7-mavzu. Inson kapitali va inson taraqqiyoti (4 soat)



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana18.11.2022
Hajmi0,58 Mb.
#867860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
7- мавзу Inson kapitali va inson taraqqiyoti

Вильям Петти

William Petty
, 1623—1687) — инглиз иқтисодчиси, Англияда классик сиёсий иқтисод 
асосчиларидан бири. Асосий асари: “Солиқлар ва йиғимлар тўғрисида трактат” (“Treatise of taxes and 
contributions”,1662).. 
2
Петти В. Экономические и статистические работы / Петти В. Том 1. – М.: Соцэкгиз, 1940. - С.156. 


Yana bir asr o‘tgandan so‘ng Adam Smit va klassik iqtisodiy nazariyaning 
boshqa vakillar ham inson kapitali konsepsiyasini e’tirof etdilar. Adam Smit 1776 
yilda o‘zining “Xalqlar boyligining mohiyati va sabablari xususidagi tadqiqotlar” 
asarida xalqlarning boyligi asosan ishchilar soni va ular ko‘nikmasining sifati bilan 
belgilanishini ko‘rsatgan.
Bundan yana yuz yil o‘tgandan so‘ng Alfred Marshall ham inson kapitaliga 
uzoq muddatli investitsiyalar samarasi va bu jarayonda insonning rolini tahlil etdi. 
Xaqiqatdan ham jahonning taraqqiy etgan davlatlari iqtisodiyoti o‘sishi 
to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlari o‘sishning klassik omillariga asoslangan 
hisob-kitoblardagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Iqtisodiyot 
rivojlanishi va o‘sishi jarayonlarini tahlil etish inson kapitalini zamonaviy 
iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantiradigan asosiy ishlab chiqarish va ijtimoiy omilga 
aylanganidan dalolat berdi. 
Ma’lumki, kapitalning qomusiy talqini – 
kapital
(fransuzcha, inglizcha 
«capital
» va lotincha 
«capitalis»
so‘zlaridan — 
«bosh, asosiy»)
“daromad 
keltirishga qodir bo‘lgan yoki odamlar tomonidan tovarlar va xizmatlar ishlab 
chiqarish uchun yaratilgan resurslar”
3
dir. 
“Kapital” atamasi odatda kelgusida ishlab chiqarishda foydalanalishi 
mo‘ljallanayotgan mehnat maxsulotlariga nisbatan ishlatiladi. Kapitalni yaratish 
jarayoni investitsiya kiritish deb ataladi. Investitsiya kiritish dastlab xarajatlar 
qilish, keyinchalik bu xarajatlarning qoplanishini nazarda tutadi. 
Dastlabki paytda inson kapitali deganda odamlarning mehnatga bo‘lgan 
qobiliyati – ta’lim va kasb ko‘nikmalariga investitsiyalar jamlanmasi tushunilgan. 
Keyinchalik inson kapitali tushunchasi jiddiy ravishda kengaydi. Jahon banki 
ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan eng so‘ngi hisob-kitoblarda inson 
kapitaliga iste’mol xarajatlari – oilalarning ovqatlanishi, kiyim–kechak, turar joy
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyatga va hokazolarga sarflar, shuningdek 
davlatning bu maqsadlar uchun xarajatlari kiritilgan. 
Yuqorida qayd etilganlar umumlashtiradigan bo‘lsa, inson kapitali 
tor 
ma’noda 
– bu insonning intellekti, sog‘lig‘i, bilimi, sifatli va unumli mehnati 
hamda uning turmush sifatidir. 
Keng ma’no
dagi inson kapitali – bu iqtisodiy rivojlanishning intensiv ishlab 
chiqarish omili, jamiyat va oilani rivojlantirish, mehnat resurslarining bilimli 
qismi, intellektual va boshqaruv mehnati, yashash va ish joyi muhitidir. Ular inson 
kapitalini rivojlantirishning ishlab chiqarish omili sifatida samarali va oqilona amal 
etishini ta’minlashi kerak. 
Inson kapitali nazariyasiga muvofiq odamlar o‘zlariga investitsiya kiritib, 
imkoniyatlarini kengaytirishlari, davlat esa inson kapitalini boyitish uchun mablag‘ 
sarflab, milliy daromadni ko‘paytirishi mumkin. Bunday investitsiyalarning 
samaradorligi sarf qilingan mablag‘larning mehnat unumdorligi ortishi va ish xaqi 
ko‘payishi orqali qoplanishida o‘z ifodasini topadi. 
3
Экономическая энциклопедия /Гл. ред. Абалкин Л.И. – М., 1999. С.271. 


Umuman, keng manodagi kapital deyilganda to‘planadigan, ishlab chiqarishda 
foydalaniladigan va daromad keltiradigan ijtimoiy boylikning barcha unsublari 
nazarda tutiladi. Bu T. Shuls
4
fikriga ko‘ra, kapitalni: inson kapitali va ashyoviy 
kapitalga izchil taqsimlash imkonini beradi
5

Inson kapitali konsepsiyasiga to‘liqroq aniqlik kiritish uchun jismoniy va 
inson kapitali o‘rtasidagi farqni ajratish talab etiladi. Kapitalning bu ikki turi 
muayyan darajada, ayniqsa kelajakda foyda olish uchun bugun mablag‘ sarflash 
masalasida o‘zaro o‘xshashdir. Shu bilan birga inson kapitali o‘ziga xos noyob 
belgilarga egadir. Jismoniy kapitaldan farqli ravishda inson kapitali bevosita 
odamning o‘zi bilan bog‘liqdir. Erkin jamiyatda inson kapitalining egasi faqat shu 
insonning o‘zi bo‘lishi mumkin. 
Kapitalning bu shakli ham, masalan uning egasi betob bo‘lsa qadrsizlanishi, 
vafot etsa butunlay yo‘qotilishi mumkin. Mazkur holat inson kapitaliga investitsiya 
kiritish 
jismoniy 
kapitalga 
investitsiya 
kiritishga 
qaraganda 
ko‘proq 
tavakkalchilikni talab etishidan dalolat beradi. 
Inson kapitalini boshqalarga bera olmaslik ham uning egasiga bog‘liqligini 
ko‘rsatadi. Inson o‘z e’tiqodi, moyilligi, hayotiy qadriyatlardan kelib chiqqan 
xolda o‘z kapitalidan turli samaradorlik bilan foydalanishi mumkin. Amaliyotda 
aholida mavjud bo‘lgan inson kapitali zahirasi bilan uning mehnat bozorda 
foydalanilayotgani o‘rtasida katta tafovut bo‘lishi mumkin. 
Ashyoviy kapital boylikning bevosita moddiy shakliga – binolar va inshoatlar, 
yer va boshqa tabiiy resurslar, dastgohlar, moddiy–tovar boyliklari zahiralariga 
egadir. Ashyoviy bo‘lmagan kapital o‘z moddiy shakliga ega bo‘lmasdan,
jismoniy kapitalda mujamlashadi va ushbu kapital sifati yoki samaradorligini 
oshirishi mumkin. Kapital jamlanmasining bu ikki qismi o‘z navbatida insonlarda 
mujassamlashmagan kapital va inson kapitaliga bo‘linadi.
Odamlarda mujassamlangan ashyoviy kapital insonni shakllantirish uchun 
zarur bo‘lgan, ya’ni bolalarni tarbiyalashga chiqimlardir. Iqtisodchi J. Kendrik 
noashyoviy inson kapitali qatoriga umumiy ta’lim va maxsus tayyorgarlik uchun
sog‘liqni saqlash va ish kuchi harakatlanishiga xarajatlarni kiritadi. Insonda 
mujassamlashmagan noashyoviy kapitalga ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar kiradi
6

Inson kapitali nazariyasini shakllantirish, uni rivojlantirish, ilmiy jamoatchilik 
tomonidan e’tirof etilishiga T. Shuls ulkan hissa qo‘shgan. U birinchilardan bo‘lib 
inson kapitali tushunchasiga ishlab chiqaruvchi omil sifatida qaragan. Olim sanoat 
rivojlanishi va sanoat rivojlanishidan keyingi iqtisodiyotda inson kapitalining 
asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatidagi rolini anglab yetish uchun ko‘p ish qildi.
T. Shuls o‘zining “An’anaviy agrar sohasining transformatsiyasi” asarida 
qishloq xo‘jaligidagi texnologiyalarning roliga alohida e’tibor qaratgan. Uning 
4

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish