Chunki, ya’ni, agar, garchi singari so‘zlar ergashtiruvchi bog‘lovchilardir.
Chunki, negaki bog‘lovchilari sabab bog‘lovchilari hisoblanadi. Yozuvda bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov bog‘lovchisi sanaladi. Yozuvda ya’ni bog‘lovchisidan oldin vergul qo‘yiladi.
Agar, agarda, basharti, garchi singari bog‘lovchilar shart bog‘lovchilari hisoblanadi.
ERGASHTIRUVCHI BOG’LOVCHILAR:
Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra 2 xil:
Teng bog’lovchi
ANIQLOV BOG’LOVCHISI:
ya’ni (ham bo’lakni, ham gapni bog’laydi)
|
SABAB BOG’LOVCHILARI:
chunki, negaki (faqat gaplarni bog’laydi)
|
MAQSAD BOG’LOVCHISI:
toki (faqat gaplarni bog’laydi)
|
QIYOSLASH BOG’LOVCHILARI:
go'yo, go’yoki (ham bo’lak, ham gapni bog’laydi)
|
SHART BOG’LOVCHILARI:
agar, agarda, basharti, garchi, mabodo, gar
(ham bo’lakni, ham gapni bog’laydi)
|
Ergashtiruvchi bog’lovchi
Bog’lovchilar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil:
Yakka bog’lovchilar
Takror bog’lovchilar
Bog’lovchilar mazmuniy munosabatiga ko’ra:
Teng bog’lovchilar 4 xil: Biriktiruv, zidlov, ayiruv, inkor Ergashtiruvchi bog’lovchilar 5 xil:
TENG BOG’LOVCHILAR:
Aniqlov, sabab, maqsad, qiyoslash, shart
BIRIKTIRUV BOG’LOVCHILARI:
va, hamda, bilan, ham, -u/yu –da
|
ZIDLOV BOG’LOVCHILARI:
ammo, lekin, biroq, balki
|
AYIRUV BOG’LOVCHILARI:
Yo, yoki, dam…dam, goh…goh
|
INKOR BOG’LOVCHILARI:
na…na (kesimi tasdiq(bo’lishli) bo’lishi kerak)
|
Vazifadosh bog’lovchilar
|
Yuklama bog’lovchi:
ham, na…na, -u/yu –da
(va yoki lekin ni o’rnida kelganda)
|
Ko’makchi bog’lovchi: bilan (va ni o’rnida kelganda)
|
Modal so’zlardan kelgan bog’lovchi: balki (aksincha ni o’rnida kelganda)
|
20
NAMUNAVIY TESTLAR
Vazifadosh bog'lovchi berilgan gapni toping.
Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko'rish-maydi
Xalqni qo'rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo'lgan odam marddir
Onam bilan men ertalab yo'lga chiqdik D) barcha gaplarda vazifadosh bog'lovchilar qo'llangan
Qaysi gapda ikki o'rinda bog'lovchi qo'llangan?
Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko'p ijobiy xislatlarga ega bo'lgan edi.
Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do’st bo'l.
Polvonning qo'li kuch bilan o'ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi.
Mehmonlar sut-qatiq hamda choy ichib, darhol o'tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar- uzanmas uyquga ketdilar.
Mol-u davlatingiz bilan emas, balki ilm- hunaringiz, go'zal xulq-atvoringiz. bilan faxrlaning. Ushbu gapda qanday yordamchilar qo'llangan?
2 ta bog'lovchi, 2 ta ko'makchi
2 ta bog'lovchi, 1 ta ko'makchi
1 ta bog'lovchi, 2 ta ko'makchi, 1 ta yuklama
1 ta yuklama, 2 ta ko'makchi
So‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o‘xshatish, inkor
kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi. Yuklamalarga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go‘yo, go‘yoki, naq, hech, sira, nahotki, na ... na so‘zlari;
-mi, -chi, -gina (-kina, -qina), -dir, -u, -yu, -da, -a singari qo‘shimchalar kiradi. Ularning birinchi guruhi so‘z-yuklamalar, ikkinchi guruhi esa qo‘shimcha- yuklamalar sanaladi.
-u (-yu), -da yordamchilari o‘rniga va bog‘lovchisini qo‘yish mumkin bo‘lsa,
bog‘ lovchi vazifasida, boshqa holatlarda yuklama vazifasida keladi.
-da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda, ko‘pincha uning o‘rniga ham yuklamasini qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Gapning mazmuniga so‘roq-taajjub ma’nosini yuklovchi yordamchi so‘zlarga so‘roq yuklamalari deyiladi. Yozuvda -mi yuklamasi so‘zga qo‘shib, qolgan yuklamalar esa chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
O‘zi qo‘shilayotgan so‘zning ma’nosini ayirib-chegaralab keluvchi faqat va - gina (-kina, -qina) yuklamalari ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi. Bulardan faqat sof yuklama, -gina (-kina, -qina) vazifadosh yuklamadir.
Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab keluvchi yuklamalar kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari hisoblanadi.
Hatto, nahotki, ham, g‘irt singari so‘zlar, -ku, -u (-yu), -da, -oq (-yoq) qo‘shimchalari kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridir. Yozuvda -ku, -u (-yu), -da yuklamalari chiziqcha bilan, -oq (-yoq) yuklamasi esa qo‘shib yoziladi.
So‘z yoki gapga o‘xshatish-qiyoslash ma’nosini yuklovchi xuddi, go‘yo(ki) kabi yordamchi so‘zlar o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi. Shuningdek, ular ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida ham kelishi mumkin.
Gap mazmuniga gumon ma’nosini yuklovchi –dir qo‘shimchasi gumon yuklamasi hisoblanadi. Bu yuklama -man, -san qo‘shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo‘shimchasi -dir bilan shakldoshdir. -dir yuklamasi urg‘u olmaydi.
Gap mazmunidagi inkor ma’nosini uqtiruvchi hech, sira, na...na kabi so‘zlar inkor yuklamalari sanaladi. Bunday yuklamalar qo‘llanganda, gapning kesimi inkor shaklida bo‘ladi.
Yuklamalar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil:
so’z yuklama 2) qo’shimcha yuklama
Yuklamalar qanday yozilishiga ko’ra 2 xil:
so’zga qo’shib yoziladigan yuklama
so’zdan chiziqcha bilan yoziladigan yuklama
SO’ROQ – TAAJJUB YUKLAMALARI: -mi, -chi, -a(ya)
KUCHAYTIRUV-TA’KID YUKLAMALAR: hatto, -ku, -u(yu), -da, g’irt
AYIRUV-CHEGARALOV YUKLAMALAR: Faqat, gina, atigi, xolos 4.O’XSHATISH-QIYOSLASH YUKLAMA: go'yo, go’yoki, xuddi, naq
GUMON YUKLAMASI: -dir (so’roq olmoshiga qo’shilmaydi)
INKOR YUKLAMASI: hech, sira, na…na
(kesimi inkor(bo’lishsiz) bo’lishi kerak) NAMUNAVIY TESTLAR
1) naq; 2) hatto; 3) g'irt; 4) hech; 5) sira; 6) -oq (- yoq); 7) -u (-yu); 8) ham; 9) -a (-ya); 10) nahotki. Berilgan yuklamalardan kuchaytiruv-ta'kid yuklamalarini belgilang.
A) 2, 3.6, 7, 8,10 B) 1, 2, 6, 7,10
C) 2, 5, 6, 7.8 D) 2, 4, 5, 8,10
O'rtada bo'lsin uchun qadr ham izzat
Ayriliq va o'lim yaralganmi yo? Ushbu misralarda berilgan yordamchi so'zlar turi va miqdorini toping.
bitta yuklama, uchta teng bog'lovchi
bitta ko'makchi, ikkita biriktiruv bog'lovchisi, bitta ayiruv bog'lovchisi, bitta yuklama
bitta ko'makchi, bitta yuklama, ikkita teng bog'lovchi D) bitta yuklama, ikkita teng bog'lovchi
Gaplarning qaysi birida yuklama ishtirok etmagan?
Haykal ham qo'yingiz bamisli xayol
Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir
U o'z ishini sira vaqtida qilmaydi
Nihoyat, unday inson ham ko'rindi 4.Yuklama qatnashgan gapni toping.
Abdumalik ota nevaralarim yeyishar deb, bahorda ko'chat ekadi
Poytaxtida, ya'ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko'p
Bu xabar unda hech qanday noroziiik tug'dirmadi D) U bu gapni sira kutmagandi, tok urgandek eti jimirlashib ketdi
UNDOV SO‘ZLAR His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirishni ifodalovchi so‘zlar undov so‘zlar sanaladi. Undovlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) his-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari. Yozuvda undov so‘zlardan keyin vergul qo‘yiladi. Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin vergul qo‘yilmaydi: Ey Karim, bu yerga kel.
His-hayajon undovlari kishining quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g‘azab-nafrat, og‘riq singari hissiyotlarini ifodalaydi. His-hayajon undovlarining o‘zi undov gap bo‘lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday gaplar oxiriga doimo undov belgisi qo‘yiladi.
Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to‘xtatish uchun qo‘llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari hisoblanadi.
TAQLID SO‘ZLAR Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar hisoblanadi. Taqlid so‘zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar; 2) holatga taqlid so‘zlar. Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‘zlar tovushga taqlid so‘zlar sanaladi. Masalan, g‘a-g‘a (o‘rdak ovoziga taqlid), di-dit (mashina signaliga taqlid).
Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‘zlar holatga taqlid so‘zlar hisoblanadi. Masalan, lip-lip (chiroq holati), jimir-jimir (suv holati).
Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‘zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo‘lgan taqlid so‘zlar takroriy taqlid so‘zlar sanaladi. Masalan: gumbur-gumbur, gurs-gurs, chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq.
Takroriy taqlid so‘zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
MODAL SO‘ZLAR Ifodalanayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish kabi) bildirgan so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi.
Modal so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlardan vergul bilan ajratiladi.
Modal so‘zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish fikrning tartibi, xulosasi
kabi ma’nolarni bildiradi.
Modal so‘zlar ham sof modal so‘zlar va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Faqat modal ma’no uchun xoslangan so‘zlar sof modal so‘zlar sanaladi: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan kabi. (aaaaa hd shk mx)
Modal ma’noda ham qo‘llangan aftidan, chamasi, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi.
TASDIQ VA INKOR SO‘ZLAR
Ha, xo‘p, mayli singari so‘zlar tasdiq so‘zlar; yo‘q, mutlaqo singari so‘zlar inkor
so‘zlar sanaladi. Bunday so‘zlar dialogik nutqda -mi so‘roq yuklamasi orqali ifodalangan so‘roq gaplarning javobi bo‘lib keladi.
TESTLAR
1.1) naq; 2) hatto; 3) g'irt; 4) hech; 5) sira; 6) -oq (- yoq); 7) -u (-yu); 8) ham; 9) -a (-ya); 10) nahotki. Berilgan yuklamalardan kuchaytiruv-ta'kid yuklamalarini belgilang.
A) 2, 3.6, 7, 8,10 B) 1, 2, 6, 7,10
C) 2, 5, 6, 7.8 D) 2, 4, 5, 8,10
2. Sof ko'makchi qo'llangan gapni toping.
Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar
Gap futbol o'yini ustida ketardi
Gapirishdan avval yaxshilab o'ylash lozim
Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi 3.Qaysi qatorda vazifadosh ko'makchi otlashgan so'zdan keyin qo'llangan?
A) Insonning fe'l-atvoriga qarab unga baho berishadi B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilaming ishi emas
To'ydan keyin nog'ora chal- moq - nodonlar ishi
Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi
Vazifadosh bog'lovchi berilgan gapni toping.
Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko'rish-maydi
Xalqni qo'rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo'lgan odam marddir
Onam bilan men ertalab yo'lga chiqdik D) barcha gaplarda vazifadosh bog'lovchilar qo'llangan
Qaysi gapda uchta o'rinda yordamchi so'z turkumiga oid birliklar qo'llangan?
Men ham eshitgan va ko'rganimni aytaman-da, jo'ra
Yupanch topdingmi dunyoga kelib. Ustoz yo shogirddan, yoki tengdoshdan
Biladilar-da bu kishi. Yovlar bilan olishgan-a D) berilgan barcha gaplarda
O'rtada bo'lsin deb qadr ham izzat Ayriliq va o'lim yaralganmi yo?
Ushbu misralarda berilgan yordamchi so'zlar turi va miqdorini toping.
bitta yuklama, uchta teng bog'lovchi
bitta ko'makchi, ikkita biriktiruv bog'lovchisi, bitta ayiruv bog'lovchisi, bitta yuklama
bitta ko'makchi, bitta yuklama, ikkita teng bog'lovchi
bitta yuklama, ikkita teng bog'lovchi 7.Qaysi gapda ko'makchi mavjud emas?
A) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas B) Fursat g'animatdir, shoh satr-la bezamoq chog'idir umr daftarin
Badia bilan Ma'suma beka arava tagiga kirib yashirindi
Otni soy bo'yiga bog'ladi-da, o'zi yuqoriga chiqib ketdi
8.Gaplarning qaysi birida yuklama ishtirok etmagan?
Haykal ham qo'yingiz bamisli xayol
Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir
U o'z ishini sira vaqtida qilmaydi
Nihoyat, unday inson ham ko'rindi 9.Yuklama qatnashgan gapni toping.
Abdumalik ota nevaralarim yeyishar deb, bahorda ko'chat ekadi
Poytaxtida, ya'ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko'p
Bu xabar unda hech qanday noroziiik tug'dirmadi D) U bu gapni sira kutmagandi, tok urgandek eti jimirlashib ketdi
Quyidagilardan qaysi biri yuklama?
1) balki; 2) nahotki; 3) nihoyat;
4) axir; 5) agar; 6) hech; 7) sira
A) 2,4, 6, 7 B) 1,2,4, 7 C) 2, 3.5, 6 D) 2, 3,4, 7
Qaysi gapda ham yuklamasi bog'lovchi vazifasida qo'llangan?
Sekin unga yaqin bordim, bu manzara bizning ko'ngilga yaqinda.
Men ham eshitgan va ko'rganimni aytaman-da, jo'ra
O'zi balo tog'lning boshida o'tirarmish kun-u tun, yoz ham qish
barcha javoblarda yuklama sifatida qo'llangan 12.Yarim ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishimizni talab qiladilar. Ushbu gapdagi ko'makchining ma'no turini belgilang.
A) maqsad ma'nosi B) yo'nalish ma'nosi
C) chegara ma'nosi D) fikr mavzusi ma'nosi 13.O'xshatish, qiyoslash ma'nosini ifodalovchi ko'makchini toping.
yanglig' B) qarab C) qadar D) to'g'risida 14.Ko'makchilar qaysi kelishik shakllaridagi ismlar bilan qo'llanishi mumkin?
bosh kelishik; 2) qaratqich kelishigi;
3) jo'nalish kelishigi; 4) tushum kelishigi;
5) o'rin-payt kelishigi; 6) chiqish kelishigi A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 6 D) 3,4, 5
Faqat o'tmish bilan yashamas inson, Garchand bo'lolmaydi hech undan ozod. Kechagi g'animni o'ylasa obdon Bukchayib qolardi bugun odamzod
Ushbu she'riy parchadagi yordamchi so'z turkumlariga mansub so'zlar miqdori qaysi javobda to'g'ri berilgan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta
Qiyoslash ma'nosiga ega bo'lmagan ko'makchini toping.
A) kabi B) tufayli C) singari D) yanglig'
Yordamchi so’zlarga qaysi so’z turkumlari kiradi?
A) Ko’makchi, bog’lovchi, modal so’z B) Yuklama, Bog’lovchi, Ko’makchi
Taqlid so’z, Yuklama, Sifatdosh
Omonim so’zlar, Yuklama, Undov so’zlar
Sof ko’makchilar berilgan qatorni toping? A)bilan, uchun, kabi B)sari, singari, ost C)avval, uchun, bilan D)Yanglig’, haqida, ko’ra
Bilan, uchun so’zlarini qisqa formasini toping? A)-un -lan B)-chun, -la C)ila, chunki D)-la, ila
O’xshatish qiyoslash ko’makchisini toping? A)Kabi B)Uchun C)Bilan D)ilgari
Ko’makchili gapni toping?
A) Devorning usti nurab tushdi B) Uyning ustida rosa talashishdi
“Besh bolali yigitcha”ni oldim
Kecha erta uxlab qolibman
Inkor bog’lovchisi ishlatilganda gapning kesimi qanday bo’lishi kerak?
A) Majhul nisbatda B) Bo’lishli
C) Bo’lishsiz D) O’zlik nisbatda
Vazifadosh bog’lovchilarni toping? A)va, goh, balki B) ham, hamda, lekin C)ham, balki, bilan D)lekin, ammo, biroq
Sof biriktiruv bog’lovchilarini toping? A)Va, ham, bilan B)Bilan, ham
C)va, ham, hamda D)va, hamda
Shart bog’lovchilarini ko’rsating? A)toki, agar B)garchi, basharti C)mobodo, chunki D)lekin, agar
Aniqlov bog’lovchisini toping?
A)ya’ni B)ki, bilan C)kim, va D)-ki, ham
So’zga qo’shib yoziladigan yuklamalar qaysilar? A)-mi, -gina,-oq B)-chi, -ki
C) –dir, -chi D)-da, -ki
O’xshatish qiyoslash yuklamalarini toping? A)xuddi, g’irt B)go’yo, bamisli
C)-chi, ham D)-ki, -mi
Faqat so’zlardan (1) va qo’shimchalardan(2) iborat yuklamalarni toping?
A)1-gumon, 2-ayiruv B)1-o’xshatish, 2-gumon C)1- ayiruv, 2-ta’kid D)1- takid, 2-o’xshatish
Chiziqcha bilan ajratilib yoziladigan yuklamalar qaysilar?
A)-chi, -ku, -da B)-ku, -mi, -a
C)-a, -gina, -dir D)-a, -mi
“Faqat” yuklamasi bilan sinonim qo’shimcha yuklamani toping?
A)-gina B)-mi C)-chi D)-a(ya)
Yuklama bog’lovchi vazifasida kelgan gapni toping?
A) O’qidi ham yozdi B)Buni davosi shu-da!
C) Men ham o’qimoqchiman D)G’irt otasiday.
Qaysi javobda keltirilgan vazifadosh bog'lovchilardan keyin vergul qo'yilishi mumkin?
-u(-yu), -da, -ku, ya'ni
ammo, lekin, biroq, balki
-u (-yu), -da, balki D) -u(-yu), -da
Qaysi gapda ikki o'rinda bog'lovchi qo'llangan?
Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko'p ijobiy xislatlarga ega bo'lgan edi.
Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar bilan do st bo'l.
Polvonning qo'li kuch bilan o'ziga tortar, ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi.
Mehmonlar sut-qatiq hamda choy ichib, darhol o'tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib kelganlari uchun uzanar- uzanmas uyquga ketdilar.
Qaysi javobda vazifadosh zidlov bog'lovchilari keltirilgan?
A) -u, -yu, -da, ba'zan B) -u, -yu, -da. balki
C) -u, -yu, -da, na ... na D) -u, -yu, -da, xoh
Qaysi qatorda nuqtalar o'rniga jo'nalish, chiqish va uchun ko'makchisini o'zaro sinonim sifatida ishlatish mumkin?
A) maktab ... kerak B) u ... yaxshi
C) kelgani... xursand D) hamma ... foydali
Quyidagi ko'makchilardan qaysi biri qarab ko'makchisiga sinonim bo'la oladi?
1) doir; 2) tomon; 3) sari
A) 2,3 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 2
Qaysi gapda sof ko'makchi ishtirok etmagan? A) Toshbaqa uyasi tomon sudraldi.
Vatan ham Ona kabi qadrlidir.
Bu uchun hammamiz ancha gap eshitamiz.
Yangiliklarni xat bilan ma'lum qilib turamiz.
Gumon yuklamasi va orttirma nisbat qo'shimchasi kesimlik ko'rsatkichi bo'lib kela oladigan morfemani aniqlang.
A) alla- B) –t C) balki D) –dir
Gumon yuklamasi ishtirok etgan gapni toping.
Suv hayot manbayidir.
"O'lsa o'lgandir, bunga nima janjal!" - deb qo'ydi tag'in birov.
Bu erk va vafodorlikka chorlovchi madhiyadir.
U musobaqa g'olibidir.
Men-ku bu haqda o'ylab ko'rdim. Siz-chi? Ushbu gapda yuklamaning qaysi turlari ishlatilgan?
ayiruv- chegaralov, so'roq yuklamalari
so'roq, taajjub yuklamalari
kuchaytiruv- ta'kid, so'roq yuklamalari
gumon, so'roq yuklamalari
Moziylar sasiga quloq tutgum jim, ustun bo'lgan emas dunyoga hech kim. Ushbu gapda qaysi turkumga mansub so'z mavjud emas?
A) olmosh B) fe'l C) ravish D)yuklama
Bir boshing uchun muncha harakat qilasan! Sen ham men kabi rohatda yashasang bo'lmaydimi, chunki mening hayotimda hcch bir mashaqqat yo'q. Ushbu ikki gapda qanday yordamchilar ishtirok etgan?
2 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 2 ta yuklama
1 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 2 ta yuklama
2 ta ko'makchi, 1 ta bog'lovchi, 3 ta yuklama
2 ta ko'makchi, 2 ta bog'lovchi, 1 ta yuklama
Mol-u davlatingiz bilan emas, balki ilm- hunaringiz, go'zal xulq-atvoringiz. bilan faxrlaning. Ushbu gapda qanday yordamchilar qo'llangan?
2 ta bog'lovchi, 2 ta ko'makchi
2 ta bog'lovchi, 1 ta ko'makchi
1 ta bog'lovchi, 2 ta ko'makchi, 1 ta yuklama
1 ta yuklama, 2 ta ko'makchi
1) tomon; 2) qarab: 3) sari; 4) bo'ylab;
5) sayin. Yo'nalish ma'nosini bildiruvchi sof ko'makchilar qaysi bandda berilgan?
A)l, 2,4,5 B)1,2,3,4 C)faqat3 D)3,4
Qaysi gaplarda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan?
Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas.
Barchasidan qovun saz, Paykal uzra dumalar.
To'ydan keyin nog'ora chalmoq nodonlar ishi.
Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi.
A)l,2,3,4 B) 1,2, 3 C)l,2,4 D)l,3,4
Qaysi kelishik qo'shimchasi yo'nalish ma'nosida tomon, bo'ylab ko'makchilari bilan ma'nodosh hisoblanadi?
A) tushum B) jo’nalish C) o' rin-payt D) chiqish
Qaysi gapda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan?
Oyni etak bilan yopib bo'lmas.
Devordan bo’ylab qaradi.
Ko’cha boshida uch kishi turardi.
A) 1,2,3 B) 2, 3 C) faqat 3 D) faqat 2
49. Ko'makchi qo'llangan gaplarni aniqlang.
1. U o'qib bo'ldi. 2. U men bilan borib keldi.
3. U biz tomon asta yurib keldi. A) 1,2,3 B)2,3 C) faqat 1 D)l,3
Qancha yo'llar bosdim, gohida toldim,
Lekin xalq nomiga yuqtirmadim gard. (Mirtemir) Ushbu she'riy parchada qanday bog'lovchilar ishtirok etgan?
A) biriktiruv va zidlov B) ayiruv va zidlov
C) ayiruv D) zidlov
Ajratib ko'rsatilgan so'z haqidagi to'g'ri hukmni toping.
Qur-ey! Qur-ey! Jimgina quloq soldi.
A) taqlid so'z B) undov so'z
C) mustaqil so'z D) modal so'z
Kishilaming undov so'zlar orqali ifodalangan his-hayajonini, buyruq-xitobini tasvirtash uchun undov so'zlarga qanday so'zlar qo'shilib kelib qo'shma fe'llar hosil qiladi?
demoq, solmoq, urmoq, tortmoq
uzmoq, urmoq, turmoq
aytmoq, qilmoq, tashlamoq, qotmoq
qaramoq, demoq, qaytmoq, ayttirmoq
Balli, ofarin kabi so'zlar qaysi so'z turkumiga mansub?
A) kirish so'z B) taqlid so'z
C) modal so'z D) undov so'z
Tovushga taqlidni bildiruvchi taqlid so'z qaysi gapda mavjud?
Namiqqan shuvoqlar oldin tutab yaxshi yonmasa ham, keyinroq chars-churs uchqun sochdi-da, axiyri gurullab ketdi
Boshidagi toj yal-yal yonarmish
Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko'tarishga yaramasdi
Namoz g'azabi oshib, dag'- dag’ qaitiray boshladi 55.Afsuski, endi men ketaman.
Bu gap qaysi so'z turkumlaridan tashkil topgan?
A) undov so'z, ravish, olmosh, fe'l B) modal so'z, ravish, olmosh, fe'l
kirish so'z, ravish, olmosh, fe'l
undov so'z, hol, ega, kesim
Quyida necha o'rinda modal so'z berilgan? Darhaqiqat, misoli, avvalo, demak, deya, xayriyat, xo'sh, umuman, nahotki, deb, ko'ra.
5 ta B) 6 ta C ) 7 ta D) 8 ta
Qaysi qatorda sof modal so'zlar berilgan? A) haqiqatan, darhaqiqat, avvalo, albatta
haqiqatan, darhaqiqat, taxminan, umuman
ehtimol, chamasi, balki. shubhasiz
avvalambor, ehtimol. taxminan 58.Qaysi gapda hay-hay undov so'zi fikrdan qaytarish ma'nosini ifodalaydi?
A) Hay-hay, qanday mazali B) Hay-hay, tegma
C) Hay-hay, yigitlar bu yoqqal D) Hay-hay, shakkoklik qilmang
To'g'ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim. Lekin, chamasi, kursdoshlar orasida yolg'izlanib qolish, ming bir ta'nalarni eshitishdan ham qo'rqdim, shekilli. Ushbu gapda nechta modal so'z qatnashgan?
A) 1 ta B) 2 ta C)3ta D) 4 ta .
Taqlid so'zlarning tuzilishi haqidagi to'g'ri hukmni toping.
Taqlid so'zlar sodda va takroriy bo'ladi
Taqlid so'zlar sodda, juft va takroriy bo'ladi
Taqlid so'zlar sodda va juft bo'ladi
Taqlid so'zlar sodda, qo'shma, juft va takroriy bo'ladi
Ishonch munosabatini bildiradigan modal so'zni toping.
A) albatta B) darhaqiqat C) haqiqatan D) A,B,C 62.Fikrning dalillanishini bildiradigan modal so'zni toping.
A) demak B) jumladan C) xullas D) umuman 63.Vazifadosh modal so'zni toping.
A) shekilli B) ehtimol C) attang D) avvalo
64. Sof modal so'zlarni toping.
1) haqiqatan; 2) afsuski; 3) ehtimol; 4) masalan;
5) balki; 6) shubhasiz; 7) avvalambor; 8) taxminan A) 3,5,6 B) 1,2,4,7 C) 1,2,4,7,8 D) hammasi 65.Vazifadosh modal so'zlarni toping.
1) haqiqatan; 2) afsuski; 3) ehtimol; 4) masalan;
5) balki; 6) shubhasiz; 7) avvalambor; 8) taxminan A) 3, 5, 6 B) 1,2,4,7 C) 1,2,4, 7,8 D) hammasi
Fikrning tasdig’ini bildiruvchi modal so’zlar qaysi?
darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda
albatta, shaksiz, shubhasiz
afsus, attang, essiz D) shekilli, chamasi, chog’i
Qaysi javobda gumon munosabatini beruvchi sof modal so’z berilgan?
ehtimol B)chamasi C)shekilli D)aftidan
Qaysi gapda modal so’z ishlatilgan? A)Hoy! bu yoqqa kel!
Avvallari bu yerlar cho’l edi
Avvalo, asarning nomiga e’tibor qarataylik D)Ehtimoli to’g’ri chiqdi
Jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llaniluvchi ko’makchilarni toping? A)tomon, qadar, tashqari
tomon, ko’ra, qaramay
yarasha, uchun, muvofiq D)doir, asosan, bilan
Ko’chadan otlarning dupur-dupuri eshitildi Yuqoridagi gapda qaysi so’z turkumi otlashgan? A)Ko’makchi B)Modal so’z C)Holatga taqlid so’z D)Tovushga taqlid so’z
Fikrning dalillanishini bildiruvchi modal so'z qaysi bandda qatnashgan?
Avvalo, insonning qalbi go'zal bo'lmog'i kcrak,
Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
Abduqodirni tomog'iga bir narsa tiqildi, shekilli, gapirolmadi.
Masalan, men dunyodagi eng kamtar odamman.
Axir, oriyat o'zbekning vijdoni emasmi? Ushbu gapda kirish so'z qaysi turkum bilan ifodalangan?
A) sof modal so'z B) zidlov bog'lovchisi C) kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi
D) vazifadosh modal so'z
Modal so'zlar sonini aniqlang.
1) attang, 2) faqat; 3) birdan; 4)aftidan; 5) masalan;
6) chamasi; 7) nahotki; 8) jumladan; 9) biroq;
10) ehtimol. A) 7 ta B) 5 ta C)6ta D)8ta
Modal so`zni toping.
A) avvalo B) alvido C) allo D) aslo
Bay-bay-bay, bugungi to`ydagi hashamatni qarang, Halimaxon, naq saroyning o`zi. Berilgan gapda qaysi turkumga mansub so`z mavjud emas? A) modal so`z B) yuklama
C) undov so`z D) sifat
Tarkibida sof modal so`z ishtirok etgan gapni toping.
Men, shubhasiz, bu haqda do`stimga xabar beraman.
Onajonim, bir kun men ham shoir bo`larman.
Aftidan, G`ulomjon bu g`alvalarni ataylab boshlagan.
Ota-onam, avvalo, men bilan maslahatlashishadi.
balki modal so`zi gapda yana qanday vazifani bajarishga xizmat qiladi?
A) ko`makchi B) yuklama
C) gumon olmoshi D) bog`lovchi
Vazifadosh bog`lovchilar qaysi so`z turkumlaridan olingan?
1) yuklama; 2) ko`makchi; 3) modal so`z; 4) undov so`z A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4
Davradagilar shivir-shivir gap boshlashdi.
Yuqoridagi gapda shivir-shivir so`zi qaysi so`z turkumiga mansub?
A) sifat B) ravish C) taqlid so`z D) modal so`z
Ehtimol, bugun tushlikdan so’ng u kelib qolar. Ushbu gapda kirish so`z qaysi modal so’z bilan ifodalangan?
A) gumon B) tasdiq C) ishonch D) achinish
Taqlid so’z qatnashmagan qatorni belgilang.
Boshidagi toj yal-yal yonarmish.
Allaqayerdan qizlarning qahqahasi eshitildi.
Dupur-dupur ot keldi, Ko’chaga qarang, kim keldi.
Apil-tapil chaynadi u, Loy ekan , vuy, tfu, tfu.
Holatga taqlid bildiruvchi so’zlar qatorini toping.
chip-chip, tap-tap, g’ir-g’ir
dir-dir, chars-churs, taq-tuq C) dag’-dag’, yal-yal, lip-lip
D) qiy-chuv, duk-duk, di-dit
Fikrning dalillanishini ifodalaydigan modal so’z qaysi qatorda qo’llangan?
Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i lozim.
Shubhasiz, biz g’olib chiqamiz.
Barchamiz, jumladan, o’qituvchimiz ham boradilar.
Xullas, biz ulug’ odamlarning faqzandlarimiz.
Faqat sof modal so’zlardan iborat qatorni toping. A) attang, albatta, koshki, shekilli
shubhasiz, avvalo, xullas, taxminan
balki, ehtimol, haqiqatan
darhaqiqat, umuman, aytishlaricha, chamasi
Do'stlaringiz bilan baham: |