7-mavzu: klassik iqtisodiy maktabning to`la shakillanishi va a


Kapital va takror ishlab chiqarish nazariyalari



Download 331,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi331,77 Kb.
#237562
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
7-MAVZU

Kapital va takror ishlab chiqarish nazariyalari. 

A.Smitning  kapital  va  takror  ishlab  chiqarish  to'g'risidagi  nazariyasida  ancha  katta 

ziddiyatlar  mavjud.  U  ba'zida  kapitalga  to'g'ri  baho  berib,  kapital  yollanma  mehnatni 

ekspluatasiya  qilish  tufayli  foyda  keltiruvchi  qiymat,  deydi.  Boshqa  hollarda  masalaga 

tarixdan tashqarida turib qaraladi va kapital bu ishlab chiqarish vositalari zahirasi (zapasi) 

bo'lib, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun kerakli deyilgan. Fiziokratlar faqat 

qishloq  xo'jaligida  ishlatiladigan  kapitalni  unumli  deb  atagan  bo'lsalar,  Smit  sanoat 

kapitalini  ham  unumli  deb  uqtiradi  (bu  uning  progressiv  tomoni).  U  savdo  kapitali  ham 

unumli  deb  hisoblaydi,  chunki  u  sanoat  kapitaldan  ajralib  qolgan  emas,  balki  moddiy 

ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qo'shimcha qiymat - savdo foydasining manbai. 

  

Oddiy  tovar  xo'jaligida  kapital  kategoriyasi  yo'q.  Kapital  jamg'arish  jamiyat 



boyligini  oshirishning  bosh  sharti  deb  e'lon  qilinadi.  Unda  asosiy  rol  tejamkorlikka 

qaratiladi,  noo'rin  sarf-harajatlar  tanqid  qilinadi,  kapitalni  isrof  qilish,  ya'ni  buromadning 

daromaddan  ortiqcha  bo'lishiga  qarshi  bo'lgan  (bu  g'oyalar  hozirda  ham  nihoyatda 

dolzarbdir). 

  

Kapitalistlar  tomonidan  yollanma  ishchilarning  qo'shimcha  mehnat  natijalarini 



o'ziniki  qilib  olish  ijtimoiy  hodisa  bo'lib,  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  maqsadida  fond 

yaratish  uchun  zarur  deb  hisoblanadi.  Kapitalning  jamg'arilishi  doim  va  cheksiz  ro'y 

beradi,  bu  jamiyat  uchun  foydali  ish  deb  baholanadi  (bu  investisiyalar  uchun  asos  bo'lib 

xizmat qiladi).  




Smitning  kapital  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  uchun  zahira  kerak  ekanligi 

to'g'risidagi  qoidasi  asosiy  va  aylanma  kapital  haqidagi  tushunchaning  boshi  edi,  bu 

atamalarni  ham  u  kiritgan.  Fiziokratlar  (F.Kene)  boshlang'ich  va  yillik  avans  (bo'nak) 

tushunchalarini  dehqonchilik  kapitaliga  qo'llagan  bo'lsalar,  Smit  asosiy  va  aylanma 

kapitalni  sohasidan  qat'i  nazar  barcha  amaldagi  kapitalga  xos  deb  tushuntiradi.  Ammo  u 

aylanma kapital deganda tovar va pul kapitalini xato tushungan (bu muomala sohasiga xos 

kapital). Bu kapitalni hosil qiluvchi moddiy elementlarga sotuvchilar qo'lidagi oziq-ovqat, 

materiallar va tayyor buyumlar hamda ko'rsatilgan taqsimlash va muomalaga kiritish uchun 

kerak  bo'lgan  pullar  ham  kirgan.  Uning  fikricha,  aylanma  kapital  doimo  muomalada 

bo'lishi kerak. 

  

Savdo-sanoat  maqsadlari  uchun  mo'ljallangan  mashina  va  mehnat  qurollari,  erni 



yaxshilash (tozalash, drenaj qilish, o'g'itlash va boshqalar) uchun ajratilgan narsalar jamiyat 

barcha  a'zolarining  o'zlashtirgan  va  foydali  qobiliyatlari  asosiy  kapitalga  tegishli  deb 

hisoblangan.  Shunday  qilib,  Pettidan  keyin  Smit  ham  asosiy  kapitalga  xodimlarning 

mehnat malakasi va qobiliyatini qo'shdi. Bu masalani ancha chigallashtirdi, chunki malaka 

va  qobiliyat  kapital  deb  e'lon  qilindi.  Uning  egasi  esa  foyda  oluvchi  bo'lib  qoladi  (ishchi 

har  doim  ham  foyda  egasi  bo'la  olmaydi,  uni  kapitalist  yoki  er  egasi  oladi).  Asosiy  S  va 

aylanma  Y  kapitalni  solishtirib,  ular  o'rtasidagi  farq  shundaki,  deydi  Smit,  birinchi  S  bir 

egadan ikkinchisiga o'tmay va yana aylanmay foyda keltiradi, ikkinchi Y esa egasi qo'lidan 

bir  shaklda  ketib,  boshqa  shaklda  qaytib  keladi  va  foyda  keltiradi.  Shunday  qilib,  asosiy 

kapital umuman aylanmaydi, aylanma (oborot) kapital esa doimo muomalada bo'ladi. 

  

Haqiqatda asosiy va aylanma kapital ishlab chiqarish kapitalining ikki ko'rinishidir. 



Ular  bir-birlaridan  qiymatlarining  aylanish  usullari  bilan  farq  qiladi.  Asosiy  kapitalning 

qiymati  konkret  mehnat  bilan  bo'laklar  bo'yicha  ishlab  chiqaruvchi  tovarga  ko'chiriladi, 

aylanma  kapitalning  qiymati  esa  to'laligicha  shu  tovarga  o'tadi.  Ijtimoiy  kapitalni  doimiy 

va o'zgaruvchan kapitalga bo'lish masalasi Smitga noma'lum bo'lib qolaverdi.  

A.Smit  kapital  jamg'arishga  katta  ahamiyat  berdi,  talon-torojlik  jamiyat  dushmani, 

tejamkorlik  jamiyat  homiysidir,  deb  e'lon  qildi.  Ammo  u  kapital  jamg'arilishini  ishchilar 

tomonidan oddiy iste'mol qilish sifatida ifodalaydi, qo'shimcha qiymatning kapitallashuvini 

esa  faqat  o'zgaruvchi  kapitalga  aylanish  deb  tushundi.  Individual  kapital  doimiy  va 

o'zgaruvchan  qismlarga  bo'lingan.  Ammo  u  ijtimoiy  kapitalni  butunlay  o'zgaruvchan 

kapitaldan  iborat  deb  xato  o'ylagan,  ya'ni  kapitalning  unumli  mehnatni  ta'minlash  uchun 

ketadigan  qismiga  tenglashtirgan.  Smit  shunday  fikr  yuritadi:  kapitalistning  tejamkorligi 

unumli  xizmatchilarni  ta'minlash  uchun  mo'ljallangan  fondni  ko'paytiradi.  Bu  esa  o'z 

navbatida  xizmatchilar  sonini  oshiradi,  ular  o'z  mehnati  bilan  yaratgan  tovarlar  qiymatini 

oshiradi,  undan  so'ng  qo'shimcha  mehnat  harakatga  keladi,  oqibatda  yillik  mahsulotga 

qo'shimcha qiymat qo'shiladi.  

Smitning  butun  ijtimoiy  kapitalni  takror  ishlab  chiqarish  nazariyasi  uning  qiymat 

nazariyasiga asoslangan. U ijtimoiy mahsulot qiymatining tarkibiy qismlari to'g'risida xato 

ta'limot  yaratdi.  Olimlar  buni  «Smit  dogmasi»  deb  ataydilar.Smitning  fikricha,  yalpi 

ijtimoiy mahsulotning qiymati ish haqi, foyda va renta yig'indisiga teng, ya'ni daromadlar 

summasidir. Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnat bilan birga ishlab chiqarish vositalari 

ham  qo'llanilishini  tushungan  holda,  Smit  shunga  qaramay  ishlab  chiqarish  vositalari 

qiymatini  oxir-oqibatda  ish  haqi,  foyda  va  renta  kabi  daromadlarga  bo'lish  mumkin,  deb 




o'yladi. Shunday qilib, u yalpi ijtimoiy mahsulot «qiymati»dan doimiy kapital S ni chiqarib 

tashlagan.  Qiymatdan  uning  tarkibiy  qismi  bo'lgan  doimiy  kapitalni  inkor  etish  takror 

ishlab  chiqarish  jarayonini  tahlil  qilish  imkonini  yo'qqa  chiqaradi.  Har  yili  ishlab 

chiqarilgan  mahsulot  go'yo  har  yili  to'la  iste'mol  qilingan  bo'lib  chiqadi.  O'z-o'zidan 

ravshanki, bunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish emas, hatto oddiy ishlab 

chiqarish mumkin bo'lmay qoladi (doimiy kapital S ko'p yillar ish beradi).  

Smit takror ishlab chiqarish muammosini echish uchun yo'l kidirib o'z nazariyasiga 

yalpi  va  sof  daromad  o'rtasidagi  farqni  kiritadi.  Muayyan  mamlakatning  yillik  barcha 

mahsuloti yalpi daromad  bo'lsa, sof daromad yalpi daromadning shunday bir qismiki, uni 

shu mamlakat aholisi o'z kapitalini sarflamay iste'mol zahirasiga qo'yishi mumkin.  

Smitning  xatosi  shuki,  u  yillik  mahsulot  qiymatini  shu  yili  yangidan  hosil  qilingan 

qiymat  bilan  aynan  bir  deb  o'ylagan  (milliy  daromad).  Lekin  yangidan  hosil  qilingan 

qiymat daromadlarga ajraladi, yillik mahsulot qiymati ishlatilgan ishlab chiqarish vositalari 

qiymati,  ya'ni  doimiy  kapitalni  ham  o'z  ichiga  oladi.  Bu  xatolik  Smitning  qiymat 

to'g'risidagi ta'limotining kamchiligi va cheklanganligidan kelib chiqqan.  

Umuman,  bu  erda  gap  kengaytirilgan  emas,  balki  oddiy  tarkor  ishlab  chiqarish 

to'g'risida fikr yuritiladi.  

Smit  mehnatning  ikkiyoqlama  xarakterini  tushunmasdan,  abstrakt  mehnat  yangi 

qiymat  hosil  qilishini,  konkret  mehnat  esa  ishlab  chiqarish  vositalari  qiymatini  yangi 

yaratilgan  mahsulotga  o'tkazishini  ko'rsata  olmadi.  Ijtimoiy  mahsulot  qiymatidan  doimiy 

kapital  qiymatini  yo'qotib  qo'ygan  Smit  kapital  jamg'arilishini  butun  qo'shimcha 

qiymatning  qo'shimcha  ish  haqiga  aylanishi  bilan  teng  degan  xato  qisqacha  xulosalar 

chiqardi.  U  o'ylardiki,  kapitalistik  ishlab  chiqarish  rivoji  bilan  ishchilar  va  ularning 

iste'moliga  talab  ham  bir  xil  sur'atda  oshadi,  chunki  daromad  va  shaxsiy  iste'mol  ishlab 

chiqarish bilan parallel o'sadi (bir qancha mamlakatlarda shunday bo'lmoqda).  

A.Smit  erkin  raqobat  davridagi  Buyuk  Britaniyadagi  iqtisodiy  siyosatni  asoslashga 

katta  e'tibor  berdi.  U  ishlab  chiqaruvchilarga  iqtisodiy  erkinlik  ta'minlashni,  davlatning 

iqtisodiy hayotga aralashmasligini talab qilardi. Ammo mamlakatning mudofaa manfaatlari 

iqtisodiyotdan  ustun  ham  bo'lishi  mumkin  degan  fikri  ham  bor,  ya'ni  bu  ba'zi  paytlarda 

davlatning  iqtisodga  aralashuvi  zarur  deganidir.  Smit  iqtisodiyotda  davlat  sektorining 

samarasizligini  ko'rsatib,  «hukumat  har  doim  va  istiznosiz  buyuk  isrofgarchidir»  deydi. 

Shu  sababli  davlatning  faqat  uch  funksiyasi  tan  olinadi:  1)  huquq-tartibot;  2)mamlakat 

xavfsizligini  ta'minlash;  3)jamiyatga  zarur  bo'lgan  (ammo  xususiy  sektor  tomonidan 

tuzilmagan) ijtimoiy korxona va muassasalarni ta'minlash.  

Umuman  to'g'ri  bo'lgan  bu  fikrlar,  ya'ni  davlatning  iqtisodiyotga  aralishish 

chegaralari keyingi paytda qayta ko'rib chiqilmoqda.  

U  sex  tartib-qoidalari,  eskirgan  qonunlar,  korporasiyalar  va  savdo  monopoliyalari 

imtiyozlariga qarshi chiqdi, ya'ni hamma uchun bir xil imkoniyatni yoqladi. Hodisalarning 

stixiyali  borishini  va  raqobatni  har  qanday  cheklash  iqtisodiy  rivojlanishni  albatta 

sekinlashtiradi.  Ammo  Smit  davlatning  ayrim  funksiyalarini  ijobiy  baholadi,  masalan, 

mamlakat  ichki  tartibini  saqlash,  tashqi  harbiy  xavf-xatardan  asrashni  xo'jalik  rivojining 

zaruriy shartlari deb hisobladi.  

Davlat  moliyaviy  faoliyatiga  alohida  ahamiyat  berilgan.  Smit  o'z  asarining 

beshinchi, oxirgi kitobini  davlat byudjeti va davlat qarzlariga bag'ishlagan. U  faqat  butun 




jamiyat  manfaatlariga  mos  keladigan  davlat  xarajatlarinigina  qo'llab-quvvatladi,  «arzon 

davlat» tezisini ilgari surdi.  

Smit  zamonaviy  davlatning  soliq  siyosatining  nazariy  asoslarini  yaratdi.  Soliqlar 

fuqarolarning  kuchi  va  imkoniyatiga  mos  kelishi,  ishga  yaroqli  har  bir  kishiga  alohida 

belgilanishi  kerak,  soliq  imkoni  boricha  arzon,  uning  shakli  va  olinish  vaqti  esa  to'lovchi 

manfaatiga  mos  kelishi  zarur  (shu  g'oyalarga  to'la  amal  qilayotgan  davlatlar  rivoj 

topayotir).  

Sanoatchilar  manfaatlarini  himoya  qilgan  olim  lendlordlar,  ya'ni  yirik  er  egalariga 

belgilangan  soliq  immunitetiga  (imtiyozga)  qarshi  chiqdi.  Er  rentasi  davlat  solig'i 

qo'yiladigan eng qulay ob'ektdir. Smit foydadan olinadigan soliq samarasiz degan qisqacha 

xulosalar  chiqardi.  Korxona  egasi  foydani  saqlash  uchun  o'z  mahsulotiga  yuqori  baho 

qo'yish  bilan  soliq  og'irligini  iste'molchi  ustiga  yuklaydi.  U  ish  haqidan  olinadigan  soliq 

ham mahsulotga loyik emas deb hisoblaydi. Bu soliqni ham korxona egasi to'laydi, chunki 

tirikchilik minimumini ta'minlashi kerak.  

Smit merkantilizmga, shu bilan birga savdodagi proteksionizmga (davlat tomonidan 

cheklashlar,  soliq,  bojxona  va  boshqalar),  tashki  savdodagi  har  qanday  cheklashlarga 

qarshi edi. Olimning siyosati feodalizm qoldiqlariga katta zarba bo'ldi.  

Olimlar  Smitga  baho  berib,  «ilg'or  burjuaziyaning  buyuk  mafkurachisi»  degan  edilar. 

Lekin u aslida bozor iqtisodiyotining mafkurachisi sifatida nom chiqardi.  

Smit  nochor  ahvolga  tushib  qolgan  iqtisodiyotni  rivojlantirish  uchun  quyidagi  uch 

omilni ko'rsatib bergan edi: 1) mamlakatda tinchlik, osoyishtalik bo'lishi va saqlanishi; 2) 

me'yordagi  yengil  soliqlar  tizimi;  3)  davlat  iqtisodiyot  ishlariga  hadeb  aralashavermasligi 

zarur, iqtisodiyot tabiiy ravishda amalga oshaveradi.  

Bu qoidalar bizning mamlakat xo'jaligiga ham bevosita oid fikrlar hisoblanadi.  

A.Smit  bo'yicha  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  F.Kene  bo'yicha  ijtimoiy  takror  ishlab 

chiqarish F.Keneda oddiy takror ishlab chiqarish jarayoni aks etgan bo'lsa, A.Smitda oddiy 

(xususiy) hol va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlari mavjud.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Unumli sinfning 

kapitali qoplash fondi 

 

yer 



 

Unumsiz sinf 

mahsuloti

 

 



Unumsiz sinfining 

kapitalini qoplash fondi

 

 

Unumsiz sinf yalpi 



maxsulot 

 

Unumsiz sinfning 



iste'mol fondi 

 

Almashuv 



fondi 

 

Unumli sinf daromadi



 

 

Yer egalari (jamiyat 



sof daromadi) 

 

 



Yagona soliq (davlat 

daromadi) 

 

Unumli sinf kapitali va 



mehnat 

 

Unumsiz sinf kapitali va 



mexnat 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

F. Kene bo`yicha ijtimoiy takror ishlab chiqarish 




Download 331,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish