7 ona tili javobi docx



Download 1,52 Mb.
bet8/12
Sana01.01.2022
Hajmi1,52 Mb.
#288702
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7 - ona tili JAVOBI

Tushum kelishigi shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga bog‘lanadi.

Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonma-yon turganda, ko‘pincha tushum kelishigi qoshimchasi tushib qoladi. Masalan: Kitobni o‘qidim – Kitob o‘qidim. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa bir so‘z ishlatilsa, tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo‘lsa,


tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qolmaydi. Tushum kelishigidagi so‘z gapda doimo toldiruvchi vazifasida keladi.


Egalik qo‘shimchasini olgan ismlarga bog‘lanuvchi so‘z qaratqich kelishigi shaklida, o‘timli fe’llarga bog‘lanuvchi so‘z tushum kelishigi shaklida keladi.



Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerga? so‘rog‘iga

javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanadi.


Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k,q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, -ka, -qa shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. G‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, masalan, tog‘+ ga > toqqa tarzida -qa shaklida talaffuz qilinsa ham, -ga tarzida yoziladi.

O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning o‘rnini bildiradi. Bunday otlar gapda o‘rin holi vazifasida keladi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimda? nimada? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda toldiruvchi vazifasida keladi.


Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi. Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va payt holi vazifasida keladi. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan? nimadan? so‘roqlariga javob bo‘ladi va toldiruvchi bo‘lib keladi. Ba’zan ayrim otlar, sifatdoshlar va boshqa so‘zlarga qo‘shilib, nima sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sabab holi vazifasida keladi.

Ba’zan tushum kelishigi o‘rnida chiqish kelishigi shakli ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi.




ni - dan

Uzumni yedi – uzumdan yedi

ni - ga

otni mindi – otga mindi

ni - da

dalani aylandi – dalada aylandi

ning - dan

kelganlarning biri – kelganlardan biri

ga - dan

kelganingga xursandman – kelganingdan xursandman

ISMLARNI KESIMGA XOSLOVCHI SHAKLLAR


Kesim ega bilan shaxs va sonda moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar shaxs-sonni bildiruvchi maxsus -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shimchalari, shuningdek, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq; edi, ekan, emish, emas so‘zlari vositasida ega bilan moslashadi. Ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi bunday vositalar BOG‘LAMALAR hisoblanadi. Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, shart so‘zlari bo‘lganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi egalik qo‘shimchalari harakat nomiga qo‘shiladi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish