Sof ko‘makchilar sanaladi. Bilan, sari, sayin, uchun, kabi, qadar, singari, uzra, tufayli, haqida kabi ko‘makchilar shular jumlasidan. Sof ko‘makchilar urg‘u olmaydi. Urg‘u ko‘makchi bilan birga kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Shuning uchun ko‘makchi ohang tomonidan o‘zidan oldingi so‘z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko‘makchi doimo ajratib yoziladi. Ba’zan bilan, uchun ko‘makchilari badiiy uslubda -la, ila, birla, -chun shaklida qo‘llanadi. -la, -chun chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Vazifadosh ko‘makchilar: ost, yon, ust, old, orqa, ro‘para, qosh ot so‘z turkumidan, oldin, avval, keyin, so‘ng, tomon ravish so‘z turkumidan, bo‘ylab, qarab, ko‘ra, deya, deb, atab fe’l so‘z turkumidan hosil bo‘lgan. Bunday so‘zlar ko‘makchi vazifasida kelganda, o‘z ma’nosini yo‘qotadi, shuning uchun ma’lum so‘roqqa javob bo‘lmaydi. O‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birgalikda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi. Ko‘makchilar yetakchi so‘zga bog‘lanib, unga turli qo‘shimcha ma’nolar yuklaydi.
Sababli, tufayli sabab ma’nosini, uchun sabab va maqsad ma’nosini; tomon, qarab, sari, bo‘ylab yo‘nalish ma’nosini; haqida, to‘g‘risida ko‘makchilari mavzu ma’nosini; kabi, singari ko‘makchilari o‘xshatish, qiyoslash ma’nosini; qadar ko‘makchisi chegara ma’nosini beradi.
-dek qo‘shimchasi narsa-hodisa, belgi-xususiyatga o‘xshatishni ifodalaydi va shu ma’noda kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari bilan ma’nodoshlikni hosil qiladi. Jo‘nalish kelishigi (-ga) qo‘shimchasi yo‘nalish ma’nosida tomon, bo‘ylab ko‘makchilari bilan ma’nodoshdir.
Sababli, tufayli --- SABAB
Uchun --- SABAB, MAQSAD, YO’NALGANLIK, ATALGANLIK
Tomon, qarab, sari, bo’ylab --- YO’NALISH Haqida, to’g’risida --- FIKR MAVZUSI Kabi, singari --- O’XSHATISH
Qadar --- CHEGARA
Bilan, orqali --- VOSITA
Bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin, bo‘ylab kabi ko‘makchilar bosh kelishik
shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Ko‘ra, qaramay, yarasha, asosan, doir, muvofiq kabi ko‘makchilar jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Tomon ko‘makchisi bosh va jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. Keyin, bo‘lak, boshqa, o‘zga, tashqari, buyon, oldin, boshlab, avval kabi ko‘makchilar chiqish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi.
Ko’makchilar 4 ta kelishikda ishlatiladi: BOSH: bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin
JO’NALISH(-ga+): ko’ra, qaramay, yarasha, doir CHIQISH(-dan+): keyin, bo’lak, boshqa, o’zga QARATQICH(-ning+): oldi, osti, usti…
Old, ost, ust singari vazifadosh ko‘makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. Bunday hollarda ba’zan kelishik qo‘shimchasi qo‘llanmasligi ham mumkin.
NAMUNAVIY TESTLAR
Sof ko'makchi qo'llangan gapni toping.
Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar
Gap futbol o'yini ustida ketardi
Gapirishdan avval yaxshilab o'ylash lozim
Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi
Qaysi qatorda vazifadosh ko'makchi otlashgan so'zdan keyin qo'llangan?
A) Insonning fe'l-atvoriga qarab unga baho berishadi B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilaming ishi emas
To'ydan keyin nog'ora chal- moq - nodonlar ishi
Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi
Yarim ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo’lishimizni talab qiladilar.
Ushbu gapdagi ko'makchining ma'no turini belgilang.
A) maqsad ma'nosi B) yo'nalish ma'nosi
C) chegara ma'nosi D) fikr mavzusi ma'nosi
BOG‘LOVCHILAR Ikki va undan ortiq gap bo‘lagi yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi deyiladi. Masalan: va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo... yo, dam... dam, goh... goh singari. Vazifasiga kora bog‘lovchilar teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi. O‘zaro teng munosabatdagi gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lab keluvchi bog‘lovchilar TENG BOG‘LOVCHILAR hisoblanadi. Teng bog‘lovchilar gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lash bilan birga ular o‘rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro‘yobga chiqaradi. Shunga ko‘ra teng bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
biriktiruv bog‘lovchilari: va, hamda, bilan, ham;
zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq;
ayiruv bog‘lovchilari: yoki, yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam, bir ... bir, ba’zan ... ba’zan, xoh ... xoh; 4) inkor bog‘lovchisi: na ... na. Bog‘lovchilar ham xuddi ko‘makchilar singari sof va vazifadosh turlarga bo‘linadi. Faqat bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so‘zlar sof bog‘lovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq kabi. Bir o‘rinda bog‘lovchi, boshqa o‘rinda ko‘makchi, yuklama yoki modal so‘z vazifasida keluvchi bog‘lovchilar vazifadosh bog‘lovchilar sanaladi. Masalan: Yozda Buxoroga qarindoshlarimizni ko‘rgani bordik ham (bog‘lovchi) tarixiy obidalarni tomosha qildik. Bilimli kishi o‘lsa ham (yuklama) uning nomi o‘ch-maydi...
Teng munosabatdagi gap bo‘laklarini va gaplarni o‘zaro biriktirib keluvchi bog‘lovchilar biriktiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Biriktiruv bog‘lovchilariga va, hamda sof bog‘lovchilari, bilan ko‘makchi-bog‘lovchisi, -u (-yu), -da, ham yuklama-bog‘lovchilari mansubdir. Bulardan ham bog‘lovchi vazifasida yakka va takror holda qo‘llaniladi. -u (-yu), -da o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratiladi.
O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko‘rsatuvchi bog‘lovchilar ayiruv bog‘lovchilari hisoblanadi. Masalan: yo, yoki, yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam, ba’zan ... ba’zan, bir ... bir kabi. Takror qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchisi oldidan yozuvda vergul qo‘yiladi.
O‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uyushiq bo‘laklar yoki gaplarni bir-biriga bog‘lab keluvchi ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari zidlov bog‘lovchilari sanaladi. Balki so‘zi ko‘pincha zidlov bog‘lovchisi vazifasida qo‘llanadi.
Masalan: Bu jarang-jurung ovozlar uning g‘ashini keltirmas, balki xayolini chalg‘itib, unga orom bag‘ishlardi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi.
Uyushiq bo‘lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog‘lovchi na... na yordamchisi inkor bog‘lovchisi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida bo‘ladi. Na... na yuklama vazifasida ham kelishi mumkin. Bunda gapning kesimi inkor shaklida bo‘ladi.
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra yakka va takror bog‘lovchilarga bo‘linadi. Va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo kabi bog‘lovchilar yakka, yo... yo, dam... dam, goh... goh bog‘-lovchilari esa takror bog‘lovchilar sanaladi.
O‘zaro tobe munosabatida bo‘lgan gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lash uchun ishlatiladigan bog‘lovchilar ergashtiruvchi bog‘lovchi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |