-Husayn Ahmad b.Muhammad as-Sahliyning ilmli, adabiyot, she’riyat va umuman, ilmu fanni qadrlovchi shoirtabiat inson ekanligi xorazmshohlar saroyidagi ilmiy tо’garakning yanada kengayishi va samarali faoliyatiga sabab bо’ldi. Natijada xorazmshohlar saroyida X asr olimlarining Ma’mun akademiyasi deb atagan ilmiy muassasasi vujudga keldi.
Manbalarda Ma’mun saroyida olimlarning katta guruhi tо’planganligi va xorazmshoh ularga homiylik qilganligi e’tirof etilsada, bu ilm maskanini qachon tashkil topgani haqida aniq ma’lumotlar uchramaydi. Lekin ilmiy adabiyotlarda Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sinoning Gurganchga kelgan 1004 yil akademiyaning tashkil topgan yili deb qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda Beruniy va Ibn Sinolarga qadar ham xorazmshohlar saroyida ilmiy muhit va olimlarning bо’lganligini nazarga olsak, Xorazm Ma’mun akademiyasini kо’rsatilgan sanadan ilgariroq ham mavjud ekanligini inkor etib bо’lmaydi.
Ma’mun akademiyasi qisqa bir muddat, ya’ni 1017 yilgacha faoliyat yuritgan bо’lsa-da, bu yerda astronomiya, matematika, tabobat, kimyo, geografiya, minerologiya kabi tabiiy fanlar bilan bir qatorda tarix, falsafa, adabiyot, til, huquq va boshqa ijtimoiy fanlar ham rivoj topdi.
Xususan, astronomiya sohasida olib borilgan tajribalar natijasida mutaqaddim olimlar tomonidan to’zilgan astronomik asboblar yasash, yuldo’zlar koordinatalarini hisoblash bо’yicha izlanishlar olib borildi. Beruniy 1004 yilning iyun oyida Oy tutilishini kо’zatdi.
Akademiyada matematika bо’yicha olib borilgan ishlar Abu Mansur b. Iroq, Beruniy va Abul-Xayr Hammorlarning ismlari bilan bog’liq. Beruniyning ustozi Ibn Iroq matematika va astronomiyaga oid 30 ga yaqin asarlar yozdi. Beruniy qalamiga mansub 150 ga yaqin asarlar orasida astronomiya va matematikaga oidlari salmoqli о’rinni egallaydi. Teng yonli uchburchaklarga oid bir teorema, uni isbotlagan muallifi, ya’ni Abul-Xayr Hammorning nomi “Hammoriy teoremasi” (“ash-Shakl al-Hammoriy”) nomi bilan mashhur bо’lgani ma’lum.
Alkimyoni ilmiy kimyoga yaqinlashtirishda Beruniy va Ibn Sinolarning munosib о’rni bor. Beruniyning moddalar solishtirma og’irliklari bilan ularning xossalari о’rtasida bog’liqlik mavjudligi haqidagi fikr va xulosalari mujassamlangan “Solishtirma og’irliklar” nomli risolasi ham Gurganchda yozilgan. Ibn Sino moddalar transmutatsiyasiga bag’ishlangan kimyoviy tajribalarining natijalarini “Iksir haqida risola” (“Risolat al
Do'stlaringiz bilan baham: |