kurashayotganlar uchun (yozilgan) bitik (shul haqdakim), ular - boshqalardan ayri
bir umma (jamoa)dirlar. Qurayshlik muhojirlar - islom kelganda qanday holda
bo‘lgan bo‘lsalar, shunday , ya’ni avvalgidek hollarida(qoladilar); o‘ldirilgan
kishi uchun o‘zaro evaz oladilar, oralaridan kimdir asir tushsa, yaxshilikcha va
mo minlar o‘rtasida teng taqsimlangan o‘lpon bilan ozod qiladilar. Va banu Avf -
ʻ
avvalgidek,... Va banu So’ida - avvalgidek, ... Va banu al-Haris - avvalgidek, ...
Va banu Jusham - avvalgidek, ... Va banu an-Najjor - avvalgidek, ... Va banu Amr


ibn Avf - avvalgidek, ... Va banu an-Nabit - avvalgidek, ... Va banu Al-Avs -
avvalgidek, ... Va mo minlar oralarida o‘lponi yoki evazi bo‘ynidan soqit
ʻ
qilinmagan biron «qarzdor»ni qoldirmaydilar. Va biron mo min boshqa
ʻ
mo minning qaroli bilan egasining roziligisiz hilf (homiylik shartnomasi)ni
ʻ
tuzolmaydi. Va taqvodor mo minlar zo‘ravonlik qiluvchi, zulm o‘tkazuvchi,
ʻ
jinoyatchi, hujumkor yoki mo minlar orasiga fisqu -fasod keltiruvchi kimsalarga
ʻ
qarshi tururlar va hatto ulardan birining o‘g‘li bo‘lsa ham unga qarshi yakdil
kurashurlar. Va mo min bir kofir uchun mo minni o‘ldirmaydi, mo minga qarshi
ʻ
ʻ
ʻ
kofirning yonini olmaydi . Va Allohning zimmasi (panohi) barcha uchun birdir, u
eng past darajadagi insonlarni ham o‘z himoyasiga oladi, albatta mo minlar
ʻ
boshqalardan ayri holda bir-birlariga himoyachidirlar. Va bizga ergashgan
yahudlarga darhaqiqat yordam va tenglik beriladi, ularga zulm qilinmaydi va
ularning dushmanlariga yordam berilmaydi. Va mo minlarning tinchligi bir
ʻ
tekisdir, Alloh yo‘lida kurashayotgan barcha mo minlar o‘rtasida teng va adolatli
ʻ
tinchlik o‘rnatiladi. Va biz bilan g‘azotga chiqqan har bir guruh biri ikkinchisining
ketidan yuradi. Va mo minlar Alloh yo‘lida qon to‘kishda bir - birlariga to‘sqinlik
ʻ
qilmaydilar. Va taqvodor mo minlar eng yaxshi va eng to‘g‘ri yo‘ldadirlar. Va
ʻ
hech bir mushrik biron bir qurayshiyning na moli va na o‘ziga homiylik qila
olmaydi va bu ishda mo minga qarshilik (xalaqit) qilmaydi. Va agar kimdir bir
ʻ
mo minni ochiq-oshkora (qasddan) qatl etsa, undan aynan shunday qasos olinadi,
ʻ
faqat maqtulning valiysi (vakili) o‘lponga rozi bo‘lmasa. Jumlai mo minlar unga
ʻ
qarshidirlar, unga qarshi turishdan boshqa narsaga ruxsat yo‘q. Va ushbu sahifada
keltirilganlarga iqror bo‘lgan, Allohga va oxirgi kunga imon keltirgan mo min
ʻ
(muqaddas joyni) harom qiluvchiga yordam yoki boshpana berishi mumkin emas,
kimki shunday kishiga yordam yoki boshpana bersa, u Allohning la’nati va
qiyomat kunda g‘azabiga duchor bo‘ladi, uning na tavbasi va na iltijosi qabul
qilinmaydi. Agar o‘rtangizda qaysi masalada bo‘lmasin qandaydir ixtilof paydo
bo‘lsa, albatta Alloh azza va jallaga hamda Muhammad sallallohu alayhi va
sallamga murojaat etingiz .


Yahudlar mo minlar bilan birga sarf-xarajatlarni ko‘taradilar, modomiki ular
ʻ
(mo minlar) urushayotgan bo‘lsalar. Va banu Avf yahudlari - qarollari (mavoli)
ʻ
va o‘zlari - mo minlar bilan (bir) jamoa (umma)dir, (ammo) yahudlarning o‘z dini
ʻ
bor, musulmonlarning - o‘z dini. Kimki zulm yoki jinoyat qilsa, faqat o‘zi va
uning oilasi aybdor bo‘ladi. Va banu an-Najjor yahudlari uchun ham xuddi banu
Avf yahudlari kabidir. Va banu al-Haris yahudlari uchun ham xuddi banu Avf
yahudlari kabidir. Va banu So’ida yahudlari uchun ham xuddi banu Avf yahudlari
kabidir. Va banu Jusham yahudlari uchun ham xuddi banu Avf yahudlari kabidir.
Va banu al-Avs yahudlari uchun ham xuddi banu Avf yahudlari kabidir. Va banu
Sa’laba yahudlari uchun ham xuddi banu Avf yahudlari kabidir. Kimki zulm yoki
jinoyat qilsa, faqat o‘zi va oila ahli aybdor bo‘ladi. Va Sa’laba (qabilasi)ning Jafna
urug‘i ilgari qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday. Va banu ash-Shatiba banu Avf
yahudlari kabidir. Va, albatta, ezgulik jinoyatga qarshidir (ya’ni uning oldini
olmog‘i lozim). Va Sa’labaning mavlolari (qarollari) ilgari qanday bo‘lgan bo‘lsa,
shunday. Va yahudlarning tevarak atrofidagilar (yaqinlari) ilgari qanday bo‘lgan
bo‘lsalar, shunday (qoladilar). Ularning birontasi Muhammad sallallohu alayhi va
sallamning iznisiz urushga otlanolmaydi. Va jarohat qasos uchun asos (sabab)
bo‘lmaydi . Kimki birovni o‘ldirsa, o‘zini va oila a’zolarini o‘ldirgan bo‘ladi,
bundan faqat zulm ko‘rgan mustasno. Alloh undayni oqlaydi. Va yahudlar o‘z
xarajatlarini o‘zlari, musulmonlar o‘z xarajatlarini o‘zlari ko‘taradilar. Ular ushbu
«as-Sahifa» ahli kimga qarshi urushmasin, o‘zaro bir-birlariga yordam beradilar.
Va ular o‘rtasida samimiy munosabat, xayrli nasihat va jinoyatga qarshi ezgulik
(ruhi hukm suradi). Va hech bir kishi o‘z halifi (ittifoqchisi)ga qarshi jinoyat
qilmaydi. Va yordam (faqat) mazlumga (beriladi). Va yahudlar jang paytida
xarajatlarni mo minlar bilan barobar ko‘taradilar. Va Yasrib shahrining ichi ushbu
ʻ
«as-Sahifa ahli uchun harom (muqaddas)dir. Va jor (qo‘shni)ga nisbatan asli shu
yerli kishi kabi zarar ham yetkazilmaydi, jinoyat ham qilinmaydi. Va agar ushbu
«as-Sahifa» ahli o‘rtasida fasodga sabab bo‘luvchi hodisa yoki ixtilof yuz bersa,
Alloh azza va jallaga va Muhammad sallallohu alayhi va sallamga murojaat
qilinadi. Albatta, Alloh ushbu «as-Sahifa»ga taalluqlilarning eng taqvodorlari va


eng xayrlilari tarafidadir. Va Quraysh qabilasidan bo‘lgan hamda unga yordam
bergan kishilar qo‘shni qilinmaydi (ya’ni himoyaga olinmaydi), faqat ulardan
Yasribga qo‘qqisdan kelib qolganlarigagina yordam berilishi mumkin. Agar ular
sulhga chaqirsalar, sulh tuzib, libos kiygazsalar, ularga ham libos kiygazilib, sulh
tuziladi. Va agar ular xuddi shunday da’vat bilan chiqsalar, mo minlar (buni qabul
ʻ
qilishlari) lozim bo‘ladi, faqat din yo‘lida kurashgan (kishi) bundan mustasno: har
bir insonning o‘z tomonidan o‘ziga olgan hissasi bor. Va al-Avs yahudlari,
mavoliylari (qarollari) va o‘zlari xuddi ushbu «as-Sahifa» ahli kabi holatdadirlar
hamda ushbu «as-Sahifa» ahli tomonidan xush muomalaga sazovordirlar. Ezgulik
jinoyatga qarshidir: kimki biron ish qilsa, natijasini o‘zi ko‘radi. Va albatta, Alloh
ushbu «as-Sahifa» (bandlari)ga eng sodiq va eng taqvodor insonlar tarafidadir.
Ushbu Bitik (yozuv) zolim yoki jinoyatchiga himoya bo‘la olmaydi. Va zolim
yoki jinoyatchi bo‘lmagan kishining xavfsizligi shahardan chiqsa ham shaharda
qolsa ham ta’minlanadi. Va, albatta, Alloh taqvodor va xushfe’l kishilarnigina o‘z
himoyasiga oladi. Va Muhammad - Allohning rasuli (elchisi) unga Allohning
salomlari va salovotlari bo‘lsin!».
Mana Ibn Ishoq zikr qilgan «as-Sahifa»ning matni. Al-Voqidiy, Ibn Sa’d, at-
Tabariy, Ibn Kasir va Ibn Sayyid an-Noslar bu matnni to‘liq keltirmagan
bo‘lsalarda unga ishora qilganlar. Uslubi (stili) o‘sha davr uslubiga tamoman
to‘g‘ri kelishi, eng muhimi, «as-Sahifa»dagi qonun-qoidalar Qur’onda o‘z aksini
topgan aksariyat tamoyillarga muvofiq ekani ushbu hujjatning aslligidan dalolat
beradi. Musulmonlarning boshqa odamlardan ayri yagona umma (jamoa) ekani
(Oli Imron,110; al-Anfol, 72,75), bir- birlariga birodar, hamkor bo‘lishlari,
birontasining yelkasiga mushkul ish tushsa, o‘zaro yordam berish lozimligi (al-
Baqara,215; at-Tavba,60), valo (kliyentlik, qarollik) va u bilan bog‘liq muvolo
huquqi (an-Niso,33), qarindosh-urug‘ va qo‘shnichilik (homiylik) huquqi (an-
Niso,25), shaxsiy mas’uliyat-javobgarlik hissini tarbiyalash (an-Niso,111;
Fussilat,46), johiliya davriga xos qasoskorlik va badjahillikdan uzoqlashish (al-
A’rof,199), qonunga bo‘ysinish, umumjamoa ishlarini davlat va uning idoralari
tasarrufiga topshirish (an-Niso,59), ayrim-ayrim shaxslar o‘rtasida yuz beradigan


urush va tinchlik holatlariga yakka tartibdagi hodisa emas, balki umumjamoa
ixtisosiga kiruvchi ishlar deb qarash (al-Baqara,208; al-Anfol,61), jamoat tartibini
o‘rnatish, zolimning qo‘lidan tutish, jinoyatchiga ko‘maklashmaslik va boshpana
bermaslik masalalarida davlatga yordam berish (Fotir, 18) johiliya arablari uchun
begona, birinchi bor Qur’onda o‘z ifodasini topgan qonun-qoidalar edi. «As-
Sahifa», shak-shubhasiz, payg‘ambarning ijodi bo‘lib, u Muhammad (sav) siyosiy
va diplomatik mahoratini namoyon etgan yirik hujjatdir. Yevropa tadqiqotchilari
unga «Madina konstitusiyasi» deb nom berishgan.
Shuni eslatish joizki, «as-Sahifa»da Xazrajning beshta yirik urug‘i - banu
Avf, banu So’ida, banu al-Haris, banu Jusham va banu an-Najjorlar alohida qayd
etilgan holda Avsning yirik urug‘laridan faqat ikkitasi - banu Amr bin Avf va
banu an-Nabit zikr etilgan, qolganlari esa bir nom bilan banu al-Avs deb
keltirilgan. Bu o‘sha vaqt, ya’ni «as-Sahifa» yozilgan paytda Yasribda islom qay
darajada qaror topganini aniq aks ettiradi. Zero, Xajraj urug‘lari to‘la ravishda
islomni qabul qilgan, hatto mo‘min bo‘lmaganlari ham zohiriy tarzda yangi dinga
kirgandi. Avs urug‘lari esa yuqorida zikr etilgan ikki urug‘dan tashqari nisbatan
kech, aniqrog‘i, Xandaq urushidan so‘ng (627 y.) musulmon bo‘ldilar.
Shuningdek, «as-Sahifa»da arab qabilalari bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan
kichik yahudiy urug‘lari tilga olingan holda shahardagi uch yirik yahudiy qabila -
banu Qaynqo, banu Nadir va banu Qurayza - umuman eslatilmaydi. Sababi - ular
islomga nisbatan adovatda bo‘ldilar, unga qarshi tashviqot olib bordilar. Shunday
bo‘lsada, «as-Sahifa»dan yahudlarning yangi tartibni qabul qilish orqali davlat
tarkibiga kirishlari mumkinligini ko‘zda tutgan umumiy band o‘rin oldi.
Darhaqiqat, keyinchalik mazkur hujjatga ilova qilingan shartnomalarga ko‘ra bu
qabilalar davlatga kirdi. 
«As-Sahifa»dan ko‘zda tutilgan birinchi maqsad - Madina shahrida hijraning
dastlabki davrlarida vujudga kelgan ijtimoiy va siyosiy hayotni qonuniy asosga
solish, oldingiga nisbatan o‘zgarib yangitdan qaror topgan yoki o‘zgarishsiz
qoldirilgan qonun-qoidalarni hujjatlab qo‘yish edi. Ushbu hujjat musulmon
jamoasiga aniq sifat berdi. Unga ko‘ra Quraysh va Yasrib mo minlari va
ʻ


musulmonlari, ularga ergashganlar, ularga qo‘shilganlar va ular bilan birga
janglarda qatnashganlar alohida bir umma (jamoa)ni tashkil qiladilar. Bu yerda
«umma» so‘zi qadimgi, nesi-nasab bilan bog‘liq arab jamoasini emas, balki
mutlaqo yangi ma’noni anglatyaptiki, endilikda payg‘ambar umuman
qabilachilikka yoki hech bo‘lmaganda uning davlatga nisbatan rasmiy maqomiga
barham berdi, deyish mumkin. Boshqachasiga aytganda, payg‘ambar cheklangan
qabilachilik darajasidan yuqori ko‘tarila oldi hamda yangi din va yangi davlat bir
hil ma’no kasb etishiga erishdi. Bu o‘z navbatida ikkalasi uchun ham keng
istiqbollar ochib berdi. Aytish kerakki, bunday tushuncha qadimgi Yunon va Rim
olami uchun batamom yangi edi. Xristian individualizmi hukmron bo‘lgan bu
olamdan farqli o‘laroq Madinada «umma»ning tashkil topishi musulmon
universalizmiga qo‘yilgan o‘ziga xos birinchi qadam deb qaramoq kerak. 
Albatta, «as-Sahifa»dagi «umma» diniy tusga ega edi. U - tinchlik,
qo‘shnini himoya qilish va mazlumga yordam qo‘lini cho‘zish kabi tamoyillarga
amal qiluvchi Alloh jamoasidir. Alloh nomidan bu jamoaga Muhammad (sav)
rahnamolik qiladi. Imon - mo minlarda o‘z ifodasini topgan ittifoqlik rishtasidir.
ʻ
Demak, mo minlar birinchi navbatda bu ittifo
ʻ
qqa amal qiladilar va bu huquqdan
foydalanadilar. Shuningdek, «umma» Madina shahrini o‘z ichiga olgan umumiy
mintaqani ifodalardi. U harom (muqaddas) va tinch yer hisoblanib, uning ichida
biror kishi boshqa kimsaga adovat qilishi mumkin emas. Demak, umma faqat
mo minlarnigina o‘z ichiga olmay, ularga ergashganlar va ular bilan jangga
ʻ
kirganlarni ham, ya’ni Yasribning barcha aholisini qamrab olardi. To‘g‘ri, ularning
huquq va vojibotlarini bir hilda deb bo‘lmasdi. Yana shuni ta’kidlash joizki, umma
Madinaning barcha toifalaridan iborat bo‘lsada, u yakka shaxslardan emas, balki
jamoalar - qabila, urug‘lardan tashkil topgandi. Shuning uchun «as-Sahifa»da u
yoki bu qabila ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha ummaga kirgani e’tirof etiladi.
Xuddi ilgarigidek, qabila va urug‘lar boj-xiroj, asirlar uchun xun to‘lash, qabila
himoyasiga (jor) olish kabi masalalarda huquqlarini saqlab qoldilar. Har bir shaxs
begona kishini o‘z himoyasiga olishi mumkin edi, ammo bundan faqat quraysh va
uning tarafdorlari mahrum qilindi. 


Ichki nizolarni bartaraf qilish vazifasi umma tasarrufiga o‘tishi bilan barobar
qabilalarning qasos huquqini bekor qilish zarurati tug‘ildi. Shuning uchun ham
«as-Sahifa»da biror masalada ixtilof chiqib qolgudek bo‘lsa, albatta Allohga va
uning rasuli Muhammad (sav)ga murojaat etish shart qilindi. Bu o‘z navbatida
sekin-asta yakka shaxs tomonidan qasos olish huquqining davlat tomonidan jazo
berish vazifasiga aylanishiga imkon yaratdi. 
«As-Sahifa»ning ikkinchi maqsadi - tashqaridan bo‘ladigan har qanday
hujumga qarshi qabilalar ittifoqini tuzish edi. Shu boisdan mo minlar boshqa
ʻ
odamlarga emas (duvna an-Nos), bir-birlariga yordam berishi qat’iy shart qilindi.
Ilgari «urush» va «qonga-qon qasosini olish» bir hil ma’noni anglatgan bo‘lsa, endi
urush tom ma’nosi bilan urushga aylandi, ya’ni u butun jamoaning umumiy ishi
bo‘lib qoldi. Xuddi shuningdek, tinchlik masalasi ham yakka shaxslarning ishidan
umumjamoa vazifasiga aylandi. Dastlab bu cheklashlarga ko‘nikish biroz qiyin
kechdi, ammo din mustahkamlana borgan sari qonun-qoidalar ham
takomillashaverdi. 
«As-Sahifa» qabul qilingach, payg‘ambarning siyosiy vazifasi asosan
Madina davlatining hududini saqlash va uning xavfsizligini ta’minlashdan iborat
bo‘ldi. Muhammad (sav) siyosatini to‘g‘ri idrok etish uchun shu narsani
unutmaslik kerakki, Madina shahri va uning atrofi yaxlit davlat deb qaralib,
boshqalar bilan aloqalarni faqat payg‘ambar joriy etgan yangi shartlarda,
boshqachasiga aytganda, faqat islomni qabul qilish yoki unga bo‘ysinish orqaligina
o‘rnatish mumkin edi. Madinaning maqomini kuchaytirish maqsadida unga hijrat
qilish (ko‘chib o‘tish) yangi davlat fuqaroligini olishning asosiy sharti qilib
belgilandi. Islomga kirish va Madina fuqarosi bo‘lishni istagan har qanday shaxs
albatta Madinaga ko‘chib o‘tishi kerak bo‘ldi. Qur’onning al-Anfol surasi 72 oyati
aynan shu mazmundadir.
Tabiiyki, shahar-davlat, ayniqsa, badaviy aholi bilan o‘ralgan shahar, o‘z
atrofi bilan muayyan munosabatlarsiz yashay olmaydi. Bunday shahar odatda
qo‘shni qabilalar bilan sulh tuzishi, ularga itova (soliq) to‘lashi, vaqti kelsa, zarba
berishi kerak bo‘lardi. Payg‘ambar shu maqsadda bir necha bor qurolli guruhning


chiqishini uyushtirdi. Sariyya (ko‘pligi-saroyo) deb nom olgan, ba’zilariga
payg‘ambarning o‘zi rahbarlik qilgan va boshqalari sahobalar tomonidan
boshqarilgan bu chiqishlarning soni dastlabki ikki yil ichida, ya’ni Badr jangi yuz
berganga qadar, 8 taga yetdi. 
O‘rta asr tarixchilari At-Tabariy, Ibn Kasir va al-Voqidiylar sariyyalarni
payg‘ambar va Makka o‘rtasidagi kurash bilan bog‘liq, bevosita harbiy
maqsadlarni ko‘zlagan urushlar deb eslatadilar. Yo‘q, bu unchalik to‘g‘ri emas.
Aslida chiqishlardan asosiy maqsad - «Lo tujjora quraysh va lo amvolaho» (na
birorta quraysh savdogari va na ularning mollari) degan «as-Sahifa»ning shartiga
ko‘ra quraysh savdosining yangi davlat yeridan o‘tishiga to‘sqinlik qilish bo‘lgan.
Bu Yasrib davlatining suvereniteti doirasiga kirardi. Quraysh va boshqa qo‘shni
qabilalarni yangi davlat chegaralari mustahkam ekani, uning suvereniteti hurmat
qilinishi lozimligi haqida ogohlantirib qo‘yish uchun kerak edi bu ishlar.
Qurayshga nisbatan o‘jarlik yoki u bilan urushish uchun emas, balki yangi davlatni
tan oldirish va u bilan ittifoq tuzishga majbur qilish uchun sa’y-harakatlar edi
bular. Payg‘ambar qurayshning arablar orasidagi alohida holatini juda yaxshi bilar,
u bilan ittifoq islom ishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ekanini doim yodda
tutar edi. Xullas, payg‘ambar Quraysh bilan urushishga emas, balki sulhga
intilardi. Ayni vaqtda u yangi davlatning kuchini namoyish etish, o‘z yeridan
birorta tojir yoki bosqinchi o‘tishiga aslo ruxsat berilmasligini isbotlash tadbirlarini
ko‘rdi. 
Shubhasiz, sariyyalar Makka savdosi uchun ochiqdan-ochiq tahdid soldi.
Ammo ular oldiga karvonlarga hujum qilib, mollarni musodara qilish vazifasi
qo‘yilgan emasdi. Bir marta payg‘ambar tomonidan Makka va Toif orasidagi
Naxla degan joyga quraysh holidan xabar olish uchun yuborilgan sariyya vakillari
o‘zlaricha ish tutib, qurayshning kichik bir karvoniga hujum qilib, bir kishini
o‘ldirib, ikki kishini asir olganlarida payg‘ambar ularni koyidi. Nafaqat sariyyalar,
balki keyinchalik yuz bergan katta to‘qnashuvlarda ham payg‘ambar hech qachon
hujumkor mavqeni egallamagan. Bu narsa Badr, Uxud, Xandaq janglari hamda
Makka shahrining olinishida yaqqol namoyon bo‘ldi. 


Ikkala shahar-davlat o‘rtasidagi kurash tafsilotlariga kirishdan avval ulardagi
ichki ahvolga nazar tashlash joiz, zero ichki muammolarning qay darajada oqilona
hal etilgani pirovard natijada u yoki bu tomonning ustunlikka erishishida muhim
omil bo‘lib xizmat qilardi. Yasrib davlatining ichki va tashqi dushmanlari mavjud
edi va ular voqealarga befarq qarab turmadilar. Ichki dushman ikki toifani tashkil
qilardi: birinchisi-yahudlar, ikkinchisi-Aus va Xazraj qabilalaridan ko‘pchilik
qatori islomga kirgan, ammo aslida o‘zlarining eski dinlarida qolgan, islom
adabiyotida «munofiqlar» degan nomni olgan shaxslar edilar. Tashqi
dushmanlarga kelsak, ular birinchi navbatda quraysh va u bilan ittifoqda bo‘lgan
arab qabilalaridan tashkil topgandi.
Madinaning ma’lum ma’noda ikkita zaif joyi bor edi. Birinchisi, bu -
shaharda ko‘psonli yahud jamoalarining mavjudligi edi. Yahudlar dastlab
payg‘ambardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinib ko‘rdilar. Payg‘ambar
ham o‘z navbatida vaziyatni to‘g‘ri idrok etgan holda ular bilan yaxshi
munosabatda bo‘ldi. Buning yorqin dalili - «as-Sahifa»da yahudlarning huquq va
vojibotlari aniq ko‘rsatilganidir. Ammo tez orada manfaatlar o‘zaro mushtarak
emas, balki zid ekani ayon bo‘ldi. Yahudlarning payg‘ambarga adovati shunchalik
kuchli ediki, qurayshiylar ularning Makkaga muzokaraga kelgan vakillaridan
«Muhammad targ‘ib qilayotgan din afzalmi yoki quraysh dinimi?» deb
so‘raganlarida, «quraysh dini afzal va haqiqat uning tomonida» deb javob
berganlar. Bunday mavqe mantiqqa xilof edi, zero o‘zlari yakka xudolikda bo‘la
turib, ular ko‘p xudolik, butparastlik tarafini olgandilar. Bu hol an-Niso surasining
51-oyatida qattiq qoralangan. Yahudlarga xush kelmagan yana bir narsa -
payg‘ambar tufayli Yasribda arablarning mavqei yanada kuchaygandi. Buning
ustiga quraysh va boshqa arab qabilalaridan islomni qabul qilib, so‘ng Madinaga
hijrat qiluvchilar (muhojirlar) soni kun sayin ortib borar, bu esa o‘z navbatida
kuchlar nisbatini uzil-kesil arablar foydasiga hal qilardi.
Madinaning ikkinchi zaif joyi - Xazraj qabilasining rahbarlaridan biri
Abdullo bin Ubay bin Sallul boshliq bo‘lgan munofiqlar toifasining mavjudligi edi.
Gap shundaki, Buos jangidan so‘ng Aus va Xazraj qabilalari o‘zaro murosaga


kelaboshlagan, zikr etilgan Abdullo bin Ubayni shaharga umumiy hokim etib
saylash taraddudi ketayotgan paytda musulmonlarning hijrasi yuz bergandi.
Tabiiyki, shundan so‘ng shahardagi vaziyat batamom o‘zgardi. Abdullo esa o‘ziga
xos «munofiqlar partiyasi»ni tuzib oldi va Islomga qarshi zimdan ish olib bordi.
«Munofiqlar»ni shahardan badarg‘a qilib bo‘lmasdi, chunki ularda urug‘chilik-
qabilachilik kayfiyati kuchli edi. Aynan shu sababga ko‘ra ularni jismonan yo‘q
qilib ham bo‘lmasdi. Umar ibn al-Xattob bani Musta’liq jangida fitna uyushtirgani
uchun Abdullo bin Ubayning qatl qilinishini talab qilganda payg‘ambar bunga
unamadi va «musulmonlar musulmonlarni qatl qilyaptilar, deya jar solishadi,
dushmanlar» -dedi. «Munofiqlar» orasida o‘z shahri uchun fidoiy kishilar ham
kam emasdi. Payg‘ambar shunday kuchlardan oqilona foydalandi. Bu siyosat
pirovardida shunchalik natija berdiki, Abdullo bin Ubayning o‘g‘li agar
payg‘ambar amr qilsa, o‘z otasini qatl etishga tayyor ekanini e’lon qildi. Yahud
qabilalari shahardan birin-ketin badarg‘a qilingach, «munofiqlar»ning ta’siri ham
asta-sekin susaydi.
Makkadagi ichki holatga kelsak, u Yasribdagiga qaraganda murakkabroq
edi. Birinchidan, Habashiston va Yasribga musulmonlarning hijrasi tufayli
Makkada u yoki bu a’zosi ko‘chib ketmagan bironta oila qolmagan edi.
Qarindosh-urug‘chilik rishtalari mahkam bo‘lgan Makka jamiyatida bu og‘ir
muammo edi. Ikkinchidan, muayyan sabablarga ko‘ra barcha musulmonlar
Makkadan hijra qilishga ulgurmagan, ularning ba’zilari shaharda qolib ketgan, turli
tazyiqlarga uchrash bilan barobar, imkon darajasida qarshilik ham ko‘rsatib
kelayotgan edilar. Uchinchidan, Abbos kabi Hoshimiylar xonadonining nufuzli
vakillari islom diniga kirmagan bo‘lsalarda, qarindosh-urug‘chilik tufayli ma’naviy
jihatdan Muhammad tarafida edilar va kezi kelganda uni qo‘llab-quvvatlab
turardilar. Quraysh zodagonlari ularni shahardan badarg‘a qilishga qodir emasdilar
va mazkur holat bilan hisoblashishdan boshqa choralari yo‘q edi. Nihoyat,
Makkaning iqtisodiy hayoti asosan shimoliy yo‘nalishdagi karvon savdosi bilan
bog‘liq edi. Madina bu savdoga to‘sqinlik qilgach, Makkaning qudrati kundan-
kunga susaya bordi. 


Payg‘ambar Yasribda o‘z davlatini barpo qilgan dastlabki davrdayoq
quraysh bunga befarq qarab turmasligini, ular o‘rtasida urush boshlanishi muqarrar
ekanini juda yaxshi bilardi. Shu boisdan «as-Sahifa»da qurayshga doir maxsus
band kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra quraysh Madinaning birinchi dushmani deb e’lon
qilingandi («as-Sahifa» ahliga qurayshning na moli va na joniga homiylik qilish
man etiladi). Makkaga qarshi kurash dastlab «sariyya»lar vositasida olib borildi.
Ammo bu usul faqat Makka savdosiga shikast yetkazishi mumkin edi, xolos,
nihoiy g‘alaba uchun bu kamlik qilardi. Yuqorida zikr etilgan 2-hijriy yil rajab
oyining oxirlarida (624-yil boshlariga to‘g‘ri keladi) Naxla degan joyda 8 kishilik
musulmon «sariyya»sining Toifdan qaytayotgan makkaliklarning kichik bir
karvoniga hujum qilishi, 1 kishini o‘ldirib, 2 kishini asir olganlari voqealar
jarayonini batamom o‘zgartirib yubordi. Sababi - bu to‘qnashuv arablar qadimdan
hurmat qilib kelgan 4 muqaddas oyning birida sodir bo‘lgandi. Qurayshiylar shu
omildan foydalanib, Muhammad va musulmonlarni butun Arabiston bo‘ylab
yomon otliqqa chiqarishga harakat qildilar. Bu narsa amalda o‘z natijasini
beraboshladi ham. Hatto Madinada, musulmonlar orasida bahs-munozaralar avj
olib ketdi. Yahudiylar odatdagi fitna-fujuriyalarini yanada kuchaytirdilar. Ana
shunday keskin vaziyatda Baqara surasining: «Sendan «shahri harom» - urush
man’ qilingan oy, undagi jang haqida so‘raydilar. Ayt: u paytda jang qilish -
gunohdir. (Ammo) Allohning yo‘lidan voz kechish, unga kufr keltirish
(ishonmaslik), Masjid al-Harom (ya’ni Makka ) ahlini undan zo‘ravonlik bilan
chiqarish Alloh nazdida bundanda kattaroq gunohdir. Fitna-fujuriya - odam
o‘ldirishdan kattaroq gunohdir. Ular (kofirlar), agar imkon topsalar, toki
diningizdan qaytarmaguncha, sizlar bilan urushni davom etdiraveradilar...» degan
mazmundagi 217-oyati nozil bo‘ldi. Shundan so‘ng vaziyat keskin o‘zgardi.
Payg‘ambar asirlarni faqat katta fidya (o‘lpon) evaziga qaytarishga rozilik bildirdi.
Natijada bir asir 1400 dirham evaziga ozod qilindi, ikkinchisi esa islomni qabul
qilib, Madinada qolishni afzal ko‘rdi. 
Umuman, bu voqea islom davlatining siyosatida o‘ziga xos burilish yasadi,
dyeyish mumkin. Ayni shu paytlarda al-Haj surasining 39-nchi, al-Baqara


surasining 190-nchi, an-Niso surasining 75-nchi oyatlari nozil bo‘ldiki, islomda
birinchi bor «jihod»ga, ya’ni muayyan hollarda dushmanga qarshi
kurash
olib
borishga izn (ruxsat) berildi. Mazkur oyatlarning mazmuni shundan dalolat beradi.
«Zulmga uchraganlari uchun (unga qarshi) kurashayotganlarga ruxsat berildi.
Alloh ularni g‘olib qilishga qodirdir.» (al-Haj, 39); «Sizlarga qarshi
urushayotganlar bilan Alloh yo‘lida jang qilingiz, (ammo) o‘zingiz (hechqachon
birinchi bo‘lib) tajovuz qilmangiz. Alloh tajovuzkorlarni yoqtirmaydi.» (al-Baqara,
190); «Sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida hamda «Parvardigoro, bizni ahli zolim
bo‘lgan bu shahardan olib chiq, bizga o‘z dargohingdan panohkor, o‘z
dargohingdan madadkor ber», deb nola qilayotgan bechora erkak, ayol va yosh
norasidalar yo‘lida jang qilmayapsizlar?!» (an-Niso,75). Aynan shu «sariyya»dan
so‘ng Muhammad (sav) qurayshga munosabatni keskin o‘zgartirish zarurligini
angladi. «Andishaning oti qo‘rqoq», deb tushunayotgandi qurayshiylar,
payg‘ambar siyosatini. Endi yosh musulmon davlati o‘z chegaralari daxlsizligini
himoya qilish uchun kuch ishlatishga majbur ekani ayon bo‘lib qolgandi. 

Download 229,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish