7-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalari


 Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda belgilangan ustuvor



Download 418,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana23.12.2022
Hajmi418,43 Kb.
#895044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
resources

 
7.3. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda belgilangan ustuvor 
vazifalarni amalga oshirishda bank tizimining tutgan o’rni.
 
Barcha sohalarda bo’lgani kabi moliya bozorida, shu jumladan, bank sektorida 
o’tkazilayotgan islohotlar natijasida sezilarli siljishlar va o’zgarishlar amalga 
oshirilmoqda. Bu o’zgarishlar mustaqillik yillarida jahon andozalariga mos keladigan 
bank tizimini bosqichma-bosqich barpo etish bilan hamohang tarzda davom ettirilmoqda. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlaridan biri bo’lib 
moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko’rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. 
SHuning uchun mustaqil davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi 
taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda 
takomillashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog’liqdir.
Banklarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular o’z mablag’lari bilangina emas, 
balki omonatchilar va kreditorlar, aktsiyadorlar hamda mijozlar ularga ishonib topshirgan 
mablag’lar bilan, ya’ni keng jamoatchilik bilan ish ko’radi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari 
tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat miqyosida 
pul taklifi qisqarishi, to’lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va kutilmagan 
majburiyatlarining vujudga kelishi kabi salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. 
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish 
jarayoni ko’pgina muhim iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida 
ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirilishini va iqtisodiyotni pul-kredit vositalari orqali 
tartibga solishning bir butun mexanizmini yaratilishini taqozo etmoqda. 
Jahonning ko’plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz ko’lami 
kengayotganiga qaramay, O’zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror 
rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish manbalariga qaram emasligi va tashqi inqiroz 
holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik xususiyatlari bilan ajralib turdi. 
Iqtisodiy rivojlanishning o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini kengaytirib 
boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab chiqarish va muomala 
jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga 
bo’lgan ehtiyojni qoplashga yo’naltiriladi. 
Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib 
qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank 
tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-
depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin. 
Bank tizimining muomalaga kredit pullarini chiqarishi depozitlar yaratish yo’li 
bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi. 
Respublika bank tizimini avtomatlashtirish va Kompyuterlashtirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar natijasida nafaqat bankning ichki ehtiyojlari uchun foydalaniladigan 


axborot tizimi va lokal dasturlar majmui, balki iqtisodiyotning moliyaviy faoliyatini 
ta’minlovchi yaxlit milliy to’lov tizimi yaratildi. 

Download 418,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish