3-misol. Quyidagi reaktsiya tiplariga doir reaktsiya tenglamalarini
yozing:
A. Birikish... V. Ajralish... S. O’rin olish... D. Almashinish...
Javobi to’ldiriladigan test. Bunday testda qisqa javob yozishga joy
qoldiriladi va ma’lum so’zlar yoki masala javobi bilan to’ldiriladi. Test
savoli ko’pincha bir-biriga yaqin bo’lgan tushunchalarning o’zlashtirilishini aniqlash uchun tuziladi. Masalan, atom va molekula, element va oddiy modda, molyar va molekulyar massa, izotop va izobar va boshqalar.
1-misol. Quyidagi jumlada qoldirilgan joyni «atom» yoki «molekula»
so’zlari bilan to’ldiring:
Xona havosida azot va kislorod... laridan tashqari, simob... laridan va
suv... laridan iborat bug’lar borligi aniqlandi.
2-misol. 6,5 g rux suyultirilgan sulьfat kislota bilan to’liq reaktsiyaga
kirishganda normal sharoitda o’lchangan... litr vodorod ajraldi.
Javobi qo’yiladigan test. Bunday test ko’pincha ikkita usulda yozilib,
unda birinchi ustundagi formula, tushuncha yoki sonlarga mos keluvchi javoblar ikkinchi ustunda berilganlardan topiladi.
1-misol. 1-ustundagi formulalarning yoniga ustundagi javoblarning
belgilangan harflarini yozing:
A. A1(OH)3 A. Kislota B. Fe2(SO4)3 V. Asos S. CaO S. tuz
D. H3PO4
... D. oksid
Bu testning javobi quyidagicha to’ldiriladi:
V. A1(OH)3 S. Fe2(SO4)3 D. CaO
A. H3PO4 D. SO2
2-misol. 1- ustundagi kaltsiyning massasi yoniga ularga mos keluvchi
2- ustundagi berilgan atomlar sonini ifodalovchi harflarini yozing.
1. 40 g. A. 3 ∙ 1023
2. 20 g. V. 6 ∙ 1023
3. 10 g. S. 3.75 ∙ 1022
4. 5 g. D. 7,5 ∙ 1022
Muqobil javobli test. Bu test xilida berilgan savol va masalalarning har biriga to’rtta yoki beshta muqobil javoblar yoziladi va lotincha A,V,S,D, Ye harflari bilan belgilanadi. Harf bilan belgilanadigan javoblarning bittasi to’g’ri va to’liq bo’ladi. Javoblarning 2 tasi yoki 3 tasi to’g’ri bo’lgan holda, ular avval sonlar bilan belgilanib, so’ngra harfli javobga o’tkaziladi. Testdagi javoblar savoldagi tushuncha, qonuniyat va kimyoviy jarayonlarning asl mohiyatidan chetga chiqmagan holdagina muqobil bo’ladi. Muqobillik Kimyo fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua o’rganilayotgan qonuniyat va hodisalar mohiyatini to’liqroq tushunib olishga, ularni boshqa qonuniyat va hodisalar bilan chalkashtirmaslikka yordam beradi. Bunday test-sinovning natijasini kompьyuter yordamida ishlab chiqish mumkin bo’lgani uchun hozirgi vaqtda, asosan, testning shu turidan foydalanilmoqda va kimyodan bosilib chiqqan testga oid deyarli hamma qo’llanmalarda shu usul yoritilmoqda. Lekin ulardagi test topshiriqlarida javoblarning muqobil bo’lishi, javoblarni yagona harflar bilan belgilab, kompьyuter ishlatishga sharoit yaratish kabi test tuzishga qo’yiladigan talablardan chetga chiqish hollari ham uchrab turadi.Test tuzishda savol va masalalardagi tanlanadigan javoblarning muqobil bo’lishini oydinlashtirish uchun misollar keltiramiz.
1-misol. Atsetilen molekulasida uglerod atomining valent orbitali qanday gibridlanadi? Bunga javoblar bir necha xil berilishi mumkin:1-holda. 1. sp 2. sp2
3. sp3
A. 1 V. 2 S. 3 D. 1 va 2
Lekin 1 va2; 2 va 3 javoblarni qo’yish asossizdir,chunki bir xil
molekuladagi uglerod atomining valent orbitali bir vaqtning o’zida hech vaqt ikki xil gibridlanmaydi.
2-holda A. sp V. sp2 S. sp3 D. sp3d kabi javoblarni qo’yish ham noqu laydir. CHunki uglerod atomida d-orbital bo’lmaganligi uchun D, Ye holatlar ham muqobil javob bo’la olmaydi. SHuningdek javoblarning birida «bilmayman» so’zining qo’yilishi muqobillik printsipiga zid bo’lib, u o’quvchining izlanishiga to’siqlik qiladi. Bizningcha, savolni quyidagiga o’xshash qilib tuzganda muqobil javoblari ko’p bo’lishi mumkin:
Qaysi birikma molekulasida uglerod atomining valent orbitali sp-tipida gibridlanadi?
A. Metan V. Etilen S. Atsetilen D. Benzol To’g’ri javob S.
2-misol. Ushbu qaytar reaktsiyada N2+ 3N2= 2NH3+ Q bosim oshganda muvozanat qaysi yo’nalish tomon siljiydi.
1. chapdan o’ngga 2. o’ngdan chapga 3. siljimaydi.
A. 1. V.2 S. 3 D. 1 va 2
Bunda D muqobil javob bo’lolmaydi, chunki, masalan, D ni olsak, bir
vaqtning o’zida bosim oshganda muvozanat o’ngdan chapga siljiydi va
siljimaydi deyish ma’nosizdir va test mazmunini chigallashtiradi. Demak,
testning to’g’ri javobi 1 ta bo’lganda har bir harfga 2 ta bir-biriga qarama-Kimyo fanini o’qitish metodikasi moduli bo’yicha o’quv-uslubiy majmua qarshi javob joylashtirish tavsiya qilinmaydi. Bunday hollarda savol va javobning shaklini o’zgartirib, muqobil javoblar ko’paytiriladi. Masalan, 2-misolni quyidagicha ifodalash mumkin. Ushbu qaytar reaktsiyada
N2 + 3N2 = 2NH3+ Q muvozanatni qanday ta’sir yordamida chapdan o’ngga siljitish mumkin?
A. Bosimni oshirib. V. Bosimni kamaytirib. S. Temperaturani oshirib.
D. NN3ning kontsentratsiyasini oshirib. To’g’ri javob A.
Bitta test savolidan muqobil javoblarining 2 tasi yoki 3 tasi to’g’ri
bo’lgandagina har bir harfga bir necha javoblarni joylashtirish tavsiyaqilinadi.
3-misol. Temir o’z birikmalarida qanday oksidlanish darajasini namoyon
qiladi?
1) +2; 2) +3; 3) +4; 4) +6
A. Faqat 2 V. Faqat 3, S. 2 va 3 D. 1,2,4.
Javoblardan bittasi to’g’ri bo’lgan testda to’g’ri javobni aniqlash muhim
bo’lsa, 2 tasi yoki 3 tasi to’g’ri bo’lgan javoblarda to’g’ri va to’liq javoblar majmuasini topish muhimdir. Bu testda to’g’ri javob D. Qolgan javoblar to’liq bo’lmaganligi uchun ular inkor etiladi.
1-misol. Elementning kimyoviy xossasini o’zida saqlaydigan eng kichik zarracha:
A. molekula. V. Element. S. Yadro. D. Atom. Ye. Proton deb ataladi.
2-misol. Avogadro soniga teng miqdorda zarrachalar saqlaydigan modda
miqdori.
A. atom massa. V. molekulyar massa. S. ekvivalent massa. D. mol
Masalalarning murakkablik darajasi test nazoratiga beriladigan
vaqtga qarab aniqlanadi. Qisqa vaqtda o’tkaziladigan nazoratga beriladigan test topshirig’iga yechimi murakkab bo’lmagan, matematik amallar oson bajariladigan masalalarni tanlash kerak.
Nazorat uchun savollar
1. Test topshirig’ining tarkibi, mazmuni va samaradorligiga qo’yiladigan talablarni sanab o’ting.
2. Test topshiriqlarining qiyinlik darajasiga ko’ra o’zingiz o’qiydigan
kurs bo’yicha reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli va ijodiy darajadagi
test topshiriqlarini tuzing.
3. Test topshiriqlarining mazmuni va sifatiga DTM tomonidan qo’yiladigan talablarni o’rganib chiqing.
Do'stlaringiz bilan baham: |