EVRISTIK metod-muommali o‘qitish - Evristik metod o‘qituvchining faol ishtirokida amalga oshiriladi. Misol tariqasida gologenlarning bir-biriga nisbatan aktivligini aniqlash haqidagi evristik suhbatni keltirish mumkin. Bunda o‘quvchilarning izlanishlariga doimo o‘qituvchi tomonidan aniqlik kiritilib boriladi. O‘qituvchi kaliy yodid eritmasiga kraxmal kleystrini qo‘shadi, lekin rang o‘zgarmadi. Xlorli suvga kraxmal qo‘shilganda ham rang o‘zgarmaydi. Agar probirkaga uch komponent: kaliy yodid, kraxmal kleysteri va xlorli suv qo‘shilsa, kraxmal ko‘karadi. So‘ngra o‘qituvchi tajribaning analizi bo‘yicha suhbat o‘tkazadi.
Tekshirish metodi. - Tekshirish metodida o‘quvchilarning eksperimentlari asosiy o‘rinni egallaydi. Misol tariqasida eksperimental masalalarni yechishni keltirish mumkin. Unda o‘quvchilar masalani hal qilish uchun o‘zining nazariy bilimlari va eksperiment o‘tkazish ko‘nikmalaridan foydalanadilar. Ular avval fikran eksperimentni amalga oshiradilar, tekshirish rejasini tuzadilar. Zarur holllarda o‘quv va ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Tekshirish metodida o‘quvchilardan maksimum mustaqil ishlashni talab etiladi.
Og’zaki o’qitish - Og‘zaki bayon monologik va dialogik shakllarda olib boriladi. O‘qitishning monologik shakliga, tavsiflash, izohlash so‘zlab berish, ma’ruzalar kirib, materialni bayon qilish, asosan, o‘qituvchining o‘zi tomonidan amalga oshiriladi.
- Tavsiflash. Tavsiflash metodida fandagi kuzatishlar, eksperimentlaridan olingan faktik natijalar bilan o‘quvchilar tanishtiriladi. Masalan, sanoat korxonalari chiqindilarning zararli ta’sirlaridan atrof muhitni himoya qilish usullari – biror elementning tabiatdagi aylanishi, kimyoviy jarayonning borish yo‘li, biror asbob va qurilmalarning tavsiflash va boshqalar. Bu metoda ko‘rgazmalilikdan foydalanish zarur hisoblanadi.
Izohlash. - Izohlash metodi hodisalarning mohiyatini o‘rganishda, o‘quvchilarni nazariy umumlashtirishlar bilan tanishtirishda qo‘llaniladi. Masalan, VII molekulyar ta’limot nuqtai nazardan massaning saqlanish qonunini izohlash, VIII sinfda elementlar xossalarining davriy qaytarilishi sabablarini ochib berish, reaksiyalarning qaytmaslik va qaytarlik jarayoni sabablarini bayon etish va boshqalar. Bunda ayrim faktlar va tushunchalar orasidagi bog‘lanishlar ochib beriladi. Izohlashda asosiy narsa ravonlik va aniqlikdir. U bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligini saqlash, o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan bilimlarga yondoshish, terminlarning tushunarli bo‘lishi, doskaga to‘g‘ri yozish, tushunarli misollar keltirish kabilar orqali amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |