8-ma’ruza: Ilk islom tarix. Reja



Download 229,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana03.02.2022
Hajmi229,94 Kb.
#427612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-mavzu

Badr jangi.
Oradan ikki oy o‘tar-o‘tmas, bunga qulay fursat ham paydo
bo‘ldi. Abu Sufyon boshchiligidagi makkaliklarning 1000 tuyadan tarkib topgan,
50000 dinor qiymatga teng mol ortilgan, atigi 70 kishi tomonidan qo‘riqlanayotgan
karvoni Shomdan qaytayotgani va Yasrib hududidan o‘tajagi haqida Muhammad
(sav)ga xabar keldi. Payg‘ambar bu karvonning yo‘lini to‘sishga qaror qildi.
Ammo karvon chap berishga ulgurdi, musulmon askari esa qurayshning katta
kuchi bilan Badr jangida to‘qnashishiga to‘g‘ri kelib qoldi. 
Shu yerda bir muhim masalaga e’tibor berish joiz. Badr jangigacha sodir
bo‘lgan 8 «sariyya»ning birortasida ansorlar qatnashmagan, barchasi faqat
muhojirlar ishtirokida amalga oshirilgandi. Badr jangida birinchi bor ansorlar ham
qatnashdilar. Gap shundaki, birinchi va ikkinchi Aqaba ahdnomalariga ko‘ra
yasribliklar payg‘ambar va uning jamoasini o‘z himoyalariga olishga va’da
bergandilar. Lekin qurayshga qarshi urushishga kelishilmagandi. Biroz keyin «as-
Sahifa»da yasribliklar uchun qurayshga homiylik qilish man’ etildi. Ammo bu ham
hali quraysh bilan urush degani emasdi. Davlat suvereniteti va chegaralarning


daxlsizligi tushunchalari yasribliklar ongiga vaqt o‘tishi bilan asta-sekin singib
bordi. Nihoyat, qurayshiylarning shimolga zo‘ravonlik bilan Yasrib yerlaridan
o‘tishda davom etishlari ularni o‘z hududlarining himoyasi uchun qo‘lga qurol
olishga majbur qildi. 
624 yil 20 fevralda (ramazon oyining 17 kunida) yuz bergan Badr jangi
taqdir taqozosi bilan birinchi musulmon davlati uchun hal qiluvchi voqea bo‘ldi.
Kuchlar nisbati teng bo‘lmagani bois payg‘ambar ansorlar bilan aniq maslahatga
kelishib olishi zarur edi. Banu Avs qabilasining rahnamosi Sa’d bin Muozz
vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda payg‘ambarni to‘la qo‘llab-quvvatladi. Abu Jahl
rahbarlik qilgan quraysh askari 1000 jangchi, shundan 100 tasi otliq va 700 tasi
tuya mingan bo‘lsa, musulmonlar 300 jangchi, 70 tuya va atigi 2 otdan tarkib
topgandi. Jang taqdirini birinchi navbatda musulmonlarning ma’naviy-g‘oyaviy
ruhi hal qildi, deyish mumkin. Ular avvalo qulay mavqeni egallab oldilar, so‘ng
payg‘ambarning buyruqlarini bekami-ko‘st ado etdilar. Abu Jahl va unga
qarindoshlik yuzasidan yaqin bo‘lgan eng jangovar askarlar halok bo‘lib,
bayroqdorlar asir olingach, makkaliklar tartibsiz ravishda qochaboshladilar.
Pirovardida jang musulmonlarning to‘la g‘alabasi bilan tugadi. Qurayshning
dongdor zodagonlaridan 70 kishi halok bo‘ldi va yana 70 kishi asirga tushdi.
Shuningdek, talaygina boylik va ot-ulov o‘lja bo‘ldi. 
Ko‘lami aytarlik yirik bo‘lmasada, Badr jangi tarixda chuqur iz qoldirgan
ma’rakalardan hisoblanadi. U musulmonlarning Arabiston yarim orolida ta’sirini
kuchaytirgan, keyinchalik misli ko‘rilmagan imperiya paydo bo‘lishiga olib kelgan
birinchi jang edi.
Badr jangining ta’siri Makka va Madinada ikki hil ko‘rinishda bo‘ldi.
Qurayshiylar Makkaga eng nufuzli kishilaridan ayrilgan holda qaytdilar. O‘sha
davr taomuliga ko‘ra ular tezda qasos olish chorasini ko‘rmoqlari lozim edi. Shu
boisdan Dor an-Nadvada majlis chaqirildi. 50 ming dinor mablag‘ni tashkil qilgan
Abu Sufyon karvonining daromadini to‘lig‘icha vaqfga aylantirib,
musulmonlardan qasos olish maqsadida tuziladigan askarga sarflash haqida qaror


qabul qilindi. Shuningdek, ahobish, ittifoqchilar va Madina yahudlari bilan
aloqalar bog‘lanildi. 
Madinada esa bu jang shahar-davlatda kim asl hokimiyat egasi ekanini
ko‘rsatdi. Ikki yil avval Makkadan quvilgan Muhammad (sav) va uning safdoshlari
to‘la hukmronlikni endi qo‘lga kiritdilar, deyish mumkin. Uch yirik yahudiy
qabilasi, ularning ichida ayniqsa shahar markazini egallab turgan Banu qaynqo’
doimo musulmonlarga adovatda edilar. Badr jangidan g‘alaba bilan qaytgach,
musulmonlar nihoyat o‘zlarida jur’at sezdilar va quraysh bilan bo‘lajak
urushlardan oldin ichki dushmandan xalos bo‘lish maqsadida qaynqo’ni shahar
markazidan quvib chiqardilar. 
Badr g‘alabasidan so‘ng Madinada vujudga kelgan nisbiy sokinlik uzoq
davom etmadi. Tabiiyki, Arabiston bo‘ylab yetakchi kuch hisoblanib kelgan
quraysh tinch tura olmasdi. Oradan 1 oy o‘tgach, Abu Sufyon 200 kishilik
jangovor guruh tuzib, ular tunda yashirincha banu Nadir qabilasining boshlig‘i
Sallom bin Mushkam qo‘rg‘oniga kelib tushdilar, «mehmon bo‘lib, yeb-ichib, sir-
asrordan voqif bo‘lib ketdilar». Shu tundayoq ortga qaytib, makkaliklar «al-Arid»
degan joyda 2 uyga o‘t qo‘ydilar, ansorlardan bir kishi va uning halifini qatl
qildilar. Bu xabar yetib kelgach, payg‘ambar zudlik bilan bir guruh sahobalarni
Abu Sufyon ortidan jo‘natdi. Ular Madinadan 24 mil masofagacha ta’qib qilib
bordilar. Abu Sufyonning kishilari ortiqcha yukdan xalos bo‘lish uchun qoplardagi
arpani tashlab qochgan ekanlarki, tarixda «arpa-yem jangi» nomini olgan bu
voqeadan so‘ng Abu Sufyonning obro‘si yanada pasayib ketdi.
Shom savdosidan mahrum bo‘lgan makkaliklar Najd orqali Iroqqa 100000
dirham qiymatga teng karvonni jo‘natdilar. Ammo bundan xabar topgan
payg‘ambar sariyya yubordi va u «al-Qarada» degan joyda karvonga hujum qildi,
qo‘riqchilar bu safar ham mol-mulkni tashlab qochib qoldilar. Asirga tushgan
yo‘lboshlovchi esa Madinaga keltirilgach, islom diniga kirdi. 

Download 229,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish