moliyaviy hisobotni tuzishga qo’yilgan talablarning buzilish dalillari haqida ma’lumot
berish;
- o’z vazifalarini bajarish chog’ida ma’lumotlarni sir saqlash. Mijozga zarar
yetkazadigan ma’lumotlar faqat sudning talabi bilan oshkor qilinishi mumkin;
- uzrli sabablar bo’lmasa, o’z faoliyatini to’xtatmaslik, uni oxiriga yetkazish va xulosa
chiqarish;
- mabodo ishi va xulosalarida holis va ob’ektiv bo’lishning imkoni bo’lmay qolsa, o’z
faoliyatini to’xtatish.
Auditorni mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt
mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlaydi.
Xo’jalik yuirtuvchi sub’ekt mulkdorlari qarori bilan yoki audi-torni tayinlagan yuridik
shaxsning qaroriga ko’ra auditor chaqirib olinishi mumkin, auditor bu haqda barvaqt
yozma tarzda, uning xizmatidan voz kechish sabablarini ko’rsatib xabardor qilinadi.
Tekshiruv vaqtida yoki buyurtmaga ko’ra, boshqa ishlar qilinayotganida xizmatdan
voz kechilsa, xo’jalik yurituvchi mulkdor auditor xizmatiga haq to’lashi shart.
Surishtiruv organi, proquror, tergovchi va sud topshirig’i bilan auditorlik tekshiruvi
o’tkazilsa, xarajatlar tekshirilayotgan xo’jalik sub’ekti zimmasiga tushadi, uning qo’lida
yetarli mablag’ bo’lmasa, tekshiruvni tayinlagan organ zimmasiga tushadi.
Mabodo xo’jalik yurituvchi sub’ekt qo’lida zarur mablag’ bo’lsa-yu, tekshiruv
xarajatlarini to’lashdan bo’yin tovlasa, prokuror auditor yoki auditorlik firmasining mulkiy
manfaatlarini himoya qilib tegishli sudga murojaat qilishi shart.
Xo’jalik yuritish sub’ektining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari auditorning
talabi bilan quyidagilarni bajarishi shart:
- moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga daxldor hujjatlarni berishi;
- og’zaki yoki yozma tarzda izohlar berishi;
- tekshirilayotgan ob’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini sifatli ekspertiza qilish
uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishi.
«Auditorlik faoliyati haqida»gi qonun va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini
auditorlik tekshiruvi vaqtida buzganlik uchun auditor va auditorlik firmasi javobgar
hisoblanadi va quyidagi javobgarlikka tortiladi:
- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mulkiy va ma’muriy javobgarlikka;
- litsenziya huquqini to’xtatib qo’yish yoki auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish
huquqini beradigan litsenziyadan mahrum etishgacha (litsenziya bergan organ qaroriga
muvofiq) bo’lgan intizomiy jazolar beriladi.
Auditor faoliyatini tartibga solib turish uchun qonunchilikda auditorlar palatasini
ochish nazarda tutilgan.
O’zbekistondagi aksariyat auditorlik firmalarini auditorlarning o’zlari tashbbuskor
bo’lib tuzgan, ammo mustaqil audit o’tkazish uchun ularning soni yetarli emas. Bu
muammoni hal etish uchun Davlat mulk qo’mitasi tashabbusi bilan 1996 yilning may oyida
qimmatli qog’ozlar bozori qatnashchilariga maslahat-auditorlik va axborot xizmati
ko’rsatish uchun mahsus agentlik – «Konsauditinform» tashkil etildi.
Hozirgi kunda qo’shma korxonalar auditi, hissadorlik jamiyat-lari auditi, investitsiya
fondlarining auditi va sug’urta kompaniya-larining auditi shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: