Кимёдан синфдан ташқари ишлар фани
Kimyodan sinfdan tashqari ishlar fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
КЎМ
Педагогика
Физика
Qadimda ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘pi mexanik, issiqlik va qattiq modadalarni suvda erishiga asoslangan. Egipt va Xitoy olimlari amaliy kimyoga eng ko‘p xissa qo‘shdilar. Egiptda birinchi bo‘lib shisha, sopol maxsulotlari ishlab chiqarilgan. Osiyo va Kavkazda kulolchilik taraqqiy etgan bo‘lib, maxsulotlar turli ranglarga bo‘yalgan, bundan tashqari mis va bronza taqinchoqlar yasalgan. Eramizdan oldingi 11-asrda Xitoyda qog‘oz, V1-asr boshida yuqori sifatli chinni ishlab chiqarilgan. Inson mineral moddalarni qayta ishlashdan avval organik moddalarni, o‘simlik va xayvonot maxsulotlarini oziq-ovqat sifatida qo‘llaganlar. Bu maxsulotlardan dori-darmon, bo‘yoqlar, teri oshlovchi va matolarni pardozlovchi moddalarini ola bilganlar. Zamonaviy kimyoning asosiy moddalari azot va sulfat kislotalari V1-asrda birinchi marta Arab alximiklari tomonidan kashf etiilgan.O‘rta asrlarda kimyoviy izlanishning laboratoriya usullari qo‘llanib, tajriba olib borish usullari va ko‘plab kimyoviy moddalar, birikmalar kashf etildi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar, sinfda o'tkaziladigan mashg'ulotlarning aksicha, butunlay ixtiyoriy asosda tashkil etiladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning ixtiyojidan va ijodiy ishga bo'lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o'rganiladigan dastur materialining kamini to'ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlatishga qaratilgan bo'ladi, bunda o'quvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish ham kerak. O'qituvchi esa asosan o'quvchilarning tashabbus va ijodiy faoliyatiga yordam berishi kerak. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning uch shakli:guruh bo'lib ishlash, yalpi ishlash va yakka-yakka bo'lib ishlash shakllaridan foydalanish. Guruh bo'lib ishlash shakli-kimyo to'garagi, o'rta maktabda o'tkaziladigan sinfdan tashqari mashg'ulotning asosiy shaklidir. Faqat bir sinf o'quvchilaridan iborat to'garak eng samarali ishlaydi. Yalpi mashg'ulot:kino ko'rsatish, kimyo kechasi, kimyoviy ekskursiyalar, ijodiy konferenziya, olimpiada va hokazo. Yakka-yakka ayrim bolalar uchun olib boriladi.
1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Oliy majlisining I- chaqiriq IX – sessiyasida «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi» qabul qilindi. «Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi»ning 3 ta asosiy maqsadi bo’lib, ular:
1) Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish
2) Ta’lim sohasini o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish
3) Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish.
Demak, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun, har bir fanni shu jumladan kimyo fanini ham ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish talab etiladi.
Qonun va dastur talablarida hozirgi talablar darajasida didaktika ta’limotini amalga oshirish asosiy vazifa qilib qo’yilgan.
Jamiyat ta’lim-tarbiya muassasalari oldiga o’sib kelayotgan yoshlarimizda bilim tafakkur qirralarini o’stirib faol mushohada qilish kabi xislatlarini shakllantirish, ilm borasida kuch quvvatni rivojlantirish kabi talabni qo’yadi. Shu sababli Prezidentimiz kuch-bilim va tafakkurda degan g’oyani ilgari surdi.
Didakrtik tafakkurning shakllanishi va taraqqiy etib rivojlanishi ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun o’quvchilar fan asoslarini bilim, ko’nikma, malakalarni chuqur egallab borishlari kerak.
- Hozirgi sharoitda jamiyat talabiga muvofiq ta’lim-jarayonida uchta asosiy funksiya amalga oshadi.
Bular: ta’limiy, tarbiyaviy, va rivojlantiruvchi funksiyalardir. Bu uchta funksiya ilmiy bilimlarning o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Ta’limiy soha – didaktikani, tarbiyaviy soha – tarbiya nazariyasini, rivojlantiruvchi soha – psixologiya bilan bog’liqlikni o’rganiladi.
Bu o’rinda eng murakkabi kimyo predmeti bo’lib hisoblanadi. Ana shu to’rt soha birgalashib yangi bilimlar sohasi tizimi bo’lmish kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasini tashkil etadi.
O’rta maktablarda kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi: ta’lim jarayonida pedagogik fan bo’lib, kimyo o’qitish jarayonida o’quvchilarga ta’lim beradi, tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi o’z oldiga aniq muammolarni qo’yadi.
Bu masalalar ta’lim jarayoning yuqoridagi uch funksiyasi asosida amalga oshadi.
- Kimyo o’qitish nazariyasi va metodikasi: a). kimyo b). pedagogika – psixologiya fanlari v). jamiyatshunoslik fanlari g). boshqa fanlar bilan bog’liq holda o’rganiladi.
- Kimyo o’qitish metodikasi ma’lum ketma-ketlik tartibida o’rganiladi. Oldin ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi bilimlarning o’rta maktab hajmidagi mazmuni o’rganiladi. Bu etap maktab kursida dominatlik bloki vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Keyingi blok kimyo o’qitish jarayonining tashkil etilishi bilan bog’liq yoki uning ko’rinishi kimyo o’qitish metodlari, manbalari, shakllari va o’quvchi ishini ilmiy asosda tashkil etish bo’lib hisoblanadi.
Bu jarayon ham ta’limiy – tarbiyaviy rivojlantiruvchi aspektda ko’rib chiqiladi.
Aniq maqsadga erishish uchun qaysi metodlarni qanday holda qo’llash, bu funksiyalarni qanday amalga oshirish, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini tashkil etish uchun o’qitish shakli va mazmunini qanday tanlash katta ahamiyat kasb etadi.
Boshqa fanlar qatori kimyo o’qitish fani ham o’z tarixiga ega.
Kimyoni o’qitish shu fan tarixi bilan bog’liq. Fandagi kashfiyotchilar shu fanni o’qitish bilan ham shug’ullanib kelganlar.
Albatta, buyuk kimyogar olimlar M. V. Lomonosov, A. Lavuaze, D. Dalton, S. Kanissaro, D. I. Mendeleevlar kimyo fanining buyuk o’qituvchilari bo’lgan.
Kimyo o’qitishning eng katta yutig’i D. I. Mendeleev kashf etgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasi bo’ldi. O’rta Osiyo tabiiy fanlar rivojiga Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Ulug’bek kabi olimlar katta hissa qo’shganlar.
O’zbek kimyogarlari, metodistlari bu fanni o’qitishga keyingi vaqtda katta hissa qo’shdilar.
Organik birikmalarni o’rganishda O’zbekiston tabiiy organik birikmalarga boy mamlakat ekanligi haqida to’xtalib, akademiklar O.S.Sodiqov, S.Y.Yunusov, X.N.Oripovlar singari o’zbek olimlari va ularning shogirdlari tomonidan o’simlik mddalari kimyosini o’rganish borasida xalqaro miqiyosda katta ilmiy tadqiqot ishlari olib borganligi haqida, shuningdek H. Shohidoyatov rahbarligida O’zbekiston Fanlar Akademiyasining O’simlik moddalar kimyosi instituti olimlari tomonidan yaratilgan o’nlab dorivor moddalar amaliyotga tavsiya etilganligi, ulardan «Allapinin» dorivor moddasi yurak kasalligini davolashda keng qo’llanilmoqda. Bu misollarni keltirish o’quvchilarda o’simliklar dunyosini asrashda va ulardan oqilona foydalanishga bo’lgan munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.
Kimyo va ilmiy texnika taraqqiyoti mavzusiga 2 soat ajratilgan bo’lib, bu mavzularni yoritishda O’zbekistonda kimyoviy ishlab chiqarish azotli, fosforli va boshqa o’g’itlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq ekanligi haqida to’xtalib, Farg’ona va Navoiy shaharlaridagi «Azot» ishlab chiqarish birlashmalarida akademiklar M.N.Nabiyev, N.R.Yusupbekov, B.N.Beglov, S.T.To’xtayev singari olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalaridan amaliyotga keng foydalanilayotganligi haqida so’zlab berish orqali o’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishni orttirish mumkin.
Bo’lajak kimyo fani o’qituvchisi bilishi kerak:
1. Kimyo o’qitish jarayonida o’qituvchilarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadini.
2. Maktab dasturlari, darsliklari, o’quv metodik adabiyotlari, normativ hujjatlari mazmuni.
3. Kimyo o’qitishning nazariy va metodik asoslarini.
Kimyo o’qitish kursi asosida qo’yidagi metodologik holatlarga e’tibor beriladi.
Umumiy dialektik metod bilish jarayoninig rivojlanib takomillashib borishi.
Kimyo o’qitishda sistemalilik va birin-ketinlik, aniq reja.
Barcha metodologik kategoriyalarni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi anspektda qarab chiqish.
Didaktik yo’nalish - kimyo o’qitishning nazariy asoslarini belgilab berdi.
O`qitishda (diqqatni tortish, ichki tuyg’u, istak, zaruriyatlar shakllanishi) o`quv jarayonida o`quvchi va o`qituvchi uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch bu ichki motivasiyadir.
O`quvchi - bilim olishga intilish va bilim olishga ehtiyoj sezish kerak, o`qish maqsadi ichki ehtiyojga aylanishi kerak. O`quvchi real hayotga kirib borishi va unda faol ishtirok etishi uchun, bilim, ko`nikma va malakalar bilan birga ilmiy bilish metodlariga ega bo`lishni ongli ravishda tushunsin. Bu dunyoni anglab yetish unda o`zining munosib o`rnini topish uchun o`quvchi erkin izlansin.
O`qituvchi - o`quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta va chuqur o`zlashtirish uchun zarur ko`nikma malakalarni shakllantirish ularda kuzatuvchanlik tafakkurli nutqni o`stirish, xotira va ijodiy tasavvurlarni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik prinsiplarni ro’yobga chiqarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |