2 .Kimyodan sinfdan tashqari ishlar. Sinfdan tashqari ishlarning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar talabalabalar ehtiyojidan va ijodiy ishga bo’lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o’tkaziladigan dastur materialining kamini to’ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Bunda, o’qituvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish ham kerak. Sinfdan tashqari ishlarga- fakultativ mashg’ulotlar, ijodiy kechalar, to’garaklar, mustaqil ilmiy izlanish, kurs ishi, diplom ishi, referat, olimpiyadada, ko’rik -tanlovlarda qatnashish; ilmiy konferensiyada qatnashish; pedagogik amaliyot, kitobxonlar uyushmasi, bayramlar, mustaqillik bayrami, konsitutsiya kuni, har –xil mavzudagi qiziqarli kechalar; talabalarning sevimli mashgulotlari ustida estafetalar shular jumlasidandir.
Ta’lim metodlarini qo’llashni quydagicha ko’rsatish mumkun; talabalarda tashkilotchilik, boshqaruvchilik, mustaqil ilmiy izlanish, o’z fikrini himoya qila olish, bahs yuritish ko’nikmalarini shakillantirishda guruhlar tashkil etib ijodiy topshiriqlar berish, guruhlararo bahs yuritish, aqliy hujum metodi, ebristik metod, klaster metodi kabilardan foydalaniladi. Talabalarda ijrochilik, boshqaruvchilik ular bilimlarini sinab ko’rishda ma’ruza bilan chiqish, muammo qo’yish, muammoli ma’ruza qilish ham yaxshi natija beradi. Talabalarda malaka oshirish, kasbiy qobilyatlarini rivojlantirish uchun rollar ijro etish orqali erishish mumkun.
Ularni yangi g’oya yechimini yaratish, ularni shaxsiy tajribaga yoki vaziyatga bog’lash, bahsli g’oyalarni ma’qullashga o’rgatish uchun esa guruhli bahslar, ma’lum bir hoiatlar tahlili, savol –javoblar, so’rovnomalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bu boradagi qiziqish quydagi pedagogik talablarga amal qilinganda samarali natijalar beradi; ta’lim jarayonining puxta loyihalanganligi; maqsadlaring aniqligi; talabalarni birlashtira olish, vazifani to’g’ri bilib berish, ishni to’g’ri rivojlantirish; didaktiv talablar, o’quv materialini saralash va tayyorlash, ko’rgazmali qurollar, jihozlar, o’quv materiallarini aniq ishonarli, tarzda yetkazib berish, perispektiv talablar: talabalar ma’naviy dunyosiga kira olish, ularning emotsional holatlarini ob’ektiv kuzata olish, tadqiqotchilik qobiliyati. Pedagogik holatlarini aniqlash va ob’ektiv baholay olish: yuksak pedagogik texnologiyalaridan foydalana olish va h.z.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning 3 shakli: guruh bo’lib ishlash, yalpi ishlash va yakkama-yakka bo’lib ishlash shakllaridan foydalanish.
Guruh bo’lib ishlash shakli kimyo to’garagi, o’rta maktabda o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotning asosiy shaklidir. Faqat bir sinf o’quvchilaridan iborat to’garak eng samarali ishlaydi. Yalpi mashg’ulot: kino ko’rsatish , kimyo kechasi , kimyoviy ekskursiyalar , ijodiy konferensiya , olimpiada va hokazo.
Yakkama-yakka ayrim bolalar uchun olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |