7-mavzu: klassik iqtisodiy maktabning to`la shakillanishi va a


iqtisod va soliq solishning boshlanishi



Download 331,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana31.12.2021
Hajmi331,77 Kb.
#237562
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7-MAVZU

iqtisod va soliq solishning boshlanishi» chop etildi. 1824 yilda yozilgan «Milliy 

bank tuzishning rejasi» asari esa uning vafotidan keyin bosilib chiqdi.  

Rikardo  umrining  oxirgi  4  yilini  Angliya  parlamenti  a'zosi  sifatida  o'ziniig 

iqtisodiy g'oyalarini amalga oshirish uchun sarfladi. Parlamentda «non qonunlari»ni 

bekor  qilib, iqtisodiyotni  erkinlashtirish, erkin savdo va erkin matbuot, yig'ilishlar 

erkinligini  qo'llovchi  nutqlar  bilan  chiqqan.  1821y.  u  tomondan  siyosiy  iqtisod 

klubi tashkil etilgan.  



Tadqiqot  predmeti  sifatida  «daromadlar  taqsimotini  boshqaruvchi  qonunlarini 

aniqlash»dan  iboratidir.  Ishlab  chiqarish  (moddiy  ne'matlar)  sohasida  yuzaga 

keladigan  daromadlar  taqsimlanishining  ob'ektiv  qonunlarini  aniqlash  bosh 

vazifadir.  

U  Smitning  g'oyalarini  qo'llash  bilan  birga  uni  to'ldirdi  va  qarshi  fikrlarni  ham 

ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qarama-qarshi 

ekanligini  ochib  berdi,  ma'lumki  Smitda  bu  manfaatlar  bir  edi,  Rikardo  er 

egalarining manfaati ishchi va kapitalistlarnikiga qarshi deb uqtiradi.  

Rikardodagi  bu  o'zgarishlarga  tarixiy,  iqtisodiy  va  sosial  omillar  mavjud,  ulardan 

eng  muhimi  shuki,  XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asrning  boshlarida  Angliyada  sanoat 

to'ntarilishi ro'y berdi va bu jarayon asosan nihoyasiga etkazildi. Oqibatda Angliya 

ko'p  yillar  davomida  «dunyo  fabrikasi»  nomini  oldi,  sanoat  ayniqsa  tez  o'sdi, 

ishchilar soni ortdi, shaharlar ko'paydi, lekin mehnatkashlarning qashshoqlanishi va 



ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi, ya'ni differensiasiya yuz berdi. Mashina 

sanoatining  rivoji  tufayli  ish  kuni  12-13  soatgacha  uzaydi,  mehnat  sharoiti  esa 

yomonlashdi,  ishchilar  mashinaning  qo'shimcha  qismiga  aylandi,  xalq  ommasi 

kurashga otlandi, ludditlar (mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga 

o't qo'yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat hali yagona, uyushgan sinfga 

aylanmagan edi. Kapitalizm esa rivojlanayotgan tuzum edi, burjuaziya-sohibkorlar 

ham feodalizm qoldiqlariga qarshi chiqib, progressiv rol o'ynagan edi.  

Demak,  Rikardo  Angliyada  sanoat  inqilobi  davrining  iqtisodchisi  sifatida 

maydonga chiqdi (Smit esa manufaktura davrining iqtisodchisi edi). Rikardo shular 

tufayli iqtisodiy ta'limotni yuqoriroq pog'onaga ko'tardi.  



Tadqiqot  usuli  sifatida  tabiiy  tartib  konsepsiyasi  olinadi  va  mamlakat  boyligi 

sifatida  ishlab  chiqarishning  fizik  hajmlarini  ko'paytirish  deb  hisoblanadi.  Buning 

uchun  esa  erkin  raqobat  va  iqtisodiy  liberalizmning  boshqa  prinsiplarini  qo'llash 

darkordir.  Masalan,  mamlakatga  erkin  oziq-ovqat  kiritish  («non  qonunlari»ga 

qarshi)  daromad  normasini  kamaytirmay  va  er  rentasini  uncha  oshirmagan  holda 

kapital jamg'arishni o'stirishga olib keladi deb hisoblaydi.  

A.Smit kabi D.Rikardo ham mantiqiy abstraksiya usulini ham keng qo'llagan.  

Rikardoning  asarlari  iqtisodiyot  fanining  predmeti  va  metodini  aniqlashda, 

iqtisodiy  tadqiqot  metodologiyasini  amaliy  ishlab  chiqishda  muhim  rol  o'ynadi. 

Uning fikricha, jamiyatning sinfiy tuzilishi uning iqtisodiy faoliyatida hal qiluvchi 

o'rinni  egallaydi.  Siyosiy  iqtisodning  asosiy  vazifasi  «er  mahsuloti»  (ya'ni  milliy 

daromad  va  milliy  boylik)ni  uch  asosiy  sinf  o'rtasidagi  taqsimoti  qonunlarini 

aniqlashdan  iborat.  Bu  taqsimot  ishlab  chiqarish  sharoiti  va  manfaatlaridan  kelib 

chiqishi  kerak  edi  va  bu  Rikardoning  yutug'i  edi,  ammo  uning  xatosi  shuki,  u 

taqsimot  usulini  moddiy  ne'matlarni  ishlab  chiqarish  usuli  bilan  bog'liq  qilib 

qo'ygan.  U  mantiqiy  abstraksiya  metodidan  foydalandi,  ijtimoiy  fanlarda  aniq 

fanlarning  usuli,  ayniqsa  ilmiy  deduksiyani  keng  qo'lladi.  U  o'z  konsepsiyasi 

asosiga  qiymat  qonunini,  ya'ni  tovarlarning  qiymatini  sarflangan  mehnat  bilan 

aniqlashni  qo'ydi.  Faqat  bir  omil  -  «Mehnat»  qiymatining  asosida  yotadi,  deb 

yozadi  olim.  Boshqa  iqtisodiy  kategoriyalar  shu  qonunga  qanchalik  mos  kelish-

kelmasligini  o'rgandi.  Rikardo  kapitalizmni  jamiyatni  tashkil  etishning  yakkayu-

yagona tabiiy va abadiy shakli deb o'ylagan.  

Rikardo qiymat qonunini ishlab chiqishda Smitning qisqacha xulosalarlariga, 

garchi  ularni  qisman  rad  etsa-da,  suyandi  va  ularni  rivojlantirdi.  U  tovarning  ikki 

faktori: iste'mol va almashuv qiymatlarini yanada aniqroq o'rgandi (masalan, nonni 

eyish  va  sotish  mumkin).  Foydalilik  (iste'mol  qiymati)  almashuv  qiymatining 

zaruriy  sharti,  ammo  uning  o'lchovi  bo'la  olmaydi.  Barcha  tovarlarning  almashuv 

qiymati  (ba'zi  hollar  bundan  mustasno,  masalan  ilgarigi  rassomlarning  kartinalari, 

noyob vino) va ularni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflari va chiqimlari bilan 

aniqlanadi.  Almashuv  qiymati  har  doim  nisbiy  bo'lib,  boshqa  tovar  yoki  pulning 

ma'lum  miqdorida  o'z  aksini  topishi  tufayli  Rikardo  absolyut  qiymat  ham  bo'lishi 

kerak,  degan  masalani  qo'ydi.  Bu  qiymat  substansiyasi  mehnatdagi  mehnat 

miqdoridir. Almashuv qiymati absolyut qiymat ro'yobga chiqa oladigan zaruriy va 

yagona  mumkin  bo'lgan  shakldir.  Lekin  Rikardo  bu  g'oyani  umrining  oxirida 

tugallanmagan  asarining  «Absolyut  va  nisbiy  qiymat»  bobida  bergan,  ya'ni  fikr 



mantiqiy  oxiriga  etkazilmagan.  Marksning  fikricha,  Rikardo  qiymatni  faqat 

miqdoriy  tekshirdi,  tarixdan  tashqarida  o'rgandi,  ya'ni  mehnatni  qiymat  bilan 

yaraluvchi  mahsulotning  tabiiy  xususiyati  va  bu  jarayonni  barcha  ijtimoiy 

tuzumlarga xos deb o'yladi.  

Rikardo  Smitning  g'oyalarini  to'ldirdi.  Agar  Smitning  g'oyasi  bo'yicha 

qiymat  oddiy  tovar  ishlab  chiqarishda  sarflangan  mehnat  bilan  aniqlansa, 

kapitalistik  ishlab  chiqarishda  bu  qiymat  realizasiya  qilinadigan  daromadlardan 

iborat edi. Rikardo qiymatni aniqlashda sarflangan mehnatdan foydalandi.  

Rikardo  ish  haqining  tovar  qiymatiga  ta'sirini  rad  etdi.  Masalan,  deydi  u,  agar 

mehnat  unumdorligi  oshmay  turib  ish  haqi  ko'tarilsa,  bundan  tovar  qiymati 

o'zgarmaydi.  Boshqa  sharoitlar  o'zgarmagan  holda,  bu  holat  tovar  bahosiga  ham 

ta'sir  etmasligi kerak,  faqat  ish haqi  va tovar bahosidagi  foyda  o'rtasidagi  nisbatni 

o'zgartirishi mumkin. Kapitalistlar erkin raqobat sharoitida ish haqi o'sishini bahoga 

ko'chira  olmaydi  va  foydaning  bir  qismidan  mahrum  bo'lishga  majbur.  Bu  qoida 

katta ijtimoiy-siyosiy xarakterga ega, chunki Smit ishchilarning ish haqini oshirish 

uchun  kurash  befoyda,  negaki  ish  haqi  oshsa,  baholar  ham  oshadi,  degan  fikrda 

bo'lgan  (real  daromad  o'zgarmaydi).  Ish  haqi  oshganda  baholar  o'zgarmaydi, 

kapitalistlarning foyda normasi kamayadi.  

Rikardo  Smit  kabi  qiymatning  mehnat  nazariyasini  kapitalistik  ishlab  chiqarish 

sharoitida  qo'llashda  katta  qiyinchilikka  uchradi.  Qiymatning  ishlab  chiqarish 

bahosiga aylanish muammosiga e'tibor berdi va uni hal etishga urindi. Real hayotda 

kapitaldan  olinadigan  foyda  shu  kapitalning  miqdori  bilan  aniqlanadi  yoki  foyda 

normasi  mo''tadillashish  tendensiyasiga  ega.  Ammo  tovarlar  ularni  ishlab 

chiqarishga  sarf  bo'lgan  jonli  mehnat  sarflariga  mos  ravishda  bir-biriga  almashsa, 

bunday bo'lishi mumkin emas. Bu holda kapitalning organik tuzilishi (C / Y) past 

bo'lgan  yoki  kapitali  tez  oborot  bo'ladigan  tarmoqlar  boshqa  organik  tuzilishi 

yuqori  bo'lgan  va  kapitali  sekinroq  oborot  bo'ladigan  tarmoqlarga  nisbatan 

ustunlikka  ega  bo'ladilar.  Birinchilari  ko'proq  mehnat  sarflaganlari  uchun  tovar 

bahosi  nisbatan  yuqori  bo'ladi  va  kattaroq  foyda  oladi.  Ammo  bunda  kapital  shu 

tarmoqlarga  oqib  o'tar  edi  va  ikkinchi  tarmoqlarga  oqib  o'tmas  edi,  natijada 

ikkinchi  tarmoqlar  rivojlanmasdi.  Bu  qarama-qarshilikni  hal  etish  uchun  Rikardo 

Smitning  qiymat  nazariyasini  modifikasiyalashtirdi  (o'zgartirdi).  Ammo  ishlab 

chiqarish bahosi va o'rtacha foydani oraliq zvenolarni tahlil qilish va qiymat qonuni 

asosida hal etish o'rniga bu kategoriyalarni qiymat qonuniga keltirishga urinadi. Bu 

etapda  Rikardo  avvalgi,  ish  haqi  tovar  qiymatiga  amalda  ta'sir  etmaydi,  degan 

tezisidan voz kechdi. U kapital tarkibi va oborotidagi farqlar mehnatga turlicha haq 

to'lash  tufayli  qiymatga  ham  ta'sir  etadi,  degan  fikrni  berdi.  Ammo  bu  g'oya 

mantiqiy echimga ega emas edi.  

Rikardo ish haqi, foyda va renta masalalarini echishga katta hissa qo'shdi. U Smit 

kabi  asosiy  uch  sinfning  dastlabki  daromadlari  masalasiga  e'tibor  berdi.  U 

mehnatni tovar deb (aslida ishchi kuchi tovar) hisoblab, mehnatning bozor bahosi 

(ish haqi) tabiiy baho bo'ladi va shu atrofda o'zgaradi; tabiiy baho deganda ishchi 

kuchining  qiymatini  tushungan.  Rikardo  masalaga  tarixiy  an'analar  asosida 

yondashishga  urinsa  ham  mehnatning  tabiiy  bahosini  jismoniy  minimumga 

tenglashtiradi.  Masalan,  nonning  bahosi  va  ish  haqining  pul  miqdori  o'rtasida 



bevosita  bog'liqlik  bor,-  deydi  u,  -  agar  nonning  bahosi  oshganda  ish  haqi 

o'zgarmasa, ishchilar och qoladi va o'limga mahkum etiladi.  

Rikardo  Maltus  kabi  (bu  olimning  fikrlari  quyida  beriladi)  ishchilarning  haqlari 

ochlik  darajasida  ushlab  turilishi  kapitalizmga  xos  qonun  emas,  barchaga  tegishli 

tabiiy  qonunlar  tufaylidir,  deydi.  Ma'lum  qulay  sharoitlardagina  ishlab  chiqarish 

kuchlari aholi o'sishini ta'minlay oladi va ishchilar kam haq olganliklaridan norozi 

bo'lmasliklari kerak, degan fikr ilgari suriladi. Rikardo qo'shimcha qiymatni uning 

konkret shakllari - foyda, ssuda foizi, renta sifatida tahlil etadi. 

  

Ishchi o'z mehnati bilan ish haqi sifatida oladigan miqdordan ko'proq qiymat 



yaratishi  o'z-o'zidan  ravshan,  deydi  u.  Ammo  uni  ish  haqi  va  foyda  nisbati,  ya'ni 

ishchining  qancha  olishi  va  kapitalistga  qancha  qolishi  qiziqtiradi.  U  qiymat 

strukturasi va tovar bahosini aniqlaganda «Smit dogmasi»dagi xatoga yo'l qo'yadi, 

ya'ni doimiy kapital S ning yangi mahsulotdagi hissasini inkor etadi. Tovar qiymati 

ish haqi va foydadan iborat bo'lgan. 

Ishchi  o'z  mehnati  bilan  ish  haqi  sifatida  oladigan  miqdordan  ko'proq  qiymat 

yaratishi  o'z-o'zidan  ravshan,  deydi  u.  Ammo  uni  ish  haqi  va  foyda  nisbati,  ya'ni 

ishchining  qancha  olishi  va  kapitalistga  qancha  qolishi  qiziqtiradi.  U  qiymat 

strukturasi va tovar bahosini aniqlaganda «Smit dogmasi»dagi xatoga yo'l qo'yadi, 

ya'ni doimiy kapital S ning yangi mahsulotdagi hissasini inkor etadi. Tovar qiymati 

ish  haqi  va  foydadan  iborat  bo'lganligi  sababli,  foyda  ish  haqiga  teskari 

proporsional  va  unga  bog'liq.  Foyda  amalda  qo'shimcha  qiymat  sifatida 

qaraladi.Rikardo  foydaning  er  rentasini  to'lagandan  keyingi  holatni  o'rganadi. 

Undan  tashqari  foyda  avans  qilingan  kapital  miqdoriga  proporsional  deb 

hisoblaydi.  U  foyda  normasining  pasayish  tendensiyasiga  alohida  e'tibor  berdi.  U 

buning bosh sababi kapitalizmga xos narsa bo'lmay, tabiiy faktordir, degan. Foyda 

normasining  pasayishi  oxir-oqibatda  kapital  jam-g'arilishining  kamayishiga  olib 

kelishi mumkinligi uni tashvishga solgan. U kapital deb ishlab chiqarish vositalari 

va kapitalistning ishchilarga ish haqi sifatidagi harajatlarni tushungan. U kapitalni 

natura holda va tarixdan tashqari tushungan. Uningcha, ibtidoiy ovchi va baliqchi 

kapital egasi bo'lgan (bu albatta xato fikr).  

Rikardo  yer  rentasini  tahlil  qilishda  muhim  yutuqlarga  erishdi.  U  renta 

nazariyasini  qiymatning  mehnat  nazariyasiga  asoslanib  tekshirdi.  Rentaning 

manbai  erning  qandaydir  saxiyligi  emas,  balki  ma'lum  mulkiy  munosabatlar 

sharoitida  erga  qilinadigan  mehnatdir,  deb  hisobladi.  Yer  resurslari  cheklangan 

bo'lib, unumdorligi  va  joylashuvi  turlicha bo'lgan  erlar ishlanishi  tufayli qishloq 

xo'jaligi  mahsulotlarining  qiymati  yomon  uchastkalardagi  mehnat  sarflari  bilan 

aniqlanadi.  Bunday  erlar  sohibkorga  o'rtacha  foyda  beradi  va  renta  bermaydi. 

Nisbatan yaxshi erlarda foyda o'rtacha normadan yuqori bo'ladi, ana shu ortiqcha 

foyda  renta  sifatida  er  egasi  tomonidan  olinadi.  monroq  erlar  xo'jalik  hisobiga 

jalb  etilishi  orqali  er  egalarining  oladigan  rentasi  o'z-o'zidan  ortadi,  vaholanki 

ular biror ish qilmaydi, sarf-harajat ham qilmaydi.  

Rikardo bu erda differensial renta hosil bo'lishini ko'rsatib berdi. U xususiy 

mulkchilik  sharoitida  yomon  erlar  ham  ma'lum  renta  keltirishi  mumkinligini 

inkor etdi. Lekin shunday renta bor, u absolyut renta bo'lib, uni Marks va boshqa 

olimlar atroflicha o'rganganlar.  




Rikardo pul va pul muomalasi masalalariga katta e'tibor qildi. U dastlabki 

asarlarida pulni ichki qiymatga ega bo'lgan tovar deb qaragan. Pul qiymati unga 

sarf  qilingan  mehnat  bilan  aniqlangan.  Rikardo  pulning  xususiyati  shuki,  u 

alohida  tovar,  boshqa  tovarlarning  qiymat  o'lchovi  va  muomala  vositasi  sifatida 

harakat  qiladi,  deydi.  U  qog'oz  pullarning  miqdorida  muomalada  bo'lgan  tovar 

massasi  qiymatiga  mos  (ya'ni  proporsional)  bo'lishi  kerak,  ortiqchasi  bank 

tomonidan iste'moldan chiqarilishi zarur, deydi.  

Ammo  u  o'zining  bosh  asarida  bu  konsepsiyadan  chekinadi,  avval 

pullarning ichki qiymati bor, deb gapirgan bo'lsa, keyinroq u pulni texnik vosita 

deb  izohladi  va  pulning  miqdoriy  nazariyasini  ishlab  chiqa  boshladi.  Uning 

fikricha,  muomaladagi  pulning  miqdori  turlicha  va  erkin  bo'lishi  mumkin, 

pulning  qiymati  esa  muomala  sohasida  belgilanadi  va  uning  miqdoriga  bog'liq 

bo'ladi. Rikardo erkin savdo tarafdori bo'lgan, u merkantilistlardan farqli ravishda 

tovar  ishlab  chiqarish  tovar  kiritishdan  ortiq,  ya'ni  eksport  kam  va  import  ko'p 

bo'lishidan,  mamlakatdan  oltin  chiqib  ketishidan  xavfsirashga  hojat  yo'q,  deydi, 

chunki  erkin  import  avtomatik  ravishda  oltin  muomalasi  va  baho  o'zgarishini 

tartibga soladi, shuning uchun iqtisodiy tanglik ta'minlanishiga yordam berishiga 

Rikardoning ishonchi komil edi.  

Rikardo  Angliyaning  tashqi  aloqalari  iqtisodiyotda  katta  rol  o'ynashini 

alohida o'rgandi. U birinchilardan bo'lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdangina 

emas,  balki  mamlakatlar  o'rtasida  ham  xalqaro  mehnat  taqsimoti  va 

ixtisoslashuvning  foydaliligini  isbotlab  berdi.  Bunda  nisbiy  afzallik  prinsipi 

mavjudligini  ishlab  chiqdi.  Bu  prinsip  universalroq  bo'lib,  A.Smitdagi  mutlaq 

afzallik  prinsip  (yuqorida  berilgan)  xususiy  hal  sifatida  qabul  qilinadi.  Bu 

prinsipga  ko'ra  ayrim  mamlakatlar  ma'lum  tovarlarni  ishlab  chiqarishda  ayrim 

qulayliklarga  ega  bo'ladi  va  kam  harajat  sarf  qiladi.  Bunda  tabiiy  va  iqlimiy 

faktorlar  ham  katta  rol  o'ynaydi  (mutlaq  ustunlik).  Ma'lum  tovarlarni  ishlab 

chiqarish  bu  mamlakat  uchun  boshqa  mamlakatlardagiga  nisbatan  qulayroq 

bo'lishi  mumkin.  Mamlakatlari  tabiiy,  texnologik  va  madaniy  farqlari  tufayli 

ishlab chiqarish xarajatlari turlicha bo'ladi. Ixtisoslashuv hatto qoloq davlat uchun 

ham  qulayroq  bo'ladi,  masalan  O'zbekiston  uchun  paxta,  Braziliya  uchun  kofe 

kabi.  


Erkin  savdo  avvalo  ingliz  sohibkorlari  manfaatlariga  mos  tushsa  ham,  u 

paytda  bu  g'oya  prinsipial  jihatdan  ham  progressiv  edi.  Bu  savdo  siyosati 

«fritrederlik»  bo'lib,  «proteksionizm»dan  prinsipial  farq  qiladi.  Xalqaro  savdoni 

belgilovchi  omillar  nimadan  iborat?  Nima  uchun  ma'lum  bir  tovarlar  eksport 

qilinadi-yu, boshqalari import qilinadi? Tashqi savdo ishlab chiqarish va iqtisodiy 

taraqqiyot uchun nimalar beradi? degan savollarga javob beriladi. Shunday misol 

keltiriladi: Shotlandiyada uzum vinosi qilish mumkin, ammo mehnat sarflari juda 

yuqori  bo'ladi,  bu  erda  suli  etishtirish  qulay,  uni  esa  Portugaliya  vinosiga 

almashgan ma'qul, chunki vinoni qilishga u erda kam harajat sarflanadi. Albatta, 

bu eng oddiy misol.  

Rikardo bu masalaga ancha prinsipial yondashdi. Agar Shotlandiyada ham 

suli,  ham  vino  kam  chiqimlar  bilan  ishlab  chiqarilsa  ham,  bu  mamlakatda  suli 

bo'yicha vinoga qaraganda ustunlik ko'proq, chunki chiqimlar nisbati va almashuv 



proporsiyalari  hisobga  olinganda  bu  davlat  uchun  faqat  suli  etishtirish  nisbatan 

qulay, Portugaliya uchun esa vino chiqarish foydalidir. Bu nisbiy chiqimlar yoki 

nisbiy ustunlik tamoyilidir. U bu tamoyilini qiymatning mehnat nazariyasida ham 

isbotladi va uni raqamlar yordamida ko'rsatib berdi. Xuddi shunga o'xshash misol 

mato  to'qish  sohasida  Angliya  va  Fransiya  misolida  taqqoslangan.  AQSh  va 

Braziliya  solishtirilganda  don  va  kofe  ishlab  chiqarish  afzalligi  ko'rinadi.  Bu 

misollardan shu narsa ko'rinadiki, nisbiy ustunlik mavjud bo'lsa, ixtisoslashuv va 

almashuv  ikkala  mamlakat  uchun  ham  foydalidir.  Bundan  mamlakatlar  o'rtasida 

xalqaro  mehnat  taqsimoti  va  ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuvi  zarurligi  kelib 

chiqadi. Rikardo bo'yicha ishlab chiqilgan tovarlarni realizasiya qilish kapitalistik 

xo'jalik  uchun  prinsipial  muammo  bo'la  olmaydi.  U  ortiqcha  ishlab  chiqarish 

inqirozi  mumkin  emas,  kapitalistik  sistema  uchun  bu  jiddiy  xavf  tug'dirmaydi, 

degan  fikrda  edi,  chunki  talab  va  taklif  doimo  mos  tushadi.  Smit  kabi  Rikardo 

ham  kapitalizm  sistemasining  qarama-qarshiligini  tushunib  etmadi.  Chunki  bu 

davrda hali inqirozlar yo'q edi, faqat 1825 yilda birinchi bor ana shunday inqiroz 

ro'y berdi (asar ancha oldin yozilgan).  

Rikardoning  1815  yilda  yozilgan  «Nonga  bo'lgan  past  bahoning  kapital 

foydasiga bo'lgan ta'siri to'g'risidagi tajriba» nomli pamfletida sinflarning iqtisodiy 

munosabatlari va kapitalizm rivojlanish nazariyasi qisqa, ammo lo'nda tarzda bayon 

etilgan. Uning asosiy qisqacha xulosalarlari quyidagilardan iborat: agar iqtisodiyot 

rivoji o'z holiga qo'yilsa, aholining o'sishi va kam unumdor erlarga ishlov berishga 

o'tilishi  tufayli  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlarining  bahosi  oshib  boradi.  Buning 

barcha  foydasi  er  egalari  bo'lgan  lendlordlarga  o'tadi. Vaholanki kapitalga bo'lgan 

foyda  normasi  pasayadi.  Bundan  esa  ishchilar  ham  ziyon  ko'radi,  chunki  ularning 

mehnatiga talab pasayib boradi. Xo'sh, bu tendensiyaning oldini olish mumkinmi? 

Xususan,  xorijdan  arzon  don  import  qilish  kerak,  demak,  bundan  «Non 

qonunlari»ni  bekor  qilish  kerak  degan  qisqacha  xulosalar  chiqariladi  (Angliyada 

non va donga yuqori baho qo'ygan maxsus qonun bor edi, uni «Non qonunlari» deb 

atalardi,  bu  qonunlar  1830  yilda  to'la  bekor  qilindi).  Rikardo  parlament  a'zosi 

sifatida  doim  erkin savdo uchun kurash olib bordi.  Tarix bu g'oyaning to'g'riligini 

amalda isbotladi.  

XVIII asrning oxirida (1789-1794 yillar) Farbiy Evropadagi eng yirik burjua 

inqilobi  Fransiyada  ro'y  berdi.  Bu  inqilob  mamlakatdagi  feodal  munosabatlarga 

to'la  barham  berdi  va  kapitalizm  (bozor)ning  tez  rivoji  uchun  yo'l  ochib  berdi, 

ammo bu o'zgarishlar tekis va ravon amalga oshmadi. Sanoat to'ntarilishi mashina 

industriyasini boshladi. Kapitalistik munosabatlarning bir qancha pozitiv tomonlari 

bilan  birga  anchagina  negativ  oqibatlari  ham  ko'rina  boshladi.  Ana  shunday 

sharoitda klassik maktab vakillari yaratgan ta'limotlarni har tomonlama to'ldirish va 

qayta  ko'rib  chiqishga  kirishildi,  bu  jarayon  Fransiya,  Angliya  va  AQShda  XVIII 

asr  oxiri  -  XIX  asr  1-yarmida  ro'y  bera  boshladi.  Bu  davrdagi  ta'limotlarga  xos 

xususiyat shu ediki, ularda barcha iqtisodiyot kategoriyalari to'laligicha emas, balki 

qisman,  ya'ni  ularning  ayrimlari  olinib,  tadqiq  qilindi.  Fransiyada  Sey,  Bastia, 

Angliyada  Maltus,  Senior,  AQShda  Keri  va  boshqalar  klassik  iqtisodiy  maktabni 

qayta  ko'rib  chiqish,  uni  to'ldirish,  zamonga  moslash  istaklari  bilan  o'ziga  xos 

ta'limotlaryoyo  yuzaga  kela boshladi. 1-bosqich  V.Petti  va  P.Buagilber, 2-bosqich 



A.Smit  va  D.Rikardo  nomlari  bilan  bog'liq  bo'lsa,bu  davrni  klassik  maktab 

evalyusiyasining uchinchi bosqichi sifatida qarash mumkin.  



 

Download 331,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish