7 Tish kasalliklarida. Xasanova G


II. BOB. STOMATOLOGIK KASALLIKLAR VA ULARDA



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana13.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#785422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
tish kasalliklarida qollaniladigan dorivor osimliklarni organish

II. BOB. STOMATOLOGIK KASALLIKLAR VA ULARDA 
QO`LLANILADIGAN DORIVOR O`SIMLIKLAR 
 
2.1. Stomatologik kasalliklar, turlari va ta`rifi 
Stomatologik kasalliklar keng tarqalgan xastaliklar qatoriga kiradi. 
Quyida bu xastaliklar turlari haqida qisqacha ma`lumotlar beriladi. 
Karies. «Millionlar kasalligi» nomi bilan yuritiladigan kasallik 
bo`lib, karies jahon aholisining qariyb 90 foizida uchraydi. Karies lotin 
tilida chirish, irish yoki suyak chiqishi ma`nosini anglatadi. Bunda 
tishning qattiq to`qimasi yemirilib, kovak hosil bo`ladi. Xastalik hiyla 
uzoq vaqt davom etadigan surunkali kasallik hisoblanadi. U ba`zi 
kishilarda tez kechib, tez orada tishini yemirib tashlaydi. 
Karies kasalligining kelib chiqishiga juda ko`pgina omillar sabab 
bo`lishi mumkin.
Olimlarning bir guruhi karbonsuv (uglevod) li ovqatlar, ularning 
qoldiqlari, so`lak tarkibidagi fermentlar va og`iz bo`shlig`idagi mikroblar 
ta`sirida tish emalini eritadigan kislota hosil qilish qobiliyatiga ega deb 
hisoblaydilar. Bu olimlar nazarida birinchi bosqich. Ikkinchi bosqichda 
tish emalining ochilib qolgan himoya qobig`ida endi zo`r berib ta`sir 
qiladigan mikroblarning kislota hosil qiluvchi roli ortadi. 
Yana bir nazariyaga qaraganda, kariesning paydo bo`lishi 
organizmda kechadigan umumiy jarayonlarga bog`liq bo`ladi, jumladan, 
hujayra tuzilishi va hujayralararo aloqalar darajasidagi moddalar 
almashinuvidagi buzilishlar, neyrogumoral uyg`unlik buzilishi, organizm 
oziqlanishi, unga organik (oqsil) va anorganik (mikroelementlar) 
moddalarning yetarli darajada tushmasligi, immunologik reaksiyalarning 
buzilishi va hokazo. Mazkur nazariyaga muvofiq, tishlar emali - tirik 
to`qima, shuning uchun karies paydo bo`lishi kishi organizmining 
holatiga uzviy aloqador hisoblanadi. 


24 
Kariesning kelib chiqishiga yana bir sabab - organizmga va tish 
to`qimasiga uzoq muddat davomida ta`sir qilib turadigan ko`pgina 
omillarning majmuidir. 
Pulpit. Bu xastalik kariesdan kelib chiqadigan asorat hisoblanadi. 
Pulpitda tishning nerv va qon tomirlari zararlanib, yallig`lanish sababli 
qattiq og`riq xuruj qiladi. Buni o`tkir pulpit deyiladi. Og`riq to`satdan 
bo`lib, tez to`xtaydi. Uning tabiati va kuchliligi turlicha bo`ladi. Og`riq 
butun jag`ga tarqaladi, chakkaga, quloqqa beriladi va hokazo. 
Pulpit hosil bo`lishiga mikroblarning dentin ariqchalari orqali 
pulpaga tushishi sabab bo`ladi. Ular pulpa to`qimasini to`xtovsiz ravishda 
zaharlab va ta`sirlab turadi. Paydo bo`lgan og`riqni qoldirish uchun 
odamlar ko`pincha o`z bilgilaricha turli usullarni qo`llaydilar. Jumladan, 
og`izlarini aroq, odekolon bilan chayadilar, bunda shilliq pardalar kuyadi. 
Bunday davolar vaqtinchalik og`riq qoldiradi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish