Bevosita masalaga o'tishdan avval bir narsaga diqqatni jalb etish kerakki, bu A.Smit
yashagan muhitdir. Muhit olimning tadqiqotlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Bu davr Angliyada
manufaktura nihoyatda rivojlangan va sanoat inqilobi arafasidagi yoki bu boradagi
dastlabki qadamlar qo'yilgan payt edi. Shu sababli A.Smit manufaktura davrining
umumlashtiruvchi iqtisodchisi mafkurachisi bo'lib qoldi. O'z davri uchun mos ravishda u
manufakturani ishlab chiqarishning eng progressiv, eng ilg'or shakli deb baholadi, uning
tarixan o'tkinchiligini tushunmadi, bu albatta sharoitning ta'siridir. A.Smit ishchilar,
kapitalistlar va er egalarining turli sinf vakillari ekanligini yaxshi tushungan va iqtisodiy
rivojlanishning umuman yaxshi oqibatlari hamma uchun tegishli, xalq boyligining
ortishidan esa jamiyatning hamma a'zolari bir xil manfaatdor deb o'ylagan edi. O'z davrida
tanqid qilingan bu g'oya hozirgi paytda haqiqatga ancha yaqindir (yana tarix ko'rsatadi).
A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g'oya yotadiki, unga ko'ra jamiyat
farqi bor). Eslang, fiziokratlar va ilk klassik maktab vakillari mehnat faqat qishloq
xo'jaligidagina samarali bo'ladi, desalar, A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat,
qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish sohalari) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik
ishlab chiqarishnig manufaktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy progressning
muhim omili mehnat taqsimotidir, degan qisqacha xulosalarga keldi va buni o'z
A.Smit o'z tadqiqotida nina-tugnogich manufakturasidagi ko'pchilikka ma'lum bo'lgan
mehnat taqsimotini misol qilib keltirdi, u erdagi ishchilarning ixtisoslashuvi va mehnat
taqsimoti ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini ko'p marta oshirish imkonini berdi.
Mehnat taqsimoti bo'lmagan holatda har bir ishchi o'rtacha 20 ta to'g'nog'ich yasashi
mumkin ekan.
O'n kishi ishlaydigan ustaxonada mehnat taqsimoti o'rnatiladi: biri simni tortadi,2-si
to'g'rilaydi, 3-si kesadi, 4-si uchini o'tkirlaydi va hokozo. Bu kuniga 4800 ta to'g'nog'ich
yasash imkonini beradi, demak, mehnat unumdorligi 240 marta oshgan. Mehnat
taqsimotining ahamiyati to'g'risidagi bu misol klassik bo'lib ketgan va hamma erda
ishlatiladi. Mehnat unumdorligi uch usul bilan amalga oshiriladi:
1. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim ishchilarning chakkonligi va mohirligi oshadi;
2. Bir turdagi ishdan boshqasiga o'tish uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi
(dastgohdan dastgohga borish vaqti va yangi turdagi ishga psixologik moslashish
uchun ketadigan vaqt iqtisod qilinadi);
3. Mehnat taqsimoti mashinalar ixtiro qilishga imkon tug'diradi, ya'ni takrorlanadigan
jarayonlar mashina qo'llashga qulaylik yaratadi.
Undan tashqari ishchilarning bir xil ishni doim takrorlashi tufayli mahsulotning sifati ham
yaxshilanishi kerak, bu esa tovarning bahosi, raqobat quvvatini oshiradi. Shunday qilib,
A.Smit manufakturada mehnat taqsimotining roli va mashina sanoati sari rivojlanish
tendensiyasini to'g'ri yoritgan. Uningcha ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste'moli ikki
omil: aholining unumli mehnat bilan shug'ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining
darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo'lib, u mehnat
taqsimoti bilan bevosita bog'liqdir.
A.Smit asarida mehnat taqsimotining salbiy tomonlari ham berilgan. Bir xil
operasiyani mexanik ravishda takrorlayverish oqibatida ishchi befarosat va nodon bo'lib
ham qolishi mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat o'rtasidagi farq odamlarning tabiiy
ko'rsatkichlari bilangina aniqlanmaydi, balki ularning hayoti va faoliyati oqibatidadir.
Faylasuf aravakashdan tug'ma xususiyatlari bilan emas, balki boshqa turdagi mehnat va
hayot tarzi bilan farq qiladi. Mehnat taqsimoti qancha mukammal va bozor qancha keng
bo'lsa, mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv uchun shuncha keng sharoit bo'ladi, tor bozorda bu
imkoniyatlar cheklangan bo'ladi va mehnat unumdorligining o'sishi ham qiyinlashadi.
A.Smit bir tomondan manufaktura miqyosida va ikkinchidan jamiyatdagi turli
korxonalar, sohalar mehnat taqsimoti o'rtasida prinsipial farq yo'q deb hisoblaydi.
Uningcha, butun jamiyat yirik manufaktura bo'lib, mehnat taqsimoti esa odamlar
hamkorligining umumiy shaklidir. Shu bilan birga ob'ektiv sharoitni hisobga olib,
manufakturadagi mehnat taqsimoti va endigina rivojlanib kelayotgan mashina sanoatining
salbiy oqibatlari ham tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: