9-Sinfda qo’llaniladigan sinfdan tashqari ishlar
Reja:
1. Kimyodan konfirentsiyalar o’tkazish, ularning kun tartibi, yakunlash
2. «Mustaqil O’zbekistоn kimyo sanоati» mavzusida kimyo kechasini utkazish
Kimyodan konfirentsiyalar o’tkazish, ularning kun tartibi, yakunlash
Maktab kimyo Kimyodan konfirentsiyalar utkazish.
Sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakllaridan hisoblangan kimyo kechalari maktab hayotida katta bir voqea bo‘ladi. Maktab kimyo kechalari to‘g‘ri tashkil etilsa, kimyo kursining bir qator ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini hal qilishiga yordam beradi, kimyo kechalari: a) o‘quvchilarni ajoyib va ilmiy jixatdan juda muxim dalillar bilan boyitadi; b) o‘quvchilarda kimyoga havas uyg‘otadi va bu havasni o‘stiradi; v) o‘quvchilarga buyuk kimyogarlarning hayoti va ijodiyotini, hozirgi zamon kimyosining muvaffaqiyatlarini va boshqalarni ancha qiziqarli hamda ancha keng qilib ko‘rsatishga imkon beradi; g) kimyo xavaskorlarining o‘z ijodiy ishlarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini ko‘rsatishning nihoyatda qulay formasi bo‘ladi.
Maktablarda eng ko‘p o‘tkaziladigan kechalar: a) qiziqarli kimyo kechalari; b) yubiley kechalari; v) o‘quvchilarning ijodiy ishlarini ko‘rsatish kechalari; g) hozirgi zamon kimyosining va kimyo sanoatining muvaffaqiyatlarini ko‘rsatish kechalaridir.
Qiziqarli kimyo kechalari sinfdan tashqi eng muxim tadbirlarning biridir. Afsuski, qiziqarli kimyo kechalari tashkil etishda katta kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘pincha, qiziqarli kimyo kechalari o‘tkazish, «fokuslar» ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qoladi, kecha qatnashchilari «odatdagidan tashqari» hodisalar ko‘rsatib, hozir bo‘lganlarni «hayratda qoldiradilar»: rangsiz moddani qizil, oq, sariq va boshqa tusdagi moddalarga aylantiradilar, suvdan «oltin», «sut», «qon» hosil qiladilar, yog‘ochni olov yoqmasdan ko‘mirga aylantiradilar, moddalarni gugurt chaqmay o‘t oldiradilar, fotoapparatsiz «suratga oladilar», olov bilan «rasm soladilar» va hokazo; hozir bo‘lganlar hayratda qoladilar; kecha anna shu bilan tugaydi. Bunday kecha foyda keltirmaydi, aksincha, zarar etkazadi; kechada hozir bo‘lganlar moddalar va ularning o‘zgarishi to‘g‘risidagi Fan -kimyo haqida buzuq tasavvur olib qaytadilar. SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, ta’lim-tarbiya usulida qiziqarlilik vazifasi qiziqtirishning o‘zidangina iborat bo‘lmay, balki o‘quvchilarda to‘g‘ri, ilmiy dunyoqarash hosil qilishga yordam beradigan ko‘pdan-ko‘p vositalarning biridir.
Ilg‘or o‘qituvchilar xuddi anna shuni ko‘zda tutadilar. Ular qiziqarli kimyo kechasi oldiga ma’lum bir g‘oyani maqsad qilib qo‘yadilar. O‘quvchilar kecha davomida bu g‘oyani o‘z tinglovchilarining saviyasiga muvofiq ravishda sekin-asta ochib beradilar; ilmiy tushunchalarni moddalarning hamda hodisalarning o‘zi bilan aniqlashtiradilar; ha qaychi demonstratsiyani izohlarb beradilar. Bunday kechada tinglovchilar qiziqarli ko‘pdan-ko‘p dalillar bilan tasdiqlangan bir qator ilmiy qonun-qoidalarni bilib oladilar.
Ba’zi kimyo o‘qituvchilari qiziqarli kechalarni quyidagi mavzularda: «Kimyo va din», «Xurofotga va diniy e’tiqodlarga qarshi kurashda kimyo» va boshqa mavzularda o‘tkazadilar. O‘qituvchilar bu kechalarda «mo‘‘jizalar» deb ataladigan hodisalarni fosh qilib tashlovchi bir qator qiziqarli tajribalardan foydalanadilar. Ular bu tajribalarni izohlab beradilar, ammo o‘z izohlarini hodisada sirli, tabiatdan yuqori turadigan ‘ech narsa yo‘q, degan so‘zlar bilangina chegaralab qo‘yadilar. Bu to‘g‘ri emas.
O‘quvchilarni ilmiy ateizm ruxida tarbiyalashda, biz yuqorida aytib o‘tgandek, gap «mo‘‘jizalar» ni fosh qilishda emas, tashqi tomondan effekt beradigan tajribalar o‘tkazishda emas, bu erda eng asosiy narsa -tabiatda sodir bo‘ladigan eng muxim hodisalarni ommabop qilib, ilmiy suratda dialetik materializm nuqtai nazardan qarashning to‘g‘riligini tasdiqlovchi ilmiy yutuqlarni ko‘rsatishdan iboratdir.
Maktablarda o‘zbek kimyosining va kimyo sanoatining yutuqlarini ko‘rsatish kechalari eng dolzarb mavzularda masalan, «Atom va atomning ichki energiyasi», «Havo hozirgi zamon kimyoviy xom ashyosidir», «Laboratoriyaning tabiat bilan musobaqasi», «SHu’lanuvchi moddalar», «Sun’iy tola», «Plastik massalar -kelajak metali», «Nodir elementlar» degan va boshqa mavzulardagi kechalar juda yaxshi o‘tkazmoqda.
Kechani kimyoviy tajribalar bilangina emas, balki boshqa vositalar bilan qiziqarli qilish mumkin. O‘quvchilar, masalan: a) kimyoviy viktorina b) qiziqarli, ayniqsa, eksperimental kimyoviy masalalar, krossvordlar, v) «hikoya-topishmoqlar» va boshqalardan muvaffaqiyatli suratda foydalanadilar. Bu kechalarda o‘quvchilar asosiy e’tiborni kimyoning mohiyatiga qaratadilar; bu erda kechaga kelganlarga beriladigan savollar, masalalar va boshqalarning qiziqarli bo‘lishi katta rolg‘ o‘ynaydi. Bunday kechalarning qiymati shundaki, ularni tashkil qilishda 2-3 dokladchi emas, balki ko‘pgina o‘quvchi qatnashadi.
Bu kechalarga o‘quvchilar yaxshilab tayyorgarlik ko‘radilar, albatta. Savollar, viktorinalar, sharadalar, krossvordlar va masalalar hamma o‘quvchilarga oldindan e’lon qilinadi. O‘quvchilar darsliklarni ko‘rib chiqadilar, adabiyot o‘qiydilar, konsulg‘tatsiya oladilar, muhokama va munozaralara qiladilar. Ba’zan maktabdaeng yaxshi, eng qiziqarli, mazmunli savollar, kimyoviy sharadalar, krossvordlar, masala-topishmoqlar va boshqalar tuzish uchun konkurs e’lon qilib qo‘yiladi. Ma’lum darajada ijodiy bunday kechalar, odatda, nihoyatda yaxshi ruxda o‘tadi va o‘quvchilarning umrbod esidan chiqmaydi.
YUbiley kechalari, ko‘pincha, kimyogarlarning: M.V.Lomonosov, D.I.Mendeleev, A.M.Butlerov, N.D.Zelinskiy, A.Lavuaze, I.Kyuri-Skladovskaya, F.Jolio-Kyuri va boshqalarning hayoti hamda ijodiyotiga baishlanadi. Ba’zan, «Ulug‘ rus kimyogarlari», «O‘zbek kimyogarlari» degan va boshqa mavzularda umumlashtirish kechalari o‘tkaziladi. Kimyo tarixining muxim masalalariga, chunonchi, «D.I.Mendeleevning davriy qonuni va davriy sistemasining 138 yilligi», «M.V.Lomonosovning Rossiyada dastlabki ilmiy kimyoviy laboratoriyani tashkil etganligining 250 yilligi», «A.M.Butlerovning organik birikmalar tuzilish nazariyasining 145 yilligi» kabi masalalarga baishlanadigan yubiley kechalari ham bo‘ladi.
YUbiley kechalari ta’lim-tarbiya jihatidan g‘oyat katta ahamiyatga ega. Bu kechalar: a) o‘quvchilarni buyuk kimyogarlar hayoti va faoliyatining sharoiti bilan sinfdagidan ko‘ra batafsilroq tanishtiradi; b) o‘quvchilarni ochiq-oydin va ajoyib misollar bilan qiziqtirib yuboradi -ularda kimyoga chuqur havas uyg‘otadi; v) o‘quvchilarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni bo‘lajak yubiley kechalariga tayyorlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarga kechaning mavzusinigina emas, balki taxminiy mundarijasini ham aytib beradi. Tegishli adabiyotni tavsiya qiladi. Viktorina tarzida maxsus savol -masalalar beradi. Eng muxim masalalar yuzasidan ijodiy yozma ishlar qildiradi; bu ishlar aktiv o‘quvchilar bilan birlikda (kimyo to‘garagida) muhokama qilinadi; eng yaxshi ishlar kechada e’lon qilish uchun qo‘yiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida, kechaga atab devoriy gazeta, byulleten yoki jurnal chiqaradilar va nishonlanadigan olimlargina emas, balki o‘quvchilarning bu olimlar to‘g‘risidagi ishlari ham tasvirlangan ko‘rgazma tayyorlaydilar.
YUbliey kechasining dasturiga olimlarning hayoti va ijodiyoti to‘g‘risidagi dokladlargina emas, balki ularga taalluqli badiiy asar parchalari, she’rlar, musiqa nomerlari, diapozitivlar, qisqa metrajli kinofilmlar va boshqalar ham kiritiladi. O‘quvchilarning o‘zlari ijod etgan asar va she’rlar kechani qizitib yuboradi. Ko‘pgina maktablarda yubiley o‘tkazadigan shaxslarning qarindoshlari va shogirdlari, shuningdek, ularning hayoti va ijodiyotini o‘rgangan olimlar yubileyi o‘tkaziladigan shaxslarga ma’lum darajada aloqador bo‘lgan kompozitor, yozuvchi, shoir, rassom, aktyor, ijtimoiy va siyosiy arboblar ham taklif qilinadi. Bu kechada eng yaxshi kimyogarlar qayd qilib o‘tiladi va mukofatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |