Atom-molekulyar ta’limot va asosiy kimyoviy tushunchalarni o’qitish
Hozirgi vaqtda moddalarning tuzilishini o’rganish о’quvchilarning o’zi kuzatadigan aniq dalillardan kelib chiqadigan molekulyar tasavvurlardan boshlanadi. «Moddalar va ularning o’zgarishi» nomli mavzuda o’quvchilarda quyidagicha savollar tug’ilishi tabiiydir.
Moddalarning bir holatdan boshqa holatga o’tishini qanday tushuntirish mumkin? 2. Temperatura o’zgarishi bilan jismlarning hajmi nima sababdan kattalashadi, ba’zan kichiklashadi?
Nima uchun toza moddalar aralashmadan farq qilib, muayyan suyuqlanish temperaturasiga ega bo’ladi va hokazo? Bundan keyin moddalarning molekulyar tuzihshini o’rganishga o’tiladi.
Moddalarning molekulyar tuzilishi. 0’quvchilar moddalarning molekulyar tuzilishi haqida fizika kursidan ayrim tasawurlar- ga ega bo’lgan edilar. Shu sababli o’qituvchining vazifasi o’quv- chilarga ma’lum bo’lgan qoidalarni oydinlashtirish, aniqlash va sistemalashtirishdan iborat.
0’quvchilarni atom-molekulyar ta’limot bilan tanishtirish rejasi taxminan quyidagicha bo’ladi:
moddalar tuzilishi haqidagi masala ning ahamiyati;
molekulyar ta’limotning asosiy qoidalari;
Atomlar. Kimyoviy elementlar. O’quvchilami «murakkab va oddiy moddalar» tushunchalari bilan tanishtirish «atom» tu- shunchasiga olishga yordam beradi
0’quvchilar tajribalami bevosita kuzatish orqali fizik hodisa- larda modda molekulalarining tarkibi o’zgannaydi, kimyoviy ho- disalarda masalan, parchalanish reaksiyalarida molekulalar yana ham mayda zarrachalarga ajraladi, degan xulosaga keladilar.
O’qituvchi 0’quvchilar biladigan tushunchalarga tayanadi. 0’quvcliilar «murakkab modda» va «oddiy modda» tushnnchala- rini biladilar. 0’quvchilar tayyorgarligining bu bosqichi uchun atomga shunday ta’rif berish o’rinlidir: atom — kimyoviy reak- siyalarda saqlanib qoladigan eng mayda zarracha. Atom tushunchasi kimyoviy element tushunchasi bilan uzviy bog’liq. 0’qituvchi malum bir kimyoviy xossalarga ega bo’lgan atomlaming ayni bir turi kimyoviy element deb atalishini tushuntirib oladi. Element tushunchasiga birmuncha aniqroq ta’rif atomlar tuzilishi 0’rganilgandan keyin berilishi mumkin.
0’qituvchi kimyoviy elementlaming soni ko’p emasligini, hozirgi vaqtda ulardan 109 tasi malumligini; ulaming ko’pchiligi erkin holatda metall, boshqalari esa metalloidlar ekanligini o’quvchilarga aytib beradi.
Moddalar og’irligining saqlanish qonuni. О’quv metodik ada- biyotlarda bu qonun turlicha nom bilan: modda og’irligining saqlanish qonuni, modda massasining saqlanish qonuni va materiya- ning saqlanish qonuni, degan nomlar bilan yuritiladi.
«Modda massasining saqlanish qonuni» degan nom ilmiy jihatdan birmuncha to’g’ri, chunki har qanday modda (jism)ning oglrligi o’zgaruvchan miqdordir. Joyning geografik kengligi va boshqa sharoitlarga qarab moddaning og’irhgi o’zgaradi.
Modda massasining saqlanish qonuni mohiyatini tushunti- rishda o’quvchilaming atom haqida oldingi darslardan biladigan tasawurlari asos qilib olinadi. Zotan, o’quvchilar moddalar atomlardan iboratligini, kimyoviy reaksiyalarda esa atomlar bo’linib ketmasligi, balki saqlanib qolishini bilib olgan ekanlar, u holda reaksiyaga kirishuvchi moddalarning massasi hamma vaqt reaksiyada hosil bo’lgan moddalar massalariga teng bo’lishi to’g’- risida osongina xulosa chiqaradilar.
7-sinfda o’quv dasturiga asosan 68 soat, haftasiga 2 soatdan kimyo darsi o’tiladi. Darslikning birinchi bobida kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, ( 24 soat). Kimyo fanining maqsad va vazifalari. Uni fan sifatida shakllanish tarixi. O’zbekistonda kimyo. O’zbekistondagi kimyogar olimlarning kimyo faniga qo’shgan hissalari. Atom-molekulyar ta’limoti. Atom va molekulalarning mavjudligi. Kimyoviy element, kimyoviy belgi.
Atomlarning o’lchami, nisbiy va absolyut massasi.Kimyoviy modda-atom va molekulalar. Molekulyar va nomolekulyar tuzilishdagi moddalar. Sof modda va aralashmalar. Oddiy va murakkab moddalar. Kimyoviy formula va undan kelib chiqadigan xulosalar. Valentlik. Indekslar haqida tushuncha. Molekulalarning o’lchami, nisbiy va absolyut massasi. Mol va molyar massa. Moddalarning xossalari: fizik va kimyoviy o’zgarishlar. Kimyoviy reaksiya tenglamalari. Koeffitsientlar. Tarkibning doimiylik qonuni, massaning saqlanish qonuni. Ekvivalentlik qonuni va ularning o’zaro bog’lanishi. Avogadro qonuni. Molyar hajm. Avogadro doimiysi. Kimyoviy reaksiya turlari: birikish, parchalanish, o’rin olish va almashinish reaksiyalari mavzulari yoritilgan. Darslikda har bir mavzuga oid masalalar ,savol va topshiriqlar berilgan. Shuningdek, ko’rsatiladigan namoyishli tajribalar, laboratoriya tajribalari va amaliy mashg’ulotlarning mazmuni yoritilgan.
Darslikning ikkinchi bobida kislorod (6 soat), kislorod-kimyoviy element, kislorodning kimyoviy belgisi, atom massasi. kislorodning tabiatda tarqalishi, kislorod-oddiy modda, fizik xossalari, ozon-oddiy modda, kislorodning allotropik shakl o’zgarishi.Kislorodning kimyoviy xossalari. Valentligi. Kislorodning biologic ahamiyati, olinishi va ishlatilishi. Katalizatorlar haqida tushuncha. Kislorodning tabiatda aylanishi. Havo va uning tarkibi, havoni ifloslanishdan saqlash. Moddalarning toza kislorod va havo muhitida yonish tezligini taqqoslash mavzulari yoritilgan. Bobda kiclorodning olinishi, xossalarini o’rganishga doir laboratoriya tajribalari va amaliy mashg’ulotlarning mazmuni keltirilgan. Mavzuga oid testlar, hisoblashga doir masalalar berilgan.
Darslikning uchinchi bobida vodorod (4 soat), Vodorod-kimyoviy element, kimyoviy belgisi, nisbiy atom massasi, tabiatda tarqalishi. Kislotalar haqida dastlabki tushunchalar. Vodorod-oddiy modda. Uning formulasi va molyar massasi. Vodorodning fizikaviy va kimyoviy xossalari mavzulari yoritilgan.
Shunga muvofiq kimyo fanidan darslarni tashkillashtirish va olib borishda pedagogik texnologiyaning quyidagi metodlarini qo`llaganda o`quvchilarga kimyoviy bog’lanishni etkazib berish yaxshi samara beradi deb hisoblaymiz. Bunga ko`ra darsning tashkiliy qismida metod qo’llash shart emas. O’tilgan mavzuni so’rash qismida “Venn diagrammasi” va “Sinkveyn” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord” va “Zinama–zina” texnalogiyasi elementlarini, darsning yangi mavzuni mustahkamlash qismida “34 texnologiyasi” va “Tushunchalar tahlili” metodlarini, yangi mavzuni baholash qismida esa “Blits–so‘rov” va “Charxpalak” metodlarini hamda uyga vazifa berish qismida esa “FSMU” texnologiyasi elementi va “Klaster” metodlarini qo’llash dars samaradorligini oshirishga xizmat qilgan holda o`quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ilk bor kimyo fanini o‘rganayotgan o‘quvchilarda kimyoviy bog’lanish mavzusini qiyin o‘zlashtirishi pedagogik tadqiqotlarda aniqlangan. Shuning uchun kimyoviy bog’lanish mavzusini o‘qitishda quyidagi metodlarni qo‘llashni tavsiya etamiz. Bulardan biri “Auksion” metodi hisoblanadi. Bu metodning afzallik tomoni shundaki, Auksion metodining rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifaga egaligidir. Buning natijasida esa o‘quvchilarda kimyo faniga bo`lgan qiziqish uyg‘onadi hamda guruhlarda ishlash madaniyati shakllanadi. Bu metodni darsning yangi mavzuni mustahkamlash qismida qo‘llash maqsadga muvofiq. Ushbu metodni kovalent bolanish va uning xossalari mavzusini o’qitishda qo‘llab ko‘ramiz. Buning uchun o‘quvchilarni uch guruhga bo`lib har bir guruhga o‘qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan kartochkalar tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |