8-ma’ruza: Ilk islom tarix. Reja


reja. Ilk islom ta’limotining shakllanishi



Download 229,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana03.02.2022
Hajmi229,94 Kb.
#427612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu

4.reja. Ilk islom ta’limotining shakllanishi
Tayanch so‘z va iboralar 
«Ad - din» atamasi, «Al - Islom», al – imon, al – ihson, al – arkon al –
xamsa, islom aqoidi, islom amallari, islom axloqi, ibodat, qiyomat, jannat, do‘zah. 
«Al – Islom» atamasi Qur’oni karimda semantik jihatdan «al - imon»
(e’tiqod) va ad – din (diniy burchlar majmuasi)ga yaqin ma’noda 8 marta uchraydi.
Etimologik jihatdan «Islom» atamasi «salima» o‘zagidan olingan bo‘lib, dastlab
«salom - tinchlik» ma’nosini anglatdi. U islomdan avval arablarda hukm surgan
«johillik» ziddi sifatida ishlatildi. Furqon surasining 63 oyatida aynan shu
ma’noda: “Rahmon (Alloh)ning bandalari yer yuzida ohista yuradilar, johillar
ularga xitob qilsalar, «salom» deb javob beradilar”, - deyilgan. Bu oyat nima
uchun arablarning Muhammad (sav) dan oldingi davri «johiliya» va uning davri
«islom» deya atalganini aniq izohlab berayapti. 
Keyin «salima»dan olingan IV – bob «aslama» fe’li (Allohga) bo‘ysunmoq,
itoat etmoq, o‘zini bag‘ishlamoq ma’nolarida ishlatila boshladi. Shu fe’lning
sifatdoshi «muslim» Allohga itoat etuvchi va uning payg‘ambarlariga (qaysiki
bo‘lishidan qat’i nazar Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as) va Muhammad (as)larga)
ergashuvchi barcha insonlarga nisbat qilindi. Qur’on oyatlari: Bas, (ey,
Muhammad,) yuzingiz (o‘zingiz)ni doimo to‘g‘ri bo‘lgan dinda (Islomda) tuting!
Insonlarni o‘sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!)
Allohning yaratishiga o‘zgartirish yo‘q. Eng to‘g‘ri din shudir! Lekin ko‘p odamlar
bilmaslar (Rum surasi, 30;30). Ibrohim o‘z o‘g‘illariga, shuningdek, (nabirasi)
Ya’qub ham shu dinni vasiyat qilib dedilar: “O‘g‘illarim, albatta, Alloh sizlar
uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik holingizdagina dunyodan o‘tingiz!”
(Baqara surasi, 2;132). Iso ulardan kufrni sezgach, aytdi: “Alloh sari (borishimda)
menga yordamchilar kim?” Havoriylar aytdilar: “Biz Alloh (dinining)
yordamchilarimiz. Allohga imon keltirdik va Allohga (bo‘yin sinuvchi) musulmon


ekanimizga guvoh bo‘lgin (ey, Iso!) (Oli Imron, 3;52). Nihoyat, Moida surasining
3 - oyatida «Islom» so‘zi ayni Muhammad (sav) e’lon qilgan dinga nisbatan
ishlatildi. «Bugun dininglarni takomuliga yetkazdim, sizlarga ne’matimni
oxirigacha berdim va dininglar «Islom» bo‘lishiga rozi bo‘ldim». 
Demak, «Islom» lug‘aviy jihatdan Allohga itoat etish, o‘zlikni unga
bag‘ishlash ma’nolarida johiliya arablarining o‘jarligi, qiziqqonligi, takabburligiga
zid qo‘yildi. Sunniy ulamolar orasida keng tarqalgan fikrga ko‘ra «ad – din»
tushunchasi «al – islom», «al - imon» (Allohning va uning Rasuli Muhammad
(sav) bergan barcha xabarlarning haqligi) hamda «al - ihson» (husni axloqqa
asoslangan amallar)ni o‘z ichiga oladi. Islomning 5 «ustuni» (al – arkon al -
xamsa) quyidagilar: 1) ash – shahada – Allohning yagonaligi (at - tavhid) va
Muhammad (sav) ning payg‘ambarligini (nubuvva) e’tirof etish; 2) as – salot
(namoz); 3) az – zakot (yo‘qsillarni moddiy jihatdan ta’minlash); 4) as – savm
(ro‘za tutish); 5) al – hajj (imkon bo‘lsa muqaddas Makka va Madinaga ziyorat
amalini ado etish).
Demak, Islom ta’limoti aqidalar va amallarni o‘z ichiga oladi. Bu Qur’oni
karim Baqara surasining 2-4 oyatlari, Niso surasining 36 oyati hamda Nahl
surasining 51 oyatlarida o‘z ifodasini topgan: Ushbu (ilohiy) kitob (Qur’on)
shubhadan xoli va (u shunday) taqvodorlar uchun hidoyat (manbai)dirkim, ular
g‘oyb (diniy xabarlar)ga imon keltiradigan, namozni mukammal o‘qiydigan va Biz
rizq qilib bergan narsalardan (sadaqa va) ehson qiladiganlardir. Yana, ular Siz
(Muhammad)ga va Sizdan ilgari (o‘tgan payg‘ambarlarga) nozil qilingan narsa
(ilohiy kitoblar)ga imon keltiradigan hamda oxirat (qiyomat)ga qat’iy ishonch
hosil qiladiganlardir; Allohga ibodat qilingizlar va Unga hech narsani sherik
qilmangizlar!; Alloh: “Ikki xudoni iloh qilib olmanglar! Albatta, U yagona ilohdir!
Bas, Mendangina qo‘rqingiz!” - dedi. Islom aqoidining eng birinchi asosi butun
borliqni yaratuvchi, yakka – yu, yagona, sherigi bo‘lmagan Allohga ishonmoqdir. 
U insonlardan ba’zilarni (Ibrohim, Muso, Iso, Muhammad kabi) tanlab olgan
va ular bilan «vahiy» orqali bog‘langan. Bu haqda Qur’oni karimning Niso surasi
163 oyatida shunday keltirilgan: “(Ey, Muhammad,) albatta, Biz Nuhga va undan


keyingi payg‘ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi Sizga ham vahiy yubordik.
Shuningdek, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub va uning avlodi, Iso, Ayyub, Yunus,
Horun va Sulaymonga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa Zabur berdik”.
Barcha samoviy dinlarning asli bir, ular «tavhid»ga, «shirk»ka berilmaslikka
da’vat qiladi. Ammo ularning ba’zi ta’limotlariga o‘zgarishlar kirdi. 615 yilda
Habashistonga hijrat qilgan birinchi musulmon jamoasidan Najoshiy
«qavmingizdan sizlarni ajratgan din, qanday din? Nima sababdan bizning
dinimizga ham kirmadinglar?», deb so‘raganda Payg‘ambarning amakivachchalari
Ja’far ibn Abi Tolib ilk islom ta’limotini sodda qilib quyidagicha izohlagan: «Ey,
podsho, biz butlarga ibodat qiluvchi johil, o‘zi o‘lgan hayvonlarni iste’mol
qiluvchi, yomon hulqli, qorindoshlar huquqlarini poymol qiluvchi, qo‘shnilarga
yomon muomalali, kuchsiz – zaiflarga zulm etuvchi qavm edik. Alloh bizga o‘z
qavmimizdan, oliy nasabli, axloqli, rostgo‘y, omonatni o‘rniga qo‘yuvchi, kishilar
haqidan hazar qiluvchi, pokiza va yurtda obro‘ qozongan, barchamizga ma’lum
kishini payg‘ambar qilib yubordi. Bizni yolg‘iz Allohgagina ibodat qilishga, ota –
bobolarimiz ibodat qilgan, toshlardan yasalgan sanamlarni tark etishga, rost
so‘ylashga, omonatga xiyonat qilmaslikka, qorindoshlik aloqalarini bog‘lashga,
yaxshi qo‘shnichilikka buyurdi. Harom hisoblangan nohaq qon to‘kishdan, yomon
xulqlardan bo‘lgan qasddan yolg‘on so‘zlashdan, yetimlarning molini yeyishdan,
pokiza ayollarga tuhmat qilishdan qaytardi. Allohga hech narsani sherik
qilmaslikka, namoz o‘qishga, zakot berishga, ro‘za tutishga buyurdi. Biz u kishiga
ishondik va imon keltirdik. Shu sababdan qavmimiz bizga dushmanlik qilib,
dinimizdan qaytarib, yana butlarga ibodat qilishga o‘tasizlar deb bizni azobladilar,
zulm qildilar. Dinimizni saqlaymiz deb, boshqa diyorlarga bormay, Sizning
yurtingizda mazlum bo‘lmasmiz deb umid qilib, diyoringizni ixtiyor etdik». 
Bu dunyo hayotidan so‘ng boshqa hayot – yavm ad – din, qiyomat kuni,
hisob kuni deb atalgan oxirat bor. Qur’oni karimning Mu’minun surasi 15 -16
surasida keltirilishicha: “So‘ngra, albatta, sizlar (ey, insonlar,) mana shundan
keyin, albatta, vafot etuvchidirsizlar. So‘ngra sizlar, albatta, qiyomat kuni qayta
tirilursizlar.” Moddiy olamdan tashqarida ruhiy olam mavjud bo‘lib, unda ikki


turdagi ruhlar – ezgulikka chorlovchi farishtalar va yovuzlikka eltuvchi shaytonlar
bor. Amallarga kelsak, ular yuqorida zikr etilgan 5 «arkon»ning keyingi 4 tasini
o‘z ichiga oladi. 
Qur’onda keltirilgan axloq normalari ikki turdadir. Biri – husni odobga
o‘rgatish: “Ey, imon keltirganlar! O‘z uylaringizdan o‘zga uylarga to izn
so‘ramaguningizcha kirmangiz! Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu
gapdan) eslatma olsangizlar.” (24;27); “Qachon sizlarga biror salomlashish bilan
salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki o‘sha (ibora)ni
qaytaringlar. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga oluvchidir”. (4;86). Ikkinchisi
– va’daga vafo qilish, qiyinchiliklarga sabr – bardoshli bo‘lish, yaxshi va yomonga
adolatli bo‘lish, imkon darajasida kechirimli bo‘lish, g‘uluvga berilmagan holda
iffatli bo‘lish kabi tom ma’nodagi odob –axloqqa da’vat etishdir. “Albatta, imon
keltirgan va faqat Parvardigorlariga tavakkul qiladiganlar ustidan u (shayton)
uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo‘qdir”. (16;99); “... kelishilgan
ahdlariga vafo qiluvchilar, shuningdek, og‘ir – yengil kunlarda va jang paytida sabr
qiluvchilar yaxshi kishilardir”. (2;177).
Islom qabilachilikka, nasl – nasab bilan faxrlanishga barham berdi, faqat
Allohga itoat etish, uning amrini bajo qilish bilan insonlar obro‘ – e’tiborga ega
bo‘lishlarini ta’kidladi: “... Albatta, Alloh nazdida eng azizu mukarramingiz eng
taqvodoringizdir...” (49;13); “Albatta, mo‘minlar og‘a – inidirlar. Bas, sizlar ikki
og‘a – iningiz o‘rtasini tuzatib qo‘yinglar va Allohdan qo‘rqinglar, shoyad rahm
qilinsangizlar” (49;10). Hadisda «kimki «asabiylik»ka da’vat qilsa yoki
“asabiylik” yuzasidan urushsa bizdan emas, deyilgan».
Nihoyat, islom Allohga, uning Rasuliga va ummatdan tanlangan rahbarga
itoat etishlikka qat’iy buyurdi. “Ey, imon keltirganlar! Allohga itoat etingiz,
Payg‘ambarga va o‘zlaringizdan (bo‘lmish) ish egalari (rahbarlar)ga itoat etingiz!”
(4;59); “Xoliqqa quloq solmagan maxluqqa (ya’ni odamga) itoat qilinmaydi”
(Hadis). 
Umuman olganda, Qur’oni karimda besh yuzga yaqin islom ahkomlari
kelgan bo‘lib, mufassir ulamolar ularni ajratib olib alohida hukm oyatlari tafsiri


yozganlar. Bunday tafsir yozish harakati ilgari ham bo‘lgan va hozir ham davom
etib kelmoqda. 
Shuningdek sunnati, nabaviyadan ham hukmga oid hadislarni
ajratib olib, alohida kitoblar tasnif qilingan. 
Islom dini ta’limotlariga ko‘ra barcha musulmonlar bir – birlariga hayrihoh,
bir – birlarini yaxshi va savobli ishlarga tashviqot qiluvchi, yomon va gunoh
ishlardan bir – birlarini qaytaruvchi bo‘lishlari lozim. Buni islomda «Amru ma’ruf
va nahiy munkar», ya’ni yaxshilikka buyurmoq, yomonlikdan qaytarmoq deyiladi.
Shariatda bu oliyjanob hulq ila hulqlanmoq farzu kifoya darajasiga ko‘tarilgan. Bu
degani jamiyat a’zolari ichidan ba’zi kishilar amru ma’ruf va nahiy munkar ila
shug‘ullanmasa, jamiyat a’zolarining barchalari gunohkor. Bu vazifani qisman
kishilar bajarsalar, boshqa a’zolardan mas’uliyat soqit bo‘lur, xuddi janoza namozi
kabi.
Qur’oni karim «Oli Imron» surasining 104 – oyatida, sizlardan bir toifa
kishilar, odamlarni yaxshilikka chaqirib, ezgulikka buyurib, yomonlikdan
qaytaruvchi bo‘lsinlar, deydi. Janob Payg‘ambarimiz (sav) esa, Sizlardan qaysi
biringiz noto‘g‘ri ishni ko‘rsa, qo‘li ila tuzatsin, agar unday qilishga qodir
bo‘lmasa, tili ila tuzatsin, agar unga ham qodir bo‘lmasa, qalbidan noto‘g‘ri
bo‘layotganini bilib achinsin. Rasululloh (sav) ikkinchi bir hadis shariflarida sizlar
kishilarni yaxshi savobli ishlarga buyurib, yomon, gunoh ishlardan albatta
qaytarasizlar. Agar shunday qilmasalaring Alloh sizlarga biror azob, balo yuborishi
ehtimoldan xoli emas, dedilar. Hattoki Rasululloh (sav) gunoh ishni ko‘rib turib,
uni tuzatmaslik, unga rozi bo‘lib jim turishlik gunohdir, deganlar. 
Islomda, kishining o‘z ota – onasiga bo‘lgan hurmati, o‘rtalaridagi
munosabat alohida ahamiyat kasb etgan. Mazkur munosabat Qur’on karimning
«Isro» surasi 23-24 oyatida quyidagicha bayon qilingan: Sizni Robbingiz, faqat
Ungagina ibodat qilishlaringga va ota – onalarga yaxshi muomalada
bo‘lishlaringizga buyuradi. Ayniqsa ulardan bittalari yoki ikkalalari ham yoshlari
ulg‘ayib, sening qaramog‘ingda bo‘lsalar, hargiz ularga malol keladigan, og‘ir
botadigan «uf» so‘zini aytma, ularga ovozingni ko‘tarib so‘zlama. Faqat ularga
muloyim, shirin, oliyjanob so‘zlar ila muroja’at qil. Shu bilan birga ota –


onalarning ham farzandlar oldida katta mas’uliyatlari, vazifalari bor. Islomda bola
tarbiyasi, eng mas’uliyatli va o‘ta muhim vazifalardandir. 
Alloh ota – onalarga yaxshilik qilishdan so‘ng qarindoshlarga yaxshilik
qilishga buyuradi. Islomda qarindoshlar ila doimiy yaxshi aloqada bo‘lish
ta’kidlanadi. Buni shariatda «Silai rahm» - qarindoshlikni ulash, hurmatlash
deyiladi. Bir hadisda qarindoshlik aloqasini uzgan kishi, jannatga kirmaydi,
dedilar. Islomda har bir insonni o‘ziga munosib, uning hurmatini joyiga qo‘yib,
kamsitmay muomala qilish tavsiya etilgan. 
Islomda jamoatning ahamiyati kattadir. Jamoat bir toifa kishilarning ma’lum
joyda istiqomat qilishi demakdir. Shariat qonunida jamoat a’zolarining hammalari
teng huquqqa egadirlar. Jamiyat a’zolari har doim bir – birlarini ahvollaridan ogoh
bo‘lib turishlari, bir – birlarini hojatlarini chiqarib turishlari, yaxshilikda hamkor,
musibatda hamdard, qiynalganlarga madadkor bo‘lishlari lozim. Jamiyatning
sog‘lom, baquvvat, mustaqil, madaniyatli bo‘lishi a’zolarining bir – birlari ila
ittifoq bo‘lishi, ularning o‘zaro ahil, har kim o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilishi,
jamiyatdagi hokimlarning mahkumlar ila barobar ekanligi, shar’iy qonunlar
hamma uchun barobar bo‘lishiga, ya’ni qonun ustuvorligiga bog‘liqdir. Ushbu
islom ahkomlari, shak – shubhasiz, johiliya urf – odatlaridan keskin farq qilardi.
Yuksak axloqqa asoslangan islom ma’naviyati Arabiston bo‘ylab g‘alaba
qozongach, sekin – asta badaviylikka asoslangan «Johiliya» ma’naviyati barham
topdi. 

Download 229,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish