7-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari


Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo’jalik sub’ektlari bo’sh pul



Download 418,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana23.12.2022
Hajmi418,43 Kb.
#895044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
resources

 
7.4. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo’jalik sub’ektlari bo’sh pul 
mablag’larini jalb etish va bank xizmatlari turini rivojlantirish 
Banklar tomonidan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kengaytirish
zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilib 
kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida 
o’z aksini topmoqda. 
Prezidentimiz «Bankdan tashqari pul aylanmasini keskin qisqartirish va pul 
muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta barqarorligini oshirish, chakana savdo va 
xizmat ko’rsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalardan 
foydalanishni kengaytirish masalalari bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo’lishi 
darkor», deb ta’kidlab o’tgan edi. 
SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklardagi depozit 
hisobvaraqlardan naqd pul to’lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to’g’risida»gi 2005 
yil 5 avgustdagi 147-sonli qarori talablarini ijro etish borasida bank tizimi tomonidan 
amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlar aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini 
yanada oshishiga olib keldi. 
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi 4057-
sonli Farmoniga muvofiq, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi 
omonatlari ularning miqdoridan qat’iy nazar to’liq qaytarilishining davlat tomonidan 
kafolatlanganligi aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlanishiga 
xizmat qildi va bu jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga 
ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
O’z navbatida, plastik kartochkalar va terminallar yordamida amalga oshirilgan 
o’tkazmalar hajmini yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshirib borish ko’zda tutilgan.
SHunga ko’ra amaldagi barcha tegishli me’yoriy hujjatlarga, shu jumladan, 
Markaziy bankning naqd pul muomalasiga taalluqli bo’lgan yo’riqnomalariga tegishli 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Naqd pul muomalasida mavjud bo’lgan barcha 
cheklovlar bekor qilinishi esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblarni birxillashtirish 
borasida qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. 
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida naqd pul muomalasi yanada 
mustahkamlanib, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga 
zamin yaratdi. SHuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning banklardagi depozit 
hisobvaraqlaridan naqd pullarning uzluksiz berib borilishi to’liq ta’minlanib borildi.
SHuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank tizimida plastik 
kartochkalar miqdorini oshirish va aholini plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarini 
amalga oshirishni rag’batlantirish borasida bir qancha imtiyozlar berilmoqda. SHulardan 
biri bu plastik kartochkalarga xizmat ko’rsatadigan protsessing markazlari va 
bankomatlarni keltirish hamda ularni o’rnatish borasida bojxona to’lovlaridan 2020 yilga 
qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangandir. 
Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaziy bank 
pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan keng foydalangan holda pul taklifi 
o’sishining asosiy manbasi bo’lgan oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hisobiga 
muomalaga chiqarilgan pul massasi hajmini boshqarish choralarini ko’rib bordi. 
Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq chora-
tadbirlar natijasida o’tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz ko’rsatkichlari 


doirasida, ya’ni pul massasining yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishiga muvofiqligi 
ta’minlandi. 

Download 418,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish