7-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va investitsion



Download 418,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana23.12.2022
Hajmi418,43 Kb.
#895044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
resources

 
7.5. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va investitsion
faollikni oshirishda, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish 
jarayonida banklarning ahamiyati 
Ayni paytda banklarning kredit portfeli tarkibida jiddiy o’zgarishlar yuz bermokda. 
Jahon moliyaviy-iktisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay banklarimiz tomonidan 
iktisodiyotning real sektori korxonalarini faol qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor 
berildi. Joriy yil boshiga kelib jami kredit qo’yilmalari miqdori 8,5 trln. so’mdan oshib 
ketdi.
Tijorat banklari kapitallashuv darajasining ortishi iqtisodiyotning real sektorida 
investitsion faollikning o’sishini ta’minlashda bank kreditlarining ahamiyatini ortishiga 
olib keldi. Birgina korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsion kreditlar 
ajratilmoqda. 
Ushbu tendentsiyani yaqin istiqbolda izchil oshirib borish vazifasi belgilab olingan 
bo’lib, banklar tomonidan berilgan kreditlar tarkibida investitsiya kreditlarining ulushini 
ortib borishi, mamlakatimizdagi keng qamrovli investitsiya siyosatni olib borishda 
banklarning ahamiyatini ortishi natijasi o’laroq ularning yirik investitsiya muassasalariga 
aylanishiga olib keladi. 
Banklar aktivlari tarkibida spekulyativ tavsifdagi kreditlarning kamayishiga va 
resurslarni real iqtisodiyotga qo’yilma qilish hisobiga Respublikamizning istiqboldagi 
rivojlanishida banklar hissasining yanada ortishiga olib keladi. O’z navbatida banklarning 
kapitallashuv darajasini oshirishga davlat qo’yilmalarning manzilliligi ortishini 
ta’minlaydi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning 
investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan 
to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali foydalanish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish 
o’rinlarini shakllantirish va bular asosida milliy iqtisodiyotimizni barqaror va dinamik 
rivojlanishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1213-sonli 
«O’zbekiston Respublikasining 2010 yilga investitsion dasturi haqida»gi Qarori
1
tasdiqlangan bo’lib, ushbu dastur asosidagi kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish 
manbalari tarkibida bank tizimi investitsion kreditlarning ahamiyati yuqori bo’lmoqda. 
Buni quyidagi jadval ma’lumotlari orqali ko’rishimiz mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi 4010-sonli 
«Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash 
to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini 
tiklash bo’yicha bir qator imtiyozlar (ko’maklar) berilgan. 
Yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjat orqali tijorat banklariga ham muayyan 
imkoniyatlar berilgan. Jumladan: 
- bankrot korxona negizida ustav jamg’armasi 100 foizgacha bo’lgan yangi korxona 
tashkil etish; 
- bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan, 
qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit summasini 
bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish; 
1
Қаранг:www.lex.uz 


- bankrot korxona uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish; 
- bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab, qaytadan 
bozor bahosida sotish va h.k. 
Ayni paytda mazkur jarayonning samaradorligini va ta’sirchanligini ta’minlash 
maqsadida tijorat banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik va 
texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur 
bo’lganda korxonani to’liq rekonstruktsiya qilish orqali faoliyat yo’nalishini o’zgartirish, 
strategik hamkorlik va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab 
chiqish belgilangan. 
Tijorat banklarining likvidligini tartibga solgan holda, belgilangan makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlarga erishish, shuningdek, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash 
maqsadida Markaziy bank tasarrufida bo’lgan barcha bozor dastaklarini qo’llash 
ko’lamini kengaytirdi. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda Markaziy bank boshqaruvi asosida bank 
tizimida bir qancha amaliy ishlar olib borildi.
Banklar kapitallashuv darajasining, bank likvidligining oshirilishi pirovardida 
ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratadi. SHu 
bilan birgalikda keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda banklarning investitsiya 
kreditlari orqali ishtirokini ta’minlashni faollashtirishda ularning barqaror resurs bazasini 
shakllantirib beradi.
Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozorini yanada rivojlantirish va 
erkinlashtirish, uning doimiy barqaror faoliyat yuritishni ta’minlash yuzasidan tegishli 
chora-tadbirlar amalga oshirilib borildi. 
O’tgan yillar ichida mamlakatda iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega bo’lgan 
tarmoqlarini shakllantirishga qapatilgan samarali iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, 
barqaror iqtisodiy o’sishga, valyuta mablag’larining doimiy tushumi manbalari va yetarli 
darajada valyuta zaxiralarini shakllantirish orqali milliy valyutaning xarid quvvatini 
chetdan olinadigan qarz mablag’larisiz saqlab turishga zamin yaratildi. 
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan 
tarkibiy o’zgarishlar eng avvalo bank tizimi bilan bevosita bog’liq bo’lib kelmoqda. 
SHuning uchun ham bank kreditlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay 
shakllaridan, jumladan, iste’mol va ipoteka kreditidan foydalanish ham muhim 
masalalardan biri bo’lib qolmoqda. 
Hozirgi kunda Respublikamiz aholisi uchun iste’mol va ipoteka kreditining turli xil 
variantlari joriy etilgan bo’lib, Respublika tijorat banklari tomonidan aholining ushbu 
kreditlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratilgan. CHunki, iste’mol 
kreditlarining berilishi aholi uchun Respublikada ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini 
sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratib bersa, ipoteka kreditlari yosh oilalar va 
boshqa toifadagi aholining uy-joy bilan ta’minlanishi darajasini oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi 670-sonli 
«Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi 
investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 
va 2007 yil 7 noyabrdagi 726-sonli «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh pul 
mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorlariga 
muvofiq banklarning minimal ustav kapitallari miqdoriga o’zgartirishlar kiritildi. Ushbu 
qarorlarga muvofiq yangi tashkil etilayotgan tijorat banklarining minimal ustav kapitali 
2008 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagicha miqdorda belgilab qo’yildi: 
- tijorat banklari uchun so’m ekvivalentida 5 mln. yevro miqdorida; 


- xususiy banklar uchun so’m ekvivalentida 2,5 mln. yevro miqdorida. 
Respublikamiz bank amaliyotida kreditlash shakllaridan keng foydalanish 
mijozlarning kreditlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirishga, banklarning kredit 
operatsiyalari 
ko’lamini 
kengaytirishga, 
kredit 
riskini 
ma’lum 
darajada 
minimallashtirishga va nihoyat, banklarning kredit operatsiyalaridan oladigan 
daromadlari oshishiga olib keladi. 
Bugungi kunda bank faoliyati barqarorligining asosi bo’lgan Markaziy bank nochor 
banklarni aniqlash va ularga iqtisodiy madad berish, ularning sinishiga yo’l qo’ymaslik 
chora-tadbirlarini 
ko’rmoqda. Bu o’z navbatida tijorat banklari moliyaviy 
barqarorligining oshirilishi hamda aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada 
mustahkamlanishiga imkon yaratmoqda. 
So’nggi yillarda mamlakatimiz tijorat banklari hamda yangi tashkil topayotgan 
kredit institutlari o’rtasida teng va beg’araz raqobat vujudga kelmoqda. Bu esa tijorat 
banklari boshqaruv strategiyasining to’g’ri tanlanganligi, aktivlarning ishonchli 
joylashtirilganligi, majburiyatlarni bajarish va likvidlilikni ta’minlashda ijobiy natijalarga 
erishish zarurligi hamda shu asosda yuqori daromadga erishish mumkinligidan darak 
bermoqda. 

Download 418,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish