Olmosh + payt/o’rin = ravish
U yer, bu yer = bular ravish, olmosh emas
Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana kabi so‘zlar ko‘rsatish olmoshlari sanaladi. Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan bu olmoshlar og‘zaki nutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishi mumkin. Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda, «n» tovushi orttiriladi: shu+n+ga, bu+n+da, bu+n+ im, o‘sha+n+ga kabi.
UNING=UNING
Uning odam bo’lmaydi = Kiming?
U+ing=Uning (bitta n ortgan) Uning kitobi = Kimning?
U+ning=Uning (qaratqich, n ortmagan)
Bu olmoshlar egalik qo’shimchasini olmaydi: bizim, sizing.
U=kim so’rog’iga javob bo’lsa kishilik U=qaysi so’rog’iga javob bo’lsa ko’rsatish U keldi – Kim?=kishilik
U kishi keldi – Qaysi kishi?=ko’rsatish
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi. So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi. Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u, ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular ko‘plik ma’nosini bildiradi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi. Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda, kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan: Mening uyim o‘rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdim o‘rniga Biz g‘olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi. Masalan: Sen kelding o‘rniga Siz keldingiz, U keldi o‘rniga Ular keldilar. Siz hurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun unga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: Sizlarga doimo baxt yor bo‘lsin. Men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda, bir n tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi.
Kishilik olmoshlari o‘rnida qo‘llanilib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan predmetni
ko‘rsatuvchi o‘z so‘zi o‘zlik olmoshi sanaladi. O‘zim, o‘zing, o‘zi so‘zlari ba’zan egalik qo‘shimchalariga mos kishilik olmoshlari bilan mening o‘zim, sening o‘zing, sen o‘zing, uning o‘zi, u o‘zi tarzida qo‘llanadi va bu vaqtda ko‘pincha kishilik olmoshlariga ta’kid ma’nosi yuklanadi.
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi. So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Siz qaysi kitoblarni o‘qigansiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |